26.04.2010 yildagi PQ-1326-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 26.04.2010 yildagi PQ-1326-son
Date of entry into force
26.04.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DEHQON BOZORLARI VA SAVDO KOMPLEKSLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari) faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliqroq hisobga olinishini taʼminlash, shuningdek, sifati past, qalbaki va kontrabanda mahsulotlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari) pasportlarini tuzishni nihoyasiga yetkazib, ushbu pasportlarga ularning ixtisoslashuvi va ish tartibi, turgʻun savdo nuqtalari va savdo oʻrinlari miqdori va joylashuvi, ularning hududida mavjud boʻlgan infrastruktura obyektlari va koʻrsatilayotgan xizmat turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni albatta kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilning 1-iyuniga qadar 100 ta va undan koʻproq turgʻun savdo nuqtalari va savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan barcha bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan yigʻimning toʻliqligini har kuni tekshirgan holda faqat bank tizimi orqali bir martalik yigʻim va ijara toʻlovlari undirilishining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishini majburiy tartibda joriy qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilning 1-iyunigacha boʻlgan muddatda bozorlar hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan barcha avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarining belgilangan tartibda bozorlar va savdo komplekslariga topshirilishini taʼminlasinlar, ularning nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallari bilan jihozlanishini, shuningdek 300 ta va undan koʻproq turgʻun savdo nuqtalari va savdo oʻrinlariga ega boʻlgan bozorlar va savdo komplekslarida mashinalarning kirish va chiqish vaqtini qayd etib turadigan elektron hisoblagichlar majburiy oʻrnatilishini nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda davlat veterinariya xizmati va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarini jalb etgan holda har bir dehqon (oziq-ovqat) bozorida bozorga olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ekspress-analiz laboratoriyalarini tashkil qilib, tegishli sertifikat bersinlar va tegishli sertifikatga ega boʻlmagan mahsulotlarning sotilishini taqiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yilning 1-yanvariga qadar muddatda barcha ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlarini nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallari bilan jihozlangan turgʻun savdo nuqtalaridan iborat boʻlgan savdo komplekslari etib qayta tashkil qilsinlar, isteʼmolda boʻlgan mol-mulk savdosi boʻyicha bozorlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-oktabrdagi R-3296-son Farmoyishiga muvofiq tuzilgan ishchi komissiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2010-yilning 1-iyuliga qadar 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha savdo komplekslari, dehqon, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlarida aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi obyektlarni fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari bilan majburiy ravishda qoʻshimcha jihozlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlardagi savdo oʻrinlari jismoniy shaxslarga faqat ularning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgani toʻgʻrisidagi guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirdagina beriladi, oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini, shuningdek isteʼmolda boʻlgan tovarlarni sotish hollari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotib olingan tovarlar va xizmatlar uchun xaridorlarga beriladigan kassa cheklarida soliq toʻlovchining nomi va individual raqami (INN), xarid qilingan vaqti va sanasi, tovarning nomi, uning qiymati, kassa apparatining raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlarning hududida (qonun hujjatlariga muvofiq dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hududida zamonaviy savdo komplekslarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish istisno qilingan holda) yer uchastkalari ajratib berilishiga, shuningdek bozorga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy va yuridik shaxslarga mulk qilib topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3037-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 457-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy moliya va soliq organlari bilan kelishilgan holda bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini har yili tasdiqlasinlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ-3037-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 457-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari 2010-yilning 1-mayiga qadar muddatda bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymatini tasdiqlasinlar hamda bozorlar va savdo komplekslariga kiriladigan barcha joylarga osib qoʻysinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2010-yilning 1-oktabridan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari tomonidan qoʻllanadigan nazorat-kassa mashinalari yagona texnik talablarga mos kelishi va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyadan oʻtkazilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikati boʻlmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda chek berish aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bozorlar va savdo komplekslarining faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 26-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1326-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo komplekslari, dehqon, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlarida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini majburiy ravishda qoʻllangan holda aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi qoʻshimcha obyektlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish boʻyicha umumfoydalanadigan ixtisoslashtirilgan turgʻun pavilonlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash, shu jumladan bozorga tutash hududlarda vaqtincha saqlash joylari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aholidan toʻlovlarni, shu jumladan uy-joy-kommunal xizmatlar, telefon va uyali aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish punktlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bozorlarning maʼmuriyati tomonidan bir martalik yigʻim va ijara toʻlovlarini qabul qilish punktlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2017-y., 23-son, 457-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son)