26.12.2008 yildagi O‘RQ-195-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.12.2008 yildagi O‘RQ-195-son
Date of entry into force
27.12.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QUTQARUV XIZMATI VA QUTQARUVCHI MAQOMI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligʻi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻliqni saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruvchi — muayyan dastur boʻyicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv vositalari — qutqaruv ishlarini olib borish uchun moʻljallangan texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulot, shu jumladan maxsus aloqa va boshqaruv vositalari, texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar, mol-mulk, qutqaruv ishlarini bajarish texnologiyasiga doir uslubiy materiallar, videomateriallar, fotomateriallar, elektron hujjatlar, shuningdek elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalari, boshqa vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv ishlari — favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos boʻlgan xavfli omillar taʼsirini yoʻqotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv tuzilmasi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun moʻljallangan, asosini maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan taʼminlangan qutqaruvchilar boʻlinmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi tuzilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv xizmati — faoliyati boʻyicha yagona tizimga birlashtirilgan, asosini professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun moʻljallangan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik va mehr-muruvvat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar roʻy berganda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarining ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda asosli tavakkalchilik va xavfsizlikning taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarning doimiy shayligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz boshqaruv organlari, kuchlari va qutqaruv vositalarini favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga doimiy shay holatda saqlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targʻib qilish, aholini hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyorlashda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Qutqaruv ishlarining turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, togʻ-kon qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yongʻinlarni oʻchirish hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq ishlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qutqaruv ishlarining turlari qonunchilikka muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari quyidagi asoslarda tashkil etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy shtat asosida — qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatsiz asosda — shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika miqyosida — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar miqyosida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar miqyosida — qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun oʻz qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari boʻlishi shartligi nazarda tutilgan tashkilotlarning qaroriga binoan tashkil etiladi.
(7-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkilotlar tomonidan oʻz xodimlari orasidan belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat qutqaruv tuzilmalari ustavda belgilangan vazifasi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishdan iborat boʻlgan jamoat birlashmalari tomonidan jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari safini toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining safini toʻldirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qutqaruvchi lavozimiga qabul qilish shartlarini belgilaydi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlariga, professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga, shuningdek qutqaruvchilarni tayyorlovchi taʼlim muassasalarida oʻqishga umumiy oʻrta maʼlumotli, tibbiy tekshiruvda qutqaruvchilik ishiga yaroqli deb topilgan hamda kasbiy, jismoniy tayyorgarligi darajasiga va maʼnaviy-ruhiy fazilatlariga koʻra belgilangan talablarga mos keladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi boʻyicha taʼlim olgan hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida qutqaruvchi vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiyadan oʻtmagan yoki tekshiruvlar davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini oʻtkazishga shayligini tasdiqlay olmagan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining obyektlar va hududlarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda ular qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari oʻz faoliyatida ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlarining, professional qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar shu xizmatlar va tuzilmalarning barcha xodimlari, shuningdek favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb etilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarining xodimlari bajarishi uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari obyektlar hamda hududlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz faoliyatini shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar tahdidi boʻlganda va ular roʻy berganda hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish chogʻida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida jamoaga doir mehnat nizolarini hal etish vositasi sifatida qutqaruv ishlarini tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkil etilgan tashkilotlarning rahbarlari qutqaruvchilarni qutqaruv ishlari olib borishning maxsus koʻnikmalariga oʻrgatish boʻyicha muntazam mashgʻulotlar uyushtiradi hamda ularni maxsus aslaha-anjomlar bilan taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlar qilishga hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga shayligi uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining rahbarlari masʼuldir.
(12-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti maxsus tovush va yoritish signal asboblari bilan taʼminlangan, shuningdek belgilangan namunadagi ranglarga boʻyalgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan kuchlar va vositalarni tezkor jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv vositalarini ishlab chiqarish hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini moddiy-texnika jihatidan taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etuvchi qutqaruvchilarni, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining mansabdor shaxslarini tayyorlash masalalarini hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va boshqa kuchlar oʻrtasida hamkorlikni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
(13-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini birxillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga koʻchirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga koʻchirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish uchun ular xizmat koʻrsatayotgan tashkilotlar faoliyatining tugatilganligi yoxud mazkur xizmatlar va tuzilmalar tomonidan oldi olinishi hamda bartaraf etilishi moʻljallangan favqulodda vaziyatlarning roʻy berishi xavfi yoʻqotilganligi asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek tashkil etilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga koʻchirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish ularni tashkil etgan mansabdor shaxslar, organlar yoxud tashkilotlarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari boshqa joyga koʻchirilgan, qayta ixtisoslashtirilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organiga yozma bildirish yuborilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjeti va mahalliy budjetlar mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga ega boʻlgan tashkilotlarning moliyaviy mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi va tashkilotlarga koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan moliyaviy mablagʻlar zaxiralari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar.
(15-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdagi ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatilayotgan obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar roʻy bergan va ularning koʻlami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonunchilikda belgilangan vakolatlarga ega boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(16-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalarining shunga vakolatli mansabdor shaxslari qaroriga binoan jalb qilish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganlik darajasini taʼminlaydigan chora-tadbirlar koʻrilishi shart.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan barcha kuchlar va vositalarga rahbarlik qilish hamda ularning hamkorlikda harakat qilishini tashkil etish favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan;
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokal favqulodda vaziyatlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
(17-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar zonasiga birinchi boʻlib yetib kelgan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining vakolatlarini oʻz zimmalariga oladi hamda bu vakolatlarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejalarida belgilangan yoki favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan tayinlangan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari yetib kelguniga qadar bajaradi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan qarorlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
(17-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining faoliyatiga ularni vazifalarini bajarishdan belgilangan tartibda chetlashtirmasdan va rahbarlikni oʻz zimmasiga olmasdan yoki boshqa mansabdor shaxsni tayinlamasdan turib aralashishga hech kim haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita tahdid boʻlganda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
evakuatsiya tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlarda va hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish toʻgʻrisida;
(17-modda oltinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutqaruvchi boʻlmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib boʻlmaydigan qutqaruv ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar koʻlamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita tahdid boʻlgan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari oʻzlari qabul qilgan qarorlar haqida tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, tashkilotlarni darhol xabardor qilish yuzasidan barcha choralarni koʻrishi shart.
(17-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini tashkil qilish uchun favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida zarur boʻlgan toʻliq va ishonchli axborot olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv ishlarini toʻliq hajmda olib borishning texnologik jihatdan imkoni boʻlmagan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari birinchi navbatda favqulodda vaziyatlar zonalaridagi odamlarni qutqarish boʻyicha imkoni boʻlgan barcha choralarni koʻrgach, qutqaruv ishlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga oʻz faoliyatini amalga oshirishida koʻmaklashish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tashkilotlar qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini bajarishda yordam koʻrsatishi, shu jumladan keyinchalik oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan ularga zarur transport va moddiy vositalarni taqdim etishi shart.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini oʻtkazish joyiga borayotganda qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti moneliksiz oʻtish hamda aerodromlar, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va daryo portlarida yonilgʻi-moylash materiallari bilan birinchi navbatda taʼminlanish, shuningdek texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari va ustaxonalarida texnika hamda aslaha-anjomlar, aloqa vositalarining birinchi navbatda taʼmirlanishi huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qutqaruvchilar va ularning maqomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Qutqaruvchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy tekshiruvdan oʻtganidan, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarganidan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi boʻyicha oʻquvdan keyin attestatsiya natijalari asosida vakolatli attestatsiya organining qaroriga binoan qutqaruvchi maqomiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruvchi maqomi berilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli attestatsiya organi ularga belgilangan namunadagi guvohnoma, ruxsatnoma, qutqaruvchi daftarchasi, qutqaruvchining roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami yozilgan nishon beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Qutqaruvchilar attestatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Qutqaruvchilar faoliyatining kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlari olib borilayotganda ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi hamda mazkur ishlar qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida olib borilayotgan boʻlsa, oʻsha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlariga boʻysunadi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlardan tashqari, ularning vazifalariga taalluqli boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb etishga oʻzlarining roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Qutqaruvchilarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga jalb qilingan qutqaruvchilar mazkur ishlar olib boriladigan joyga borayotganda barcha turdagi transportga navbatsiz chipta olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chogʻida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan toʻliq va ishonchli axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun tashkilotlarning hududiga, binolari, xonalariga va har qanday boshqa imoratlariga, turar joylarga moneliksiz kirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara oldi zonasiga — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qoʻmondonligining ruxsati bilan kirish;
(22-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejimli obyektlar hududiga — ushbu obyektlar rahbarlarining ruxsati bilan kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha shaxslardan belgilangan xavfsizlik choralariga rioya etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish texnologiyasiga muvofiq maxsus aslaha-anjomlar bilan taʼminlanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlash uchun hamda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita tahdid boʻlgan taqdirda, favqulodda vaziyatlar zonasidagi tashkilotlarning aloqa vositalari transporti, moddiy resurslari va boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
(22-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chogʻida yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda zararning oʻrnini qoplash favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi, qutqaruvchilarning aybli harakatlari natijasida zarar yetkazilgan hollar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish davrida xarajatlarining haqi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini taʼminlashga ajratilgan mablagʻlar hisobidan yoki xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlangan holda, belgilangan normalar boʻyicha oziq-ovqat bilan taʼminlanish hamda joylashtirilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlovchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilari navbatchilikni oʻtash chogʻida ish beruvchilarning hisobidan xarajatlari haqi toʻlangan holda oziq-ovqat bilan taʼminlanish yoki oziq-ovqatga qilgan xarajatlarining oʻrni belgilangan normalardan kam boʻlmagan tarzda qoplanishi huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(22-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Qutqaruvchilarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishga shay turishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz jismoniy, maxsus, tibbiy, ruhiy tayyorgarligini hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha harakatlar qilish koʻnikmalarini takomillashtirib borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha qutqaruv ishlarini olib borish texnologiyasiga qatʼiy rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarni qidirishi, ularni qutqarish choralarini koʻrishi, ularga birinchi tibbiy yordam va boshqa turdagi yordam koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chogʻida, qutqaruvchilar mazkur ishlarni olib borishda qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibida ishtirok etayotgan boʻlsa, oʻsha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni soʻzsiz bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida fuqarolarga bexatar yurish-turish qoidalarini va favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda bajariladigan harakatlar tartibini tushuntirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka muvofiq qutqaruvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Qutqaruvchilarning ish vaqti (xizmatni oʻtash) rejimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlovchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilarining ish vaqti rejimi kundalik faoliyatda ichki mehnat tartibi qoidalari, navbatchilik jadvallari, maxsus tayyorgarlik boʻyicha mashgʻulotlar yoki boshqa tadbirlar jadvallari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining harbiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilarining xizmatni oʻtash rejimi belgilangan tartibda oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining toifalangan obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi qutqaruvchilarining ish vaqti (xizmatni oʻtash) rejimi belgilangan tartibda oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga chiqishni kutish va unga shay boʻlib turish rejimida uyda navbatchilik qiladigan vaqti navbatchilikning har bir soati uchun chorak soat hisobida inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chogʻidagi ish vaqti (xizmatni oʻtash) rejimi va ish smenasining davomiyligi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari tomonidan favqulodda vaziyatlarning xususiyati, ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarning oʻziga xos xususiyatlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
(24-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga har yili oʻttiz ish kunidan iborat haq toʻlanadigan taʼtil beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noqulay va oʻziga xos boʻlgan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga qonunchilikka muvofiq har yili haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
(24-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Qutqaruvchilarning mehnatiga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlovchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilari mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining harbiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilarining pul taʼminoti belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibiga kirmaydigan qutqaruvchilarning mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilarning yakka muhofazalanish vositalarida ishlaganligi hisobga olinadi va belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Qutqaruvchilarni uy-joy bilan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga, shuningdek ular bilan birga yashovchi oila aʼzolariga qonunchilikka muvofiq idoraviy uy-joy fondi hisobidan turar joylar beriladi.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Qutqaruvchilarni ijtimoiy muhofaza qilish choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sogʻligʻi majburiy sugʻurta qilinishi kerak. Qutqaruvchilarning hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish chogʻida jabrlangan qutqaruvchilari ish beruvchilarning mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy xizmat koʻrsatilish va sanatoriy-kurortda davolanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hamda qutqaruvchi boʻlmagan fuqarolarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini bajarishi munosabati bilan sogʻligʻiga zarar yetkazilgan yoki ular vafot etgan taqdirda, tegishincha shu shaxslarga yoki vafot etgan shaxsning oilasiga zararning oʻrni qoplanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlovchilar jumlasidan boʻlgan qutqaruvchilari umumiy belgilangan yosh oʻn yilga kamaytirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga tegishli ratsion va normalar boʻyicha davolash-profilaktika oziq-ovqati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruvchilarning mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolarining boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya taʼminoti qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(27-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qarorlariga binoan qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilarini, shuningdek bu xizmatlar va tuzilmalarning tarkibiga kirmaydigan qutqaruvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishning ushbu Qonunga zid boʻlmagan qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi mumkin.
(27-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(30-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 26-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-195-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 511-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)