04.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2111
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 04.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2111
Date of entry into force
14.06.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BANKIDAGI FUQAROLARNING SHAXSIY JAMGʻARIB BORILADIGAN PENSIYA HISOBVARAQLARIGA IXTIYORIY RAVISHDA YOʻNALTIRILADIGAN MABLAGʻLARGA JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI BOʻYICHA IMTIYOZNI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2111]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2010-yil 3-may,

37-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 3-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-20-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 3-maydagi 37, 2010-20-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan summalariga (keyingi oʻrinlarda jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi oʻrinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) tarzida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Imtiyozni qoʻllash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Soliq chegirmasi soliq solinadigan ish haqi va (yoki) boshqa daromadlarini oʻzining jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga ixtiyoriy ravishda oʻtkazgan jismoniy shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Soliq chegirmasi daromad oluvchi jismoniy shaxsning ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq arizasiga asosan toʻlov manbaida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar toʻlov manbaiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolish va oʻtkazish majburiyati yuklatilmagan boʻlsa, soliq chegirmasi jismoniy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasiga asosan taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan arizaning taqdim etilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soliq chegirmasi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladigan summaga, jismoniy shaxsning hisoblangan daromadi miqdorida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ish beruvchi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladigan mablagʻlarni ish haqini toʻlash muddatidan kechiktirmay oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki filiallari hisobot yilidan keyingi yilining 15-fevraliga qadar tegishli hududiy davlat soliq xizmati organiga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga mablagʻlarni ixtiyoriy ravishda oʻtkazgan jismoniy shaxslarga jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agar jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy badallar tarzida tushgan mablagʻlar soliq davri tugaguniga qadar toʻlanadigan boʻlsa, ushbu mablagʻlarga jismoniy shaxsning jami yillik deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, ishlayotgan pensioner 2010-yilda arizasiga asosan ixtiyoriy ravishda 600 000 soʻm miqdoridagi ish haqi va boshqa daromadlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltirdi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozdan foydalandi. Deylik, 2010-yilning 1-yanvar holatiga koʻra jismoniy shaxsning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlar 2 000 000 soʻmni tashkil etgan. 2010-yilning 10-dekabrida shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan 2 300 000 soʻm, shu jumladan avval shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ixtiyoriy ravishda oʻtkazgan va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan 300 000 soʻm miqdoridagi mablagʻlarni oldi. Shunday qilib, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan olingan 300 000 soʻm miqdoridagi mablagʻlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ish beruvchilar xodimlarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badallar reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining xizmat koʻrsatuvchi filialiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 30-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi har chorakda hisobot choragidan keyingi chorakning ikkinchi oyining 10-kuniga qadar, yil yakunlari boʻyicha esa — 5-apreldan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan mablagʻlar miqdoriga soliq chegirmasini qoʻllagan jismoniy shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki filiallari ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat soliq xizmati hududiy organlariga ish beruvchilar tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar taqdim etilgan maʼlumotlar asosida maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomondan davlat soliq xizmati organiga taqdim etilgan jismoniy shaxslarning jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq siri hisoblanadi va oshkor etilmaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan soliq chegirmalarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq banki raisi M. JUMAGALDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 3-may

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎________________________________

(Yuridik shaxsning nomi)

‎ARIZA

Men, ___________________________________________ Sizdan ish haqimdan

(F.I.O.)

va (yoki) boshqa daromadimdan bir yoʻla (har oy) __________________________

(tagiga chizilsin)‎‎ (summa yozib koʻrsatiladi)‎

miqdorida mening Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi shaxsiy jamgʻarib boriladigan hisobvaragʻimga oʻtkazishingizni soʻrayman.

Shundan xabardormanki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslar daromadlarining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan summalari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi. Bunda, agar men ushbu mablagʻlarni qaysi soliq davrida oʻtkazgan boʻlsam, ushbu soliq davrida undan foydalanadigan boʻlsam, ushbu mablagʻlarga jismoniy shaxsning jami yillik deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solinadi.

‎‎‎_________________________________

‎________________‎

‎________________‎

(F.I.O.)

(imzo)‎

(sana)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎ ‎‎
‎‎‎‎‎‎____________________________________________

(Davlat soliq xizmati organining nomi)

‎Xalq banki filiali toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

STIR
Toʻliq nomi ‎‎____________________________________________
Joylashgan yeri ‎‎____________________________________________
‎Pochta manzili ____________________________________________
‎Telefon: kod‎

raqam

Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda mablagʻlarni oʻtkazgan jismoniy shaxslarga jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOTLAR
‎ 20___ yil uchun

(soʻm)

Jismoniy shaxsning SHJBPH

Jismoniy shaxsning F.I.O.

SHJBPHda yil boshida mablagʻlar miqdori

Yil davomida kelib tushgan

SHJBPHdan toʻlangan mablagʻlar

SHJBPHda yil oxirida mablagʻlar miqdori

jami

shu jumladan ixtiyoriy badallar

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎Xalq banki filiali rahbari

‎‎‎____________________

‎‎‎_________

(F.I.O.)

(imzo)

M.Oʻ.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi

MAʼLUMOTLAR
‎20___ yilning ____ choragi uchun

T/r

Koʻrsatkichlar

1.‎

Jismoniy shaxslar soni (kishi):

1.1.‎

yil boshidan

1.2.‎

hisobot choragi uchun

2.‎

Jamgʻarib boriladigan Ixtiyoriy pensiya badallari summasi (mln soʻm):

2.1.‎

yil boshidan

2.2.‎

hisobot choragi uchun

‎Rais oʻrinbosari‎

‎________________‎

‎_________________________________

(imzo)‎

‎(F.I.O)

M.P.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan mablagʻlar miqdoriga soliq chegirmasini qoʻllagan jismoniy shaxslar soni toʻgʻrisidagi

MAʼLUMOTLAR
‎20___ yilning ____ choragi uchun

T/r‎

Koʻrsatkichlar

1.‎

Soliq chegirmasini qoʻllagan jismoniy shaxslar soni (kishi):

1.1.‎

yil boshidan

1.2.‎

hisobot choragi uchun

2.‎

Imtiyoz summasi (mln soʻm):

2.1.‎

yil boshidan

2.2.‎

hisobot choragi uchun

‎Rais oʻrinbosari‎

‎________________‎

‎_________________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O)

M.P.‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 180-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 20.07.2026-y., 10/26/2111-1/0760-son)