23.03.2010 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2010 yildagi 50-son
Date of entry into force
23.03.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKA LOYIHA-QIDIRUV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarini, eng avvalo, qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy rejalashtirish va kompleks qurishni amalga oshirishni tashkil etish tizimini tubdan yaxshilash, ishlab chiqilayotgan loyihalar sifatini oshirish, shuningdek respublikaning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va tegishli loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yigʻilishlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzLITTI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshuyjoyloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Donloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Oʻzmevasabzavot-uzumsanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “Oʻzagrosanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzrangmetloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “OʻzGEOTEXLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ZPLITI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “OʼZGASHK” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish hamda “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatini davlat unitar korxonasiga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etish natijasida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining asosiy ixtisoslashish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasining muassisi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi, “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi hamda “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi tuzilmasi va ustavlarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining aksiyadorlari (qatnashchilari) bilan birgalikda loyiha-qidiruv tashkilotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrosanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi, “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi hamda “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlarini soha boʻyicha oliy maʼlumotli hamda loyihalash ishlarida kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarning puxta tanlanishini nazarda tutgan holda tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzining qayta tashkil etilishi munosabati bilan aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tasdiqlangan bosh rejalarda nazarda tutilmagan qoʻshimcha obyektlarni qurish yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 23-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari nomi va qayta tashkil etish shakli Yangidan tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari
Loyiha-qidiruv tashkilotlari nomi va joylashgan joyi*‎ Ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi, (kamida) %‎ Asosiy ixtisoslashuv yoʻnalishi
1.‎ “OʻzLITTI” YAJ va “Toshuyjoyloyiha” OAJ (birlashish)‎ “ToshuyjoyLITI” OAJ, Toshkent shahri, M.Yakubov koʻchasi, 43 (“Toshuyjoyloyiha” OAJning sobiq binosi)‎ 51‎

Namunaviy, shu jumladan uy-joy va ijtimoiy binolar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
‎Shaharsozlik sohasidagi investitsiya loyihalarining TIA, TIIni, normativ-metodologik va yoʻriqnoma hujjatlarni ishlab chiqish.
‎Turar joy binolari va inshootlarini oʻlchash va tekshirish ishlarini amalga oshirish, texnik jihatdan koʻzdan kechirish. ‎

2.‎ “Donloyiha” MCHJ va “Oʻzmevasabzavot-uzumsanoatloyiha” MCHJ (birlashish) “Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ, Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 16 A (“Oʻzmevasabzavotuzum-sanoatloyiha” MCHJning sobiq binosi) ‎ 51‎

Qishloq uchun moʻljallangan bogʻdorchilik va meva-sabzavot mahsulotlarini, chorvachilik va asalarichilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini, fermer xoʻjaliklari infratuzilmasini, uy-joy va ijtimoiy-maishiy soha obyektlarini loyihalash, shuningdek investitsiya loyihalarining TIA va TIIni ishlab chiqish.
‎Tegirmonchilik sanoati obyektlarining loyiha, texnologik va konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish.

3.‎ “Oʻzrangmetloyiha” OAJ va “OʻzGEOTEXLITI” DUK (birlashish) “OʻzGEORANGMETLITI” DUK, Toshkent shahri, Bobur koʻchasi,15 (“OʻzGEOTEXLITI” DUKning sobiq binosi) 100‎

Metallurgiya kon-ruda obyektlarini loyihalash, mavjud metallurgiya korxonalarini rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tarmoq loyihalarining maxsus boʻlimlarini ishlab chiqish.
‎Investitsiya loyihalarining TIA va TIIni ishlab chiqish.
‎Rangli va ruda metallurgiyasida ilmiy-tadqiqot va qidiruv ishlarini olib borish.

4.‎ “ZPLITI” YAJ va “OʼZGASHK” DUK (birlashish) “OʻzGASHKLITI” DUK, Toshkent shahri, Qatortol koʻchasi, 38 (“OʼZGASHK” DUKning sobiq binosi) 100‎

Qurilishda, geoinformatika va shaharsozlik kadastri sohasida muhandislik-texnik qidiruv ishlari kompleksini amalga oshirish. Binolar va inshootlarning foydalanishga mustahkamligi yuzasidan muhandislik qidiruv va tadqiqot ishlarini amalga oshirish, normativ-metodologik va yoʻriqnoma hujjatlarni ishlab chiqish.
‎Yer usti va yer osti binolarining asosi va poydevorlarini loyihalash va tadqiq etish, binolarning zilzilabardoshliligini ilmiy jihatdan tadqiq etish.

5.‎ “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ (qayta oʻzgartirish) ‎ “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 18 100‎

Shaharlar va aholi punktlarining bosh rejalarini, yirik va noyob binolar, ijtimoiy-madaniy, maishiy, uy-joy va jamoaga moʻljallangan obyektlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
‎Investitsiya loyihalarining TIA va TIHni, shuningdek normativ-metodologik va yoʻriqnoma hujjatlarni ishlab chiqish, ularni koʻpaytirish.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. * Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar boʻyicha tegishli ravishda ularning huquqiy vorislari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 5-bandning birinchi xatboshidagi “qoidaga koʻra” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 7-band “b” kichik bandining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“toʻliq kompleksda loyihalash boʻyicha faoliyat turlari uchun (loyihalashning barcha bosqichlarida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, shu jumladan loyihalarning DTIA, TIA hamda DTIH, TIHlarini ishlab chiqish) — murakkablikning I-II toifasidagi obyektlar uchun — kamida 12 mutaxassis, murakkablikning III toifasidagi obyektlar uchun — kamida 15 mutaxassis, murakkablikning IV-V toifasidagi obyektlar uchun — kamida 25 mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ayrim boʻlimlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyat turlari uchun — kamida 10 mutaxassis”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 8-band “e” kichik bandining uchinchi xatboshiga “shuningdek mehnat daftarchalarining (notarial tasdiqlangan)” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 37-banddagi “eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 85-modda; 2012-y., 8-9-son, 79-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/851/0146, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)