29.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2249
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi bolshligʻining buyrugʻi, 29.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2249
Date of entry into force
08.08.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MARGARIN ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2249]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 62-sonli (roʻyxat raqami 2249-1, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 680-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Margarin ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 27-iyundagi 140-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Margarin ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq margarin ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 62-sonli (roʻyxat raqami 2249-1, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 680-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar margarin ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 62-sonli (roʻyxat raqami 2249-1, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 680-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 62-sonli (roʻyxat raqami 2249-1, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 680-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 62-sonli (roʻyxat raqami 2249-1, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 680-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xodimlar Yogʻ-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 62-sonli (roʻyxat raqami 2249-1, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 680-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlinmalari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 62-sonli (roʻyxat raqami 2249-1, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 680-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos boʻlishi kerak.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C va ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-2014 va GOST 12.1.012-2004 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga boʻlgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Texnologiya jarayonlariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Margarin ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-2014 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlovchilarga zararli taʼsir koʻrsatmaydigan birlamchi material, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni qoʻllash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni boʻlmasa ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini taʼminlovchi choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai boʻlmagan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uskunalarini toʻgʻri joylashtirish va ish joylarini toʻgʻri tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalanish vositalarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalar, soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob-uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qoʻllanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega boʻlgan oraliq moddalar hosil boʻlsa xodimlarga oldindan oʻzini bexatar tutish qoidalari haqida maʼlum qilinishi va ular tegishli tartibda oʻqitilishi hamda himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar belgilangan tartibda tegishli gigiyenik meʼyorlar tasdiqlangandan soʻng qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga taʼsir etuvchi mexanik va boshqa zararli taʼsirlar boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Nazorat uskunalari yechilgan holda taʼmirlanayotganda, ushbu uskunalar zudlik bilan tekshirilgan va koʻrsatkichlari bir xil boʻlgan uskunalar bilan almashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Nazorat uskunalari va signal lampalarining joylashishi hamda ularning koʻrsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Boshqaruv tarmogʻi markaziy pultida jarayonning texnologik parametri kattaligi, uning ish jarayonida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan kattalikka yetganligi haqida avtomatik tarzda signal beruvchi qurilmalar joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi taʼmirlanganidan soʻng sinovdan oʻtkazilishi hamda uning natijalari uskunaning pasporti va maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun yuqori va quyi sathlar belgilangan koʻrsatkich qoʻllanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanishda, ular singanda xodimlarni jarohatlanishidan saqlovchi moslama qoʻllanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish lozim. Idishlardagi sath koʻrsatkichlaridan tashqari ovozli, yorugʻlik va boshqa signalizatorlar qoʻllanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Kislota va ishqorlar bilan ishlash jarayoniga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Kislota va ishqorlarni quyish, tushirish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Oltingugurt kislotasini ishqorli idishlarga quyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Kislota va ishqorlarni idishlarga faqat yuqoridagi lyuklar va quvurlar orqali quyishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Kislota, ishqor va boshqa agressiv moddalar bilan ishlar bajariluvchi xonalarda oʻziga oʻzi yordam berish uchun favvorachali qoʻl yuvgichlar oʻrnatilgan boʻlishi va neytrallovchi vositalarning zarur boʻlgan zaxirasi tayyorlab qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Yoʻlaklar ustidan oʻtgan kislota va ishqor quvurlarining flanetsli birikmalari boʻlmasligi lozim. Barcha flanetsli birikmalar metall gʻiloflar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Suyultirilgan oltingugurt kislotasini poʻlat idishlarda, 78 foizdan past darajada suyultirilgan oltingugurt kislotasini faqat kislotaga chidamli yopiq idishlarda saqlashga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Kislotalar boshqa materiallardan alohida saqlanishi lozim. Oltingugurt kislotasi eritmasini tayyorlashda kislotani suvga ohista quyib aralashtirib turish lozim. Oltingugurt kislotasiga suvni quyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Barcha idishlar va oʻlchagichlar sath oʻlchagichlar va zaxiradagi idishga yoʻnaltirilgan boʻshatish quvurlariga ega boʻlishi lozim. Boʻshatish quvurlari idishning ustki yuzasidan kamida 0,15 m masofada oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Oʻyuvchi ishqorlar qopqoqlari doimo yopiq poʻlat rezervuarlarda saqlanishi lozim. Ishqorlarni aluminiy va ruhlangan idishlarda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Qattiq ishqorli barabanlarning qopqoqlari zich yopilgan boʻlishi, barabanlar quruq xonalarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Kislota va ishqor ortilgan transport vositasida odamlarni olib yurish taqiqlanadi. Kislota va ishqorlarni boshqa materiallar bilan birga tashishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Kislota va ishqorli idishlar yashiklarga joylashtirilishi va maxsus aravachalarda tashilishi yoki ikki ishchi tomonidan maxsus jihozlangan zambillarda olib yurilishi lozim. Bunda idishlar mahkam berkitilgan va ularga suyuqlikning nomi yozilgan birka osib qoʻyilgan boʻlishi lozim. Kislota va ishqorlarni ochiq idishlarda tashish taqiqlanadi. Oʻyuvchi suyuqliklarni korzinkaning dastagidan tutib koʻtarishga faqat korzinkaning tubi va dastaklarining mustahkamligi tekshirib koʻrilgandan soʻnggina ruxsat etiladi. Kislota va ishqorlarning sexlardagi zaxirasi bir kunlik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Kislota va ishqorli butilka va bochkalarning qopqoqlari sekin-asta yigʻilib qolgan gazlarni chiqarib yuboradigan holda ochilishi lozim. Oltingugurt kislotasi boʻlgan metall bochkaning qopqogʻini ochish uchun uchqun hosil qilmaydigan asbobdan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Kislota va ishqorlarni sexning texnologik qurilmalariga quyish jarayoni yopiq oqimda bajarilishi va mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Toʻkilgan kislota va ishqorlar darhol neytrallanishi va yigʻishtirib olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Apparatlarni tozalashdan avval ularda qolgan kislota soda eritmasi bilan neytrallanishi, hosil boʻlgan gaz havo yoki bugʻ bilan siqib chiqarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Kislota va ishqorlar bilan ishlovchi xodimlar belgilangan normalarga muvofiq himoya vositalari, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Bochkalarda keltirilgan yogʻlarni eritish jarayoniga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Qattiq yogʻlarni eritish alohida ajratilgan xonada bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Yogʻlarni oʻtkir bugʻ bilan eritish kameralari va kabinalari zich yopiluvchi eshiklar va berkituvchi qurilmasi yoʻq havo tortuvchi quvurlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Ortiqcha (kondensatsiyalanmagan) bugʻning bochkadan erkin chiqib ketishi uchun eritish shtutserining diametri bochka teshigining diametridan kichik boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Eritish uchun bugʻning ortiqcha bosimi 0,5 kgs/sm2 (0,0454 MPa)dan ortmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Eritish kameralarini tozalash, ular 40°C gacha sovutilgandan soʻng bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Polning sathida va undan pastda joylashgan idishlar toʻsilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Bochkalarni bugʻlatuvchi shtutserga oʻrnatish va undan olish faqat bugʻ joʻmragi berkitilib, ogohlantiruvchi plakat osib qoʻyilgandan soʻng bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Bochkalarni qizdirish vannalariga tushirish va ularni vannadan chiqarib olish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Bochkalar ustma-ust ikki qatordan baland qilinmay tag tomoni bilan taxlanishi lozim, bunda qatorlar orasiga reykalar qoʻyilishi lozim. Bochkalar yotqizib taxlangan hollarda, ularning dumalab ketishining oldini olish uchun tormoz kolodkalari oʻrnatilishi lozim, taxlash balandligi ikki qatordan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Toʻldirilgan bochkalarni taxlash odatda mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim, vazni 80 kg gacha boʻlgan bochkalarni qoʻlda taxlashni ikki ishchi bajarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Yogʻ eritish xonasini boʻsh idishlar bilan toʻldirib yuborish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Uskunalarni yuvish jarayoniga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Mexanizmlarni, apparatlarni, idishlarni, quvurlarni bugʻlash va yuvish uchun bugʻ va suv quvurlarida maxsus shtutserlar va ularga puxta mahkamlangan maxsus shlanglar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Uskunalarni qoʻlda yuvishdan oldin, ular elektr toki tarmogʻidan oʻchirilgan va quvurlardan uzib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Uskunani qismlarga ajratish va yigʻish paytida ogʻir detallarni koʻtarish va joydan-joyga koʻchirish uchun koʻtaruvchi moslamalar (tallar, tagliklar, aravachalar) oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Mashinalarning detallari turgʻun holatda boʻlishi va ishlashga xalaqit bermasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Ammiakda ishlovchi uskunani (sovutish barabanlari, votatorlar va boshqalar) yuvishdan oldin, undagi suyuq ammiak boʻshatib olinishi va yuvish paytida ushbu uskunadan ammiakning bugʻlarini soʻrib olish amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Yuvish eritmasidagi kaustik sodaning miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik yuvish paytida — 2 foizdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlda yuvish paytida — 0,2 foizdan yuqori boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Qoʻlda yuvish paytida kalsiylangan sodaning yuvish eritmasidagi miqdori 0,5-1 foizdan yuqori boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Maxsus yuvish vositalarining miqdori, ularni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Qoʻlda yuvish paytida yuvish eritmasining harorati 55°S dan yuqori boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Aluminiydan bajarilgan idishlarni kaustik sodada yuvish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Laboratoriya xonalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Laboratoriya xonalari havo uzatuvchi-tortuvchi tizimiga, issiq va sovuq suv taʼminotiga, elektr energiyasiga, markazlashtirilgan isitish tizimiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Zaharli moddalar bilan ishlash uchun moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Tortuvchi shkaflar germetik armaturali elektr lampalari bilan jihozlangan va ularning oʻchirgichlari shkafning tashqarisida joylashgan boʻlishi lozim. Shtepsel rozetkalari shkafning tashqi yon tomonida oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Alanga va yonuvchi-portlovchi moddalar foydalanadigan ishlarga moʻljallangan ish stollari va tortuvchi shkaflar yonmaydigan material bilan qoplangan, kislota va ishqorlar bilan ishlaganda esa — yemirilishga chidamli material bilan qoplangan va yonmaydigan materialdan bajarilgan toʻsiqqa (bortikka) ega boʻlishi lozim. Tashkilotda buyruq asosida kislotalar, ishqorlar va yongʻin xavfi boʻlgan moddalarni saqlash uchun javobgar shaxs tayinlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Gaz va suv quvurlarining joʻmraklari ish stollari va tortuvchi shkaflarning old tomonida joylashgan va bexosdan ochilib ketish imkoni boʻlmagan holda oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashgan alohida ajratilgan yuvish xonasi nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlangan boʻlishi lozim, kuchli hidga ega boʻlgan moddalarning hidini chiqarib tashlash va xromli eritmada yuvish uchun bitta hidni tortuvchi shkafli stol va sodali hamda toza suv bilan yuvish uchun — ikkita ochiq stol oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Laboratoriyadagi havo almashinuvi shunday hisoblangan boʻlishi kerakki, bunda zaharli, portlash xavfi boʻlgan gazlarning, bugʻlarning va changning ish xonalarining havosidagi miqdori, ularning meʼyorga muvofiq belgilangan yoʻl qoʻyiluvchi miqdorlaridan ortmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
(142-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Havoda va ishlab chiqarish xonasining avtoklav boʻlimida hamda kompressor stansiyalarida portlash xavfi bor gazlar miqdori doimiy nazorat qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(154-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 19-iyundagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2249-2, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Yoritish va quvvatli uskunalar hamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritgichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Elektr apparatlari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yer bilan ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Ishlab chiqarish qurilmalarining avariya holatida oʻchirilishini taʼminlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi texnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Ish hududida zararli moddalarning konsentratsiyasi nazoratini amalga oshiruvchi hamda qurilmalarning avariyaviy oʻchirilishini taʼminlovchi gaz tahlil qilish apparatlari oʻrnatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki xonalarda oʻrnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda “Yongʻindan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi” kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarining vujudga kelganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berishni taʼminlash maqsadida, gaz tahlil qilish apparatlarida ishlaydigan yorugʻlik va ovoz beruvchi signalizatorlar koʻzda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli omillarning taʼsirini chegaralovchi himoya ekrani oʻrnatilgan maxsus stendlar boʻlishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalangan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga zararli va xavfli omillarning taʼsir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati taʼminlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm oʻlchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Omborda ustma ust taxlangan yoki yuk idishlar stellajlari oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Tashkilotlar tomonidan chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirish, ularni zararsizlantirish, qayta ishlash, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va utillashtirish ishlari belgilangan talablarga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, joylashtirish va tashishni taʼminlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Quvur oʻtkazgichlar va armaturalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Barcha quvur oʻtkazgichlar loyihalashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan quvur oʻtkazgichlar doimo koʻzdan kechirilishi va taʼmirlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Barcha oʻrnatilgan quvur oʻtkazgichlar foydalanishga topshirilishidan oldin va taʼmirlashdan soʻng tekshiruvdan va gidravlik sinov natijalari aks etgan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Tiqin armaturasi va uning joylashishi har bir agregatni ishonchli oʻchirilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Avtoklav boʻlimidagi vodorod, yogʻ, katalizator, inert gaz va suv oʻtadigan quvur oʻtkazgichlarda orqaga qaytarish klapanlari boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Distillyator, dezorator va boshqa ishlab chiqarish uskunalarining bugʻlantirish uchun kuchli bugʻ beriladigan quvur oʻtkazgichlarida ortga (Suyuqlik yoki gaz fazaning yoʻnalishini faqat bir tomonlama tarafga harakat qilishini taʼminlaydigan moslama) klapani, berkitish ventili, manometri, saqlash va reduksion klapanlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Yangi va taʼmirlangan (texnologik qurilmalarni avariya va noxush hodisadan) saqlash klapanlarining germetikligini tekshirilishi va stendda tartibga solinishi uning texnik pasportiga qayd etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Toksik, yonuvchan, portlovchan moddalar haydaladigan quvurlarni maishiy, yordamchi, omborxona, boshqaruv va xoʻjalik xonalari, transformator xonalari va zina yoʻlaklaridan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Yuqori bosim ostidagi bugʻ tizimiga gidravlik turtki berishning oldini olish uchun bugʻ ochqichini tez ochish va bugʻning toʻplanishi natijasida vujudga kelgan suv qaytargichni havo oqimi bilan tozalamasdan ochish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Yonuvchan va portlovchan moddalar quvurlarini ochiq olovda qizdirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Tiqin armaturasi qoidaga koʻra poldan 3,6 m dan baland boʻlmagan balandlikka oʻrnatilishi lozim. Ular poldan 1,6 m dan balandda joylashtirilgan hollarda, koʻchmas asosga oʻrnatilgan narvonli maydoncha yoki uni poldan taʼmirlash mumkin boʻlgan moslamasi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Qayta oʻrnatilayotgan va taʼmirlangan tiqin armaturasi zichligi stendda 5 minut ishchi bosim ostida sinalishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Armaturada uning dastasi va maxoviklarining aylanish yoʻnalishini koʻrsatuvchi yoʻnalish belgisi boʻlishi kerak. Barcha joʻmraklarning old qismida oʻyilgan tiqin holatini koʻrsatish belgilari oq rangda koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Sexlarda (ishlab chiqarish maydonlarida) tiqin, tartibga soluvchi va saqlash armaturalari koʻrsatilgan quvur oʻtkazgichlarining oʻtkazilish tartibi va nazorat-oʻlchash asboblari tasviri osib qoʻyilishi shart. Chizmadagi tiqin armaturalari raqami va boshqa belgilar texnologik reglamentga mos kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Elektrodvigatellarni ishga tushirish qurilmalarida ularning funksional vazifalarini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Quvur oʻtkazgichlarda mahsulot yoʻnalishini koʻrsatuvchi strelkalar boʻlishi kerak. Tiqin armaturasining chizmada tartib raqami yozilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Quvur oʻtkazgichlarni yotqizishda ular osilishi va toʻplanib qoladigan joy hosil qilmasligi, yuborilayotgan material tiqilmasligi, kommunikatsiya choʻzilib ketmasligini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Yemirilishga uchraydigan apparat va quvur oʻtkazgich devorlarining qalinligi va tarkibi tasdiqlangan reja-jadvalga asosan tekshirilishi kerak. Quvur oʻtkazgichlarni tashqi omillar taʼsirida yemirilishdan saqlash choralari loyiha asosida olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Texnologik apparat va quvur oʻtkazgichlarga oʻrnatilgan saqlash klapanlari bugʻ va suyuqlikni xavfsiz joyga chiqarish yoʻliga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Flansli birikmalar tashqaridan kuzatish mumkin boʻlgan va ochiq, taʼmirlash va oʻrnatish uchun qulay boʻlgan joylarga joylashtirilishi kerak. Yogʻli, eritgichli, agressiv suyuqlik quvur oʻtkazgichlarining flans birikmalari kishilar oʻtish joylari va ish maydonlari ustidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Jipslashtirish konstruksiyasi, toʻshama materiali va flans birikmalarining oʻrnatilishi texnologik tizimni taʼmirlash oraligʻida bajarilganda yemiriluvchan birikmalar germetikligini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Bugʻ tizimiga gidravlik taʼsir koʻrsatmaslik uchun bugʻ ventillarini tez ochish va kondensat uzatgichini havolatmay ochish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Quvurlar oʻtkazgichlarning tashqi devori 45°C dan yuqori boʻlgan barcha issiqlik tarqatuvchilari issiqlik izolyazatsiyasi bilan qoplanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari silliq, namlikka va mexanik zararlanishga chidamli va issiq yuzalar uchun oʻtga chidamli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Neytralizatorlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Neytralizator yogʻning harorati 95°C ga yetganda qizdirish qobigʻiga yoki spiralsimon qizdirgichga bugʻ berilishini oʻchirib qoʻyuvchi avtomatik qurilma bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Neytralizator bugʻ qobigʻida manometrga va bugʻ keluvchi quvurda ehtiyot klapaniga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Neytralizator qopqoq bilan yopilgan va toʻlish sathini koʻrsatgich bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Neytralizatorni belgilab qoʻyilganidan ortiq toʻldirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Neytralizatorning tubida hosil boʻlgan choʻkma yogʻni qizdirish boshlanishidan oldin olib tashlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Koʻp miqdorda koʻpik hosil boʻlib, suyuqlikning otilib chiqish xavfi yuzaga kelgan hollarda neytralizatsiya jarayonini olib borish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Neytralizatorning sharnir quvuri koʻtarish chigʻiri bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Toʻldirilmagan neytralizatorning qizdiruvchi qurilmalariga bugʻ berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Vakuum-quritish qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Vakuum-quritish qurilmalarida vakuummetr, termometr, bugʻ qobigʻida manometr va bugʻ keluvchi quvurida ehtiyot klapani oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Apparatni tozalash, koʻzdan kechirish va taʼmirlash uchun kirish teshigining qopqogʻi oson ochilishi, zich berkilishi va ishonchli zichlovchi prokladkaga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Moy oʻlchovchi oynalari, metall gardish va oyna singan taqdirda apparatdan moyning chiqishini berkitib qoʻyuvchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Vakuum-quritish apparati vakuum-nasosga suv yoki yogʻning tegishiga yoʻl qoʻymaydigan moslamalarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Filtr-presslar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Filtr-presslarni yigʻish paytida salfetkalarning, ular siqib qoʻyilgan joylarda yigʻilib va buklanib qolishlariga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Filtr-press moy keluvchi liniyasida manometrga ega boʻlishi lozim, filtrlash bosimi 2 kgs/sm2 (0,196 MPa) dan ortmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. Ramalar, plitalar orasidan va armaturadan moy tomayotgan boʻlsa, filtr-pressni ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlayotgan filtr-presslar bexosdan moyning sachrab ketishining oldini olish uchun salfetkalar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Filtr-pressni tozalash ikki ishchi tomonidan bajarilishi lozim, rama va plitalar oʻzaro kelishilgan tarzda joyidan surilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Filtr-presslar choʻkmani mexanizatsiyalashtirilgan ravishda chiqarib tashlovchi tagliklar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Pressning gidravlik siqish tizimida manometr oʻrnatilgan boʻlishi lozim, filtr-pressning siqish paytidagi bosimi ishlab chiqaruvchi zavodning pasport maʼlumotlariga mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Filtr-pressning siqgichi uchun moʻljallangan elektr dvigateli ortiqcha yuklanishdan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Suyuqlik separatorlari bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Separatorni yechish va yigʻish qatʼiy ravishda ishlab chiqaruvchi zavodning yoʻriqnomasiga muvofiq bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Separatorning barabanini yechib olish va oʻrnatish uchun maxsus elektr telfer oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Separatorning muvozanati (balansirovkasi)ning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun uning detallarini shunday rusumli boshqa separatorlardan yechib olinganlari bilan almashtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Separatorning qopqogʻi ochiq boʻlgan holatda ishga tushirishga imkon bermaydigan blokirovka bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Separatorni ishga tushirishdan avval, uning toʻgʻri yigʻilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jurnalda quyidagilar yozib qoʻyilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
separatorni yigʻishni bajargan slesarning familiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uni ishga tushirishga ruxsat beruvchi shaxsning familiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Titrash, begona shovqin paydo boʻlgan, aylanishlar soni keskin oʻzgargan hollarda separator toʻxtatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230. Bugʻ, suv yoki elektr energiyasini berish toʻxtab qolgan hollarda separatsiya liniyasini avariyasiz toʻxtatish uchun birinchi navbatda bugʻ ejektorini toʻxtatish va quritish apparatidan vakuumni olib tashlash, nam moyni uzatish nasosini oʻchirish va shundan soʻng birin-ketin barcha separatorlar, nasoslar va qorgichlarni toʻxtatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Dezodoratsiyalash qurilmalarida ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Vaqti-vaqti bilan ishlovchi dezodoratorda agar, vakuum liniyasida berkituvchi moslama mavjud boʻlsa, apparatning yuqori qismida 1,5 kgs/sm2 (0,135 MPa) bosimga moʻljallangan ehtiyot membranasi oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Quruq bugʻlagichning quvuridagi zadvijka (agar u zarur boʻlsa), uning shpindeli gorizontal holatda joylashadigan qilib montaj qilinishi lozim. Zadvijkaning konstruksiyasi shpindel harakatga keltirilayotgan paytda disk — yuzchalarining tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Dezodoratorga oʻtkir bugʻ beruvchi quvur bosimi kam tomonda oʻrnatilgan manometrli va ehtiyot klapanli reduksiyalovchi qurilmaga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Barometrik quvurning dezodoratordagi qoldiq bosimga mos keluvchi balandligi dezodoratorga barometrik tizimdan suv tushishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Dezodoratorda yogʻni qizdirish faqat vakuum ostida bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Oʻtkir bugʻ quvuri bugʻni dezodoratorga berishdan oldin liniyadan kondensatni chiqarib yuboruvchi moslamaga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Tomchi yigʻgich toʻlib ketgan holda dezodoratsiyalovchi qurilmani ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pereeterifikatsiya reaktori sifatida qoʻllanilayotgan dezodorator apparatdagi yogʻ qatlamining ostiga natriy etilati kiritish uchun maxsus boks va quvur bilan butlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Uzluksiz ishlovchi (De-Smet turidagi) dezodoratorni yuvish ishlab chiqaruvchi firmaning yoʻriqnomasiga muvofiq bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239. Bugʻ, suv va elektr energiyasi berilishi uzilib qolgan, shuningdek vakuum keskin tushib ketgan hollarda dezodoratsion qurilma darhol toʻxtatilishi lozim. Bugʻ-ejektor blokini toʻxtatish uchun avval bugʻni yopish, soʻng suvni toʻxtatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Sovun-ishqorli eritmalarni parchalash qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
240. Sovun-ishqorli eritmalarni parchalash qurilmasi yopiq va havoni tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241. Sovun-ishqorli eritmalarni parchalash qurilmasi, uning ichidagi massaning harorati texnologik reglament boʻyicha yoʻl qoʻyiluvchi eng yuqori haroratga yaqinlashganda isituvchi bugʻning berilishini avtomatik ravishda oʻchirib qoʻyuvchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
242. Parchalash uchun kislota berilayotgan paytda sovun-ishqorli eritmalarni parchalash qurilmasidagi massa aralashtirib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243. Sigʻimi 5 t dan ortiq boʻlgan sovun-ishqorli eritmalarni parchalash qurilmalari koʻpik ajratgich (havoli yoki mexanik) va qayta quyish quvuriga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Nasoslar va kompressorlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244. Grafitli yoki rezina zichlagichli salniklarga ega nasoslarni suyuqliksiz “salt yurish” rejimida ishga tushirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
245. Avariyaga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, agar qayta oʻtkazuvchi qurilmalar mavjud boʻlmasa, parrakli va porshenli nasoslar ishlayotgan vaqtda haydalayotgan tomondagi kranlarni berkitish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246. Havo kompressorlaridan foydalanish qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Pasterizatorlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
247. Pasterizator manometr va ehtiyot klapani bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Agar sex tarmogʻidagi bosim qurilmasining pasportida ruxsat etilgan bosimdan ortiq boʻlsa, bugʻ reduksion klapan orqali berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
248. Bugʻ yoki sutning sizib chiqishi paydo boʻlsa, pasterizator toʻxtatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
249. Qismlarga ajratishdan avval pasterizator 40°C gacha sovutilishi lozim. Quvurli pasterizator, quvurlarning zichligini buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida iliq suv bilan sovutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
250. Plastinali pasterizatorning seksiya va plastinalarini tortib turuvchi boltlarni pasterizatorning ishlashi butunlay toʻxtamasdan oldin boʻshatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Siqib chiqaruvchi barabanli pasterizator barabanni chiqarib olish va oʻrnatish uchun koʻtarish moslamasiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252. Pasterizator ishlayotgan vaqtda haydash quvuridagi kranlarni berkitish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Siqib chiqaruvchi sovutgich (votator)lar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253. Siqib chiqaruvchi sovutgich (votator)ga emulsiya beriluvchi va emulsiya chiqaruvchi quvurlarda manometrlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254. Siqib chiqaruvchi sovutgich (votator)ni ammiak bilan sovutish tizimiga manometrlar, termometrlar, ehtiyot klapani, resiverdagi suyuq ammiakning sath koʻrsatkichi kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255. Qoʻshimcha klapandan ammiakni chiqarib yuborish bino tomidan 2 m balandga chiqarilgan maxsus quvur orqali amalga oshirilishi va bu quvurda ehtiyot klapanidan oldin va undan keyin hech qanday berkituvchi moslamalar boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256. Siqib chiqaruvchi sovutgich (votator)ning ammiak bilan sovutish tizimi avariya vaziyatida suyuq ammiakni xonadan tashqarida oʻrnatilgan zaxira idishga quyish kommunikatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257. Siqib chiqaruvchi sovutgich (votator)ning yonidagi ish joyida har bir ishlovchi uchun shaxsiy protivogazlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258. Siqib chiqaruvchi sovutgich (votator) uzatmasi shkafining eshiklari doimo qulflangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259. Siqib chiqaruvchi sovutgich (votator)ning har bir toʻxtatilishi va ishga tushirilishi haqida ammiak kompressi mashinisti ogohlantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Margarinni qadoqlovchi avtomatik qurilma bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260. Margarinni qadoqlovchi avtomatik qurilma ishga tushirilganligi haqida atrofdagilarni ogohlantirish uchun tovushli signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Margarinni qadoqlovchi avtomatik qurilmaning himoya shitlari ishga tushiruvchi mexanizm bilan blokirovkalangan, mexanik qismining eshiklari esa qulflangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
262. Margarinni qadoqlovchi avtomatik qurilma, ishga tayyorlash va taʼmirlashga, u batamom toʻxtatilgandan va uning yoqilishiga imkon bermaydigan choralar koʻrilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
263. Margarin pachkalarini karton qutilarga joylovchi avtomat magazinining qopqogʻi ochiq boʻlgan holda mashinani ishga tushirishga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264. Margarinni qadoqlovchi avtomatik qurilmada pnevmatik tizimidagi manometr boʻlishi lozim. Tizimdagi bosim avtomatning pasportida koʻrsatilgan bosimdan ortiq boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
265. Pnevmatik shlanglar tizimdagi havoning bosimi olib tashlangandan soʻnggina yechib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
266. Margarinni qadoqlovchi avtomatik qurilmani oʻchirish uchun har bir mashinada oʻrnatilgan avtonom tutqichlar yordamida avval joylagichdagi, soʻng quti shakllantirgichdagi bosimni chiqarib yuborish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Sovutish barabani bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267. Sovutish barabani ammiak beruvchi va chiqaruvchi liniyasida manometrlar va ehtiyot klapani bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Sovutish barabanidagi ammiakning bosimi pasportda koʻrsatilganidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268. Sovutish barabanining aylanuvchi qismi himoya qobigʻi bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269. Sovutish barabanining salniklari xonaga ammiakni oʻtkazib yubormasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
270. Ish joylarida barcha xodimlar uchun shaxsiy protivogazlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271. “Salt yurish” rejimida, yaʼni barabanning yuzasiga emulsiya bermasdan turib, unga ammiak berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
272. Sovutish barabanining har bir toʻxtatilishi va ishga tushirilishi haqida ammiak-kompressor qurilmasi mashinisti ogohlantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273. Sovutish barabani statik elektr zaryadini qaytaruvchi moslama bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Vakuum-komplektor qurilmasi bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
274. Presslash qurilmasi ramaning stolchaga urilishining oldini olish uchun ochilish burchagi cheklagich yoki amortizator bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
275. Toʻldirilgan bochkalarni qabul qilish maydonchasi himoya toʻsigʻi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
276. Mahsulot bilan toʻldirilgan bochkalarni qabul qilish maydonchasi bochka tushayotgandagi zarbani soʻndirish uchun amortizatorlarga oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
277. Bochka koʻtargichning tortish qismlari (Gal zanjirlari va shu kabilar) toʻsilgan boʻlishi lozim va bochkani stolga agʻdarish ohista bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Sovutish qurilmasi bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
278. Sovutish qurilmasini montaj qilish, unga xizmat koʻrsatish va undan foydalanish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2009-yil 19-noyabrdagi 237-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Gomogenizator bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
279. Gomogenizatorning kamerasi ehtiyot klapani va yoʻl qoʻyiladigan ishchi bosimni koʻrsatuvchi qizil chiziqli manometr bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
280. Gomogenizator plunjerlarining salniklari puxta zichlangan va muntazam kuzatuv ostida boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
281. Gomogenizatorni ishga tushirishdan avval rostlovchi vintlari chap tomonga oxirigacha burab qoʻyilgan, plunjerlarni sovutish uchun suv beruvchi joʻmragi ochilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
282. Gomogenizator batamom toʻxtamasidan oldin, uning kallagini ochish, salniklarini zichlash va grund-buks gaykalarini tortib qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Shisha idishlarni yuvish mashinalari bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
283. Shisha idishlarini yuvish mashinalariga shisha idishlarni va yuvuvchi eritmani yetkazib berish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
284. Suv va ishqorli eritmalar baklari xodimlar uchun xavfsiz boʻlgan joyga yoʻnaltirilgan oqizib yuboruvchi quvurlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
285. Suv va eritmalarning harorati issiqlik rostlagichlari yordamida avtomatik ravishda tutib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
286. Ishqorli eritmalarni purkagichlar puxta mahkamlangan boʻlishi va muntazam ravishda tozalab turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
287. Issiq suv va ishqorli eritmalarni uzatuvchi nasoslarning haydash tomonida manometrlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
288. Shisha idishlarini yuvish mashinalariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tegishli maxsus kiyim bilan taʼminlangan boʻlishi, ish joylaridagi polga esa yogʻoch panjaralar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
289. Kuzatish darchalari ochilgan holda shisha idishlarini yuvish mashinasini ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
290. Koʻchib chiqqan etiketkalarni tutib qoluvchi toʻrlarni tozalash paytida himoya koʻzoynaklari va qoʻlqoplaridan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
291. Chiqayotgan bugʻlarni chiqarib tashlash uchun shisha idishlarini yuvish mashinasi mahalliy havo soʻrish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
292. Shisha idishlarini yuvish mashinasi quyidagi hollarda uni oʻchiradigan blokirovkalovchi moslamalarga ega boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idish tashuvchi konveyerlar (transportyorlar) ortiqcha yuklanganda yoki harakatlanmay qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idish ortuvchi qurilmalarning ishchi organlari harakatlanmay qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idishlarni tushiruvchi qurilmalar harakatlanmay qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idish tashigichlarning uyalaridan idishlar toʻliq tushmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib ketuvchi konveyer idishlar bilan ortiqcha toʻldirib yuborilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinaga berilayotgan suvning bosimi belgilangan meʼyorlardan kamayib ketganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuvuvchi eritmalarning harorati belgilangan meʼyorlardan ortiq oʻzgarganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilganlaridan tashqari barcha blokirovkalar, ular ishlagan paytda yoqiluvchi nurlanuvchi signalizatsiyaga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
293. Boshqarish pultida, umumiy maqsadlardagi “Pusk” va “Stop” tugmalaridan tashqari mashinani, toʻplagich, uzatuvchi va olib ketuvchi konveyerlarning uzatmalarining barcha elektr dvigatellarini bir vaqtda tez oʻchirish tugmasi boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
294. Boshqarish va blokirovkalash zanjirlarining taʼminoti 36 V dan ortiq boʻlmagan kuchlanish bilan amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikni taʼminlash talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikning umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
295. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296. Uskunalar zarur texnik holatda boʻlishi uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi taʼmirlashning qatʼiy bajarilishi hamda taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
297. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
298. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
299. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
301. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
303. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
304. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
305. Havoza va toʻshamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
306. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
307. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
308. Barcha taʼmirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
309. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
310. Taʼmirlash olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
311. Taʼmirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim. Barcha turdagi taʼmirlash ishlari tarmoq (idoraviy) nizomlariga muvofiq tuzilgan va tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot taʼmirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
312. Yuqori kuchlanishga ega boʻlgan elektr uskunalarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarli tajribaga ega boʻlgan va xavfsizlik texnikasi boʻyicha toifasi IV guruhdan past boʻlmagan xodim tomonidan 1000 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishdagi va malaka toifasi III guruhdan kam boʻlmagan xodim tomonidan 1000 V gacha kuchlanishga ega boʻlgan uskunalar bilan ishlashga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
313. Barcha zararli va portlovchi gazlar boʻlgan hamda gazlar yigʻilish ehtimoli bor xonalarda taʼmirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek taʼmirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
314. Taʼmirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bugʻlar ajralib chiqaruvchi jarayonlarni bajarish taqiqlanadi. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bugʻ, gaz bor-yoʻqligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metal asboblarni tashlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
315. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich va mufta qobigʻida turish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
316. Xodimlarning oʻtishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarini olib oʻtish uchun moʻljallangan yoʻllar sirpanchiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
317. Zararli va portlovchan moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlar devorining qalinligi (texnik koʻrikdan oʻtkazish, parmalash, ultratovush yordamida) belgilangan muddatlarda tekshirib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
318. Asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
319. Barcha portlab yonish xavfi boʻlgan binolarda tortish shamollatish tizimi oʻchirilganda, rejali va ogohlantirish taʼmirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
320. Asbob-uskuna (rezervuar)da taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlardan toʻsgich bilan toʻsilgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda oʻtkir bugʻ bilan bugʻlantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa taʼmirlash ishlari ularni bajarish jarayonida koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay xavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda toʻxtatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Texnologik qurilma, sigʻim va quduqlar ichida taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
322. Texnologik qurilma, sigʻim va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan oʻtkazish, tozalash va taʼmirlash ishlari sex boshligʻining yozma koʻrsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi toʻldirilgandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
323. Xodimlarni texnologik qurilma (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlar toʻsgichlar bilan berkitilgan, texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, oʻtkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan xavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan (yoki bugʻlangan) hamda 40°S ga qadar sovutilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
324. Oʻz tuzilishida harakatlanuvchi qismlari boʻlgan texnologik qurilmalarga xodimlar tushirilishidan oldin, uni oʻchirish bilan quvvatsizlantirilishi, “Yoqilmasin, xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi ilib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
325. Texnologik qurilma, sigʻim va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi boʻyicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yoʻqligini koʻrsatgan taqdirdagina ularning ichida ishlarni bajarishga ruxsat etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
326. Ishlar masʼul muhandis-texnik xodimning rahbarligida kamida uch xodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri texnologik qurilma, idish yoki quduqning ichida boʻlishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan xodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
327. Texnologik qurilmaning ichida ishlayotgan xodimning sogʻligʻi yomonlashsa, u darhol ishni toʻxtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan xodimni tashqariga chiqarib olishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
328. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan texnologik qurilmalar, sigʻimlar, quduqlarda taʼmirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qoʻyilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
329. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan soʻng xodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
330. Idishlarni, ularning ichiga xodimlarning tushishi bilan bogʻliq ishlarga tayyorlash hamda ishlash paytidagi koʻriladigan xavfsizlik choralari naryad-ruxsatnomada bayon qilingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331. Taʼmirlash jarayonida yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan sex, tajribaxona, ustaxona, omborxona, boʻlim rahbarlariga yuklatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
332. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar obyektning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxsining (muassasa, sex, laboratoriya, ustaxona, omborxona va shu kabilarning rahbari) yozma ruxsati bilan aniqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
333. Olovli ishlar bilan bogʻliq taʼmirlash ishlariga yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan va maxsus ruxsatnoma berilgan xodimlar qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
334. Olovli ishlarni boshlashdan oldin, ushbu ishlarni bajaruvchi xodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni bexatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335. Ishlab turgan portlash xavfi bor obyektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha boʻlgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
336. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida xavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish toʻxtatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
337. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
338. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(338-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
339. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi va “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK boshqaruvi raisi A. RAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi A. BOʻRIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 24-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 322-modda; 2017-y., 28-son, 680-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.07.2025-y., 10/25/2249-2/0572-son)