Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 02.05.2001 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.05.2001 yildagi 203-son
Date of entry into force
02.05.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KOʻMIR TARMOGʻINI TEXNIKA BILAN QAYTA JIHOZLASHNING BIRINCHI BOSQICHINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasidagi generatsiyalovchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq koʻmir tarmogʻini texnika bilan qayta jihozlashning koʻmir qazib chiqarishni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan birinchi bosqichini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasining texnologiyalarni ishlab chiqish, asbob-uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish, shefmontaj hamda 2003-yilga borib koʻmir qazib chiqarishni 3,2 mln tonnagacha koʻpaytirishni kafolatlovchi (42 mln Germaniya markasi miqdoridagi) loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilishini nazorat qilish yuzasidan Germaniyaning “Krupp Ferdertexnik GMBX” firmasi bilan kontrakt tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, koʻmir tarmogʻini texnika bilan qayta jihozlashning birinchi bosqichi boʻyicha loyihani mablagʻ bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 35,7 mln Germaniya markasi miqdoridagi 85 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasiga qayta moliyalashtiriladigan xorijiy bankning “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi krediti hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 6,3 mln Germaniya markasi miqdoridagi 15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasiga qayta moliyalashtiriladigan xorijiy bank krediti hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konlardagi kapital ishlarni amalga oshirishga qilinadigan 1991-yilgi narxlardagi 3,94 mln soʻm miqdoridagi xarajatlar — “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasining oʻz mablagʻlari va yetishmagan qismi, 2002-yildan boshlab, “Oʻzsanoatqurilishbank” krediti hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy bank kreditlarini toʻlash — “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasining oʻz mablagʻlari hisobiga ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2000-yil 9-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi va Germaniyaning “Krupp Ferdertexnik GMBX” firmasi oʻrtasida mazkur firma tomonidan “Kon texnikasi asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining 1509800 AQSH dollariga teng miqdordagi aksiyalari paketi sotib olinishi yuzasidan shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi — ushbu kontrakt doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, texnik hujjatlar, ehtiyot qismlar va materiallar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy banklar — loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditorlar va eksport-kredit agentliklari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad soliqlari toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri xorijiy bankka va Oʻzbekiston Respublikasining mablagʻ bilan taʼminlovchi banklariga ushbu loyiha uchun jalb etiladigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatnomalar berishga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy banklarga beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatnomalari yuzasidan kredit bitimlariga ilovalarda belgilangan shakl boʻyicha, belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi buyurtmanomalariga binoan, ushbu loyihani amalga oshirish uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga, davlat boji undirmasdan, koʻp martalik kelish vizalari rasmiylashtirilishini, ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Yu. Atayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 2-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203-son