Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2016 13.02.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1768
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 13.02.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1768
Date of entry into force
23.02.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

MAKTABGAChA TARBIYA BOLALAR MUASSASALARI VA MAKTAB-INTERNATLARDAGI BOLALAR TAʼMINOTIGA HAQ TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-fevralda 1768-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-sonli “Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2821, 23.08.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qarorining 18-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2008-yil 21-yanvar,

2-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 21-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 4-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qarorining 18-bandiga muvofiq davlat maktabgacha taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim muassasalari deb yuritiladi) va maktab-internatlarda (keyingi oʻrinlarda internatlar deb yuritiladi) bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlarga tatbiq etiladi, quyidagilar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) futbol boʻyicha maktab-internatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) turli kasalliklar bilan kasallangan bolalar uchun maktab-internatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kam taʼminlangan oilalardagi bolalar uchun maktab-internatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun maktab-internatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirilmaydigan maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlari taʼminotiga mablagʻlar miqdori va pul toʻlash tartibi ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar va internatlarda tarbiyalanuvchilar taʼminoti uchun toʻlangan toʻlovlar budjetda nazarda tutilgan mablagʻlar bilan birga maqsadli ravishda bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning oziq-ovqat taʼminotini yaxshilash uchun yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agar oilada ikki va undan ortiq bolalar turli maktabgacha taʼlim muassasalariga qatnasa, ushbu toifa oilalar uchun belgilangan toʻlov miqdorlarini qoʻllash uchun ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tegishli ravishda bir maktabgacha taʼlim muassasasidan boshqasiga bolalarning boshqa maktabgacha taʼlim muassasalarga qatnashi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maktabgacha taʼlim muassasalarida ushbu Nizomning ilovasida koʻrsatilgan kasalliklari boʻlgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari va umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim muassasalari qoshidagi guruhlarda tarbiyalanuvchi bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlar ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va maktabgacha taʼlim muassasalari yoki internatlar maʼmuriyati oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlardagi bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlar har oyda toʻlovi toʻlanayotgan joriy oyning 10-sanasidan kechikmasdan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlardagi bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlar bank muassasalariga toʻlanadi. Bunda toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi maktabgacha taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar toʻlov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, maktabgacha taʼlim muassasasi yoki internatga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlardan tushgan tushumlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs maqomiga va budjet mablagʻlari boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasasi yoki internat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim muassasasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasa, hududiy moliya organining xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish boʻlimi yoki ushbu muassasa balansida boʻlgan boshqa idoralarning budjet mablagʻlari boʻyicha talab qilib olguncha depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalanadigan gʻaznachilik xizmatiga oʻtgan hududlar boʻyicha maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlar hisobida turadigan maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlar boʻyicha belgilangan tartibda hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va alohida shaxsiy hisob raqamlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlar ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan muddatdan keyin ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma toʻxtatilishi yoxud bolalar (tarbiyalanuvchilar) maktabgacha taʼlim muassasasi yoki internatdan chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kreditor qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan 90 kalendar kun mobaynida maktabgacha taʼlim muassasasidagi bola taʼminoti uchun mavjud boʻlgan qarzdorlik qoplanganda, bolani ushbu maktabgacha taʼlim muassasasiga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan muddat buzilgan taqdirda maktabgacha taʼlim muassasasiga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Maktabgacha taʼlim muassasalarida toʻlovlar hisob-kitobi va uni toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maktabgacha taʼlim muassasasidagi bola taʼminoti uchun toʻlovlarning bir kunlik qiymatini aniqlash uchun qonun hujjatlariga muvofiq ota-onalar bir oylik toʻlovlarining miqdori maktabgacha taʼlim muassasasining oylik ish jadvali boʻyicha ish kunlari soniga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bola kasalligi yoki uning oila aʼzolari kasallanganligi (karantin boʻlgan) tufayli, shuningdek ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning mehnat taʼtili davrida bolaning maktabgacha taʼlim muassasasiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlangan toʻlovlar, keyingi toʻlovlarda hisobga olinadi (faqat maktabgacha taʼlim muassasasining ish kunlari soni hisobga olinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolaning kasalligi yoki uning oila aʼzolari kasallanganligi (karantin boʻlgani) tufayli bolaning kelmaganligi tegishli davolash muassasasi yoki uchastka vrachi tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bola uyda qolgan boshqa barcha holatlarda maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasiga koʻra toʻlovlar toʻliq boʻlmagan oy uchun yaʼni, bolaning ushbu maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnashni toʻxtatadigan va roʻyxatdan chiqariladigan kungacha boʻlgan davr uchun undirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) maktabgacha taʼlim muassasasiga bolaning ushbu muassasaga qatnashi toʻxtatilishi toʻgʻrisida kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Agar bu haqda maktabgacha taʼlim muassasasi ogohlantirilmagan boʻlsa, toʻlangan pulni qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bolaning maktabgacha taʼlim muassasalarida toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatga qolishi, ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlanmaguncha mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Maktabgacha taʼlim muassasasi boshqa ish rejimiga oʻtgan holatlarda, muassasa boshqa ish rejimiga oʻtgan kundan boshlab toʻlovlar bolalarning boʻlishi tegishli uzaytirilgan, muddatli guruhlar uchun belgilangan miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Internatlarda toʻlovlar hisob-kitobi va uni toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Internatlardagi tarbiyalanuvchilar taʼminoti uchun toʻlovlarning bir kunlik qiymatini aniqlash uchun qonun hujjatlariga muvofiq ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bir oylik toʻlovlarining miqdori internatning oylik ish jadvali boʻyicha ish kunlari soniga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tarbiyalanuvchining kasalligi yoki uning oila aʼzolari kasallanganligi (karantin boʻlgan) tufayli, shuningdek ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning mehnat taʼtili davrida tarbiyalanuvchining internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlangan toʻlovlar, keyingi toʻlovlarda hisobga olinadi (faqat internatning ish kunlari soni hisobga olinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchining kasalligi yoki uning oila aʼzolari kasallanganligi (karantin boʻlgan) tufayli tarbiyalanuvchining kelmaganligi tegishli davolash muassasasi yoki uchastka vrachi tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tarbiyalanuvchi uyda qolishining boshqa barcha holatlarida internatda tarbiyalanuvchilar taʼminoti uchun toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasiga koʻra toʻlovlar toʻliq boʻlmagan oy uchun yaʼni, tarbiyalanuvchining ushbu internatga qatnashni toʻxtatadigan va roʻyxatdan chiqariladigan kungacha boʻlgan davr uchun undirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ota-onalar internatga tarbiyalanuvchining ushbu muassasaga qatnashi toʻxtatilishi toʻgʻrisida kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Agar bu haqda internat ogohlantirilmagan boʻlsa, toʻlangan pulni qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tarbiyalanuvchining internatda toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatga qolishi, ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlanmaguncha mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kam taʼminlangan oilalar bolalarini toʻlovlardan ozod qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Maktabgacha taʼlim muassasalari va internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlovlardan kam taʼminlangan oilalarning bolalari qonun hujjatlariga muvofiq ushbu muassasalarda (internatlarda)gi ularning umumiy sonidan 15 foizi doirasida ozod qilinadi. Bunda ota-onalari (bittasi yoki ikkalasi) I yoki II guruh nogironlari boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning bolalari, birinchi navbatda toʻlovlardan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni toʻlovlardan ozod qilish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan oilaning kam taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasasi va internatga tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Toʻlovlardan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oilalarning bolalari (tarbiyalanuvchilar) roʻyxati moliyaviy yil boshlangunga qadar (umumiy rejadagi bolalar, tarbiyalanuvchilar sonidan 15 foiz doirasida) vasiylik kengashi majlisi bayoniga asosan maktabgacha taʼlim muassasasi yoki internat rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Roʻyxatga kirmagan kam taʼminlangan oilalarning bolalari qatoridan, roʻyxat maktabgacha taʼlim muassasasidan yoki internatdan butunlay chiqib ketishi munosabati bilan oʻzgartirilgan hollarda yuqorida koʻrsatilgan roʻyxat toʻldirib boriladigan zaxira shakllantiriladi. Roʻyxat oilaning bir aʼzosiga bir oyda toʻgʻri keladigan jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning bolalarini unga birinchi navbatda kiritish tamoyiliga rioya qilgan holda toʻldirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Buxgalteriya hisobi va hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlarni hisoblab chiqarish va mablagʻlarni tushirish boʻyicha buxgalteriya hisobi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maktabgacha taʼlim muassasalarida — hududiy moliya organining xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish boʻlimi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalarida — ularning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblarning tahliliy hisobi 327-shakl boʻyicha maktabgacha taʼlim muassasalaridagi bolalar taʼminoti uchun ota-onalar bilan hisob-kitoblar jadvali (vedomosti)da yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bankka toʻlangan yoki topshirilgan summalar 01 8 30 “Oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish xarajatlari” tipi, obyekti va obyekt osti boʻyicha gʻazna xarajatlarini tiklash uchun 294-shakl daftariga yozib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Toʻlovlarni hisoblash 305-shakl boʻyicha bolalarni davomat tabeliga asosan amalda qatnagan kunlari uchun har oyning oxirgi ish kunida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Buxgalteriya hisobida ota-onalar kiritadigan toʻlovlarini hisoblash quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali rasmiylashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
D-t ‎ K-t‎
172 236‎

35. Ota-onalar tomonidan toʻlangan mablagʻlar summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
D-t ‎ K-t‎
09 yoki 10 hisobvaraqlari tegishli yordamchi hisobvaraqlar 172‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yil oxirida 236 yordamchi hisobvaragʻi debet qismiga budjet boʻyicha (200 yordamchi hisobvaragʻi) amaldagi xarajatlar 236 yordamchi hisobvaragʻiga hisoblab yozilgan summalar doirasida koʻchirib yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda gʻaznachilik xizmatiga oʻtgan mintaqalar boʻyicha ota-onalar toʻlovlarini hisoblash quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali rasmiylashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
D-t ‎ K-t‎
172 236‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ota-onalardan kelib tushgan summalar ularni maktabgacha taʼlim muassasalarining (internatlarning) alohida shaxsiy hisob raqamlarida aks ettirgan holda hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga yozilib boriladi, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) toʻlovlarni shaxsiy hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
D-t ‎ K-t‎
104 172‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) keyinchalik maktabgacha taʼlim muassasalari (internatlar)ning alohida shaxsiy hisob raqamlariga oʻtkazgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
D-t ‎ K-t‎
120
‎104
172
‎120‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tushgan mablagʻlarni maktabgacha taʼlim muassasalari (internatlar) tomonidan sarflashda quyidagi oʻtkazmalar qoʻllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
D-t ‎ K-t‎
178
‎209
104
‎178‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yil oxirida 236 yordamchi hisobvaragʻi debet qismiga budjet boʻyicha (209 yordamchi hisobvaragʻi) amaldagi xarajatlar 236 yordamchi hisobvaragʻiga hisoblab yozilgan summalar doirasida koʻchirib yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) taʼminoti uchun toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida kelib tushishi, hisob va hisobotni yuritishi, shuningdek, tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 30-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning taʼminoti uchun toʻlovlar undirilmaydigan bolalar kasalliklari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qulogʻi kar (jumladan zaif eshitadigan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻzi ojiz (jumladan koʻrish qobiliyati past)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nutqning ogʻir buzilishlari (alaliya, dizartriya, rinolaliya, afaziya, duduqlik, nutqning I va II darajali umumiy rivojlanmaganligi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tayanch-harakat apparatining buzilishi (tserebral falajlik, poliomiyelit asoratlari, artrogippoz, xondrodistrofiya, miopatiya)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Aqli zaiflik, ruhiy rivojlanishining sustligi (aqliy qobiliyatning buzilishi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sil kasalligining ilk koʻrinishi (bemor bilan aloqada boʻlish va tubviraj), shuningdek sil kasalligi va gepatit kasalligidan keyingi tiklash davri.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 34-modda)