09.03.2012 yildagi PQ-1725-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.03.2012 yildagi PQ-1725-son
Date of entry into force
09.03.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]

Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi rolini oshirish hamda ishtiroki koʻlamini kengaytirish, mamlakat sanoatining yetakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini koʻpaytirish uchun Jamgʻarmaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi resurs bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-avgustdagi PQ-1387-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ustav kapitali belgilangan 10 mlrd AQSH dollari miqdorida shakllantirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2012 — 2016-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ustav kapitalini bosqichma-bosqich 15 mlrd AQSH dollariga yetkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi PQ-397-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 07/23/397/0948-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1725-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PQ-1725-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi ikkinchi xatboshidagi “19 nafardan” soʻzlari “32 nafardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa tushumlar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlatning Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlarini jamlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“19. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning ayrim strategik resurslari boʻyicha jahon bozorlaridagi qulay narxlar natijasida hosil boʻlib, ortiqcha foydadan olinadigan soliqlar, yer bagʻridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz soligʻi tarzida respublika budjetiga rejadan ortiqcha tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash chogʻida Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan qimmatbaho metallarga belgilanadigan chegara narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Jamgʻarmaga quyidagilar ham tushumga qarab qoʻshib boriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamgʻarma mablagʻlarining boʻsh qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan investitsiya daromadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa tushumlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-band kuyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari boʻyicha avans toʻlovlarini toʻlash, qoidaga koʻra, yetkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans toʻlovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-bandning uchinchi xatboshidagi “Markaziy bankining amaldagi meʼyoriy hujjatlariga” soʻzlari “Markaziy bankning hujjatlari va boshqa qonun hujjatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 114-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 07/23/397/0948-son)