Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2018 16.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2195
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 16.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2195
Date of entry into force
26.02.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERKIN ALMAShTIRILADIGAN VALYuTAGA EKSPORT QILIShDA IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALARNI QOʻLLASh MAQSADIDA OʻZI IShLAB ChIQARGAN TOVARLARNI (IShLARNI, XIZMATLARNI) ANIQLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2195]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 2-fevraldagi 17 va 2018-07-sonli “Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2195-3, 08.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son ), Oʻzbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 91-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son “Xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda) farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy Makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., № 6, 33-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 23-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 23-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-51-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 23-yanvardagi 113, 2010-51-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 32-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son ), Oʻzbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 91-modda) 12-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son “Xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda) farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy Makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., № 6, 33-modda) muvofiq, oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash uchun oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni eksport qilish — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish — ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qoʻyilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishlar va xizmatlar eksport qilinganligi fakti hisobvaraq-faktura yoxud belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi bilan vositachi yoki ishonchli vakil oʻrtasidagi vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchining topshirigʻiga koʻra (vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontrakti (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasining koʻchirma nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzi ishlab chiqargan tovar deganda, agar ushbu bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, korxona oʻzi tomonidan ishlab chiqarish texnologik jarayonini hisobga olgan holda, oʻziga tegishli boʻlgan yoki jalb etilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan yoki qayta ishlangan mahsulot (jumladan yarim tayyor mahsulot) tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot, korxonaning oʻzi ishlab chiqargan tovar hisoblanadigan va ushbu korxona tomonidan qayta ishlash uchun berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan hollarda, oʻzi ishlab chiqargan tovar deb:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo mulkdori uchun — qayta ishlash natijasidan keyin olingan mahsulot, qayta ishlash xizmatlari uchun qayta ishlangan mahsulotning bir qismi bilan haq toʻlash hollarida esa, mahsulotning qayta ishlaganlik uchun haq sifatida qayta ishlovchi korxona tasarrufida qoladigan qismi chegirib tashlangan holdagi mahsulot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta ishlovchi korxona uchun — qayta ishlash xizmatlari uchun haq sifatida uning tasarrufida qoladigan mahsulot hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzi ishlab chiqargan ish (xizmat) deganda korxona tomonidan oʻz kuchi bilan bajarilgan (koʻrsatilgan) ish (xizmat) tushuniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 28-dekabrdagi 86, 2011-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2195-1, 26.01.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 3-4-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turistik tashkilotlar uchun oʻzi ishlab chiqargan xizmat deganda, tur doirasida transport xizmati koʻrsatish, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati koʻrsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni koʻrsatishni oʻz ichiga oluvchi turistik xizmatlar majmui (yoki uning qismi) tushuniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar ishlab chiqarish texnologik jarayoni boʻlib hisoblanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni joʻnatishni tashkil qilish, saralash, qaytadan oʻrash, qadoqlash).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻzi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻzi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdigʻi boʻlib, korxona tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qoʻyilgan belgi hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun korxona javobgardir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu Qoidalarning 2, 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda oʻtkazilayotgan tekshiruv paytida davlat soliq xizmati organlarining talablariga koʻra taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 25-dekabr
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 72-modda; 2012-y., 3-4-son, 38-modda; 2016-y., 14-son, 137-modda)