01.08.2008 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.08.2008 yildagi 165-son
Date of entry into force
01.08.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 1, 2 baravar oshirilganligini hisobga olgan holda 1 — 3-ilovalarga muvofiq 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish uchun yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus komissiyaning huquqlari va masʼuliyati, uning majlislarini oʻtkazish va qarorlar qabul qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida ularning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qilish tartibini va buning uchun mansabdor shaxslarning masʼuliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus komissiyalarning samarali faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boshqa masalalar belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlar kasb malakasini, bilim darajasini va pedagogik mahoratini baholashning ular malakasi xolisona baholanishini taʼminlovchi mezonlarini takomillashtirish, shuningdek pedagogning yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining malaka darajasi yomonlashgan taqdirda belgilangan lavozimni yoki toifani pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra lavozimni yoki malaka toifasini oshirish (pasaytirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilar lavozimiga faqat oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinadigan tartibni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozimga tayinlash yoki malaka toifasi berish uchun zarur boʻlgan eng kam staj muddatlarini belgilash nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 1-sentabrgacha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan, ayniqsa joylarda zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir yil yakunlariga koʻra, ochiqlik va oshkoralik shartlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash darajasi, ularni ishga joylashtirish yoki ularning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi boʻyicha reyting baholanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2008-2009-yillar mobaynida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda uning natijalariga koʻra xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan qatʼiy monitoring oʻrnatsinlar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin va baʼzilari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 1-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(soʻm)‎

T/r‎ Nomi‎ Akademik litsey oʻqituvchisi‎ Kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi‎
1.‎ Bosh oʻqituvchi ‎ 218690 ‎ 206578 ‎
2.‎ Yetakchi oʻqituvchi ‎ 206578 ‎ 194649 ‎
3.‎ Katta oʻqituvchi ‎ 194649 ‎ 182266 ‎
4.‎ Oliy maʼlumotli oʻqituvchi‎ 182266 ‎ 170179 ‎
5.‎ Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi ‎ 170179 ‎ 159003 ‎
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Kasb-hunar kollejlarining birinchi malaka toifasiga, ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va malaka toifasiga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishli ravishda kasb-hunar kollejlarining katta oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi va oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 224-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 338-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining boshqa pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎(soʻm)
T/r Lavozimlar nomi Tarif stavkalari miqdorlari:
‎oliy malaka toifali birinchi malaka toifali ikkinchi malaka toifali oliy maʼlumotli oʻrta maxsus maʼlumotli
1.‎ Madaniyat va sanʼat akademik litseylari hamda kasb-hunar kollejlari konsertmeysterlari ‎ 182266 ‎ 170179 ‎ 159003 ‎ 147891 ‎ 137176 ‎
2.‎ Olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchisi ‎ 162934‎ 152162 ‎ 142274 ‎ 132447 ‎ 122967 ‎
4.‎ Akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarining psixologi, tarbiyachisi 153427 ‎ 142743 ‎ 132440 ‎ 122545 ‎ 113057 ‎
5.‎ Sport kolleji trener-oʻqituvchisi, olimpiya zaxiralari kolleji instruktor-metodisti ‎ 143602 ‎ 134144 ‎ 125545 ‎ 117002 ‎ 108758 ‎
6.‎ Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻgarak rahbari ‎ x ‎ 128705 ‎ 118408 ‎ 108518 ‎ 99065 ‎
7.‎ Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining konsertmeysterlari ‎ 125545‎ 117002 ‎ 108758 ‎ 100841 ‎ 93244 ‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 91-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(soʻm)‎

T/r‎‏ Lavozimlar nomi‎‏ Tarif stavkalari miqdorlari
I guruh‎ II guruh‎ III guruh‎ IV guruh‎
1.‎ Direktor‎ 340754 ‎ 323264 ‎ 306166‎ 289209 ‎
2.‎ Direktorning oʻquv ishlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari ‎ 323264 ‎ 306166 ‎ 289209 ‎ 272509 ‎
3.‎ Chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari ‎ 218690 ‎ 206578 ‎ 194649 ‎ 182266 ‎
4.‎ Jismoniy tayyorgarlik rahbari ‎ 182266 ‎ 170179 ‎ 159003 ‎ 147891‎
5.‎ Kasb-hunar kollejining katta ustasi ‎ 161101 ‎ 150146 ‎ 139410 ‎ 128705 ‎
6.‎ Kasb-hunar kolleji oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri ‎ 118408 ‎ 118408 ‎ 118408 ‎ 118408 ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari taʼlimning ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha boʻlim mudirlari bazaviy tarif stavkalarining miqdorlari boʻlimda taʼlim olayotgan oʻquvchilar kontingentidan kelib chiqqan holda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150 nafardan 300 nafargacha — 108518 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
301 nafardan 450 nafargacha — 118408 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
451 nafardan 600 nafargacha — 128705 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
601 nafar va undan ortiq — 139410 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog xodimlari, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va rahbarlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari uchun qoʻllaniladigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi xodimlarining ish haqi bazaviy tarif stavkasini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilanadigan bazaviy tarif stavkalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar asosida shakllantiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning lavozimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning malaka toifasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining tipiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar kontingentiga bogʻliq ravishda muassasalar guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining tipi‎‏ Kontingent soni (kishi)
I guruh‎ II guruh‎ III guruh‎ IV guruh‎
Akademik litsey ‎ 851 nafar va undan ortiq ‎ 651—850‎ 401—650‎ 400 nafargacha‎
Kasb-hunar kolleji‎ 1051 nafar va undan ortiq ‎ 751—1050‎ 451—750‎ 450 nafargacha‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog xodimlarining kasb mahorati oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadigan talablarga, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari lavozimlarining malaka tavsiflariga muvofiq xodimlarning lavozimlari va malaka toifalari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog kadrlar lavozimlariga tayinlash yuqorida koʻrsatib oʻtilgan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport boʻyicha trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash normativlari, ularning ish haqini hisoblash tartibi, sport kollejlari va olimpiya zaxiralari kollejlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha xizmatchilari lavozimlarining malaka tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkasini oʻzgartirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning lavozimi yoki malaka toifasi oʻzgarganda (oshganda yoki pasayganda) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bazaviy tarif stavkasini oʻzgartirish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari munosabati bilan bazaviy tarif stavkalari oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma buyrugʻi chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xodim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining bir muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy tarif stavkasi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi umumtaʼlim, umumiy kasb va maxsus sikllar pedagogik lavozimlariga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlim muassasasi bakalavriatining oxirgi kursida oʻqiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirishga qoʻyilishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar taʼlim-tarbiya jarayonining amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga, oʻquvchilarining davlat taʼlim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va koʻnikmalarni oʻzlashtirish darajasiga hamda oʻquv jarayoniga qoʻshgan hissasi uchun Direktor jamgʻarmasidan 40 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyatini baholash mezonlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bazaviy tarif stavkasiga qoʻshimcha toʻlovlarning quyidagi turlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruh rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35,2 foizi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozma ishlarni tekshirish uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va laboratoriya kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha toʻlovlar ushbu qoʻshimcha toʻlovlarni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan budjet mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun naqd pul berilishiga moddiy javobgar shaxsi (kassir) funksiyasini bajaruvchi maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari yoki xoʻjalik mudiriga eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq belgilanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtda amalda boʻlgan noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga ustama haqlar saqlanib qoladi va ularning miqdori xodimning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ketma-ket ikki oydan ortiq boʻlmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda boʻlmagan xodimlarning oʻrnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq toʻlashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa muassasalardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarning pedagogik ishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnini bosish tartibida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari tomonidan oʻtilgan oʻquv soatlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq toʻlash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir yilda 360 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga (oʻquv yuklamasi yuritilishiga) yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Professional taʼlim muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish shaxsiy yillik ish rejalariga asoslangan.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yillik ish rejasi oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik, tashkiliy-pedagogik va maʼnaviy-maʼrifiy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqti sarfi koʻrsatilgan holda ularning roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqituvchilarning yillik ish rejasi bir yildagi 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” taʼlimining uzluksizligini taʼminlashga asoslangan taʼlim muassasalarida shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar roʻyxati va ularning minimal soatlari ushbu taʼlim muassasalarining oʻquv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtiradigan oliy taʼlim muassasasining Kengashi tomonidan belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining yillik ish rejasi 40 soatlik ish haftasidan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda oʻquv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari, ishlab chiqarish taʼlimini, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uchun materiallar qismini tayyorlash boʻyicha taqsimlab chiqiladi. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ish vaqti normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin professional taʼlim muassasasi maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yillik (semestr) ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda professional taʼlim muassasasi rahbariyati oʻqituvchining oʻquv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin. Bunda oʻquv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki koʻpaytirish tomonga 30 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Alohida hollarda professional taʼlim muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qoʻshib olib borishga, shuningdek oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda lavozimlarni birga qoʻshib olib borish boʻyicha ish vaqtining jami davom etishi ish vaqtining normal davom etish muddatining 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Professional taʼlim muassasasining har bir oʻqituvchisi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi yillik ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisida pedagogik kengashda yoki professional taʼlim muassasasining boshqa kollegial organi majlisida har yili kamida bir marta hisobot beradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Nizomning 16 — 19-bandlari talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” taʼlimining uzluksizligini taʼminlashga asoslangan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish, professional tayyorgarlikni ragʻbatlantirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mehnatiga haq toʻlashning ularning oʻquv va tarbiya jarayoniga, oʻquvchilarda professional koʻnikmalar shakllanishiga qoʻshgan shaxsiy hissasi bilan bevosita oʻzaro aloqadorligini taʼminlash, kasb mahorati va malaka oʻsishini ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Direktor jamgʻarmasi” deb yuritiladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Direktor jamgʻarmasi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquvchilarga taʼlim beradigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining faqat yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatishga (alohida hollarda) yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish uchun tuman, shahar, viloyat va respublikaning eng iqtidorli oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ilgʻor tajribasini va faoliyati samaradorligini ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Direktor jamgʻarmasini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet ajratmalari Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbai hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Direktor jamgʻarmasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda tashkil etiladi (imkoniyatlari cheklangan va jismoniy rivojlanishida oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda esa — 25 foizdan ortiq emas).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashga budjet xarajatlari hajmidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamgʻarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori respublikaning barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻyicha yagona hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Direktor jamgʻarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti qabul qilingandan keyin, tashkilotlarga ular xarajatlarining belgilangan hajmini ular eʼtiboriga yetkazish yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Moliya vazirligining qoʻshma xati bilan barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, vazirliklar (idoralar) va moliya organlariga yetkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari taʼminotiga xarajatlarning smetalarini moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining tegishli organi moliya organiga belgilangan tartibda har bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻyicha ushbu xarajatlarga foiz nisbatida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblangan Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarini ajratib koʻrsatgan holda mehnatga haq toʻlash xarajatlari yillik hajmini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari har bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi taʼminoti xarajatlari smetasida nazarda tutiladi, ular 41 10 000 “Ish haqi” moddasiga kiritiladi, 41 11 210 “Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari” budjet tasnifi kodi boʻyicha xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarda alohida satrda ajratib koʻrsatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ustamalar, mukofotlar hamda moddiy yordam xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ish haqi toʻlash uchun mablagʻlarni moliyalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan belgilangan ustamalar, bir yoʻla beriladigan mukofotlar va moddiy yordam summasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi hamda ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga mablagʻ oʻtkaziladi. Jismoniy shaxslarning Direktor jamgʻarmasi hisobiga olingan daromadlariga soliq solish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla beriladigan mukofotlar toʻlash va moddiy yordam berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorlar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining yuqori va hududiy boshqaruv organlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiyalar faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya tarkibi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan, kamida yetti kishidan iborat etib tasdiqlanadi va unga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor — komissiya raisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorning ichki monitoring tashkil etilishi uchun masʼul boʻlgan oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari — komissiyaning masʼul kotibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik kengash tomonidan tayinlanadigan pedagogik jamoaning kamida ikki nafar vakili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasaba uyushmasi tashkiloti raisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiylik kengashi vakili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalar qoʻmitasining vakili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar berish va moddiy yordam koʻrsatish ochiq muhokama qilish sharoitlarida va Direktor jamgʻarmasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida maxsus komissiyaning majlislarida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya majlislari yarim yilda kamida bir marta, istisno hollarda esa zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining oldingi oʻquv davridagi (semestr, oʻquv yili) ishini baholash yakunlari boʻyicha hamda ayrim oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ish sifatidagi aniqlangan oʻzgarishlar asosida belgilangan ustamalar miqdorlari maxsus komissiyaning qarori bilan qayta koʻrib chiqilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilangan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari soni bir vaqtning oʻzida ular umumiy sonining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga belgilanadigan ustamalar, bir yoʻla beriladigan mukofotlar va moddiy yordam miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi miqdoridagi har oylik ustamalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb mahorati va oʻquv jarayoniga shaxsiy hissa qoʻshganligi, oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari hisobga olingan holda chuqurlashtirilgan ixtisosli tabaqalashtirilgan oʻqitishdagi yuksak samaradorlik va sifat uchun, oʻquvchilarning bilimlarini reyting baholash natijalari boʻyicha aniqlanadigan tegishli guruhlar va oʻquv fanlari uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlari bilan belgilangan bilimlar va koʻnikmalarning zarur hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishiga qarab, tarbiyaviy jarayonning, auditoriyadan tashqari ishlarning sifati va uni amalga oshirish samaradorligiga bogʻliq ravishda ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tarbiyalashga shaxsan qoʻshgan aniq hissasi uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning professional mayllari, malaka va koʻnikmalarini rivojlantirganlik uchun, tegishli guruhlar uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlari bilan belgilangan professional bilim va koʻnikmalarning toʻliq hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi darajasiga qarab, ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tarbiyalashga shaxsan qoʻshgan aniq hissasi uchun kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga ustamalar miqdori oʻquvchilarning oʻzlashtirishiga, ularning professional malaka va koʻnikmalarni egallash darajasiga, ularning taʼlim standartlariga muvofiqligiga, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayoni tashkil etilishi sifatiga bogʻliq boʻlgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbar xodimlariga, shuningdek oʻz faoliyatini soatbay haq toʻlash asosida amalga oshirayotgan oʻqituvchilarga va ishlab chiqarish ustalariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining bazaviy tarif stavkalariga Direktor jamgʻarmasi hisobiga har oylik ustamalar har bir oʻquv yilida oldingi oʻquv yili ish yakunlari boʻyicha belgilanadi va har bir oʻquv semestri yakunlari boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining ayrim oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini mukofotlash ularning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi va oʻz faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun ularga bir lavozim maoshigacha miqdorda bir yoʻla mukofot toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Mukofotlash oʻquv yurti ish yakunlarini chiqarish natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga koʻra yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha favqulodda hollarda koʻrsatiladi (yaqin qarindoshi vafot etganda, ogʻir jarohat olinganda, ogʻir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar koʻrilganda va hokazo).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklangan oʻqituvchiga (xodimga) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oliy maʼlumotli oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 632-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 861-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maxsus komissiyaning oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining hamda “Yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklangan oʻqituvchining (xodimning) bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam berish toʻgʻrisidagi qarorlari asosida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi rahbarining tegishli buyrugʻi chiqariladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 632-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 861-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshiradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ustamalarni belgilash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning xolisligi, oshkoraligi va toʻgʻriligi hamda ularni belgilash tartibiga rioya qilinishi uchun maxsus komissiyalar rahbarlari javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish kiritilayotgan yoki 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi muassasalarining qoʻshimcha haq toʻlanadigan xodimlarining lavozimlari roʻyxati, qoʻshimcha haqning turlari va miqdorlarining 23-bandidagi “oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-avgustdagi 327-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 375-son qarorining oxirgi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 303-modda; 2012-y., 29-son, 338-modda, 36-son, 412-modda; 2014-y., 16-son, 179-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 861-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)