02.10.2008 yildagi PQ-969-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 02.10.2008 yildagi PQ-969-son
Date of entry into force
02.10.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2009-YILGI INVESTITSIYA DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish oʻrinlari yaratish va shu asosda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 4-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari Respublika maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hamda Saudiya taraqqiyot fondi va OPEK fondining imtiyozli kreditlari hisobidan 2009-yilda quriladigan umumtaʼlim maktablarining aniq manzilli roʻyxati 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-5a ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb etgan holda 2009-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondining mablagʻlari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 7-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2009-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalari boʻyicha 2009-yilgi qurilishlarning aniq manzilli roʻyxati 9-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2009-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yilda yakuniga yetkazilishi zarur boʻlgan istiqbolli investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati 11-ilovaga* muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, buyurtmachi vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Maktab taʼlimi jamgʻarmasi va Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2009-yilgi qurilishlarning dastlabki aniq manzilli roʻyxatini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yilning 25-oktabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda 2009-yilda qurilishi yangidan boshlanadigan, davlat budjeti va budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarining natijalari tasdiqlangandan soʻng yigirma kun muddatda yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilishini taʼminlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning hududiy organlariga, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi banklarga moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun qurilishlarning titul roʻyxatlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yilning 15-noyabrigacha davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2009-yilgi qurilishlarning uzil-kesil aniq manzilli roʻyxatini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yilning 10-dekabrigacha korxonalarning shaxsiy mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2009-yilgi loyihalarni amalga oshirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar — xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning qarz mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining buyurtmachilari 2008-yilning 15-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda vakil banklar bilan birgalikda qarz bitimlarining kuchga kirishi boʻyicha chora-tadbirlarni yakuniga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzinfoinvest” agentligi 11-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni amalga oshirish maqsadida batafsil ishlab chiqilishini taʼminlasin. Mazkur masala boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib tursin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har chorak yakunlari boʻyicha 2009-yilgi Investitsiya dasturi bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama qilish uchun axborot-tahlillarini taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha 2009-yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturiga va ayrim buyurtmachilar boʻyicha kapital mablagʻlar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan istiqbolli investitsiya takliflarini yigʻma roʻyxatdan dasturning aniq manzilli qismiga oʻtkazish huquqi;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PQ-1204-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 42-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻtkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilishlar va obyektlar boʻyicha mablagʻlarni amalda oʻzlashtirish natijalariga koʻra tasdiqlangan limitlar doirasida buyurtmachilar qurilishlarining aniq manzilli roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati hamda investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan butun davr mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib borilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 2-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ–969-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 408-modda; 2009-y., 42-son, 449-modda)