Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2009 05.03.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1776
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 05.03.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1776
Date of entry into force
15.03.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

TABIIY GAZGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-martda 1776-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21-son va 2009-10-sonli “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1909, 24.02.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2008-yil 21-fevral,

15-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 21-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-11-son

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-fevraldagi 15, 2008-11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007y.,52-son, 534-modda) muvofiq tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha tabiiy gazni realizatsiya hajmlariga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
realizatsiya qilish bahosi — qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holda tabiiy gazning eksportga realizatsiya qilishda amalga oshiriladigan kontrakt baho;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob bahosi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan har yili kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan tabiiy gazning baholar darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha foyda — realizatsiya qilish bahosi bilan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Soliq toʻlovchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Soliq solish obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi daromadining bir qismi qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Soliq solinadigan baza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza qoʻshimcha foyda soligʻi summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar summasiga kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻshimcha foyda summasi qoʻshimcha foyda summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar chegirilgan xolda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Soliq stavkasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻshimcha foyda soligʻi quyidagi stavkalar boʻyicha toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq solinadigan baza‎ Soliq stavkasi ‎
1000 kub. m uchun 100 AQSh dollaridan ortigʻiga soʻm ekvivalentida‎ 75 foiz‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Soliq davri. Hisobot davri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Soliq davri kalendar yil hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hisobot davri oy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlarni hisoblab chiqarish va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda tabiiy gaz uchun maxsus ochiladigan investitsiya hisobraqamiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi. Mazkur investitsiya hisobraqamidan mablagʻlar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, realizatsiya qilish uchun belgilangan tartibda maʼqullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, investitsiya loyihalarini realizatsiya qilish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun jalb qilingan kreditlarga xizmat koʻrsatishga sarf qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mablagʻlar soliq toʻlovchining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisobraqamiga oʻtkazilmaganda yoki maxsus hisobraqamda jamlangan mablagʻlar maqsadsiz sarflanganda ushbu mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy jarimalar qoʻllangan holda toʻliqligicha davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisobini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar va qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlagandan keyin soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlari” hisobvaraqning debetida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlar keyinchalik maqsadli foydalanishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9830 “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar boʻyicha xarajatlar” hisobvaraqning debeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” hisobvaragʻining krediti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlarni maxsus hisobvaraqqa oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning debeti (5500);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraq krediti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoʻshimcha foyda soligʻini va soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlari” hisobvaragʻida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrda, 9830 “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlar summasi esa qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar” 252-satrda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi, shuningdek soliq toʻlovchining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisobraqamiga mablagʻlarni oʻtkazilishi va maxsus hisobraqamdagi mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Yuridik
‎shaxs shtampi
‎‎
_‎______________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
‎Soliq toʻlovchi ______________________________________________________

‎‎(korxona, tashkilotning nomi)

‎‎STIR
‎‎
‎Telefon ___________________________
‎Toʻlovchi manzili ____________________________________________________
‎Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son

‎‎(bank muassasasi nomi, kodi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻi hisob-kitobi

Koʻrsatkichlar‎ Satr kodi‎ Oʻlchov birligi‎ Summasi‎
Eksportga realizatsiya qilingan tabiiy gaz hajmi‎ 010‎ ming kub. m ‎
qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi‎ 020‎ AQSh doll.‎
Hisobot davrida AQSh dollarining soʻmga nisbatan oʻrtacha kursi (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha)‎ 030‎ soʻm‎
1000 kub. m. tabiiy gazni oʻrtacha realizatsiya qilish narxi (020-satr / 010-satr)‎ 040‎ AQSh doll. ‎
1000 kub. m. tabiiy gaz uchun hisob-kitob narxi‎ 050‎ AQSh doll.‎ 100‎
Umumiy hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi
‎(040-satr – 050-satr) x 010-satr)‎
060‎ AQSh doll.‎
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami stavkada ___ foiz: (060-satr x ___ %)‎ 070‎ AQSh doll.‎
Soliq solinadigan baza (060-satr – 070-satr)‎ 080‎ AQSh doll.‎
Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi‎ 090‎ %‎
Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi‎ 100‎
(080-satr x 090-satr)‎ 1001‎ AQSh doll.‎
(1001-satr x 030-satr / 1000)‎ 1002‎ ming soʻm‎
Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi‎ 110‎ ming soʻm‎
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin tashkilot tasarrufida qoladigan va maxsus hisobvaraqda jamlanadigan summa
‎(080-satr – 1001-satr) ‎
120‎ AQSh doll.‎

Rahbar _________________________‎

______________________

(imzo) ‎

(F.I.Sh.)

Bosh buxgalter ___________________‎

______________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.Sh.)

200__ yil “___”_____________ M.Oʻ.‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 67-modda)