27.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2107
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 27.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2107
Date of entry into force
06.06.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2107]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 24-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 24-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-15-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi 24, 2010-15-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga (oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining) yoʻnaltiriladigan toʻlovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 273-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-iyuldagi 2025-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2107-2, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining) oʻqishi uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlariga (keyingi oʻrinlarda oʻqish uchun toʻlov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi oʻrinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) koʻrinishida beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 273-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-iyuldagi 2025-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2107-2, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom maqsadlarida oliy taʼlim tashkiloti deganda oliy taʼlimning taʼlim dasturlarini (bakalavriat va magistratura) amalga oshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan, oʻz Ustavi va Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1222, 2002-yil 22-fevral) asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional taʼlim tashkiloti deganda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi nizom asosida faoliyat yurituvchi tashkilot tushuniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi oʻqish uchun toʻlov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari (foizlari bilan);
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlari (ssudalar).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzining, farzandlarining yoki erining (xotinining) oʻqishi uchun toʻlanganda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — taʼlim oluvchiga, uning ota-onalariga, shuningdek, agar oʻqish uchun toʻlov taʼlim oluvchi yigirma olti yoshga toʻlguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa xotiniga (eriga) beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 273-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-iyuldagi 2025-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2107-2, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin oʻtkazilgan oʻqish uchun toʻlov summalariga beriladi. Oʻqish uchun toʻlov yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlar hisobiga 2010-yilning 1-yanvariga qadar amalga oshirilgan hollarda, soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin yuridik shaxslar tomonidan berilgan ssudalarni qoplash hisobiga ushlab qolingan mablagʻlar summasiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuridik shaxslar tomonidan talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan, ushbu yuridik shaxsning xarajati boʻlgan mablagʻlar summasiga soliq chegirmasi tatbiq etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar hisobot soliq davrida soliq chegirmasini toʻliq qoʻllashning imkoni boʻlmasa (jami yillik daromad summasi taʼlim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasidan kam boʻlsa), uning qoldigʻi keyingi soliq davrlariga koʻchirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish yoʻli bilan hamda soliq toʻlovchining yozma arizasiga binoan toʻlov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Toʻlov manbaida soliq chegirmasini taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toʻlov manbaida soliq chegirmasi taʼlim uchun toʻlov quyidagilar hisobiga amalga oshirilganda taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlangan summalarni jismoniy shaxsning soliq solinadigan daromadlaridan keyinchalik ushlab qolish sharti bilan berilgan ish beruvchining mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga olingan taʼlim kreditini (foizlari bilan) qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan oʻtkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jismoniy shaxslar soliq chegirmasini olish uchun ish beruvchiga daromadlarini oʻqish uchun toʻlovga (kreditni qoplashga foizlari bilan) oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talaba (talabalar) bilan Oʻzbekiston Respublikasining professional yoki oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qaroriga (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Toʻlov manbaida soliq chegirmasi qoʻllanilganda jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilishi talab qilinmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 393-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jismoniy shaxsga toʻlov manbaida soliq chegirmasi taqdim etilmagan holda, soliq chegirmasi ushbu Nizomning III bobida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi asosida taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Professional va oliy taʼlim tashkilotlari hamda tijorat banklari tomonidan mablagʻlarni qaytarib berish ushbu mablagʻlar olingan shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazib berish orqali amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avval oʻtkazilgan pul mablagʻlari ish beruvchining hisob raqamiga qaytarib berilganda, toʻlov manbaida imtiyozni qoʻllagan ish beruvchi qaytarib berilgan summani jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritishi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Soliq chegirmasini jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi asosida berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun toʻlov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 396 — 398-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish yoʻli orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun koʻrsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Soliq chegirmasiga boʻlgan huquqni tasdiqlash uchun jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talaba (talabalar) bilan Oʻzbekiston Respublikasining professional yoki oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlari hisob raqamiga (taʼlim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablagʻlarini mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari oʻzlarida mavjud maʼlumotlar va taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravishda soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi koʻrinishidagi imtiyoz summasi qoʻllanilganligini aniqlaydilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (roʻyxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar bitta davlat soliq xizmati organida hisobda turmagan taqdirda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya quyidagi tartibda taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaxs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq soliq chegirmasini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi tariqasidagi imtiyoz summasi qoʻllanilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (maʼlumotnomalarni) taqdim etadi (masalan, taʼlim oluvchining otasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Taʼlim oluvchining otasi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda uning farzandi (farzandlari) va rafiqasi soliq chegirmasini qoʻllamaganliklari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslarga, mazkur shaxslar tomonidan boshqa jismoniy shaxslar soliq chegirmasini qoʻllaganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma taqdim etilgandagina beriladi (masalan, taʼlim oluvchining onasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Avval jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya taʼlim oluvchining otasi tomonidan taqdim etilgan va u tomonidan taʼlim olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning bir qismiga soliq chegirmasi qoʻllanilgan. Taʼlim oluvchining onasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda otasining soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan qoʻllanilgan soliq chegirmasi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan soliq chegirmalarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

MAʼLUMOTNOMA

Berildi_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(F.I.O.)

JSHSHIR‎‎‎‎
Ushbu jismoniy shaxs tomonidan oʻqish uchun mustaqil ravishda toʻlangan summalarga chegirma qoʻllanilmaganligi tasdiqlandi.‎‎
Soliq inspeksiyasi boshligʻi

______________(imzo)‎‎‎

_________________________________(F.I.O.)‎

‎‎M.Oʻ.

‎‎

T/r

‎‎

Sana‎‎

‎‎

(kk/oo/yy)‎‎‎

‎‎
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

MAʼLUMOTNOMA

Berildi_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(F.I.O.)

JSHSHIR‎‎‎‎
Ushbu jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan oʻqish uchun mustaqil toʻlangan summalar boʻyicha_______________________‎‎______
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________soʻm miqdorida chegirma qoʻllanilganligi tasdiqlandi.
Soliq inspeksiyasi boshligʻi

______________(imzo)‎‎‎

_________________________________(F.I.O.)‎

‎‎M.Oʻ.

‎‎

T/r

‎‎

Sana‎‎

‎‎

(kk/oo/yy)‎‎‎

‎‎
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 169-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)