Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.03.2009 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.03.2009 yildagi 80-son
Date of entry into force
20.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009 — 2013 YILLARDA OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI UChUN DARSLIKLAR VA OʻQUV QOʻLLANMALARINI NAShR ETISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini belgilangan standartlarga va zamonaviy talablarga javob beradigan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarori talablariga muvofiq 2001 — 2008-yillar davrida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tiraji 5,1 mln. nusxadan ortiq 984 nomdagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodini tayyorlash va nashr etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining 1331 axborot-resurs markazlarini nashr etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mualliflarni eng malakali olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlab olish tizimini joriy etish, shuningdek darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari qoʻlyozmalarini mustaqil ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining 68 mutaxassisligi uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va nashr etishga Germaniya taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Shveysariya konfederatsiyasi Hukumatining grantlarini jalb qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ishlab chiqilgan 2009 — 2013-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1, 2-ilovalar rus tilida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini 5 yilda bir marta, kasb-hunar fanlari boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi taklifi boʻyicha yangilash (nusxasini koʻpaytirish) davriyligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009 — 2013-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etishning 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqib har yili 1-dekabrgacha kelgusi yilda nashr etish moʻljallangan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining aniq roʻyxati va tirajini aniqlashni va tasdiqlashni, oʻqitish tillari boʻyicha oʻquvchilar soni oʻzgarishini hisobga olgan holda ularning parametrlariga tuzatish kiritilishini (zaruriyat boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlari hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalariga qoʻyiladigan talablar asosida 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan muddatlarda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari ishlab chiqilishi va nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari qoʻlyozmalarining dastlabki ekspertizasiga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari, ilmiy va jamoat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalarining eng tajribali mutaxassislari va pedagoglari keng jalb qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqitish tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanganligining doimiy asosda monitoringini olib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda zarur darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish uchun grant va kredit mablagʻlari, shu jumladan xalqaro moliyaviy institutlar hisobiga grant va kredit mablagʻlari jalb etish ishlarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yil mobaynida respublikaning bir qancha akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini ijara asosida darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash tizimini joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan shakllantiriladigan prognoz kvotalar asosida har yil 1-avgustgacha zarur nomdagi va hajmdagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini, ularni chakana savdo tarmogʻi orqali erkin sotishni hisobga olgan holda bosib chiqarish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kutubxona fondini oʻqitish tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan 15 foizga toʻldirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish va qayta nashr etishga tanlov (tender) savdolari oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilishni kuchaytirsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yetkazib berish xizmatlariga narxlar, shuningdek oʻquv adabiyotlariga deklaratsiya toʻldirishda uni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan oʻquv adabiyotlarining ayrim turlariga narxlar sunʼiy ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv adabiyotlarini yangilashda ularning narxlari dinamikasi monitoringini olib borsin hamda ular boʻyicha maʼlumotlarni Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar yaratish va ularni qayta koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
(8.1.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 80-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qarorining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 49-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 17-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 145-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 22-son, 281-modda)