Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 23.06.2009 yildagi PF-4117-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.06.2009 yildagi PF-4117-son
Date of entry into force
23.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Chikago konvensiyasi (1944-yil dekabr) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Monreal Assambleyasining 2004-yildagi qarori (rezolyutsiyasi)ga muvofiq ushbu tashkilotga aʼzo davlatlar 2010-yildan kechiktirmay egalarining shaxsiy biometrik parametrlari va belgilangan maʼlumotlari haqida elektron axborot jamlangan hamda yuqori himoya darajasiga ega fuqaro pasportlarining joriy etilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biometrik maʼlumotlarga ega pasportlar xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasi xavfsizligini taʼminlash, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning qalbakilashtirilishiga qarshi himoya darajasini oshirish, Davlat chegarasidan oʻtishda shaxsni tezkor va aniq identifikatsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro aviatashishlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hozirgacha dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tayyorlangan biometrik parametrli pasportlar joriy etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IKAO aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida aviatashishlar xavfsizligini taʼminlash, aviatsiya texnikasining ishonchliligini va xalqaro bozordagi raqobatbardoshliligini oshirish, aviatransport xizmatlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratish, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlash va boshqa tadbirlar borasida tizimli va izchil ish olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va zamonaviy xalqaro andozalar hamda talablarni hisobga olgan holda, milliy pasport tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining 2011-yil 1-yanvardan Oʻzbekistonda egalarining biometrik maʼlumotlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini (bundan buyon biometrik pasport deb yuritiladi) joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PF-4160-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aholining amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini biometrik pasportga bosqichma-bosqich almashtirish tartibi tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqich (2011-yil) — respublika vazirliklari, idoralari va muassasalari xizmatchilariga, xorijga chiqayotgan yoki chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, muayyan yoshga toʻlgan yoki qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra pasport olayotgan fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqich (2012 — 2015-yillar) — qonunchilikda belgilangan tartib boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PF-4160-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Biometrik pasportlarni markazlashgan holda tayyorlash va ularning hisobini samarali yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini mazkur pasportlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat personallashtirish markazi (DPM) tashkil etilsin, markaz biometrik pasportlar blankalarini tayyorlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DIB) hududida joylashtrilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport olish uchun murojaat etgan shaxslar boʻyicha belgilangan maʼlumotlar va biometrik parametrlarni toʻplash, ushbu maʼlumotlarni DPMga yuborish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarning oʻz vaqtida berilishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining boʻlinmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi TIVning xorijdagi konsullik muassasalalariga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegerasidan oʻtish paytida pasportlarda koʻrsatilgan biometrik parametrlarga binoan shaxsni identifikatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi oʻrnatilgan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy ichida — Davlat personallashtirish markazi toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy ichida — ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat fuqarolarini biometrik pasportlar bilan taʼminlash tizimi samarali amal qilishini taʼminlash maqsadida IIV, TIV, MXXning tegishli boʻlinmalarini 1 va 2-ilovalarga* muvofiq, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* №№ 1-2 Ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda DPMning “Davlat belgisi” DIB hududida joylashtirilishi va jihozlanishini, ajratilgan binoning kapital va joriy taʼmirlanishini, zarur tashkiliy texnika, ofis mebeli, aloqa vositalari va markazning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi respublikaning boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda va texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq DPMning ishlab chiqarish moddiy-texnik bazasini shakllantirishga doir dastur ishlab chiqsin va uning 2009-2010-yillarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini biometrik pasportlar bilan taʼminlash boʻyicha tashkil etilayotgan tizimning samarali ishlashini taʼminlash va unga xizmat koʻrsatadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni izchillik asosida tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bir oy muddatda Oʻzbekistonda biometrik pasportlarni joriy etish boʻyicha loyihani moliyalashtirish masalasini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrnatilgan tartibda xorijiy davlatlar hukumatlarini, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotini va Xalqaro standartlashtirish tashkilotini Oʻzbekistonda milliy pasport tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki oy muddatda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda, amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 23-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4117
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 294-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)