Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2018 16.08.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2255
ONLINE TRANSLATE
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 16.08.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2255
Date of entry into force
26.08.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISh QOIDALARINI BUZGANLIK UChUN TARMOQDAN UZILGAN ISTEʼMOLChILARNING ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA QAYTADAN ULASh UChUN TOʻLOVNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2255]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 13-iyuldagi 9-sonli “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2255-1, 19.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son “2011 — 2015-yillar uchun past kuchlanishli elektr tarmoqlarni modernizatsiyalash va yangilash dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash uchun buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 6-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 6-iyuldagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son “2011—2015-yillar uchun past kuchlanishli elektr tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Qoidalarni buzganlik uchun elektr tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlovni undirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom isteʼmolchilar, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va ularning elektr taʼminoti korxonalari (bundan buyon matnda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Qoidalarda belgilangan holatlarda va tartibda elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmogʻiga qaytadan ulash va elektr energiyasini yetkazib berish isteʼmolchi tomonidan Qoidalarning buzilgan holatlari bartaraf etilganidan va ushbu Nizomda belgilangan toʻlovlar toʻlanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Isteʼmolchilarning elektr tarmogʻidan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlovni undirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoidalarni buzganlik uchun elektr tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash, ushbu qurilmalarni elektr tarmogʻidan uzgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmolchilarning yozma arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Isteʼmolchining arizasiga asosan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili isteʼmolchi bilan birgalikda isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmogʻidan uzishga sabab boʻlgan Qoidalarni buzish holatlari bartaraf etilganligini tekshirib, ikki tomonlama dalolatnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmogʻidan uzishga sabab boʻlgan Qoidalarni buzish holatlari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili tomonidan elektr tarmogʻidan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun isteʼmolchiga toʻlov hujjati (hisob-faktura, kvitansiya) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov hujjati (hisob-faktura, kvitansiya)ga muvofiq toʻlanadigan pul miqdori ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlov stavka miqdorlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Isteʼmolchi toʻlov hujjati (hisob-faktura, kvitansiya) boʻyicha toʻlovni amalga oshirib, ushbu toʻlov hujjatini hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakiliga topshirganidan soʻng uning elektr tarmogʻidan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash amalga oshirilgan toʻlovlar navbati boʻyicha uch kun ichida bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan isteʼmolchilarning elektr qurilmalari elektr taʼminoti shartnomasi bilan belgilangan miqdorlarda va muddatlarda elektr energiyasi (quvvat) uchun toʻlov amalga oshirilmaganligi sababli elektr tarmogʻidan uzilgan holatlarda ularni elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlov miqdori ushbu Nizom ilovasining 2 va 4-bandlarida keltirilgan stavka miqdorlari boʻyicha, Qoidalarning boshqa xil buzilish holatlarida elektr qurilmalarni elektr tarmogʻiga qaytadan ulash uchun toʻlov miqdori esa ushbu Nizom ilovasining 1 va 3-bandlarida keltirilgan stavka miqdorlari boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagi holatlarda elektr tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlov miqdori ushbu Nizomning ilovasida belgilangan toʻlov stavkasining ikki barobari miqdorida belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidalar buzilganligi uchun elektr tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi tomonidan Qoidalar bir yil davomida takroran buzilganda, maishiy isteʼmolchilar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoidalar buzilganligi uchun elektr tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasining hisobiga toʻlangan mablagʻlar ushbu korxonaning asosiy faoliyatidan tushadigan boshqa daromadlari jumlasiga kiritilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 foizi — elektr tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulashni amalga oshirgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi moddiy-texnika resurslarini xarid qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 foizi — Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar uchun past kuchlanishli elektr tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturini moliyalashtirish uchun mablagʻlardan maqsadli foydalanishga “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining maxsus hisobiga yoʻnaltiriladi. Bunda ushbu Dastur amalga oshirilganidan soʻng mablagʻlar har yili “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining manzilli qurilishlar roʻyxatiga kiritiladigan past kuchlanishli elektr tarmoqlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bir nechta ulanish nuqtasiga ega boʻlgan elektr tarmogʻidan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda har bir amaldagi qaytadan ulash nuqtasi boʻyicha alohida toʻlov amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasining aybi bilan elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilgan holatlarda ularni elektr tarmogʻiga qaytadan ulash uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda isteʼmolchilar elektr energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Isteʼmolchilar tomonidan elektr tarmogʻidan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun amalga oshirilgan toʻlovlar ularni Qoidalar buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 4-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 4-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 4-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi B. TEShABAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 4-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlov stavka
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Isteʼmolchilarning toifasi‎ Ulash turi va ulanadigan quvvatlar‎ Stavka miqdori, belgilangan eng kam ish haqiga nisbatan‎
1.

Maishiy isteʼmolchilar

Taqsimlash shchitidagi uzgich yoki avtomatdan, elektr hisoblagichdan‎ 0,5‎
Havo liniyasi tayanchining izolyatoridan‎ 1‎
2.‎

Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan maishiy isteʼmolchilar‎

0‎
3.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻlgan isteʼmolchilar‎‏

50 kVt gacha‎

2‎
50 kVt dan
‎750 kVA gacha ‎
5‎
750 kVAdan yuqori‎ 10‎
4.

Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻlgan isteʼmolchilar

50 kVt gacha‎

1‎
50 kVt dan
‎750 kVA gacha ‎
3‎
750 kVA dan yuqori‎ 7‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 343-modda)