19.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2198
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligining qarori, 19.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2198
Date of entry into force
01.03.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
“OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2198]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 39-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 40-modda) va 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 14-martdagi 31, 1, 02-317-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori (2006-yil 1-may, roʻyxat raqami 1566) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 18-son, 154-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 2-oktabrdagi 86, 11, 1072-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2006-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 1566-1) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 43-44-son, 438-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUHAMEDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-88-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88-con qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan koʻrsatilayotgan ichimlik suvi taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, issiq suv taʼminoti va isitish (issiqlik taʼminoti) xizmatlari boʻyicha (bundan buyon matnda kommunal xizmatlar deb yuritiladi) tariflarni shakllantirish va xarajatlar tarkibini aniqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
(1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kommunal xizmatlarning tariflarini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashkilotlar koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflarini tasdiqlatish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanishini davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tovar va moliya bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilib ariza bilan murojaat qiladi, bundan asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻlmagan tashkilotlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻlmagan tashkilotlar mazkur xizmatlarga narxlarni (tariflarni) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq mustaqil belgilaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tariflarni asoslash uchun qabul qilinadigan kommunal xizmatlarning ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlar koʻrsatayotgan kommunal xizmatlar tarifi ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, soliq va yigʻimlar boʻyicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 317-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar kommunal xizmatiga tasdiqlanadigan tarifni shakllantirishda xarajatlar hisobiga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qarori bilan tasdiqlangan Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatlarda texnologik auditdan oʻtkazilmagan inshootlarning foydalanish va saqlash xarajatlari hisobga olinmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilar tomonidan aholi uchun belgilangan tariflarda xarid qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar oldingi hisobot davrida tashkilot texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarni tejashga erishgan boʻlsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta koʻrib chiqishda tejalgan mablagʻlarning 50 foizgacha boʻlgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarga xarajatlar esa zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish natijasida qoʻllaniladigan aniqlashtirilgan xarajatlar normasi hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kommunal xizmatlarga narxlar va tariflarni tasdiqlash yoki keyinchalik qayta koʻrib chiqishda narxlar va tariflar oʻsishining 10 foizi, ushbu kommunal xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning oʻz daromadlari hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarga tariflarning hisob-kitobi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari
(1-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kommunal xizmatlar xarajatlarini hisob-kitob qilishda ishlab chiqarish va xizmatlarni bevosita isteʼmolchiga sotishdan iborat boʻlgan ishlarning butun texnologik jarayoni hisobga olinadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, suv taʼminoti xizmatlari tannarxiga suv olish inshootlari, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari, muhandislik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha xarajatlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari boʻyicha tariflarning hisob-kitoblari mazkur xizmatlar boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xarajatlarni rejaviy hisob-kitob qilishda yoʻqotishlar qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlar chegarasida nazarda tutiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv taʼminoti tashkilotining moddiy xarajatlari koʻtarilgan suv hajmi hamda 1 kub. m suvni tozalash uchun tasdiqlangan meʼyoriy reagentlar (xlor, kogulyant va boshqa materiallar) xarajatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quvvatli va yoritish energiyasi xarajatlari artezian va daryo suvi boʻyicha chiqarilgan suv hajmiga muvofiq elektr energiyasining taqqoslama meʼyorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflar bilan hisoblab chiqiladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oqova suvlarni chiqarib yuborishda moddiy xarajatlar (xlor, xlorli ohak va suv havzalariga oqizib yuborishdan oldin zararsizlantirish uchun ishlatiladigan boshqa materiallar) oqindi suvning chiqarilgan va tozalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu xarajatlar miqdori tozalangan oqova suv miqdorini materiallar xarajatining qabul qilingan taqqoslama meʼyorlariga va materiallar qiymatiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari hisob-kitobi alohida tuziladi, bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar ushbu xizmatlar turlari boʻyicha ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqiga mutanosib taqsimlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarifning miqdorini hisoblash uchun xizmatlarning barcha isteʼmolchilarini hisobga olgan holda berilgan suv (ajratilgan oqim suyuqlik) hajmlari boʻyicha ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tashkilotining daromadlarini aniqlash zarur. Mazkur xizmatlarni yaqin davr (yil)da rivojlantirish istiqbolini hisobga olgan holda aniq hisobot davri (yil) uchun xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi va tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining oʻzgarishi)ning taxminiy taʼsiri hamda zaruriy foyda summasidan oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif hosil boʻladi. Oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻr. tarif = S + Fz (soʻm)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu yerda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻr. tarif — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi)ga oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi)ning ishlab chiqarish tannarxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fz — ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tashkilotlarining rentabelli ishini taʼminlovchi 1 kub. m suv (1 kub. m oqova suv) hisob-kitobiga zaruriy foyda (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, foydadan soliq va yigʻimlar boʻyicha xarajatlar hamda sof foyda summasi).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2014-yil 15-apreldagi 33, 65 va 03-1/392-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2198-1, 12.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlariga haq toʻlash summasi uy-joy fondining obodonlashtirilganligi darajasiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining 87-bandida belgilangan suv (oqova) isteʼmoli meʼyorlari hamda aholi uchun tariflardan kelib chiqqan holda bir oyda 1 kishiga hisoblab chiqariladi, hisoblagich asbob-uskunalari boʻlganda esa, toʻlov ularning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Issiq suv taʼminoti va isitish (issiqlik taʼminoti) xizmati (ishlab chiqarish va yetkazib berish)
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish xarajatlari tarkibiga issiqlik energiyasini ishlab chiqish hamda issiqlik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar, isteʼmolchilarning ulanish joylari, harorat, bosimni va suv sarfini muvofiqlashtiruvchi avtomat qurilmalar ishlashini nazorat qilish xarajatlari kiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ulgurji isteʼmolchilar uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tariflarni hisoblash uchun, issiqlik taʼminoti tashkilotlarning yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmi xizmatning barcha isteʼmolchilarini hisobga olgan holda daromadlarini aniqlash zarur. Bunda daromadlar aniq davr (yil) ushbu tarmoqni yaqin davrlar (yil) da rivojlanish istiqboli hamda koʻzda tutilayotgan tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining oʻzgarishi) ning taʼsiri isitish mavsumining meʼyoriy davomiylik muddatini (S), zaruriy foydani (Fz) hisobga olgan holda amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 15-bandidagi formulaga muvofiq).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Issiqlik taʼminoti xizmatlariga tariflarni shakllantirishda qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlashni oʻtkazishga davlat budjeti (davlat subsidiyalari) hisobidan ajratilgan mablagʻlar issiqlik taʼminoti tashkilotlari xarajatlaridan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasiga muvofiq Davlat subsidiyasidan daromadlar soliq solishda jami daromadga kiritilmaydi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlashni oʻtkazish xarajatlar, amortizatsiya ajratmalari, budjet hisobidan ajratiladigan mablagʻlar va moliyalashtirishning boshqa manbalarini hisobga olgan holda, manzilli roʻyxatlarga muvofiq belgilangan moliyaviy mablagʻlarning yetishmaydigan qismiga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Issiqlik taʼminoti xizmatlari birligiga tariflarni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar ishlab chiqarish, xodimlarining asosiy ish haqiga nisbati bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tarifni shakllantirishda sof foyda summasi va rentabellik darajasi mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2014-yil 15-apreldagi 33, 65 va 03-1/392-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2198-1, 12.05.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Aholi uchun tariflar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isitish (issiqlik taʼminoti) xizmatlari boʻyicha isitish mavsumining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydoniga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiq suv taʼminoti boʻyicha hisoblash asbobi boʻlmaganda bir oyda 1 kishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiq suv sarfini hisoblash asbobi boʻlganda 1 kub. m issiq suv uchun.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Aholi uchun markaziy isitish va issiq suv taʼminotiga belgilangan tariflar quyidagilardan kelib chiqqan holda hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 Gkal issiqlik tannarxi xarajat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulgurji isteʼmolchilar uchun belgilangan tarif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot tomonidan oʻrnatilgan issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi asosida 1 kv. m isitish maydonini isitish va 1 kub. m suvni qizdirish uchun sarflangan taxminiy issiqlik energiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi qaroriga binoan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun issiqlik energiyasi meʼyorlari miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tariflarni shakllantirishda quyidagilar tannarxni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari boʻlib hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti tashkilotlari xizmatlarining tannarxi issiqlik tarmoqlarini kuzatish, nazorat qilish, xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash boʻyicha rejalashtirilayotgan tashkiliy va texnik tadbirlariga muvofiq, qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini texnik koʻrik xizmati va taʼmirlashni hisobga olgan holda aniqlanadi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar rejaviy hisob-kitob qilishda issiqlik energiyasidan yoʻqotishlar qonunchilikda belgilangan meʼyorlar chegarasida nazarda tutiladi;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi bir vaqtning oʻzida isitish (issiqlik taʼminoti) va issiq suv taʼminotida sotilgan taqdirda, xarajatlar moddalari boʻyicha issiqlik energiyasining isitish (issiqlik taʼminoti) va issiq suv taʼminotidagi mutanosib miqdoriga muvofiq hisoblanishi lozim;
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti xizmatlariga moddiy xarajatlar texnik tuzi va uning oʻrnini bosuvchi boshqa materiallar xarajati meʼyorlaridan kelib chiqqan holda 1 kub. issiq suv (issiqlik eltuvchi) va unga belgilangan narx hisob-kitobi boʻyicha belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanishli tok va yoritish energiyasi xarajatlari elektr energiyasi xarajatining taqqoslama meʼyorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflarga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Aholi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarni aniqlashning namunaviy hisob-kitobi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoida
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 19-yanvar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini aniqlashning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY HISOB-KITOBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Isitishdagi (issiqlik taʼminotidagi) 1 kv. m isitish maydoni uchun bir kunda hisob-kitob boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir kunga 1 kv. m isitish maydoniga isitishdagi (issiqlik taʼminotidagi) issiqlik energiyasining taqqoslama isteʼmoli — 0,001539979 Gkal*;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isitish (issiqlik taʼminoti) tarifi (QQS hisobga olgan holda) — 156 643 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir kunga isitishdagi (issiqlik taʼminoti) 1 kv. m isitish maydoni uchun tarif oʻrtacha 241 soʻmni tashkil qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156 643 soʻm. x 0,001539979 = 241 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Issiq suv taʼminoti uchun hisoblash asbobi boʻlmaganda bir oyda 1 kishiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oyda 1 kishiga issiq suv taʼminotidagi issiqlik energiyasining taqqoslama isteʼmoli — 0,165591785 Gkal;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi tarifi (QQS hisobga olgan holda) — 156 643 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oyda 1 kishiga issiq suv uchun tarif 25 938 soʻmni tashkil qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156 643 soʻm. x 0,165591785 = 25 938 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Turarjoy xonadonlarida issiq suvni individual hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda, issiq suv taʼminoti xizmatlariga belgilangan tariflarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublika issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hisoblash asbobi boʻlganda aholi uchun 1 kub. m issiq suv uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha isteʼmolchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi 156 643 soʻm/Gkalni (QQS hisobga olgan holda) tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzatuvchi quvurdagi issiq suv harorati — 72,8 ºS;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzatuvchi quvur izolyatsiyasi orqali issiqlikning meʼyoriy yillik oʻrtacha yoʻqotilishi — 73,94 Gkal/s;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzatuvchi quvurdagi suvning yillik oʻrtacha soatlik xarajati — 33 560,0 kub. m/s (issiqlik manbayidagi xarajat oʻlchagichi maʼlumoti boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiq suv tayyorlash uchun ishlatiladigan chiqarilgan suvning yillik oʻrtacha harorati — 10,8 ºS.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atrof-muhitga yoʻqolishi sababli uzatuvchi quvurdagi suv haroratining yillik oʻrtacha pasaytirilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Delta t =

73,94 x 106

2,20S

bu yerda:

33560,0 x 103

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106 — Gkalni Kkalga oʻtkazish koeffitsiyenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103 — kgga oʻtkazish koeffitsiyenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga beriladigan issiq suvning oʻrtacha harorati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tgv = 72,8° — 2,2 = 70,6°S.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turarjoy binolarida issiq suv haroratining sovishi hisobga olingan holda aholiga yetkazib beriladigan issiq suvning oʻrtacha harorati (K=0,96).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tgv = 70,6 x 0,96 = 67,8°S.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiq suvning tarkibidagi issiqlik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i = 0,001 (67,8° — 10,8°) = 0,057 (Gkal/kub. m).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 kub.m issiq suv uchun tarif:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tgv = 156 643 x 0,057 = 8 928,6 soʻm/kub. m.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Markaziy isitish va issiq suv taʼminotidagi issiqlikning taqqoslama isteʼmoli har bir hudud (alohida aholi punkti) uchun Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1687, 2007-yil 7-iyun) asosida ishlab chiqiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-martdagi 343-son va 1-martdagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2198-2, 08.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda; 2014-y., 20-son, 231-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 10/26/2198-2/0330-son)