28.04.1977 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashning xalqaro eʼtirof etilishi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budapesht Shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KIRISh QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Ittifoqning taʼsis etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Shartnomaning qatnashchi-davlatlari (bundan buyon “Kelishuvchi davlatlar” deb ataladi) Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashning xalqaro eʼtirof etilishi boʻyicha Ittifoq hosil qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Taʼriflar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Shartnoma va Yoʻriqnoma maqsadlari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “patent”ga havolalar ixtirolarga patentlarga havolalar, ixtirolarga mualliflik guvohnomalari, foydalilik toʻgʻrisidagi guvohnomalar, foydali modellar yoki qoʻshimcha guvohnomalar, qoʻshimcha mualliflik guvohnomalari va foydalalik toʻgʻrisida qoʻshimcha guvohnomalar sifatida anglashilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) “mikroorganizmlarni deponentlash” deganda, ushbu soʻzlar qatnashgan kontekstga koʻra mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladigan quyidagi xatti-harakatlar tushuniladi: mikroorganizmning, uni olish va qabul qilish bilan shugʻullanadigan, deponentlash boʻyicha xalqaro organga topshirilishi, yoki bunday mikroorganizmning deponentlash boʻyicha xalqaro organ tomonidan saqlanishi, yo boʻlmasa, uning aytib oʻtilgan topshirilishi ham, aytib oʻtilgan saqlanishi ham;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) “patent protsedurasi” deganda, patentga topshirilgan talabnomaga yoki patentga taalluqli har qanday maʼmuriy yoki yuridik protsedura tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) “patent protsedurasi maqsadlari uchun chop etish” deganda, patentga topshirilgan talabnomani yoki patentni ommaviy tanishuv uchun rasmiy chop etilishi yoki rasmiy eʼlon qilinishi tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti” deganda, 9(1)-moddaga muvofiq deklaratsiya topshirgan har qanday tashkilot tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vi) “sanoat mulki idorasi” deganda, patent berishga vakolatli Ahdlashuvchi davlat organi yoki Hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vii) “deponentlash boʻyicha muassasa” deganda, mikroorganizmlarni olish, qabul qilish va saqlashni, shuningdek ularning namunalarini berishni taʼminlaydigan muassasa tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(viii) “deponentlash boʻyicha xalqaro organ” deganda, 7-moddaga muvofiq deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini olgan deponentlash boʻyicha muassasa tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ix) “depozitor” deganda, mikroorganizmni oladigan va qabul qiladigan deponentlash boʻyicha xalqaro organga uni topshiradigan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek aytib oʻtilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning har qanday huquqiy vorisi tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(x) “Ittifoq” deganda 1-moddada aytib oʻtilgan Ittifoq tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(xi) “Assambleya” deganda, 10-moddada aytib oʻtilgan Assambleya tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(xii) “Tashkilot” deganda, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(xiii) “Xalqaro byuro” deganda, Tashkilotning Xalqaro byurosi va Intellektual mulk muhofazasi boʻyicha Xalqaro birlashgan byurolar (BIRPI) tushuniladi, BIRPIlar mavjud boʻlguniga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(xiv) “Bosh direktor” deganda, Tashkilotning Bosh direktori tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(xv) “Yoʻriqnoma” deganda, 12-moddada tilga olingan Yoʻriqnoma tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOB
MODDIY-HUQUQIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda.
Mikroorganizmlarni deponentlashning eʼtirof etilishi va oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashga ruxsat beradigan yoki deponentlashni talab qiladigan ahdlashuvchi davlatlar bunday maqsadlar uchun mikroorganizmni deponentlash boʻyicha istalgan xalqaro organda deponentlashni eʼtirof etadilar. Bunday eʼtirof deponentlash boʻyicha xalqaro organ tomonidan koʻrsatilgan deponentlash fakti va sanasining eʼtirof etilishini, shuningdek namuna sifatida berilayotgani depozitlangan mikroorganizm namunasi ekanligi faktining eʼtirof etilishini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Har qanday Ahdlashuvchi davlat (a)-kichik bandda koʻrsatib oʻtilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organ tomonidan berilgan deponentlash toʻgʻrisidagi tilxat nusxasini talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Ushbu Shartnoma va Yoʻriqnoma bilan boshqariladigan masalalarga kelsak, bironta Ahdlashuvchi davlat ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan talablardan boshqa yoki qoʻshimcha talablarni taqdim qila olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
Qayta deponentlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) Agar deponentlash boʻyicha xalqaro organ depozitlangan mikroorganizm boʻyicha namunalarni, jumladan, quyidagi sabablarga koʻra bera olmasa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) agar bunday mikroorganizm yashashga layoqatli boʻlmay qolgan boʻlsa, yoki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) agar namunalarni berish xorijga joʻnatishni talab qilsa-yu, namunalarni xorijga joʻnatish yoki ularni xorijdan olishni eksport yoki import cheklovlar tufayli amalga oshirib boʻlmasa, ushbu organ, namunalarni taqdim eta olmasligi fakti aniqlangach, buning sababini koʻrsatgan holda, zudlik bilan bu haqda depozitorni xabardor qiladi, va depozitor, (2)-band qoidalarini hisobga olgan holda va ushbu bandda koʻzda tutilganidek, dastlab depozitlangan mikroorganizmni qayta deponentlash huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Dastlabki deponentlash qaysi deponentlash boʻyicha xalqaro organda amalga oshirilgan boʻlsa, qayta deponentlash ham oʻsha yerda amalga oshiriladi, biroq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) agar dastlabki deponentlash amalga oshirilgan muassasa deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini toʻliq yoki depozitlangan mikroorganizm mansub boʻlgan mikroorganizm turiga nisbatan yoʻqotgan boʻlsa, yoki, agar dastlabki deponentlash amalga oshirilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organ depozitlangan mikroorganizmlarga nisbatan oʻz funksiyalarining bajarilishini vaqtincha yoki butunlay tugatayotgan boʻlsa, bu holda qayta deponentlash deponentlash boʻyicha xalqaro organning boshqasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) qayta deponentlash (a)(ii) kichik bandda aytib oʻtilgan hollarda deponentlash boʻyicha boshqa xalqaro organda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(s) Har qanday qayta deponentlashga depozitor imzolagan va yangidan depozitlanayotgan mikroorganizm dastlab depozitlangan mikroorganizmning aynan oʻzi ekanligi taʼkidlangan ariza ilova qilinadi. Agar depozitorning bu taʼkidi bahsli boʻlsa, isbotlash ishi amaldagi qonunchilik tomonidan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) (a) — (s)- va (e)-kichik bandlar qoidalarini hisobga olgan holda, agar dastlab depozitlangan mikroorganizmning yashashga layoqatliligi toʻgʻrisidagi avvalgi hamma arizalar mikroorganizm yashashga layoqatli ekanini koʻrsatsa, va agar qayta deponentlash (a) kichik bandda aytib oʻtilgan bildirishnoma depozitor tomonidan olingan sanadan eʼtiboran uch oy oraligʻida amalga oshirilgan boʻlsa, qayta deponentlash dastlabki deponentlash sanasiga amalga oshirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) Agar (b)(i) kichik bandlar qoidalari qoʻllanadigan boʻlsa va depozitor Xalqaro byuroning (b)(i) kichik bandlarda aytib oʻtilgan tugatilganlik, cheklanganlik yoki toʻxtatilganlik toʻgʻrisidagi (a) kichik bandda koʻrsatilgan bildirishnomani u chop etilgan sanadan eʼtiboran olti oy oraligʻida olmagan boʻlsa, (d) kichik bandda aytib oʻtilgan uch oylik muddat koʻrsatib oʻtilgan nashr sanasidan eʼtiboran hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Agar depozitlangan mikroorganizm deponentlash boʻyicha boshqa xalqaro organga berib yuborilgan boʻlsa, ushbu organ bunday mikroorganizm namunalarini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlgan davrga qadar (1)(a)-bandda aytib oʻtilgan huquq amal qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Import va eksport sohasida cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir Ahdlashuvchi davlat shuni maʼqul deb biladiki, agar va modomiki mikroorganizmlarning ayrim turlarining eksporti va importiga cheklov bor ekan, qachonki bunday cheklov milliy xavfsizlik maqsadlarida zarur boʻlsagina, yoki sogʻliq yoki atrof muhit uchun xavf tugʻdirsagina, bu cheklov, ushbu Shartnomaga muvofiq, depozitlangan yoki deponentlash uchun moʻljallangan mikroorganizmlarga nisbatan joriy qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Deponentlash boʻyicha xalqaro organning maqomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1) Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga enga boʻlish uchun, deponentlash boʻyicha har qanday muassasa Ahdlashuvchi davlat hududida joylashgan boʻlishi hamda muassasa (2)-bandda sanab oʻtilgan shartlarga javob berishi va javob berishda davom etishi borasida ushbu davlat tomonidan taqdim etilgan vaʼdalarda oʻz aksini topgan imtiyozdan foydalanayotgan boʻlishi kerak. Aytib oʻtilgan vaʼdalar hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan ham taqdim etilishi mumkin; bunday hollarda deponentlash boʻyicha muassasa ushbu tashkilot aʼzosi boʻlgan davlat hududida joylashgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) deponentlash boʻyicha muassasa xalqaro organ sifatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) uzluksiz amal qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Yoʻriqnomada koʻzda tutilganidek, mazkur Shartnomaga muvofiq ilmiy va maʼmuriy vazifalarni bajarish uchun zarur xodimlar jamoasi va asbob-uskunalarga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) begʻaraz va xolis boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) har bir depozitor teng shart-sharoitlarda deponentlashi uchun qulay boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) deponentlash uchun har qanday mikroorganizmni yoki ularning muayyan turlarini qabul qilishi, ularning yashashga layoqatliligini Yoʻriqnomada koʻzda tutilganidek tekshirishi va saqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vi) depozitorga, Yoʻriqnomada koʻzda tutilganidek, yashashga layoqatlilik toʻgʻrisida tilxat yoki boshqa har qanday talab qilingan guvohnoma berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vii) depozitlangan mikroorganizmlarga nisbatan, Yoʻriqnomada koʻzda tutilganidek, maxfiylik talablariga boʻysunishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(viii) har qanday depozitlangan mikroorganizm namunasini Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilgan holda hamda protseduraga muvofiq berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) Yoʻriqnoma quyidagi hollarda qoʻllanadigan chora-tadbirlarni koʻzda tutadi::
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) agar deponentlash boʻyicha organ depozitlangan mikroorganizmlarga nisbatan oʻz funksiyalarini vaqtincha yoki butkul toʻxtatsa yoki taqdim qilingan vaʼdalarga muvofiq qabul qilishi kerak boʻlgan mikroorganizmlarning har qanday turini qabul qilishdan bosh tortsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) deponentlash boʻyicha biron bir xalqaro organ deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini toʻxtatsa yoki cheklasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) deponentlash boʻyicha muassasa deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga ega boʻlishi uchun, oʻz hududida deponentlash boʻyicha muassasa joylashgan Ahdlashuvchi davlat Bosh direktor nomiga ayitib oʻtilgan muassasa 6(2)-moddada ifodalangan shartlarga javob beradi va javob berishda davom etadi degan vaʼdalar berilgan deklaratsiyani oʻz ichiga olgan yozma xabar yuboradi. Aytib oʻtilgan maqom hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan Bosh direktorga yoʻllangan va aytib oʻtilgan deklaratsiyani oʻz ichiga olgan yozma xabariga muvofiq ham olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) bu xabar, Yoʻriqnomada koʻzda tutilganidek, deponentlash boʻyicha muassasa toʻgʻrisidagi axborotni ham oʻz ichiga oladi, hamda unda deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomi kuchga kirgan sana ham koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2)(a) Agar Bosh direktor yuborilgan xabar talab qilingan deklaratsiyani oʻz ichiga oladi va hamma talab qilingan axborot olindi deb hisoblasa, bu xabar zudlik bilan Xalqaro byuro tomonidan chop etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomi xabar bosilib chiqqan sanadan eʼtiboran olingan hisoblanadi yoki, agar sana (1)(b)-bandga muvofiq koʻrsatilgan boʻlsa va agar u xabar chop etilgan sanadan ancha kechki boʻlsa, shu sanadan eʼtiboran olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) (1)- va (2)-bandlarga muvofiq protsedura tafsilotlari Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomining tugatilishi va cheklanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) Har qanday Ahdlashuvchi davlat yoki har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti, 6-moddada sanab oʻtilgan shartlarga rioya qilinmagan yoki boshqa rioya qilinmayapti degan faktga asoslanib, Assambleyadan har qanday organning deponentlash boʻyicha xalqaro organ sifatidagi maqomini tugatishni yoki mikroorganizmlarning muayyan turlari bilan cheklashni talab qilishi mumkin. Biroq Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan qoʻyilgan bunday talab, ushbu tashkilotlarning oʻzlari tomonidan 7(1)(a)-moddada aytib oʻtilgan Deklaratsiya taqdim etilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organga nisbatan tegishli boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) (a)-bandga muvofiq talab qoʻyilgunga qadar, Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Bosh direktor orqali 7(1)-moddaga muvofiq xabar yuborgan Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkilotini taklif qilinayotgan talab sabablari haqida xabardor qiladi, toki ushbu davlat yoki tashkilot aytib oʻtilgan bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran olti oy muddatda taklif qilingan talabning kiritilish zaruratini bartaraf qilish imkoniyatiga ega boʻlsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(s) Agar Assambleya talabni yetarli darajada asosli deb topsa, (a)-kichik bandda tilga olingan deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini tugatish yoki ushbu organga berilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini muayyan turdagi mikroorganizmlar bilan cheklash haqida qaror chiqaradi. Assambleyaning ushbu qarori aytib oʻtilgan talab foydasiga koʻpchilikning ovozini — 2/3 ovozni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2)(a) 7(1)(a)-moddada aytib oʻtilgan vaʼdalar keltirilgan deklaratsiyani taqdim etgan Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Bosh direktor nomiga yuborilgan xabar vositasida oʻz deklaratsiyalarini yo batamom chaqirib olishlari, yoki faqat muayyan turdagi mikroorganizmlarga nisbatan chaqirib olishlari mumkin, va, agar va modomiki ularning tarkibidagi vaʼdalar qonuniy kuchga ega boʻlmay qolgan boʻlsa, oʻz deklaratsiyalarini har qanday holatda chaqirib olishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Agar bunday xabar butun boshli deklaratsiyaga tegishli boʻlsa, deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomining Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan sanadan eʼtiboran tugatilishini bildiradi, agar u faqat muayyan turdagi mikroorganizmlarga tegishli boʻlsa, ushbu maqomning tegishli tarzda cheklanishini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) Protseduraning tafsilotlari (1)- va (2)-bandlarga muvofiq Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) Bir nechta davlatdan regional paketlarni berish topshirigʻini olgan har qanday hukumatlararo tashkilot, hamda Sanoat mulkining muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoq aʼzolari boʻlgan hamma davlatlar Bosh direktor nomiga u 3(1)(a)-moddada koʻzda tutilgan eʼtirof etish toʻgʻrisidagi majburiyatni va 3(2)-moddada qayd etilgan talablarga tegishli majburiyatlarni qabul qilishi, hamda hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlarga nisbatan qoʻllanadigan ushbu Shartnoma va Yoʻriqnoma qoidalaridan kelib chiqadigan hamma oqibatlarni eʼtirof etishi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi mumkin. Avvalgi gapda tilga olingan deklaratsiya 16(1)-moddaga muvofiq ushbu Shartnoma kuchga kirgunga qadar topshirilgan boʻlsa, uning amal qilishi kuchga kirgan sanadan eʼtiboran boshlanadi. Deklaratsiya ushbu Shartnoma kuchga kirganidan keyin topshirilgan boʻlsa va agar unda keyingiroq sana koʻrsatilmagan boʻlsa, bu holda uning amal qilishi deklaratsiya topshirilgan sanadan eʼtiboran boshlanadi. Aytib oʻtilgan soʻnggi holatda deklaratsiya xuddi shu holatda koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran amal qila boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tashkilot 3(1)(b)-moddada koʻzda tutilgan huquqqa ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Mazkur Shartnoma yoki Yoʻriqnomaning hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti manfaatlariga tegishli har qanday qoidasini qayta koʻrib chiqish yoki unga oʻzgartirishlar kiritishda har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti oʻzining (1)-bandda tilga olingan deklaratsiyasini Bosh direktor nomiga yuboriladigan bildirishnomada chaqirib olishi mumkin. Ushbu chaqirib olish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) bildirishnoma koʻrib chiqilgan yoki oʻzgartirilgan qoidalar kuchga kirgan sanadan oldin olingan boʻlsa, shu sanadan eʼtiboran,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) bildirishnoma (i)-kichik bandda tilga olingan sanadan keyin olingan boʻlsa, bildirishnomada koʻrsatilgan sanadan boshlab yoki, bunday koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, bildirishnoma olingan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib, kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) (2)bandda aytib oʻtilgan holatga qoʻshimcha ravishda, har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti oʻzining (1)(a)-bandda koʻrsatilgan deklaratsiyasini Bosh direktor nomiga bildirishnoma yuborish yoʻli bilan chaqirib olishi mumkin. Ushbu chaqirib olish Bosh direktor bildirishnomani olgan sanadan eʼtiboran ikki yil oʻtib kuchga kiradi. Ushbu bandga muvofiq chaqirib olish toʻgʻrisidagi bironta bildirishnoma deklaratsiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran besh yillik muddat davomida qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4) hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan va (2)- yoki (3)-bandlarda tilga olingan chaqirib olish, — uning maʼlumoti deponentlash boʻyicha muassasaga 7(1)-moddaga muvofiq deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga ega boʻlish imkoniyatini bergan edi, — chaqirib olish toʻgʻrisidagi bildirishnoma Bosh direktor tomonidan olingan sanadan eʼtiboran bir yil oʻtib bunday maqomning tugatilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5) (1)(a)-bandda aytib oʻtilgan har qanday deklaratsiya, (2)-band yoki (3)-bandda chaqirib olish toʻgʻrisidagi bildirishnoma, 6(1)-moddaning ikkinchi gapiga muvofiq keltirilgan hamda 7(1)(a)-moddaga muvofiq tashkil qilingan deklaratsiyaga kiritilgan vaʼdalar, 8(1)-moddaga muvofiq ilgari surilgan talab va 8(2)-modada aytib oʻtilgan chaqirib olish toʻgʻrisidagi xabar hukumatlararo sanoat mulki tashkilotining oliy boshqaruv organi tomonidan dastlab maxsus maʼqullanishi kerak; hamma Ahdlashuvchi davlatlar bu tashkilotning aʼzolari boʻlib, uning qarorlari bunday davlatlar hukumatlarining rasmiy vakillari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOB
MAʼMURIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Assambleya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) Assambleya Ahdlashuvchi davlatlardan tarkib topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Har bir Ahdlashuvchi davlat nomidan bitta vakil qatnashadi, va u oʻrinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(c) Har bir hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Assambleya majlislarida, shuningdek Assambleya tomonidan taʼsis etilgan har qanday komitet va ishchi guruh majlislarida maxsus kuzatuvchisiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Ittifoq aʼzosi boʻlmasa-da, ammo Tashkilotning yoki Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoqining aʼzosi boʻlgan har qanday davlat, hamda, 2(v)-moddada belgilab qoʻyilganidek, patentlar sohasida ixtisoslashgan va hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti boʻlmagan har qanday hukumatlararo tashkilot Assambleya majlislarida va, agar Assambleya shunday qaror qabul qilsa, Assambleya tomonidan taʼsis etilgan har qanday komitet yoki ishchi guruh majlislarida oʻz kuzatuvchilariga ega boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2)(a) Assambleya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Ittifoqni saqlash va rivojlantirishga va ushbu Shartnomaning qoʻllanishiga tegishli hamma masalalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) oʻz zimmasiga maxsus yuklatilgan yoki mazkur Shartnomaga muvofiq topshirilgan huquqlarni amalga oshiradi va vazifalarni bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Bosh direktorga qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlashga tegishli koʻrsatmalarni beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) Bosh direktorning Ittifoqqa tegishli hisobotlari va faoliyatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, hamda unga Ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hamma kerakli yoʻl-yoʻriqlarni beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Ittifoq ishini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur deb hisoblagan komitetlar va ishchi guruhlarni yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vi) (1)(d)-band qoidalarini hisobga olgan holda Ahdlashuvchi davlatlar boʻlmagan qaysi davlatlar, 2(v)-moddada belgilangan hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti boʻlmagan qanday hukumatlararo tashkilotlar, va qanday xalqaro nohukumat tashkilotlar oʻz majlislariga kuzatuvchilar sifatida qatnasha olishini, va deponentlash boʻyicha xalqaro organlar oʻz majlislariga kuzatuvchilar sifatida qay darajada qatnashishini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vii) Ittifoq maqsadlariga erishish yoʻlidagi har qanday boshqa kerakli xatti-harakatlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(viii) mazkur Shartnomadan kelib chiqadigan hamma boshqa vazifalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) maʼmuriy faoliyati Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan boshqa Ittifoqlar manfaatlariga tegishli masalalar boʻyicha Assambleya, Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi komiteti fikrini eshitgach, qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) Delegat faqat bitta davlat vakili boʻlishi hamda faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4) Har bir Ahdlashuvchi davlat bitta ovozga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5)(a) Ahdlashuvchi davlatlarni yarmi kvorum tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Kvorum boʻlmagan taqdirda ham Assambleya qaror qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning hamma qarorlari, oʻzining protsedura qoidalariga tegishli qarorlardan tashqari, kvorum va talab qilingan koʻpchilik ovozga, Yoʻriqnomada koʻzda tutilganidek, oʻzaro xat yozishuv vositasida ovoz berish yoʻli bilan erishilgandagina, kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(6)(a) Assambleya oʻz qarorlarini, 8(1)(s)-, 12 (4)- va 14(2)(b)-moddalar qoidalarini hisobga olgan holda, koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Betaraf qolganlarning ovozlari hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7)(a) Assambleya oʻzining navbatdagi sessiyasiga uch yilda bir marta Bosh direktor chaqirigʻi bilan Tashkilotning Bosh Assambleyasi toʻplangan vaqt va joyda toʻplanishni afzal biladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan favqulodda sessiyaga yo Bosh direktorning oʻz tashabbusiga binoan yoki Ahdlashuvchi davlatlarning toʻrtdan birining talabiga binoan toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(8) Assambleya hamma protsedura qoidalarini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Xalqaro byuro
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1) Xalqaro byuro:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Ittifoqning maʼmuriy vazifalarini, jumladan mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma yoki Assambleyaga muvofiq oʻziga maxsus yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) qayta koʻrib chiqish boʻyicha kotibiyatning, Assambleyaning, Assambleya tomonidan taʼsis etilgan komitetlar va ishchi guruhlarning, hamda Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan va Ittifoqqa tegishli masalalarni koʻrib chiqadigan har qanday majlislarning vazifalarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Bosh direktor Ittifoqning bosh mansabdor shaxsi va Ittifoq vakili hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) Bosh direktor Ittifoqqa tegishli masalalarni koʻrib chiqish uchun hamma majlislarni chaqiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4)(a) Bosh direktor va u tayinlagan har bir xodim ovoz berish huquqisiz Assambleyaning, Assambleya tomonidan taʼsis etilgan komitetlar va ishchi guruhlarning majlislarida, shuningdek Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan va Ittifoqqa tegishli masalalarni koʻrib chiqadigan har qanday boshqa majlislarda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Bosh direktor yoki u tayinlagan har bir xodim (a)-kichik bandda tilga olingan Assambleyaning, shuningdek komitetlar, ishchi guruhlar va boshqa majlislarning exofficio kotibi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5)(a) Bosh direktor Assambleya koʻrsatmalariga muvofiq qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Bosh direktor hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlash masalalari boʻyicha maslahatlashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(s) Bosh direktor va u tayinlagan shaxslar qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalar ishida ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Bosh direktor va u tayinlagan xodim qayta koʻrib chiqish boʻyicha har qanday konferensiyaning exofficio kotibi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Yoʻriqnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ushbu Shartnoma Yoʻriqnomaga maxsus havola qiladigan talablarga nisbatan, yoki bunday qoidalar oʻrnatilgan yoki oʻrnatilishi maxsus koʻzda tutilgan talablarga nisbatan,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) har qanday maʼmuriy talablar, masalalar yoki protseduralarga nisbatan,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) ushbu Shartnomani qoʻllash uchun foydali boʻlgan har qanday tafsilotlarga nisbatan tegishli qoidalar koʻzda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Ushbu shartnoma bilan bir paytda qabul qilinadigan Yoʻriqnoma ushbu Shartnomaga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) Assambleya Yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4)(a) Yoʻriqnomaga har qanday tuzatishni qabul qilish uchun, (b)-kichik band qoidalarini hisobga olgan holda, berilgan ovozlarning uchdan ikki qismi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Deponentlash boʻyicha xalqaro organlar tomonidan depozitlangan mikroorganizmlar namunalarini berishga tegishli har qanday tuzatishni qabul qilish uchun, bironta Ahdlashuvchi davlat taklif qilingan tuzatishga qarshi ovoz bermasligi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5) Ushbu Shartnoma qoidalari bilan Yoʻriqnoma qoidalari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan holda, Shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOB
QAYTA KOʻRIB ChIQISh VA TUZATIShLAR KIRITISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Shartnomani qayta koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1) Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi davlatlar konferensiyalarida vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Har qanday konferensiyani chaqirish toʻgʻrisidagi qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) 10- va 11-moddalarga kiritiladigan tuzatishlar yo qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyada yoki 14-moddaga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Shartnomaning ayrim qoidalariga tuzatishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) Mazkur moddaga muvofiq 10- va 11-moddalarga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar har qanday Ahdlashuvchi davlat yoki Bosh direktor tomonidan ilgari surilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Ahdlashuvchi davlatlarga ularni Assambleya koʻrib chiqishidan kamida olti oy oldin yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2)(a) (1)-bandda tilga olingan tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 10-moddaga kiritiladigan har qanday tuzatishni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning beshdan bir qismi talab qilinadi, 11-moddaga kiritiladigan har qanday tuzatishni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning toʻrtdan uch qismi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3)(a) (1)-bandda tilga olingan moddalarga kiritiladigan har qanday tuzatish ushbu tuzatish har bir davlatning konstitutsion protsedurasiga muvofiq amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirish Bosh direktor tomonidan ushbu tuzatish kiritilayotgan vaqtda Assambleya aʼzolari boʻlgan Ahdlashuvchi davlatlarning toʻrtdan uch qismidan olinganidan bir oy oʻtib kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Koʻrsatib oʻtilgan moddalarga shu tarzda kiritilgan har qanday tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilinayotgan vaqtda Ahdlashuvchi davlatlar maqomida boʻlgan hamma Ahdlashuvchi davlatlar uchun majburiydir; biroq, aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi davlatlar uchun moliyaviy majburiyatlar yaratadigan yoki bunday majburiyatlarni oshirib yuboradigan har qanday tuzatish bunday tuzatishni qabul qilganliklari toʻgʻrisida xabardor qilgan Ahdlashuvchi davlatlar uchungina majburiy boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(c) (a)-kichik band qoidalariga muvofiq qabul qilingan va kuchga kirgan har qanday tuzatish ushbu tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilingan sanadan keyin Ahdlashuvchi davlat maqomini olgan hamma davlatlar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOB
YAKUNIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Shartnomada qatnashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1) Sanoat mulkining muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoq aʼzosi boʻlgan har qanday davlat ushbu Shartnomaning qatnashchisi boʻlishi mumkin, buning uchun u:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Shartnomani imzolashi va keyin ratifikatsion hujjatni saqlash uchun topshirishi yoki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Shartnomaga qoʻshilganlik toʻgʻrisidagi aktni saqlash uchun topshirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Qoʻshilganlik toʻgʻrisidagi ratifikatsion hujjatlar yoki aktlar saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Shartnomaning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1) Ushbu Shartnoma oʻzlarining qoʻshilish toʻgʻrisidagi ratifikatsion hujjatlari yoki aktlarini topshirgan dastlabki beshta davlatga nisbatan qoʻshilish toʻgʻrisidagi beshinchi ratifikatsion hujjat yoki akt saqlashga topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Ushbu Shartnoma har qanday boshqa davlat uchun ushbu davlat ratifikatsion hujjat yoki aktni saqlashga topshirgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi, agar ratifikatsion hujjat yoki aktda undan kechroq sana koʻrsatilmagan boʻlsa. Soʻnggi holatda ushbu Shartnoma mazkur davlatga nisbatan koʻrsatilgan kechroq sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Shartnoma denonsatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1) Har qanday Ahdlashuvchi davlat Bosh direktor nomiga xabarnoma yuborish yoʻli bilan ushbu Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Denonsatsiya Bosh direktor ushbu xabarnomani olgan sanadan eʼtiboran ikki yil oʻtib kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) Hech bir Ahdlashuvchi davlat (1)-bandda koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan, shu davlatning oʻzi ushbu Shartnoma qatnashchisiga aylangan sanadan eʼtiboran besh yil muddat oʻmagunga qadar, foydalana olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4) Ushbu Shartnomaning 7(1)(a)-moddada aytib oʻtilgan dekloratsiyani deponentlash boʻyicha muassasaga nisbatan deklaratsiyani amalga oshirgan va bu unga deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga ega boʻlish imkonini bergan Ahdlashuvchi davlat tomonidan denonsatsiya qilinishi tufayli (1)-bandda aytib oʻtilgan xabarnoma Bosh direktor tomonidan olingan sanadan eʼtiboran bir yil oʻtib, bunday maqomning tugatilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Shartnomaning imzolanishi va tillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1)(a) Ushbu Shartnoma bittadan asl nusxada ingliz va fransuz tillarida imzolanadi, bunda ikkala matn aynan bir xil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Ushbu Shartnomaning rasmiy matnlari Bosh direktor tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan keyin, hamda ushbu Shartnoma Butunjahon intellektual mulk tashkilotini taʼsis etuvchi Konvensiya boshqa tillarda imzolangan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida, ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(s) Ushbu Shartnomaning rasmiy matnlari Bosh direktor tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan keyin, arab, italyan, olmon, portugal va yapon tillarida, shuningdek Assambleya belgilab beradigan boshqa tillarda ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Ushbu shartnoma 1977-yil 31-dekabrgacha Budapeshtda imzolash uchun ochiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda
Shartnomani saqlash; nusxalarni joʻnatish; Shartnomani roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1) Ushbu Shartnomaning asl matni, u imzolash uchun yopilganidan keyin, Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2) Bosh direktor ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomaning oʻzi tomonidan tasdiqlangan ikkita nusxasini 15(1)-moddada aytib oʻtilgan hamma davlatlarning hukumatlariga, 9(1)(a)-moddaga muvofiq deklaratsiya topshirishi mumkin boʻlgan hukumatlararo tashkilotlarga, va, talabga binoan, har qanday boshqa davlatning hukumatiga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3) Bosh direktor ushbu Shartnomani Birlashgan millatlar tashkilotining Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4) Bosh direktor ushbu Shartnomaga va Yoʻriqnomaga kiritilgan har qanday tuzatishning oʻzi tomonidan tasdiqlangan ikkita nusxasini hamma Ahdlashuvchi davlatlarga, hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlariga va, talabga binoan, har qanday boshqa davlatning hukumatiga va 9(1)(a)-moddaga muvofiq deklaratsiya topshira oladigan har qanday boshqa hukumatlararo tashkilotga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda
Bildirishnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor Ahdlashuvchi davlatlarni, hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlarini hamda Ittifoq aʼzosi boʻlmagan, Sanoat mulkining muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoqining aʼzosi boʻlgan davlatlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) 18-moddaga muvofiq imzolashlar toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 15(2)-moddaga muvofiq qoʻshilish toʻgʻrisidagi ratifikatsion hujjatlar yoki aktlarning saqlashga topshirilgani toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) 9(1)(a)-moddaning qoidalariga muvofiq topshirilgan deklaratsiyalar va 9(1)(a)-moddaga muvofiq chaqirib olish haqidagi xabarnomalar toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) 16(1)-moddaga muvofiq ushbu shartnomaning kuchga kirgan sanasi toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 7- va-8-moddalarga muvofiq xabarlar toʻgʻrisida, shuningdek 8-moddaga muvofiq qarorlar toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vi) 14(3)-moddaga muvofiq ushbu Shartnomaga kiritilgan tuzatishlarni qabul qilish toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vii) Yoʻriqnomaga kiritiladigan har qanday tuzatish toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(viii) Shartnomaga yoki Yoʻriqnomaga kiritilgan tuzatishlarning kuchga kirgan sanasi toʻgʻrisida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ix) 17-moddaga muvofiq olingan denonsatsiyalar toʻgʻrisida xabardor qiladi.