24.07.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bitim
Date of entry into force
08.01.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida 2000-yil 2-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Bitimni eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslarni, yuklarni, tovarlarni, transport vositalarini, jonivorlar va boshqa mulklarni Oʻzbekiston—Qirgʻiziston davlat chegarasi orqali oʻtkazish tartibini takomillashtirish zarurligiga amal qilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy migratsiya, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va prekursorlar kontrabandasini fosh etish hamda oldini olish maqsadida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston—Qirgʻiziston davlat chegarasini shaxslar, yuklar, tovarlar, transport vositalari, jonivorlar va boshqa mulklar kesib oʻtishi uchun Tomonlar davlat chegarasi orqali ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan Ilovasida qayd etilgan xalqaro va ikki tomonlama oʻtkazish punktlari, shu jumladan yengillashtirilgan oʻtkazish punktlarini (bundan keyin — oʻtkazish punktlari) oʻrnatishga qaror qildilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro oʻtkazish punktlari Tomonlar davlatlarining va boshqa davlatlarning shaxslarini, yuklarini, tovarlarini, transport vositalarini, jonivorlar hamda boshqa mulklarini oʻtkazishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama oʻtkazish punktlari Tomonlar davlatlarining shaxslarini, yuklarini, tovarlarini, transport vositalarini, jonivorlar va boshqa mulklarini oʻtkazishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Engillashtirilgan oʻtkazish punktlari Tomonlar davlatlarining fuqarolarini oʻtkazishni amalga oshiradi. Engillashtirilgan oʻtkazish punktlarining ish tartibi Tomonlar davlatlarining chegara va bojxona idoralari oʻrtasidagi ahdlashuviga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston—Qirgʻiziston davlat chegarasi orqali oʻtayotgan shaxslarni ushbu Bitimning Ilovasida qayd etilgan oʻtkazish punktlaridan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida 2000-yil 2-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Bitimda hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalarda koʻzda tutilgan shartlar asosida amaldagi hujjatlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktlarining ishi (ish rejimi) ushbu Bitimning Ilovasiga koʻra Tomonlarning ahdlashuvlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish rejimining kuzatuvini nazorat qilish, shuningdek shaxslarni, yuklarni, tovarlarni, transport vositalarini, jonivorlar va boshqa mulklarni oʻtkazish tartibi Tomonlar davlatlarining chegara hamda bojxona idoralarining kelishuviga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslarni, yuklarni, tovarlarni, transport vositalarini, jonivorlar va boshqa mulklarni chegara, bojxona va zarur hollarda nazoratning boshqa turlari (bundan keyin — nazorat) oʻtkazish punktlarida Tomonlarning milliy qonunlari va ular ishtirok etgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda Tomonlar birgalikdagi nazorat uchun shart-sharoitlar yaratadilar. Birgalikdagi nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibi Tomonlar davlatlarining chegara hamda bojxona idoralari oʻrtasida alohida ahdlashuvlar orqali belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktlarining tegishli faoliyatini taʼminlash uchun Tomonlarning har biri oʻz davlati hududida zarur infratuzilmani yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktida birgalikdagi nazoratni oʻtkazish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlsa, oʻtkazish punktini loyihalashtirish va qurish oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktlarining yangilarini ochish, mavjudlarini (shu jumladan, yengillashtirilgan oʻtkazish punktlari) berkitish yoki ularning maqomi va ish rejimini oʻzgartirish Tomonlar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali kelishiladi hamda ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitimning qoidalarini bajarish boʻyicha quyidagilar Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qirgʻiziston Respublikasidan — Qirgʻiziston Respublikasi Chegara xizmati va Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi Daromadlar qoʻmitasining Bojxona xizmati departamenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston—Qirgʻiziston davlat chegarasining alohida uchastkalaridagi oʻtkazish punktlari orqali harakatlanishni vaqtincha cheklash yoki toʻxtatish Tomonlar davlatlarining milliy xavfsizligi manfaatlarida, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida, epidemiya va epizootiyalar davridagi sanitar-karantin sabablari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday vaqtincha cheklashlarni kiritayotgan Tomon, boshqa Tomonni ularni kiritish rejalashtirilayotgan vaqtidan kamida 5 kun ilgari cheklashning sabab va muddatlarini koʻrsatgan holda, diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar Oʻzbekiston—Qirgʻiziston davlat chegarasi orqali harakatlanishning oʻtkazish punktlari obyektlari yoki kommunikatsiya qurilmalarida rejalashtirilgan taʼmirlash bilan bogʻliq cheklangani yoki toʻxtatilgani toʻgʻrisida bir-birlarini bunday ishlar boshlanishidan kamida uch oy ilgari, ularning tugatilishi sanasi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda hollarda (tabiiy ofatlar, epidemiya, epizootiyalar, falokatlar, tibbiy tez yordam koʻrsatish va shu kabilar), Tomonlar davlatlarining chegara hamda bojxona idoralarining oʻzaro ahdlashuviga koʻra, davlat chegarasi orqali shaxslarni, yuklarni, tovarlarni, transport vositalarini, jonivorlarni va boshqa mulklarni belgilangan nazorat tartibiga rioya etib, amalda boʻlmagan oʻtkazish punktlaridan oʻtkazishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning oʻzaro roziliklariga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartish va toʻldirishlar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan va uning 12-moddasiga muvofiq kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitimning qoidalarini qoʻllash va talqin qilish boʻyicha bahs hamda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Tomonlar ularni muzokara va maslahatlashuvlar oʻtkazish orqali hal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim 5 yil davomida amal qiladi va Tomonlarning birontasi uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni navbatdagi besh yillik muddat tugashidan kamida olti oy ilgari yozma ravishda xabardor qilmasa, u har safar keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bishkek shahrida 2004-yil 24-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(imzolar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida Bitimga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


‎p/p‎

Oʻzbekiston Respublikasi oʻtkazish punktlari nomlanishi‎‎

Oʻzbekiston Respublikasida joylashish oʻrni‎‎‎‎

Qirgʻiziston Respublikasi oʻtkazish punktlari nomlanishi

Qirgʻiziston Respublikasida joylashish oʻrni

Oʻtkazish punktlari maqomi

Ish tartibi‎‎

1.‎ Quvasoy-temir yoʻl‎ Fargʻona viloyati Quvasoy tumani ‎ Qizil-Qiya temir yoʻl ‎ Botken viloyati Qizil-Qiya sh. ‎ Xalqaro ‎ 24 soat ‎
2.‎ Doʻstlik-avtoyoʻl‎ Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani ‎ Dostuk-avto yoʻl ‎ Oʻsh viloyati Qorasuv tumani ‎ Xalqaro ‎ 24 soat ‎
3.‎ Savay-temir yoʻl‎ Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani ‎ Qorasuv temir yoʻl ‎ Oʻsh viloyati Qorasuv tumani ‎ Xalqaro ‎ 24 soat ‎
4.‎ Xonobod-avtoyoʻl ‎ Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani ‎ Bekobod-avto yoʻl ‎ Jalolobod viloyati Soʻzak tumani ‎ Xalqaro ‎ 24 soat ‎
5.‎ Xonobod -temir yoʻl ‎ Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani ‎ Jalolobod-temir yoʻl ‎ Jalolobod viloyati Jalolobod sh. ‎ Xalqaro ‎ 24 soat ‎
6.‎ Madaniyat-avtoyoʻl ‎ Andijon viloyati Paxtaobod tumani ‎ Madaniyat-avtoyoʻl ‎ Jalolobod viloyati Nooken tumani ‎ Xalqaro ‎ 24 soat ‎
7.‎ Uchqoʻrgʻon-temir yoʻl ‎ Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani ‎ Shamaldisoy-temir yoʻl ‎ Jalolobod viloyati Nooken tumani ‎ Xalqaro ‎ 24 soat ‎
8.‎ Oʻzbekiston-avtodorojniy ‎ Fargʻona viloyati Quvasoy tumani ‎ Qizil-Qiya-avtoyoʻl ‎ Zotken viloyati Qizil-Qiya sh. ‎ Ikki tomonlam� ‎ 24 soat ‎
9.‎ Mingtepa—avtoyoʻl ‎ Andijon viloyati Marhamat tumani ‎ Qora-Bagʻish— avtoyoʻl ‎ Oʻsh viloyati Aravon tumani ‎ Ikki tomonlama ‎ Kunning yorugʻ vaqti
10.‎ Kosonsoy-avtoyoʻl ‎ Namangan viloyati Kosonsoy tumani ‎ Baymak-avtoyoʻl ‎ Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani ‎ Ikki tomonlama ‎ Kunning yorugʻ vaqti ‎
11.‎ Pushmon-avtoyoʻl ‎ Andijon viloyati Paxtaobod tumani ‎ Seydikum-avtoyoʻl ‎ Jalolobod viloyati Bozor-Qoʻrgʻon tumani ‎ Engillashtirilgan oʻtkazish punkti ‎ Kunning yorugʻ vaqti ‎
12.‎ Keskanyor—avtoyoʻl ‎ Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani ‎ Intimak-avtoyoʻl ‎ Oʻsh viloyati Qorasuv tumani ‎ ‎Ikki tomonlama ‎ Kunning yorugʻ vaqti ‎
13.‎ Qoraqoʻrgʻon-avtoyoʻl ‎ Namangan viloyati Chust tumani ‎ Sumsar- avtoyoʻl ‎ Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani ‎ Engillashtirilgan oʻtkazish punkti ‎ Kunning yorugʻ vaqti ‎
14.‎ Uchqoʻrgʻon avtoyoʻl ‎ Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani ‎ Kensoy-avtoyoʻl ‎ Jalolobod viloyati
‎Nooken tumani‎
Xalqaro ‎ ‎24 soat ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 1-son)