Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 12.02.2008 yildagi PQ-792-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 12.02.2008 yildagi PQ-792-son
Date of entry into force
12.02.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XITOY XALQ RESPUBLIKASI HUKUMATI TOMONIDAN BERILADIGAN GRANT MABLAGʻLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan beriladigan grant mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2007-yilning 3-noyabrida imzolangan bitimga muvofiq, XXR Hukumati tomonidan 60 mln. yuan (8,2 mln. AQSH dollari) miqdorida grant berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining XXR Hukumati grant mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi taklif qilinayotgan ilovaga* muvofiq loyihalar roʻyxati toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xitoy tomoni bilan kelishilgan mazkur grant mablagʻlarini olish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-qoidalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilovaga muvofiq loyihalarni amalga oshirish boʻyicha asosiy tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ishlarni umumiy muvofiqlashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXR Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tibbiy uskunalarning saqlanishi, maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda grant mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan tibbiy uskunalarni oʻrnatish uchun tuman tibbiyot birlashmalarida xonalarni tayyorlash va ularning saqlanishi hamda qatʼiyan maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlash boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu grantga hisob-kitob xizmati koʻrsatish boʻyicha XXRning vakolatli banki bilan banklararo bitimni imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihalarni XXR Hukumatining grant mablagʻlari hisobidan amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan uskunalar va moddiy resurslar uchun bojxona toʻlovlari va yigʻimlar toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi talabnomalariga koʻra, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar vizalarni hamda vaqtincha roʻyxatda turishni rasmiylashtirishda konsullik yigʻimlari va davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 12-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-792-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 2-son, 100-modda)