Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025 28.02.2011 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.02.2011 yildagi 50-son
Date of entry into force
28.02.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli ““Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning barkamol kamol topishiga, oʻsib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, oʻquvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek ularning boʻsh vaqtdan oqilona foydalanishiga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari ishlar tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining faoliyat koʻrsatayotgan maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining sonini va tuzilmasini takomillashtirish hamda uning asosida har bir tuman va shaharda bittadan “Barkamol avlod” bolalar markazini, shuningdek bittadan viloyat bolalar markazini, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa respublika bolalar markazini va Toshkent shahrida — texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha uchta respublika bolalar markazlarini — ular tegishli ravishda tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklariga boʻysundirilgan holda — hammasi boʻlib 215 ta bolalar markazini shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 13-oktabrdagi F-3509-son farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oladigan 2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish dasturi tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy parametrlari 5-ilovaga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan jadvalga muvofiq muddatlarda umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida 78 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi ochilishini taʼminlasinlar, alohida kirish joyi mavjud boʻlishini hamda toʻrttadan oltitagacha toʻgarak xonalarini oʻquv jarayoniga zarar yetkazmasdan zarur asbob-uskunalar va inventar bilan toʻliq jihozlashni nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishga asosan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilari oʻtilgan mashgʻulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq toʻlagan holda shartnoma asosida jalb etilishini tashkil etsinlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining boʻshab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida tashkil etiladigan “Barkamol avlod” bolalar markazlarida elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari oʻrnatiladi, qolgan kommunal xarajatlar esa ular tomonidan umumtaʼlim maktablariga moliya organlari bilan kelishuv boʻyicha qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Barkamol avlod” bolalar markazlari tashkil etiladigan binolar va inshootlarni mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, taʼmirlash ishlarini toʻliq tugallash va obyektlarni belgilangan muddatlarda topshirish shartlari bilan tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Barkamol avlod” bolalar maktablarida oʻqiganlik uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 5 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 2,5 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida — 10 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning qolgan tuman (shahar)larida — 5 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan oʻquvchilar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida oʻqiganlik uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik ijodkorlik yoʻnalishidagi toʻgaraklar uchun ota-onalar toʻlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar maktablarida 25 foiz, tuman (shahar) maktablarida 20 foiz etib belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar maktabga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun oʻqiganlik uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar miqdorining 70 foizi, toʻgarak aʼzosi maktabda tashkil etilgan bittadan ortiq toʻgarakka aʼzo boʻlgan taqdirda 60 foizi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati uchun zarur boʻlgan xom ashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) va transport vositalarini xarid qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish va ularda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) toʻgarak rahbarlari va xodimlarni 50 foizgacha ragʻbatlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻquvchilari xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov va festivallarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan toʻgarak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oʻrin uchun — 20 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-oʻrin uchun — 15 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-oʻrin uchun — 12 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oʻquvchilari respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov va festivallarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan toʻgarak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oʻrin uchun — 10 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-oʻrin uchun — 7 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-oʻrin uchun — 5 baravarigacha.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroritahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 28-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI

* Toʻgaraklar rahbarlari soni toʻgarak mashgʻulotlari hajmiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni normativ boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Barkamol avlod” viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasida respublika va Toshkent shahar bolalar markazlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uch yoʻnalish — texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarini shakllantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOMPLEKS TADBIRLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Tadbirlar Bajarish muddati Masʼul bajaruvchilar
1.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish uchun 215 ta maktabdan tashqari muassasani aniqlash, shu jumladan 137 tasi faoliyat koʻrsatgan muassasalardan va 78 tasi umumtaʼlim maktablarining binolaridan foydalanilgan holda hamda ularning tuzilmalarini “Barkamol avlod” bolalar markazlarining namunaviy tuzilmalariga muvofiqlashtirish. 2011-yil 10-martgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi
2.‎ Faoliyat koʻrsatuvchi respublika maktabdan tashqari taʼlim muassasalari negizida texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha 3 ta respublika “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish. 2011-yil sentabr Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi
3.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2011-yil I chorak Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi
4.‎ Maktabdan tashqari taʼlim uchun davlat talablarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2011-yil I chorak Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
5.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazining namunaviy Ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2011-yil I chorak Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
6.‎ Bolalar “Barkamol avlod” bolalar markazida oʻqiganligi uchun ota-ona toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2011-yil mart Moliya vazirligi
7.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi aniq yoʻnaltirilgan dasturlarini shakllantirish va tasdiqlash. Belgilangan muddatlarda har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
8.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlari obyektlarida mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolari oʻtkazish. Yillik aniq yoʻnaltirilgan dasturlar tasdiqlangandan keyin ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
9.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlarida toʻgarak ishining har bir turi boʻyicha yangi, zamonaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 2011-yil sentabr Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi
10.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklarda mashgʻulotlar olib borish uchun umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini oʻrindoshlik boʻyicha kontrakt asosida jalb etish. 2011-yildan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
11.‎ “Barkamol avlod” respublika va viloyat markazlarida seminarlar va qisqa muddatli trening-kurslar tashkil etish yoʻli bilan ham “Barkamol avlod” bolalar markazlarining, ham umumtaʼlim maktablarining metodistlari va rahbarlari malakasini oshirish dasturini tasdiqlash. har yili 1-fevralgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi
12.‎ Dastur doirasida bajariladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida muntazam yoritish, “Barkamol avlod” bolalar markazlari qatnashchilarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari toʻgʻrisidagi materiallarni eʼlon qilish. Doimo Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PARAMETRLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

obyektlar soni

Mintaqalar Hammasi shu jumladan yillar boʻyicha:
2011‎ 2012‎ 2013‎ 2014‎
Respublika boʻyicha hammasi 215‎ 30‎ 51‎ 64‎ 70‎
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 17‎ 2‎ 4‎ 5‎ 6‎
2. Andijon viloyati 18‎ 3‎ 4‎ 6‎ 5‎
3. Buxoro viloyati 14‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎
4. Jizzax viloyati 14‎ 1‎ 4‎ 4‎ 5‎
5. Qashqadaryo viloyati 15‎ 3‎ 3‎ 4‎ 5‎
6. Navoiy viloyati 11‎ 2‎ 3‎ 3‎ 3‎
7. Namangan viloyati 13‎ 3‎ 4‎ 3‎ 3‎
8. Samarqand viloyati* 17‎ 3‎ 4‎ 4‎ 6‎
9.‎ Surxondaryo viloyati 16‎ 1‎ 3‎ 6‎ 6‎
10. Sirdaryo viloyati 12‎ 1‎ 3‎ 4‎ 4‎
11. Toshkent viloyati 21‎ 3‎ 6‎ 5‎ 7‎
12. Fargʻona viloyati* 19‎ 3‎ 4‎ 6‎ 6‎
13. Xorazm viloyati 13‎ 1‎ 4‎ 4‎ 4‎
14. Toshkent shahri 12‎ 2‎ 2‎ 4‎ 4‎
15.‎ Respublika muassasalari 3‎ 0‎ 0‎ 2‎ 1‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 20-maktab va Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanidagi 2-maktab Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 2011-yilning mukammal taʼmirlash dasturiga kiritilgan. “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlar hajmi binolarning texnik holati boʻyicha nuqsonli dalolatnomalar asosida belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 89-modda; 2017-y., 20-son, 361-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)