Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 26.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1751
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 26.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1751
Date of entry into force
05.01.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuQORI ChASTOTALI QURILMALARNING RUXSAT BERUVChI HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh, QURILMALARNI ROʻYXATGA OLISh VA ULARNING TEXNIK PARAMETRLARINI OʻLChAShNI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMASINI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-dekabrda 1751-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan oʻn kun keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab 1999-yil 27-iyulda OʻzPTAning Bosh direktori birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan “Barcha turdagi yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma” (1999-yil 20-avgust, roʻyxat raqami 802) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari M. Sangilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2007-yil 18-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176-son

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
2007-yil 18-noyabrdagi 176-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1999-yil, 1-son) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) muvofiq, yuqori chastotali qurilmalar (keyingi oʻrinlarda YuChQ deb yuritiladi) uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, ularni roʻyxatga olish, oʻrnatish hamda ishlatish jarayonida ularning texnik parametrlarini oʻlchash boʻyicha ishlarni bajarish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Yoʻriqnoma sanoat, ilmiy va tibbiy maqsad uchun moʻljallangan YuChQni sotib oladigan va ulardan foydalanadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda YuChQ egalari deb yuritiladi) taalluqlidir va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ular tomonidan sotib olinadigan va foydalaniladigan sanoat, ilmiy va tibbiy maqsad uchun moʻljallangan YuChQga zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQ — radiochastota energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radiotoʻlqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish xollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Yoʻriqnomaning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati va Milliy xavfsizlik xizmati radiochastota organlarining radiochastota taʼminotida boʻlgan vazirliklar va muassasalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektromagnit moslashuvi markazining (keyingi oʻrinlarda EMM deb yuritiladi) ruxsatnomasisiz foydalanishga ruxsat etiladigan yuqori chastotali qurilmalarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Texnik parametrlarning nazorat oʻlchashlarini amalga oshirishda quyidagi standartlarga amal qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʼz DSt 1032:2003 Industrial radioxalaqitlar. Industrial radioxalaqitlar manbalarining sinov uslublari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʼz DSt 1033:2003 Sanoat, ilmiy, tibbiy va maishiy yuqori chastotali qurilmalardan industrial radioxalaqitlar. Oʻlchov meʼyorlari va uslublari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʼz DSt 1063:2004 Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvchanligi. Industrial radioxalaqitlarni oʻlchash uchun asboblar. Texnik talablar va sinov usullari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga oʻtkazish va foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun dastlab Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda RChDK deb yuritiladi) ushbu YuChQni muayyan radiochastotaga muvofiqligi boʻyicha qarori talab qilinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1751-1, 18.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 185-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, 18,0 kHzdan 245,0 GHzgacha radiochastotalar diapazonidagi radiochastotalarda ishlaydigan YuChQ uchun tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. YuChQni ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish YuChQ egalari tomonidan taqdim etilgan buyurtma asosida EMM tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Turli maqsadlarda qoʻllaniladigan YuChQ uchun tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish faqat RChDK tomonidan ajratilgan radiochastota polosalarida ishlaydigan YuChQ uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. YuChQni ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish uchun (radionurlanishlarning texnik tavsiflarini oʻzgartirgan holda) YuChQ egalari Oʻzbekiston Respublikasi standartlariga muvofiq tayyorlangan texnik topshiriq va texnik shartlarni EMMga kelishish uchun taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQni ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish faqatgina texnik topshiriq va texnik shartlar EMMda kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Taqdim etilgan texnik topshiriq va texnik shartlar standartlar talablariga toʻgʻri kelmaganda yoki YuChQni RChDKning qarori boʻlmagan radiochastotalarda ishlab chiqarish moʻljallanganda, talabgorga asoslangan rad javobi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga oʻtkazish uchun (shu jumladan, bir vazirlik yoki muassasaning ichida) ruxsatnoma olish uchun YuChQ egalari EMMga uning vazifasi toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birga buyurtma taqdim etadilar.
(9-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1751-1, 18.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 185-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQning davlat yoki rus tilidagi texnik tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida YuChQning ushbu turidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi RChDK qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining muvofiqlik sertifikati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga oʻtkazishga ruxsatnoma namunasi mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1751-1, 18.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 185-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga oʻtkazishga EMMning ruxsatnomasisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1751-1, 18.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 185-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. EMM Oʻzbekiston Respublikasi hududida YuChQdan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida RChDKning tegishli qarori mavjud boʻlganda, buyurtmani koʻrib chiqish uchun qabul qiladi va uni sotib olish, olib kirish, boshqaga oʻtkazish uchun ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
(12-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1751-1, 18.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 185-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga oʻtkazish uchun ruxsatnoma YuChQ egasiga undan foydalanish huquqini bermaydi.
(13-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1751-1, 18.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 185-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. YuChQ uchun tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng, YuChQ Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi, oʻrnatilishi, EMM tomonidan oʻlchatilishi va YuChQdan foydalanish maqsadida ruxsatnoma olishga EMMga murojaat qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. YuChQdan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun uning egasi EMMga YuChQdan foydalanish uchun ruxsatnomani berish toʻgʻrisida buyurtma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir soʻralayotgan YuChQ uchun ikki nusxada belgilangan shakldagi toʻldirilgan anketa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQning egasi yuridik shaxs boʻlganda, korxonada ruxsat beruvchi hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va YuChQni hisobga olish uchun javobgar mansabdor shaxsning tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan oʻlchashlarning bayonnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQ uchun anketaning namunasi mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. YuChQning egasi har bir YuChQ texnik parametrlarini industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyilgan darajalari uchun Oʼz DSt 1032:2003ga muvofiq nazorat oʻlchashlari oʻtkazilishini va ishchi radiochastota tekshirilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. YuChQning egasida tegishli sharoitlar, zarur oʻlchash apparaturalari va malakali xodimlar boʻlmaganda, YuChQ egasining YuChQni sinash boʻyicha murojaatida koʻrsatilgan oʻlchashlarni oʻtkazish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda OʻzAAA deb yuritiladi)ning ixtisoslashgan korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Yoʻriqnomaning 16-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq toʻplami va oʻlchashlarning ijobiy natijalari mavjud boʻlganda, EMM YuChQning egasiga foydalanish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida belgilangan shakldagi ruxsatnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. YuChQni Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga EMM tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomasiz va muvofiqlik sertifikatisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. EMM va YuChQ egasining oʻzaro munosabatlari YuChQni foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilayotganda tuziladigan foydalanish shartnomasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. YuChQdan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, mazkur Yoʻriqnomaning 4-paragrafi hamda foydalanishga ruxsatnoma berilayotganda EMM tomonidan belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Navbatdagi nazorat oʻlchashlari oʻtkazilganda, YuChQdan foydalanish uchun avval berilgan ruxsatnomaga EMM tegishli yozuv kiritadi va gerbli muhr bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologik jarayon, ish tartibi, foydalanish shartlari va joylari, xalaqitlarni bostirish tizimlari oʻzgarganda, shuningdek YuChQ, uning ishchi elementi (press, quritish kamerasi, induktor, tigel va sh.k.) yoki xalaqitlarni bostirish vositalari oʻrta yoki kapital taʼmirlash ishlari bajarilganidan soʻng, YuChQdan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomaga tegishli oʻzgartishlar kiritilishi, yaʼni yoʻl qoʻyilgan industrial radioxalaqitlar normalariga va ruxsat berilgan chastotalar polosasida foydalanishga mos kelishi tekshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. YuChQ egasi foydalanish uchun avval berilgan ruxsatnomaga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun YuChQni oʻrnatish joyi, korxona nomi yoki korxona joylashgan joyi oʻzgarishining barcha holatlari toʻgʻrisida EMMni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. YuChQ foydalanishdan chiqarilganda, uning egasi EMMga asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va foydalanishdan chiqarish dalolatnomasini YuChQdan (mulk egasi yuridik shaxs boʻlganda) foydalanish maqsadida berilgan ruxsatnomani ilova qilib, xat bilan murojaat qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQ egasi jismoniy shaxs boʻlganda, YuChQni foydalinishdan chiqarishda foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma tegishli maʼlumot bilan EMMga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. YuChQ boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga oʻtkazilganda yoki sotilganda, YuChQ egasi 10 kun muddatda uni hisobdan chiqarishi va EMMga foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani qaytarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oluvchi taraf, oʻz navbatida, mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq YuChQni sotib olishga ruxsatnoma olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. YuChQ texnik parametrlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. YuChQ texnik parametrlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni oʻtkazishda radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligini, ishchi chastotani va uning barqarorligini oʻlchash (texnologik sikl vaqtida ishchi chastotaning tebranish chegaralarini aniqlash) uchun oʻlchash vositalaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻlchash vositalari standartlar (Oʼz DSt 1063:2004) talablariga muvofiq boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan laboratoriyalarda sinovdan oʻtkazilgan boʻlishi va belgilangan muddatda foydalanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. EMMning vakillari, ular tomonidan oʻlchashlar boʻyicha ishlar bajarilganda, xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga, uchinchidan past boʻlmagan malaka guruhiga hamda tegishli oʻlchashlar boʻyicha malaka guvohnomasiga ega boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. YuChQni sinovdan oʻtkazishdan oldin EMMning vakillari oʻlchash vositalari va boshqa zarur apparaturaning ishga yaroqliligini tekshirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻlchash vositalarini elektr tarmoqqa ulashdan oldin ularning korpusi yerga ulanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Sinovdan oʻtkazish ushbu YuChQ turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq, har bir YuChQ uchun alohida amalga oshiriladi. Oʻlchashlar jarayonida YuChQ ish tartibi texnologik jarayonga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQni oʻlchash bilan bogʻliq barcha ishlar faqat YuChQ egasining ruxsati bilan va uning bevosita kuzatuvida (YuChQ egasi jismoniy shaxs boʻlsa) yoki maxsus ajratilgan shaxsning bevosita kuzatuvi ostida (YuChQ egasi yuridik shaxs boʻlsa) oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. YuChQ texnik parametrlarini sinovdan oʻtkazishda uning ishchi chastotasi va barqarorligi, radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi hamda kuchlanganligini oʻlchash amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ishchi radiochastotani oʻlchash va uning barqarorligini aniqlash bevosita YuChQning yaqinida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Chastota oʻlchagich YuChQ yoki uning ishchi elementi (induktor, press, vayma va sh.k.)dan shunday masofada joylashtiriladiki, bunda oʻlchash asbobining barqaror ishi taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Chastota oʻlchagichning koʻrsatgichlari boʻyicha texnologik sikl davrida YuChQning maksimal va minimal ishchi radiochastotasi aniqlanadi. Har bir muayyan YuChQ boʻyicha ishchi chastotaning oʻlchamlari va uning barqarorlik natijalari EMMning vakillari tomonidan ish daftariga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologik sikl qisqa muddatli boʻlganda, (masalan, polixlorvinil plyonkalarni payvandlashda) ishchi radiochastotani qayd etish natijalarining ishonchliligini oshirish uchun YuChQ ishining 3—5ta sikli uchun uning tebranishi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Oʻlchashlar natijalari EMM tomonidan berilgan va RChDKning qaroriga muvofiq foydalanish shartnomasida qayd etilgan foydalanish uchun ruxsatnomada belgilangan radiochastotalar polosasi bilan taqqoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oʻlchashlar jarayonida aniqlangan ishchi radiochastotaning mos kelmasligi (ruxsat etilgan radiochastotalar polosasidan, hattoki texnologik siklning bir qismidan tashqarida ishlash) ham EMMning vakillari tomonidan ish daftariga yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligini oʻlchash asosiy radiochastota va uning garmoniklarida Oʼz DSt 1033:2003 standarti bilan belgilangan uslub boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Turar joylarning elektr tarmoqlariga ulangan yoki korxonalarda ishlatiladigan YuChQ tomonidan yuzaga keladigan radioxalaqitlar kuchlanishini oʻlchash, YuChQdan kamida 10 m masofada eng yaqin joylashgan taqsimlash shchitining qisqichlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoq ekvivalentlarining elektr tarmoqqa ulanishini YuChQ egasi yoki uning vakili amalga oshirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Radioxalaqitlar maydonining kuchlanganligini oʻlchash YuChQ oʻrnatilgan korxona hududi yoki xonaning (YuChQ egasi jismoniy shaxs boʻlsa) toʻrt tarafidan YuChQdan 10 m masofada amalga oshiriladi. Oʻlchashlar nuqtalarini tanlashda alohida eʼtibor tekshirilayotgan YuChQdan eng kam masofada joylashuviga qaratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar normaga keltirilgan masofada (korxona hududi chegarasi yoki xonadan 10 m) maydon kuchlanganlik oʻlchashlarini oʻtkazishning imkoniyati boʻlmasa (yoʻlning transport qatnaydigan qismi, haydalgan yer, shaxsiy uy va sh.k.), oʻlchashlar nuqtasini normaga keltirilgandan koʻproq masofalarda (300 metrgacha) tanlash mumkin. Ruxsat berilgan qiymat bilan solishtiriladigan maydon kuchlanganligining qiymati esa, Oʼz DSt 1033:2003 standartiga binoan hisoblash bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Radioxalaqitlar maydoni kuchlanishi va kuchlanganligining oʻlchangan qiymatlari ish daftariga yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oʻtkazilgan oʻlchashlar natijalari boʻyicha 2 nusxada mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklda bayonnoma tuziladi. Bayonnomada YuChQning ish tartibi, ishchi radiochastotani oʻlchash natijalari, radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligi, ularni oʻtkazish joylari (nuqtalari), har bir tekshirilgan qurilmaning belgilangan talablarga muvofiqligi va aniqlangan kamchiliklari qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Bayonnomalarni EMM va korxona vakillari, YuChQ egasi imzolashadi va uning bir nusxasi YuChQ egasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. YuChQ industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyilgan darajalarida belgilangan normalariga mos kelganda, ularni ishga tushirish yoki bundan keyin ishlatish mumkinligi toʻgʻrisida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. YuChQni industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyilgan darajalari normalari talablariga mos kelmasligi yoki uning ruxsat berilmagan radiochastotalar polosasida ishlashi aniqlanganda, EMMning vakillari quyidagi koʻrsatmani rasmiylashtirgan holda, mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan namunadagi sinovdan oʻtkazish dalolatnomasini tuzadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga tushirilayotgan YuChQ boʻyicha — aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgunga qadar ishga tushirilishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlatilayotgan YuChQ boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun aniq muddat (bajarilishi zarur boʻlgan ishlarning murakkabligiga qarab, lekin 30 kundan ortiq boʻlmagan) belgilanadi. Agar YuChQ texnik parametrlarining aniqlangan buzilishlari radioaloqa ishida, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda xalaqitlarni yuzaga keltirsa, ushbu xalaqitlar sabablari bartaraf etilgunga qadar YuChQdan foydalanish toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu Yoʻriqnomaning 46-bandida bayon qilingan barcha aniqlangan holatlar boʻyicha EMM Davlat aloqa inspeksiyasiga axborotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. YuChQ egalarining huquq va javobgarliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. YuChQ egalari YuChQni ishlatish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioxalaqitlar manbalarini aniqlash va bartaraf etishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EMM mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish.
(48-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. YuChQ egalari quyidagilar uchun javobgardirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQ uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va sotib olingan yoki foydalanilayotgan YuChQ texnik parametrlarini oʻlchash boʻyicha ishlarni oʻz vaqtida oʻtkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YuChQni ruxsatnomaga va radiochastota spektridan foydalanish shartnomasiga muvofiq ishlatishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 9-noyabr

Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati boshligʻi v.v.b. T. ASLANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 9-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v. b. B. ULAShOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-noyabr

“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
1-ILOVA

‎‎№_______
‎RUXSATNOMA
‎Sotib olish, olib kirish, boshqaga oʻtkazish
‎(tagiga chizib qoʻyilsin)

Egasi:‎‎
‎‎
YuChQ turi: ‎
Korxona raqami:‎
Maksimal quvvati:‎
Ishlab chiqarilgan yili: ‎
‎‎
Ishlash chastotasi: ‎
‎‎
YuChQning moʻljallanganligi: ‎
‎‎
Berilgan sana “___” “_______________” 20__ y. ‎
EMM boshligʻi

‎M.Oʻ.‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: YuChQ ishlatish maqsadida sotib olinganda ruxsat etuvchi hujjatlar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
(1-ilova Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1751-1, 18.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 185-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
2-ILOVA

YuChQni ishlatish huquqi uchun
‎ANKETA

‎‎20___ yil “___” ________dagi ___-sonli ruxsatnomaga muvofiq sotib olingan ______________________ YuChQni roʻyxatga olishingizni va uni ishlatish huquqi uchun ruxsatnoma berishingizni soʻrayman.

1.‎ YuChQ egasi (xoʻjalik yurituvchi subyekt)‎
2.‎ Yuridik manzil‎
3.‎ Bank rekvizitlari‎
4.‎ Oʻrnatish punkti (viloyat, tuman, aholi yashaydigan punkt)‎
5.‎ Oʻrnatish joyi (sex, uchastka, laboratoriya, xona, korpus, qavat va h.)‎
6.‎ Qurilmaning turi‎
7.‎ Korxona raqami va chiqarilgan yili‎
8.‎ Ishlab chiqargan mamlakat‎
9.‎ Stansiya respublikaga olib kirilgan sana va bojxona deklaratsiyasining raqami‎
10.‎ Quvvati, kV ‎
11‎. YuChQ vazifasi‎
12.‎ Chastotaning barqarorligi‎
13.‎ YuChQning ish rejimi‎
14.‎ Ishchi chastotalar, kHz ‎

‎‎
‎‎20__ yil “___” _________dagi ___-sonli buyruqqa binoan YuChQni hisobga olish va ishlatish uchun javobgar qilib ________________________________
‎_______________________________________________________ tayinlandi.‎

‎‎(lavozimi, F.I.Sh., telefoni, faksi)‎

‎‎Javobgar shaxs va xizmat koʻrsatuvchi xodim “Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish va radioelektron vositalarni boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (2006-yil 7-dekabr, roʻyxat raqami 1531) va “Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, texnik parametrlarini roʻyxatdan oʻtkazish va oʻlchashlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” bilan tanishtirildi va YuChQni ishlatish tartibi buzilganligi uchun javobgarligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
‎Koʻrsatilgan hujjatlarning talablari bajarilishini tasdiqlayman.

‎YuChQ egasi ________________________________________________________

‎‎(rahbarning imzosi, telefoni, faksi)

Imzo‎
Muhr‎

‎‎20__ y. “__” ___________‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
3-ILOVA

‎‎№
‎RUXSATNOMA
‎Yuqori chastotali moslamadan foydalanish huquqini beruvchi

Egasi:‎‎‎‎‎‎
Oʻrnatish manzili:‎
‎‎
Oʻrnatish joyi:‎‎
‎‎
YuChQ turi: ‎ ‎‎Korxona raqami:
Koordinatlar (sh. k.; sh.u.)‎
Quvvati:‎ ‎‎Ishlab chiqarilgan yili:
Chastota turgʻunligi:‎
‎‎Ishlash chastotasi:
‎‎Ruxsatnoma harakatdagi muddati:
‎‎Berilgan sana “____” “________________” 20__y.

‎Asos: oʻlchash bayonnomasi ‎‎____-son ________________ 20__ y.‎‎
‎‎
EMM boshligʻi ‎‎
‎‎
M.Oʻ.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
4-ILOVA

Yuqori chastotali qurilmalar texnik parametrlarini nazorat oʻlchashlarining
‎______-son
‎BAYoNNOMASI
‎‎

1. Oʻlchash obyekti ___________________________________________________ __________________________________________________________________

(nomi, turi, korxona raqami va chiqarilgan sanasi, oʻrnatish manzili)‎

2. Radioxalaqitlar manbaining egasi _________________________________ __________________________________________________________________

(egasining nomi va mansubligi)‎

3. Oʻlchash sanasi va joyi hamda oʻlchashlarni kim oʻtkazgan _________________
‎__________________________________________________________________

(F.I.Sh., lavozimi, viloyat nomi)‎

4. Ishlash sharoiti, radioxalaqitlar manbaining qisqacha tavsifi:
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________‎

(xalaqitlar manbaining qisqacha tavsifi va texnik holati)‎

Uning 20__ yilda ___-son bilan tasdiqlangan texnik shartlarga (TSH) muvofiqligi _______________________________________________________‎‎

son chizmalarga muvofiqligi. Xalaqitlarni bostirish qurilmalarining qisqacha tavsifi

__________________________________________________________________‎

va texnik holati. Ishlatish uchun atrof-muhit sharoitlari)‎‎

5. Qoʻllangan oʻlchash apparaturasi _____________________________________ __________________________________________________________________
6. Oʻlchashlar metodi va ular uchun atrof-muhit sharoitlari industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyilgan amaldagi chegaraviy normalariga mos keladi, xususan: ____________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎a) tarmoqda radioxalaqitlar kuchlanishini oʻlchash
‎bajarildi ________________________________________________________
‎bajarilmadi ______________________________________________________
‎b) efir boʻyicha radioxalaqitlar maydoni kuchlanganligini oʻlchash _________
‎_____________________________________ DSt da koʻrsatilgan uslub boʻyicha
‎________________________________________________________ bajarildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻlchashlar natijalari quyidagi jadvalga toʻplangan:

‎1. Radioxalaqitlar kuchlanishining jadvali (dB)

Chastota, kHz‎‏ Simlar va yer oʻrtasidagi xalaqitning kuchlanishi Chastota, MHz‎‏ Simlar va yer oʻrtasidagi xalaqitning kuchlanishi‎‎
1-sim‎ 2-sim‎ 3-sim‎ 1-sim‎ 2-sim‎ 3-sim‎

‎2. Radioxalaqitlar maydoni kuchlanganligining jadvali (dB)

Chastota, MHz ‎ E maydon, dB ‎ Chastota, MHz ‎ E maydon, dB ‎ Chastota, MHz ‎ E maydon, dB ‎ Chastota, MHz ‎ E maydon, dB ‎
‎‎1-son nuqta‎ ‎‎2-son nuqta‎ ‎‎3- son nuqta‎ ‎‎4- son nuqta‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Ishchi chastotaning ogʻishi _________foizdan oshmaydi.

‎XULOSALAR

‎‎YuChQ tomonidan yuzaga keltiriladigan radioxalaqitlar kattaligi ________
‎__________________________________________________________________‎

‎‎(radioxalaqitlarning ushbu manbai amaldagi normalarni qanoatlantiradi

‎‎__________________________________________________________________

‎‎yoki qanoatlantirmaydi)

‎‎Oʻlchashlar bayonnomasini imzoladilar: 20___ y. “____” ________________
‎OʻzAAAning vakillari ______________________________________________

(imzo) ‎

(F.I.Sh.)‎

‎‎__________________________________________________________________

(imzo) ‎ ‎

(F.I.Sh.)‎ ‎

‎‎YuChQ (radioxalaqitlar manbai) vakili yoki egasi ________________________
‎__________________________________________________________________

(imzo)‎

(F.I.Sh.)‎ ‎ ‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎____-son sinovdan oʻtkazish
‎DALOLATNOMASI

Toshkent shahri ‎‎‎ 20__ yil “___” ________‎
‎‎Egasi _____________________________________________________________

(vazirlik, muassasa, korxona)

‎‎__________________________________________________________________

(pochta manzili)‎

‎‎Radioxalaqitlar manbaining nomi ___________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎(turi, korxona raqami, chiqarilgan joyi va sanasi)

‎‎Ushbu dalolatnoma akkreditatsiya qilingan markazlar (laboratoriyalar)ning vakillari _________________________________________________________
‎________________________________________________ ishtirokida tuzildi.

‎‎(F.I.Sh., egallab turgan lavozimi)‎

‎‎Oʻtkazilgan sinov natijasida quyidagilar aniqlandi:___________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎Xulosa va koʻrsatma _________________________________________________ __________________________________________________________________
Ilova:‎ ‎‎1. __________________________________ dagi oʻlchashlar bayonnomasi
‎2. Boshqa hujjatlar __________________________________________
‎‎Akkreditatsiyalangan markazlar (laboratoriyalar)ning vakillari __________
‎__________________________________________________________________

(imzo)‎

(F.I.Sh.)‎

‎‎__________________________________________________________________

(imzo)‎ ‎

(F.I.Sh.)‎ ‎

‎‎YuChQ, radioxalaqitlar manbai boʻlgan egasining vakili _________________
‎__________________________________________________________________

(imzo)‎ ‎ ‎

(F.I.Sh.)‎ ‎ ‎

‎‎Dalolatnoma bilan tanishdim va dalolatnomaning bir nusxasini oldim ___
__________________________________________________________________‎

(imzo)‎ ‎ ‎ ‎

(F.I.Sh.)‎ ‎ ‎ ‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 542-modda; 2012-y., 16-son, 185-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)