Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING USTAVIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-sentabr,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandidagi “fundamental va amaliy tadqiqotlarni” soʻzlari “fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlarni (keyingi oʻrinlarda — ilmiy tadqiqotlar deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandidagi “fundamental va amaliy” soʻzlari “ilmiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. 4-bandida:
uchinchi xatboshidan “fundamental” soʻzi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “fundamental” soʻzi “ilmiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidan “fundamental va amaliy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “olimlar va” soʻzlaridan keyin “ilmiy” soʻzi qoʻshilsin.
4. 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “fundamental va amaliy” soʻzlari “ilmiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. 10-bandining ikkinchi xatboshidan “fundamental va amaliy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. 14-bandidagi “notijorat tashkilotlar” soʻzlaridan keyin “ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmalar” soʻzlari qoʻshilsin.
7. 27-bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
8. 30-bandining ikkinchi xatboshidagi “tadqiqotlarning” soʻzi “ularning” soʻzi bilan almashtirilsin.
9. 44-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“44. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi fan va texnikaning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xizmat qilgan olimlar qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan Umumiy majlisda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar”.
10. 45-bandidagi “akademiklar” soʻzi “olimlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
11. 48-bandida:
yettinchi xatboshidan “fundamental” soʻzi, sakkizinchi xatboshidan “fundamental va amaliy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “ularning” soʻzdan keyin “ilmiy” soʻzi qoʻshilsin.
12. 63-bandidagi “fundamental va amaliy” soʻzlari “ilmiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
13. 67-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha hisobotlar, Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mualliflik huquqini himoya qilish normalariga rioya etish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga topshiriladi.”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 368-modda)