Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 09.04.1998 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 09.04.1998 yildagi 72-son
Date of entry into force
09.04.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998-YIL 4-MARTDAGI “XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOCHORLIGI VA SHARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILISHI UCHUN MANSABDOR SHAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI TATBIQ ETISH BILAN BOGʻLIQ MASALALAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonida qator xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining boqimandalik kayfiyati, masʼuliyatsizligi, tashabbussizligi, shartnoma majburiyatlarining buzilishi korxonalarni iqtisodiy nochorlik, bankrotlikka olib kelayotganligi qayd etilgan. Shunga qaramasdan xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqish jarayonida xoʻjasizlik, pul mablagʻlarini behuda sarflash va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yetarlicha baho berilmay kelinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarlikning oldini olishda xoʻjalik sudlarining rolini oshirish maqsadida xoʻjalik sudlariga nizolarni koʻrish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatish, maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash, aybdor shaxslar hisobidan keltirilgan zararni qoplash, rahbar va boshqa xodimlarni egallab turgan lavozimlaridan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy choralar koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish huquqlari berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonini tatbiq etish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi :
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori ularning iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarlikning oldini olishdagi rolini oshirish zarurligiga qaratilsin. Pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, toʻlov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonalarni bankrotlik darajasiga olib kelganlik holatlari aniqlangan hollarda sudlar rahbar va boshqa shaxslarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqish jarayonida korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilishi, ularni iqtisodiy nochorlik va bankrotlikka olib kelgan hamma holatlarni aniqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlarga Prezidentning 1998-yil 4-martdagi Farmonida nazarda tutilgan sudlarining maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi vakolati xoʻjalik nizolarini koʻrish jarayonida huquqbuzarlik aniqlangan hollarida qoʻllanilishi mumkin.ekanligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davomli huquqbuzarliklar boʻyicha bir yillik muddat dastlabki huquqbuzarlik sodir etilgan paytdan emas, balki ushbu huquqbuzarlik aniqlangan va oshkor boʻlgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davomli huquqbuzarlik tugatilmagan taqdirda yoki nizo sudda koʻrilgunga qadar bir yilga yetmasdan tugatilgan boʻlsa, u holda ushbu holat aniqlangan kun huquqbuzarlikning oshkor boʻlgan kuni deb hisoblanadi.
(6.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Xoʻjalik sudining maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(6.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5. Maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni koʻrishda davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-son