13.10.2008 yildagi 226-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.10.2008 yildagi 226-son
Date of entry into force
13.10.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI TAQDIRLASH VA MODDIY RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli oʻquvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni nazarda tutsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida iqtidorli yoshlarning oʻz maʼnaviy, kasbiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining soʻnggi oʻquv yilida tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlarga (keyingi oʻrinlarda — tayanch doktorantlar deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga koʻra tayinlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tayanch doktorantlarga tayinlash uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (oʻnta) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatiga muvofiq har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yoʻnalishlari boʻyicha (har bir tanlov yoʻnalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tayanch doktorantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar eʼlon qilingan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tarixini bilish;

xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar eʼlon qilingan boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha malakaviy imtihonlarni “aʼlo” bahoga topshirish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod koʻrsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (tayanch doktoranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilishga talablar darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan oʻtadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tayanch doktorantlar nomzodlarini koʻrsatadigan davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, talabgorlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, oʻtkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan ekspertizadan oʻtkazadilar, dissertatsiya tadqiqotlari mavzusi boʻyicha tayanch doktorantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, dissertatsiyaning tayyorlik darajasini, talabgorlarning maʼnaviy-axloqiy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod boʻyicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli koʻrgazmalar bilan birga dastlabki koʻrib chiqish uchun davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ishlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan boʻlishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa hujjatlar, qoʻshimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar joʻnatish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirliklar va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyalarini har yili bir marta — dekabr oyida koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1—31-oktabrda qabul qilinadi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maxsus test sinovlari 1—30-noyabrda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tayanch doktorantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajasi hamda maʼlumotlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligi puxta ekspertizadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar oʻrtasida saralash tanlovi oʻtkazish yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazadi va agar har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi maʼqullab ovoz bersa nomzod tayanch doktorantlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berishdan soʻng talabgorlar soni belgilangan oʻrinlar kvotasidan koʻp boʻlgan taqdirda ustunlik eng koʻp ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun tayanch doktorantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi oʻqish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qatʼiy muvofiq holda tayinlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 684-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan tayanch doktorantlarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomalari beriladi. Guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan tayanch doktorantlar tasarrufida tayanch doktorant oʻqiyotgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bahsli masalalar, ariza va shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan, davlat oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklida butun oʻqish davrida barcha fanlardan aʼlo baholarga oʻqiyotgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) uchun belgilangan kvota (yigirma ikkita) Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yoʻnalishlari boʻyicha (har bir tanlov yoʻnalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovining oliy taʼlim muassasasi bosqichi har yili may — iyul oylarida oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovlarning oliy taʼlim muassasasi bosqichi mazkur Nizomga qatʼiy rioya qilgan holda, oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan muddatda va tartibda oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabgorlar har bir tanlov yoʻnalishi boʻyicha bittadan tavsiya etilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi quyidagi mezonlar asosida tayinlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʻunlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

kamida ikkita eʼlon qilingan ish (asar)ning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar davlat tillaridan tashqari), magistratura mutaxassisligi xorijiy til boʻlgan taqdirda esa, qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tarixini bilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar koʻrsatish, talabgorlar nomzodlarining oʻqishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan soʻng, davlat oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transkript nusxasi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarning fikr-mulohazalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir toʻplami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini tayinlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyani tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni bir yilda bir marta koʻrib chiqadi. Bunda hujjatlarni qabul qilish (roʻyxatdan oʻtkazish) muddati — 1 — 15-avgust, koʻrib chiqish muddati — 10 — 25-sentabr etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasasi kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va tegishli hujjatlar oliy taʼlim muassasasining masʼul xodimi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “my.edu.uz” elektron tizimiga har yili 1 — 15-avgust kunlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda talabgorlarning hujjatlari asliga toʻgʻri ekanligi hamda “my.edu.uz” elektron tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi boʻyicha masʼuliyat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklanadi.

Talabgorlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “NEMIS” — Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hayʼati qarori bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stipendiya tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar orasidan munosiblarini tanlab olish vazifasi yuklanadigan maxsus tanlov komissiyasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning taʼlim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida ishlarni koʻrib chiqish uchun yoʻnalishlar boʻyicha ekspertlar guruhlarini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi, xorijiy tillar boʻyicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;

tanlov komissiyasi majlislarini oʻtkazish muddatlarini belgilaydi;

talabgorlar ekspert guruhlari tomonidan koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan norozi boʻlganda, ularning shikoyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha 5 nafardan kam boʻlmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Talabgorlarning hujjatlari (koʻrsatkichlari) ekspert guruhlari tomonidan koʻrib chiqilib, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida baholanadi va har bir tanlov yoʻnalishi boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert guruhi tomonidan har bir talabgorga qoʻyilgan ball ekspert guruhi faoliyati yakunlangandan soʻng 24 soat ichida “my.edu.uz” elektron tizimi orqali talabgorga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Ekspert guruhi tomonidan qoʻyilgan ballardan (oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha) norozi boʻlgan talabgorlarga baholash natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida “my.edu.uz” elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi berish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya arizalari apellyatsiya komissiyasi tomonidan arizalar sonidan kelib chiqqan holda, uch kun ichida koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Apellyatsiya arizalarini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning barcha hujjatlarini mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida har tomonlama oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Talabgorlar axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi, xorijiy tillar boʻyicha Agentlikda (hududlar boʻyicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari boʻyicha oʻtish ballining quyi chegarasi toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi;

toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball toʻplagan hamda test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga tavsiya etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bir kun muddatda yakuniy qaydnomalarni test sinovlari natijalari bilan birga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

74. Talabgorlarning test sinovlari natijalari va ekspert guruhlarining baholash natijalari umumlashtirilib, ularning yakuniy ballari eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy ballar natijalariga koʻra har bir tanlov yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar talabgor ekspert guruhlarining bayonnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining suhbat bosqichiga tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining suhbat bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlarga tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan quyidagi mavzular doirasida savollar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda oʻz sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishining mazmuni, dolzarbligi va ahamiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mutaxassisligiga oid bilimlar hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi oʻzgarishlarni xorijiy tilda bayon eta olish koʻnikmalarining mavjudligi.
(71 — 75-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tayinlash uchun tavsiya qiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz berishdan soʻng talabgorlar soni belgilangan kvotadan koʻp boʻlsa, ustunlik eng koʻp ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hayʼati tasdiqlagandan soʻng kuchga kiradi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hayʼatining qarori davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash va toʻlash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos boʻladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi talabalarga bir oʻquv yili uchun (talabalar safidan chetlatilganda shu oyga qadar) 1-sentabrdan boshlab belgilangan miqdorlarga qatʼiy rioya qilingan holda tayinlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hayʼati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohiblari boʻlgan magistratura bosqichi talabalari oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qabul qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kundalik darslarni oʻzlashtirmaydigan, oʻquv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalar oʻquv yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasidan tasarrufida talaba oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hayʼati qarori bilan mahrum qilinishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash boʻyicha ariza va shikoyatlari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga hujjat topshirgan magistratura mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan talabgorlarning koʻrsatkichlarini baholash mezoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlar

Qoʻyiladigan ball

Izoh

1.

Ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy maqola, tezis va boshqalar)

40 ballgacha

Talabgor tomonidan mustaqil tanlangan asosiy 4 ta ilmiy-tadqiqot ishi inobatga olinadi va har biri 10 ballgacha baholanadi.

Qolgan ilmiy-tadqiqot ishlari

10 ballgacha

Asosiy tanlangan 4 ta ilmiy-tadqiqot ishidan boshqa barcha ishlari inobatga olinadi va jami 10 ballgacha baholanadi.

2.

Erishgan yutuqlari (Davlat mukofoti, xalqaro va respublika fan olimpiadasi hamda koʻrik-tanlovlar gʻolibligi, patent, ixtirolar va boshqalar)

20 ballgacha

Talabgorning tahsil olayotgan mutaxassisligiga mosligiga ustuvorlik beriladi.

3.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Oʻzbekiston tarixi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari

30 ballgacha

Toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballga mutanosib ravishda hisoblanadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.

1. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ishlar, yutuqlar, natijalarga aynan talabaning muayyan taʼlim bosqichi davrida erishganligiga;

ilmiy-tadqiqot ishlarining izchilligiga, yakka mualliflikda hamda nufuzli nashrlarda chop etilganligiga;

ilmiy-tadqiqot ishlari, erishilgan natijalarning talabgor tahsil olayotgan magistratura mutaxassisligi mosligiga ustuvorlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agar talabgor muqaddam davlat stipendiyasi sovrindori boʻlgan boʻlsa, sovrindor boʻlgan sanadan keyingi davrida erishgan natijalari va ilmiy-tadqiqot ishlari inobatga olinadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kunduzgi taʼlim shakli talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod va Botir Zokirov nomidagi hamda “Oliy Bosh qoʻmondon” davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarida butun oʻqishi davomida faqat aʼlo baholarga oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan oxirgi kurs talabalariga tayinlanadi va toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriat bosqichidagi bir nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi va toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida oʻqiyotgan talabalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida oʻqiyotgan talabalarga tayinlanadi va toʻlanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyasi soni tarix va geografiya yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari uchun alohida bittadan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy madaniyat va sport yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida oʻqiyotgan talabalarga tayinlanadi va toʻlanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyasi soni jismoniy madaniyat va sport yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari uchun alohida bittadan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida oʻqiyotgan talabalarga tayinlanadi va toʻlanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyalari soni Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasi uchun Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari boʻyicha alohida bittadan belgilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/384/0613-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida oʻqiyotgan talabalarga tayinlanadi va toʻlanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyasi soni har bir pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasasi uchun alohida bittadan belgilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kelgusi oʻquv yili uchun Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, Bobur, Pahlavon Mahmud, Abdulla Avloniy, Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari (keyingi oʻrinlarda — nomli davlat stipendiyalari) soni joriy oʻquv yili oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ularning filiallari boʻyicha nomli davlat stipendiyalari soni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili tasdiqlanadigan tanlov yoʻnalishlari va talabalar sonidan kelib chiqib taqsimlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etadigan nomzodlarga (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) quyidagi talablar belgilanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomli davlat stipendiyalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aʼlo oʻqish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tarixini bilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi xorijiy til boʻlgan taqdirda esa, qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi. Bunda talabgorlar ushbu tillar boʻyicha oʻz bilimlari darajasini aniqlash uchun oʻqish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan oʻtadilar;
(4-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda oʻqiyotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos mavzuda kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (maqola, tezis yoki asarlar)ning mavjudligi talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy taʼlim muassasasi bosqichi har yili may — iyul oylarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovlarning oliy taʼlim muassasasi bosqichi mazkur Nizomga qatʼiy rioya qilgan holda, oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatlarini inobatga olib tasdiqlangan muddatda va tartibda oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tanlovlarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlarni koʻrsatish oliy taʼlim muassasalari kengashlari tomonidan, talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim muassasasi kengashiga quyidagilarni taqdim qiladilar:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transkript nusxasi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tillar kafedrasi, tarix kafedrasining suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, kursi, guruhi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy taʼlim muassasalari kengashlari talabgorlarni tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etish boʻyicha yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish jarayonida oliy taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilari va talabalari ham ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga eng koʻp ovoz olgan uch nafardan (bunda nomzodlar turli tanlov yoʻnalishlari boʻyicha aniqlanishiga urgʻu beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomli davlat stipendiyalariga ajratilgan har bir kvotaga eng koʻp ovoz olgan uch nafargacha nomzod tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy taʼlim muassasasi kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va tegishli hujjatlar oliy taʼlim muassasasining masʼul xodimi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “my.edu.uz” elektron tizimiga har yili 1 — 15-avgust kunlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda talabgorlarning hujjatlari asliga toʻgʻri ekanligi hamda “my.edu.uz” elektron tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi boʻyicha masʼuliyat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “NEMIS” — Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta, har yili 10 — 30-sentabr kunlari koʻrib chiqadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarni saralash vazifasi yuklanadigan tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning taʼlim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida ishlarni koʻrib chiqish uchun ekspertlar guruhlarini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi, xorijiy tillar boʻyicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi majlislarini oʻtkazish muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar ekspert guruhlari tomonidan koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan norozi boʻlganda, ularning shikoyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha 5 nafardan kam boʻlmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Talabgorlarning hujjatlari (koʻrsatkichlari) ekspert guruhlari tomonidan koʻrib chiqilib, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida baholanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va har bir nomli davlat stipendiyalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert guruhi tomonidan har bir talabgorga qoʻyilgan ball ekspert guruhi faoliyati yakunlangandan soʻng 24 soat muddatda “my.edu.uz” elektron tizimi orqali talabgorga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Ekspert guruhi tomonidan qoʻyilgan ballardan (oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha) norozi boʻlgan talabgorlarga baholash natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida “my.edu.uz” elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi berish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya arizalari apellyatsiya komissiyasi tomonidan arizalar sonidan kelib chiqqan holda, uch kun ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya arizalarini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning barcha hujjatlarini mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida baholash mezoni asosida har tomonlama oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻyilgan ballarni oʻzgartiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Talabgorlar axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi, xorijiy tillar boʻyicha Agentlikda (hududlar boʻyicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari boʻyicha oʻtish ballining quyi chegarasi toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball toʻplagan hamda test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bir kun muddatda yakuniy qaydnomalarni test sinovlari natijalari bilan birga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
(81 — 84-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Talabgorlarning test sinovlari natijalari va ekspert guruhlarining baholash natijalari umumlashtirilib, ularning yakuniy ballari eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy ballar natijalariga koʻra har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha ajratilgan kvotalar soniga muvofiq eng yuqori ball toʻplagan talabgorlar roʻyxati ekspert guruhlarining bayonnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasiga tavsiya etish uchun tanlov komissiyalariga taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari ekspert guruhlarining bayonnomalari asosida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etilgan tanlov komissiyalari qaroriga asosan aniqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tanlov komissiyalarining qabul qilingan qarorlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindori boʻlgan talabalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Stipendiyalarni tayinlash va ularga beriladigan imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori, ijrochi direktori)ning talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarini rasmiylashtirishi uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab bir oʻquv yili uchun (talabalar safidan chetlatilganda shu oyga qadar) belgilangan miqdorga qatʼiy rioya qilgan holda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomli davlat stipendiyalari sovrindori boʻlgan talabalarga muayyan taʼlim bosqichida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida gʻolib boʻlgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan quyidagi guvohnomalardan biri beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Beruniy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ibn Sino nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ulugʻbek nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Islom Karimov nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bobur nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasining sohibi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomalar talabalarning oʻqish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/384/0613-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatgandan soʻng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga tanlovlarsiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Talabalarni kundalik darslarni oʻzlashtirmaganlik, oʻquv intizomini va odob-axloqni buzganlik uchun oʻquv yili mobaynida davlat stipendiyalaridan mahrum qilish oliy taʼlim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tayinlash boʻyicha ariza va shikoyatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabgorlarning koʻrsatkichlarini baholash mezoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlar

Qoʻyiladigan ball

Izoh

1.

Ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy maqola, tezis va boshqalar)

30 ballgacha

Talabgor tomonidan mustaqil tanlangan asosiy 2 ta ilmiy-tadqiqot ishi inobatga olinadi va har biri 15 ballgacha baholanadi*

Qolgan ilmiy-tadqiqot ishlari

10 ballgacha

Asosiy tanlangan 2 ta ilmiy-tadqiqot ishidan boshqa barcha ishlari inobatga olinadi va jami 10 ballgacha baholanadi

2.

Erishgan yutuqlari (Davlat mukofoti, xalqaro va respublika fan olimpiadasi hamda koʻrik tanlovlar gʻolibligi, patent, ixtirolar va boshqalar)

20 ballgacha

Talabgorning tahsil olayotgan mutaxassisligiga mosligiga ustuvorlik beriladi

3.

Til bilish sertifikati (bakalavriat taʼlim yoʻnalishi xorijiy til boʻlgan taqdirda, boshqa xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi)

10 ballgacha

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi. “B1” darajasidan past darajalar hamda amal qilish muddati oʻtgan sertifikatlar inobatga olinmaydi

4.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Oʻzbekiston tarixi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari

30 ballgacha

Toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballga mutanosib ravishda hisoblanadi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. *Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga talabgorlardan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos mavzuda kamida ikkita eʼlon qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy maqola, tezis va boshqalar)ning mavjudligi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ishlar, yutuqlar, natijalarga aynan talabaning muayyan taʼlim bosqichi davrida erishganligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlarining izchilligiga, yakka mualliflikda hamda nufuzli nashrlarda chop etilganligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlari, erishilgan natijalarning talabgor tahsil olayotgan taʼlim yoʻnalishiga mosligiga ustuvorlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agar talabgor muqaddam davlat stipendiyasi sovrindori boʻlgan boʻlsa, sovrindor boʻlgan sanadan keyingi davrida erishgan natijalari va ilmiy-tadqiqot ishlari inobatga olinadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
4-ILOVA

Respublika tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya qarorlariga koʻra oʻtkaziladigan respublika musobaqalarini oʻquvchilarning badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari boʻyicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻquvchi yoshlar oʻrtasida tanlovlar, sport musobaqalari oʻtkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchi yoshlarning isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarda oʻzlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur oʻrganishga qiziqishni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning kelajakdagi kasblarni toʻgʻri tanlashiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiya jarayonini, oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli oʻquvchilar bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan yakka tartibdagi ishlarni oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ijodkor yoshlarning respublika tanlovlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar musiqa va sanʼat maktablari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari oʻquvchilarining ikkita guruhi oʻrtasida oʻtkaziladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Badiiy akademiya tanlov ixtisosliklari va shartlar roʻyxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilarining musiqa fanlari boʻyicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga boʻlinmagan shahar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Toshkent shahrida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bosqich — respublika boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovlarning birinchi bosqichida oʻz taʼlim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta eʼtibor qozongan oʻquvchilar ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi bosqichda I, II, III oʻrinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik boʻyicha faqat I oʻrinni egallagan oʻquvchilar ishtirok etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari oʻquvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa, raqs, teatr, folklor yoʻnalishlari ijrochilari oʻrtasida har ikki yilda bir marta, uch turda oʻtkaziladi.
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda oʻtkaziladi. I, II, III oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar faqat soʻnggi tur yakunlari boʻyicha aniqlanadi.
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda taʼlim muassasalarining rahbarlari zimmasiga, Badiiy akademiyaga, Madaniyat vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalariga yuklanadi.
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va umumtaʼlim maktablari komandalari oʻrtasida, oʻquv yili davomida, quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bosqich — mintaqalar boʻyicha, bolalar sport maktablari, sport klubi yoki jamiyatlari tarkibida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bosqich — respublika boʻyicha, oʻsha komandalarda yoki mintaqa terma jamoasi tarkibida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro musobaqalarning sport turlari, oʻtkazish kalendari va musobaqa dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining qarori bilan belgilanadi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika musobaqalarining sport turlari, kalendari va dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Cport vazirligining qarori bilan tartibga solinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I, II, III oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar sportning har bir turi boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport musobaqalari bosqichlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishlicha akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining hududiy boʻlinmalari, toʻrtinchi final bosqichi boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Gʻoliblarni taqdirlash Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Respublika musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Badiiy akademiya hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmitalar tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni taʼminlaydilar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qiladilar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jyurilar, hakamlar hayʼatlari gʻoliblarni aniqlaydilar va tanlovlar va musobaqalar yakunlarini protokol qaror bilan rasmiylashtiradilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyalari tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat boʻlganda, jyurilar, hakamlar hayʼatlari qarorlarini bekor qilish va ularga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tanlovlar va musobaqalarning oʻtkazish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan taʼminlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam koʻrsatadilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadigan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tuzilgan smetalar boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tanlovlar va musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga qoʻyiladigan talablarning oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari gʻoliblari test sinovisiz hamda qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz beriladigan soha ixtisosliklari roʻyxati har yili Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari (Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha faqat oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga turlari boʻyicha) gʻoliblariga tatbiq etiladi hamda taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar oʻrtasida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida oxirgi toʻrt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin) boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlaridagi respublika (1-oʻrin, jumladan “Turon” teatri, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan” tanlovlarining respublika bosqichi gʻoliblari) va xalqaro tanlovlarda (1 — 3-oʻrinlar) gʻolib chiqqan professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga oliy taʼlim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari oliy taʼlim muassasalariga kirish yoshiga yetmagan taqdirda Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bepul oʻqishga (ota-onalar toʻlovidan ozod etiladi) ruxsat etiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ayrim taʼlim yoʻnalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro (1—5-oʻrinlar) shaxmat va shashka turnirlarida gʻolib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-yanvardagi 4-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini oliy taʼlim muassasasiga imtiyozli qabul qilish taʼlim muassasasi ixtisosliklari bilan tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha boʻyicha mos kelishiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz orqali oliy taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar taʼsis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega boʻlgan gʻoliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Madaniyat vazirligiga, Sport vazirligiga hamda Badiiy akademiyaga oʻzlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1 — 3-oʻrinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-oʻrinlar) maxsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya nazorat tartibida, gʻoliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar roʻyxatini test sinovlari oʻtkaziladigan kundan oldin Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya oʻyinlari, jahon va qitʼa chempionatlarining gʻoliblari oʻzlarining taʼlim muassasasiga kirish boʻyicha imtiyozli huquqlaridan uch yil mobaynida, respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari esa — ular oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xalqaro (1—5-oʻrinlar) va respublika (1—3-oʻrinlar) tanlovlari va musobaqalari gʻoliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari boʻyicha diplomlar bilan birga ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilangan miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻoliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar taʼsis etgan sovrinlardan qatʼi nazar, topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya smetalarida nazarda tutiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Gʻoliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingandan keyin tuziladigan guruhlar tarkibida xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalariga yuborish uchun ustunlikka ega boʻlish huquqini oladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus guvohnomalar roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqamiga ega boʻlib, qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestri Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar tomonidan shakllantirib boriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻolibning surati boʻlmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus guvohnoma yoʻqolganda yoki yaroqsizlanib qolganda dublikat berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Gʻoliblarning oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga imtiyozli kirish masalalari boʻyicha ariza va shikoyatlari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 42-son, 422-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2016-y., 43-son, 500-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 26-son, 586-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/892/0217-son, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 06.03.2019-y., 09/19/190/2707-son, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son; 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son, 07.11.2020-y., 09/20/691/1474-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son; 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 15.08.2023-y., 09/23/384/0613-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son; 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)