Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.07.2023 05.02.2013 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.02.2013 yildagi 27-son
Date of entry into force
11.02.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.07.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-sonli “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ–505-son qaroriga muvofiq hamda alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2013-yil 1-apreldan boshlab alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga dizayni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, qoʻshimcha himoya darajalariga ega boʻlgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmoqlarida boʻlgan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgandan keyin markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi 2014-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan tartibda eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmoqlarida boʻlgan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlash, chetdan keltirish, ularni ishlab chiqarish va sotishning oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni olib qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining import qiluvchilarini yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ularni sotuvchi savdo korxonalarini yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 5-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-fevraldagi 27-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 4-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “olti” soʻzi “toʻqqiz” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “toʻlanganligi” soʻzi “toʻlanganda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “qiymatini va aksiz soligʻining barcha summasini” soʻzlari “qiymati va aksiz soligʻining barcha summasi toʻlanganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aksiz markalari “Agrobank” OATB mintaqaviy boʻlimlari tomonidan quyidagilarga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilarga — buyurtmanomada Davlat bojxona qoʻmitasining butun aksiz soligʻi summasi, shuningdek buyurtma berilgan aksiz markalari sonining tegishli nominal qiymati toʻlanganligi toʻgʻrisidagi belgilari mavjud boʻlgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga — buyurtmanomada “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining buyurtma berilgan aksiz markalari sonining tegishli nominal qiymati toʻlanganligi toʻgʻrisidagi belgisi mavjud boʻlgan taqdirda”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 68-modda)