Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.03.1998 yildagi PF-1938-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.03.1998 yildagi PF-1938-son
Date of entry into force
04.03.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOChORLIGI VA ShARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILIShI UChUN MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishi shuni koʻrsatmoqdaki, qator xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining boqimandalik kayfiyati, masʼuliyatsizligi va tashabbussizligi, shartnoma majburiyatlarining buzilishi korxonalarni iqtisodiy nochorlik va bankrotlikka olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xoʻjalik sudlari iqtisodiy beqaror xoʻjaliklarga nisbatan murosasozlikka yoʻl qoʻymoqdalar, mazkur korxonalarning mansabdor shaxslarini qonunda belgilangan javobgarlikka tortmayaptilar. Xoʻjasizlik va pul mablagʻlarini behuda sarflash, ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqishda yetarli baho berilmayotir. Sudlar korxonalarni bankrotlikka olib keluvchi debitor-kreditor qarzlarining yuqoriligi hamda zarar koʻrib ishlashning sabablarini yetarli darajada oʻrganmayaptilar va aniqlamayaptilar. Etkazilgan mulkiy zararni aybdor mansabdor shaxslar hisobidan undirish yuzasidan aniq choralar koʻrilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Natijada, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tomonidan javobgarlikni his etmagan holda oʻziboʻlarchilik, sovuqqonlik va xizmat mansabini suiisteʼmol qilish holatlariga yoʻl qoʻyilishi davom etmoqda. Bunday holatga ortiq toqat qilib boʻlmaydi va keskin choralar koʻrilishi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy nochorligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslarining masʼuliyatini kuchaytirish, shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishi va ularga belgilangan majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik sudlari faoliyati respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar talablariga yetarli darajada javob bermayotir deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun buzuvchilarga nisbatan murosasozlik qilishdek nomaqbul amaliyot, ayrim sudlar tomonidan iqtisodiy nizolarni koʻrishga yuzaki yondoshish, aksariyat hollarda ularning faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan sansalorlik va rasmiyatchilik holatlari qoralansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlariga, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy nizolarni koʻrish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun prokurorga xabar berish.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan mulkiy zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, toʻlov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonalarni bankrotlik darajasigacha olib kelganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini va boshqa xodimlarini egallab turgan lavozimidan ozod etishga qadar boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga taqdimnomalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taʼkidlab oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz faoliyatida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda huquqiy yordam koʻrsatish hamda uni tashkil qilish masalalarida pala-partishlikka va noizchillikka yoʻl qoʻyib sustkashlik qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri S.M. Mirsafoyevdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslari shartnoma intizomini buzganligi uchun javobgarlikka tortish haqidagi qonunchilikda belgilangan choralarni qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda bu ishda rasmiyatchilik va huquqiy savodsizlikka barham berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi bilan oʻn kunlik muddat ichida shartnomalar, shu jumladan qishloq xoʻjaligida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va ijro qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, shartnoma majburiyatlarini bajarishning ahvolini muntazam oʻrganish va xoʻjalik subyektlarining javobgarligini oshirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish talab qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari korxonalarning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash uchun shaxsan javobgardirlar. Pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanilmaganligi, toʻlov intizomining buzilishi, shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi va korxonalarni bankrot boʻlish darajasigacha yetkazish koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni qattiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikkacha tortishga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xoʻjalik subyektlari tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, korxonalarni iqtisodiy nochorlikka, bankrotlikka olib kelganligi va shartnoma majburiyatlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun mansabdor shaxslarni qattiq javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, sudlarga daʼvo arizalari taqdim etishni jadallashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin va mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1938-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 43-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)