Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 06.04.2010 yildagi PQ-1317-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 06.04.2010 yildagi PQ-1317-son
Date of entry into force
06.04.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BANK TIZIMINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRISh VA INVESTITSIYaVIY FAOLLIGINI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oʻstirish, ularning investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish hamda ichki manbalar hisobidan iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan kreditlar hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh pul mablagʻlarini uzoq muddatli depozitlarga jalb etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-yanvardagi PQ-1461-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-yil, 1-2-son, 3-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aksiyadorlik tijorat banklarining aksiyadorlari va Kuzatuvchi kengashlarining 2010-yilda qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish va banklarning jami kapitallarini 2-ilovaga* muvofiq 490 mlrd soʻmga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaroriga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard soʻm qilib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019-yilning 19-yanvariga kadar tijorat banklarining ustav kapitali miqdorlari mazkur bandda koʻrsatilgan talablarga yetkazilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tijorat banklari tomonidan, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarga, yangi investorlarga sotilgunga qadar, ular davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoniga muvofiq, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 6-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1317-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda; 2011-yil, 1-2-son, 3-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)