Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2013 05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1746
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1746
Date of entry into force
15.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUDJETDAN MABLAGʻ OLUVChILARNING ShAXSIY HISOBVARAQLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNAChILIGIDA VA UNING HUDUDIY BOʻLINMALARIDA YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-dekabrda 1746-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 17-dekabrdagi 86-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2414, 18.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) 26-bandiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilingan Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish Qoidalari tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 59-son “Budjetdan mablagʻ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaragʻini ochish haqida Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2006-yil 24-iyul, roʻyxat raqami 1600 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 297-modda) buyrugʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 18-oktabrdagi 89-son “Budjetdan mablagʻ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaragʻini ochish va yopish boʻyicha Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash haqidagi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (2006-yil 25-oktabr, roʻyxat raqami 1600-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 431-modda) buyrugʻi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirining
2007-yil 17-oktabrdagi 93-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) 26-bandiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — gʻaznachilik boʻlinmalari deb yuritiladi) tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish, yopish va ularning budjet mablagʻlari (Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini hisobga olgan holda) va budjetdan tashqari mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda — budjetdan mablagʻ oluvchilar deb yuritiladi) boʻyicha operatsiyalarni aks ettirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Budjetdan mablagʻ oluvchilarga shaxsiy hisobvaraqlarini ochish va yopish, shuningdek ulardagi operatsiyalarni aks ettirish gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, respublika va mahalliy gʻazna hisobvaraqlaridan foydalanish (keyingi oʻrinlarda — gʻaznachilik hisobvaraqlari deb yuritiladi) orqali budjetning gʻazna ijrosi bilan qamrab olinadigan budjetlar, xarajatlar guruhlari, budjetdan mablagʻ oluvchilar, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilar — Davlat budjetidan mablagʻ ajratilishi nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek kapital taʼmirlash buyurtmachilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital taʼmirlash buyurtmachilari — Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarini boshqarish va texnik nazorat funksiyalarini amalga oshirish maqsadida vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan yagona buyurtmachi xizmati (keyingi oʻrinlarda — kapital taʼmirlash buyurtmachilari deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari — budjet tuzilishida hisobga olinishining imkoni boʻlmagan, yil mobaynida koʻzda tutilmagan iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)ga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari — ijtimoiy toʻlovlar uchun budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, ota-onalarning maktabgacha va maktabdan tashqari tashkilotlarda bolalarni saqlash uchun, jumladan musiqa maktablarida bolalarni oʻqitish uchun toʻlovlari, ishchilardan oziq-ovqat hisob-kitoblari uchun tushumlar (maktabgacha bolalar tashkilotlari, internatlar va boshqalar), ular tomonidan ish joyidan oladigan, keyinchalik joriy qonunchilikda belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirilishi bilan gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlari — tegishli budjetdan mablagʻ oluvchilar, jumladan kapital qurilish buyurtmachilari uchun gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ochiladigan, budjet, shu jumladan Zaxira jamgʻarmalari va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha, ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda, mablagʻlar harakati bilan bogʻliq tahliliy hisoblar registri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manzilli roʻyxat (loyiha-tadqiqot ishlari manzilli roʻyxati) — har yili buyurtmachilar tomonidan tuziladigan va oʻrnatilgan tartibda ajratilgan mablagʻlar limitlari doirasida tasdiqlanadigan, obyektlar roʻyxatini hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ishlar va xarajatlar hajmini oʻz ichiga oluvchi moliyaviy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning titul roʻyxati — qurilishning butun davriga kapital qoʻyilmalar hajmi va uni sarflash yoʻnalishlari koʻrsatilgan, uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari aks ettirilgan holda har bir obyekt boʻyicha tuziladigan moliyaviy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasi — qurilishning budjet tasnifi koʻrsatkichlari asosida kapital qoʻyilmalar limitlari, ularni sarflash yoʻnalishlari koʻrsatgan va ularning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari aks ettirilgan holda hamda budjet xarajatlarini oylar yoyilmasida har bir obyekt boʻyicha buyurtmachi tomonidan tuziladigan, tasdiqlanadigan va tegishli moliya organi bilan oʻrnatilgan tartibda kelishiladigan moliyaviy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar toʻlovi ruxsatnomasi (keyingi oʻrinlarda — XTR) — XTRda koʻrsatilgan davr mobaynida tegishli gʻazna hisobvaragʻidan budjetdan mablagʻ oluvchi xarajatlar toʻlovlari uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan budjet mablagʻlarini koʻrsatuvchi, gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan tasdiqlangan budjet mablagʻlari asosida tuziladigan va budjetdan mablagʻ oluvchilarga taqdim qilinadigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik majburiyat — yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari boʻyicha yuzaga kelgan majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy majburiyat — yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun haq toʻlashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-toʻlov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, toʻlov hujjatlari, sud qarorlari, hamda budjetdan mablagʻ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki toʻlovni qabul qiluvchiga mablagʻlarning oʻtkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlarini gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan yuritilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarining tuzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan Davlat budjetining budjet tasnifi boʻlimlari, boblari va paragraflari boʻyicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning oʻzini saqlash va markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyi tashkilotlar uchun koʻzda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasida koʻzda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olingan yuridik majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan moliyaviy majburiyatlar summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar toʻlovi ruxsatnomalari (XTR);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan kassa xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlarining tushumi va xarajati boʻyicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan Davlat budjetining budjet tasnifi boʻlimlari, boblari va paragraflari boʻyicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning tegishli smetalarida nazarda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjetdan tashqari ajratmalari (budjetdan tashqari mablagʻlarning tushumi va sarflanishi cheklanmagan turlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari mablagʻlar tushumlari doirasida oʻrnatilgan tartibga muvofiq yoʻnaltiriladigan tegishli xarajat turlari boʻyicha roʻyxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan taqdim qilinadigan moliyaviy majburiyatlar summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari tushumlari doirasida, qonunchilikda koʻzda tutilgan maqsadlarda amalga oshiriladigan kassa xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shaxsiy hisobvaraqlar budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish Jurnalida qayd qilinadi (Mazkur qoidalarga 1-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir shaxsiy hisobvaraqqa tegishli unikal raqam beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻining unikal raqami yigirma yetti razryaddan iborat boʻlib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎Razryad raqamlari

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6.‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

27‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shulardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 — 6 gacha razryadlar — tasdiqlangan mablagʻlarning manbalari va budjet darajasi Tasnifiga muvofiq mablagʻlarning manbalar kodi va budjet darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7 — 9 gacha razryadlar — tasdiqlangan valyutalar klassifikatoriga muvofiq valyuta kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 — 14 gacha razryadlar — tasdiqlangan hududlar Tasnifiga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 — 24 gacha razryadlar — Budjetdan mablagʻ oluvchilar boʻyicha budjet tasnifining tegishli koʻrsatkichlari kodlari, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 — 21 gacha razryadlar — Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22 — 24 gacha razryadlar — Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 — 27 gacha razryadlar — budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraq raqami kodi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning 3 razryaddan tashkil topgan shaxsiy hisobvaragʻining shaxsiy raqami avtomatik tarzda Davlat budjeti gʻazna ijrosi boʻyicha dasturiy majmuasi orqali beriladi va alohida har bir budjet boʻyicha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan 001 dan 999 gacha raqamlardan foydalangan holda, budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish Jurnalida qayd qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish Jurnali gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida qogʻoz va elektron tarzda yuritiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish, yopish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlarining ochilishi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakliga asosan, budjetdan mablagʻ oluvchining gʻaznachilik boʻlinmasi rahbarining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qoʻyilgan shaxsiy hisobvaraq ochish toʻgʻrisidagi arizasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, budjetdan mablagʻ oluvchi bir vaqtning oʻzida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakli boʻyicha bir nusxada ariza, unga ilova qilib mazkur Qoidalarning 3-ilovasi shakliga asosan xizmat koʻrsatiladigan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxati taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xarajatlar smetasi nusxasi, jumladan vaqtinchalik va aniqlangan hamda unga moliya organlarining mansabdor shaxslari tasdiqlagan va moliya organlarining muhri qoʻyilgan zarur hujjatlarning ilovalari bilan, Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalari nusxalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, oʻrnatilgan tartibda oʻzining tasarrufida boʻlgan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlariga xizmat koʻrsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun ularning shaxsiy xarajatlarini (shaxsiy xarajatlar smetasi asosida) hisobini yuritish uchun alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi va xizmat koʻrsatiladigan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun (umumiy xarajatlar smetalari asosida) alohida har bir budjet tasnifining paragrafi boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning manzilli roʻyxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxati) nusxasi, qurilishlarning titul roʻyxati nusxasi (kapital qurilish buyurtmachilari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mazkur Qoidalarning 4-ilovasi shakliga asosan bir nusxada yuqori tashkilot tomonidan yoki notarial tasdiqlangan moliyaviy hujjatlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan tashkilotning mansabdor shaxslarining imzo namunalari va shaxsiy hisobvaraqlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi tashkilotning muhr izi tushirilgan kartochkasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, gʻaznachilik boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning oldin ochilgan hisobvaraqlari mavjud boʻlganda, ushbu budjetdan mablagʻ oluvchilarga Zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlarni xarajat qilish uchun hisobvaraqlar ochish uchun yuqorida koʻrsatilgan imzo namunalari kartochkasini taqdim etmasdan hujjatlar topshirishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari uchun hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar asosida ochiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakliga asosan gʻaznachilik boʻlinmasining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qoʻyilgan budjetdan mablagʻ oluvchining arizasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, budjetdan mablagʻ oluvchi bir vaqtning oʻzida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakli boʻyicha bir nusxada ariza, unga ilova qilib mazkur Qoidalarning 3-ilovasi shakliga asosan xizmat koʻrsatiladigan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxati taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) budjetdan tashqari mablagʻlarning tushumlari va xarajatlari limiti koʻrsatilgan (tushumlari va mablagʻlarning xarajat qilinish yoʻnalishlari limitlanmagan budjetdan tashqari mablagʻlari bundan mustasno) tegishli smeta xarajatlarining nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar xarajatlarining oʻrnatilgan tartibda hisobini yurituvchi va xizmat koʻrsatuvchi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun, xizmat koʻrsatilayotgan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari xarajatlari hisobini yuritish uchun (budjet tasnifi xarajatlarining har bir paragrafi boʻyicha tuzilgan umumiy xarajatlar smetasi asosida) hisobvaraqlar ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari uchun hisobvaraqlar ochish uchun ilgari budjet mablagʻlari boʻyicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan imzo namunalari kartochkalari ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Gʻaznachilik boʻlinmalari budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan mazkur Qoidalarning 7-8-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshiradi va ular toʻgʻri boʻlgan holatda shaxsiy hisobvaraqlar ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan talablarga muvofiq kelmasa, mazkur hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan hisobvaraqlar ochmasdan budjetdan mablagʻ oluvchiga qayta ishlash yoki kamchiliklarni toʻgʻrilash uchun qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hisobvaraqlar ochilishiga asos boʻlgan budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi va ular gʻaznachilik boʻlinmalarida oʻrnatilgan tartibda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Gʻaznachilik boʻlinmalari budjetdan mablagʻ oluvchilarning soʻroviga koʻra shaxsiy hisobvaraqlar ochilgan kunning keyingi kunidan kechiktirmasdan ular uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Oʻz navbatida budjetdan mablagʻ oluvchilar ikki kun muddat ichida gʻaznachilik boʻlinmalarida ular uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar rekvizitlarini tegishli soliq organlari, ijtimoiy taʼminot organlari va tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilarga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Budjetdan mablagʻ oluvchining qayta tashkil etilishi va uning boʻysunishining oʻzgarishi yoki tashkiliy-huquqiy maqomining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda shaxsiy nomi oʻzgarganda, vakolatli davlat organidan yangi shaxsiy nom olgandan soʻng, bir ish kuni davomida bu haqda tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga yozma ravishda xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik boʻlinmalari yozma bildirishnoma asosida budjetdan mablagʻ oluvchining nomi oʻzgarishi bilan shaxsiy hisobvaraqqa shaxsiy hisobvaraqning unikal raqamini oʻzgartirmagan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Budjetdan mablagʻ oluvchi qayta tashkil etilganda (birlashish, qoʻshilish, boʻlinish, ajralish, qayta tashkil etish), yangi vujudga kelgan budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng, qoʻshilish shaklida qayta tashkil etilganda budjetdan mablagʻ oluvchi yuridik shaxslarning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv yagona davlat reyestriga kiritilgandan soʻng, gʻaznachilik boʻlinmasiga shaxsiy hisobvaraqlarni yopish uchun budjetdan mablagʻ oluvchining qayta tashkil etilganligi haqidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan ariza taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Budjetdan mablagʻ oluvchi tugatilganda, tugatilayotgan tashkilotning rahbari ushbu jarayon boshlangandan boshlab ikki kun ichida gʻaznachilik boʻlinmasiga yuqori turuvchi tashkilot yoki oʻrnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan tugatish toʻgʻrisidagi va tugatish komissiyasining tayinlanishi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalarini tugatish komissiyasining faoliyat yuritish muddatlarini koʻrsatgan holda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ularning qayta tashkil etilishi, boʻysunuvdagi oʻzgarishlari, tugatish komissiyasining ish faoliyatining tugatilishi, budjetdan mablagʻ oluvchining boshqa gʻaznachilik boʻlimi tomonidan xizmat koʻrsatilishiga oʻtishi munosabati bilan yoki qonun hujjatlarda koʻzda tutilgan boshqa holatlarda yopish mazkur Qoidalarning 5-ilovasidagi shaxsiy hisobvaraqni yopish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy hisobvaraqning yopilishi budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish Jurnalida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchilarga yangi shaxsiy hisobvaraqlarni ochish qayta tashkil etish jarayoni tugatilgandan soʻng, shuningdek budjetdan mablagʻ oluvchining turgan budjet darajasining oʻzgarishi va bir gʻaznachilik boʻlinmasidan boshqa gʻaznachilik boʻlinmasiga xizmat koʻrsatilishiga oʻtganda, mazkur Qoidalarning 7-8-bandlariga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlarda operatsiyalarning aks ettirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli xodimlari budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagi summalarni aks ettiradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) budjet mablagʻlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalari nusxalarida koʻrsatilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalari, shuningdek kapital qurilish xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda aniqlashtirilgan budjet mablagʻlari manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarga berilgan XTR;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan toʻlangan (oʻtkazilgan), shuningdek naqd pul shaklidagi toʻlangan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli va vaqtinchalik smetalarda koʻrsatilgan xarajatlar (budjetdan tashqari tushumlar va ularning yoʻnalishi cheklanmaydigan xarajatlar turlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar smetalariga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan aniqlashtirilgan rejalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalarda belgilangan tarzda kelib tushgan Moliya vazirligining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻaznachilik boʻlinmalariga budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan mablagʻ oluvchilarning gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan toʻlangan (oʻtkazilgan), shuningdek naqd pul shaklidagi toʻlangan mablagʻlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Gʻaznachilik boʻlinmalari budjetdan mablagʻ oluvchilarning soʻrovlariga koʻra ularning tegishli shaxsiy hisobvaraqlaridan operatsiyalar amalga oshirilgan kundan keyingi kundan kechikmagan holda, ularga ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan koʻchirmalar mazkur Qoidalarning 6, 7-ilovalari shakllari asosida taqdim etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan shaxsiy hisobvaraqlar ochish, qayta roʻyxatga olish va yopish uchun taqdim etilgan hujjatlarning oʻz vaqtidaligi, haqqoniyligi va toʻliqligi boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda budjetdan mablagʻ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq shaxsiy hisobvaraqlarning oʻz vaqtida ochilishi, qayta roʻyxatga olinishi, yopilishi, maʼlumotlarni oʻz vaqtida aks ettirilishi va budjetdan mablagʻ oluvchilarga ularning shaxsiy hisobvaraqlaridan koʻchirmalar taqdim etilishi yuzasidan gʻaznachilik boʻlinmalarining tegishli xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish
JURNALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎‎

Shaxsiy hisobvaraq ochilgan/ yopilgan sana‎‎

Budjetdan mablagʻ oluvchining nomlanishi‎‎

Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi‎‎

Tashkiliy tasnif kodi‎‎

Shaxsiy hisobvaraq raqami‎‎

Izoh‎‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy hisobvaraq(lar) ochishga
ARIZA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

20___ y. “___” ___________________ ‎

‎‎‎Budjet ____________________________________________________________
Viloyat _____________________________________________________________
Tuman (shahar) _______________________________________________________
Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi ___________________________________
Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi __________________________
‎Tashkiliy tasnif kodi _______________________________________________
________________________________ da shaxsiy hisobvaraq ochishni soʻrayman.

(gʻaznachilik boʻlinmasi nomi)

‎‎Ilova:

1.___________________________________________________‎‎
_____________________________________________________‎‎

‎‎
‎_____________________________________________________‎‎

‎‎‎Rahbar

__________‎‎ _____________________________________‎‎

(imzo)

(F.I.Sh.)

M.Oʻ.
‎ ‎

‎‎Bosh hisobchi‎

__________‎‎ _____________________________________‎‎

(imzo)

(F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

‎‎___________________________________________________________________

‎‎‎
‎Gʻaznachilik boʻlinmasining shaxsiy hisobvaraq ochganligi haqidagi belgisi

Razryadlar boʻyicha shaxsiy hisobvaraq raqami

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎

Izoh*‎

‎‎
‎Hisobvaraq ochish hujjatlarini tekshirdi:‎


‎______________‎‎‎


‎________‎‎


‎__________‎‎

(xodimning F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

‎‎(sana)

_______‎_________________________________da shaxsiy hisobvaraq ochishga ruxsat etiladi.
‎(gʻaznachilik boʻlinmasi nomi)
‎‎‎
‎‎M.Oʻ.‎ ‎‎Rahbar ‎‎__________

‎‎____________________________________

‎‎(imzo)

(F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

‎‎20___ y. “____” _________________ shaxsiy hisobvaraqlar ochildi.
‎‎‎
‎‎Boshqa belgilar _______________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: 1. Ushbu ariza shakli, shuningdek, yuqori turuvchi budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy hisobvaraq ochish uchun toʻldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. * Tashkilotning (yuqori turuvchi yoki quyi budjetdan mablagʻ oluvchining) boʻysunish darajasining turi koʻrsatiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning ‎‎____________________________________________________
‎ ‎(yuqori turuvchi budjetdan mablagʻ oluvchining nomi)

‎‎ROʻYXATI

Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi‎

Tashkiliy tasnif kodi‎

Budjetdan mablagʻ oluvchilarning nomi

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

...‎

...‎

....‎

‎‎
‎‎Rahbar‎ ‎_________________________

‎_________________________________‎

(imzo)

‎(F.I.Sh.)


Bosh hisobchi‎____________________

‎_________________________________

(imzo)

‎(F.I.Sh.)

M.Oʻ.

‎ 20___ y. “____” ______________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

IMZO NUSXASI VA MUHR OʻRNI
‎___________ SONLI KARTOCHKASI

200___ y. “___” ____________

Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi ____________________________________________________________________________

(tashkil qilish hujjatiga muvofiq toʻliq yoki qisqa)

Yuridik manzil _______________________________________________________________ ____________________________________________________________________________
‎Telefon ____________________
‎Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi ____________________________________________________

‎‎
‎Shaxsiy hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda moliyaviy hujjatlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarning imzo nusxasi va tashkilotning muhr oʻrni namunalari ‎

Imzo qoʻyish huquqi Mansab Familiyasi, ismi, sharifi Imzo namunasi Muhr namunasi Alohida belgilar
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎

Birinchi

‎‏

Ikkinchi

Yurist (shtatda mavjud boʻlsa)


‎Rahbar


‎___________


‎_____________________

(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)‎

Bosh hisobchi

‎‎___________ ‎

‎‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎ ‎


‎___‎‎_______________________________________________________________________

(Vakolat va imzolarni tasdiqlash boʻyicha yuqori tashkilotning belgisi)

‎‎
‎Rahbar


‎___________ ‎


‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎

M.Oʻ.

‎‎
200_ y. “___” ____________

‎‎
‎‎____________________________________________________________________________

(Imzolarni haqiqiyligi haqida tasdiqlovchi yozuv)

____________________________________________________________________________

(budjetdan mablagʻ oluvchining joylashuvi yuridik manzili)‎

‎‎____________________________________________________________________________

(sana (yil, kun, oy) yozma holda)
‎‎


‎‎‎Bosh hisobchi


‎___________ ‎

‎‎
‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎ ‎

Ijrochi

‎‎___________ ‎

‎‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎ ‎ ‎

‎‎200_ y. “___” ____________
Alohida belgilar ____________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Shaxsiy hisobvaraqni yopish boʻyicha ‎
‎A R I Z A ‎

‎‎20___ y. “___” _________________ ‎

‎‎Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi __________________________________
‎‎Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi ________________________
‎‎‎Tashkiliy tasnif kodi ______________________________________________
‎‎‎Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi _________________________________________
‎‎‎Shaxsiy hisobvaraq raqami __________________________________________‎
‎‎‎‎ ‎_________________________ shaxsiy hisobvaraqni yopishingizni soʻrayman.‎
‎‎(budjetdan mablagʻ oluvchining)‎‎ ‎
‎‎‎__________________________________________________ munosabati bilan

‎‎‎(sababini koʻrsating)

Ilova:‎

‎1. ______________________________________________ ‎‎‎‎
_________________________________________________‎‎
‎‎_________________________________________________

Rahbar‎‎

_______________‎ ‎‎________________________________

(imzo) ‎

‎‎‎(F.I.Sh.)

M.Oʻ.‎ ‎


‎‎Bosh hisobchi‎‎


‎_______________‎

‎________________________________‎

(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎__________________________________________________________________
‎‎‎‎
‎Shaxsiy hisobvaraqni yopish haqida gʻaznachilik boʻlinmasi belgisi
‎‎__________________________________________________________________

‎Masʼul xodim‎‎‎

_______________‎ _______________‎ _______________‎

(lavozim) ‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

‎‎
‎Amaliyot boshqarmasi
‎(boʻlim, ‎sektor) boshligʻi‎‎


‎_______________‎


‎_______________‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

‎‎Gʻaznachilik boʻlinmasi rahbari‎ _______________‎ _______________‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

‎‎‎‎20___ y. “___” _________________
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

20__ yil “___” ___________________ uchun


‎Budjetdan mablagʻ oluvchining mahalliy budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy hisobvaragʻidan
‎KOʻChIRMA ‎

Gʻaznachilik boʻlinmasining nomi _____________________________________
‎Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi __________________________________
‎‎Shakllangan sana 20__y. ___.___.
‎‎Oldingi koʻchirma sanasi 20__y. ___.___.
‎‎Shaxsiy hisobvaraq raqami __________________________________________
‎Masʼul xodim _____________________________________________________

(F.I.Sh.)

‎‎
Hisob raqam‎

MFO

Hujjat raqami‎

Xarajat‎

Mablagʻlar qaytarish‎

Modda

1.‎
2.‎
3.‎
‎Jami aylanmalar
‎‎
‎‎Shtamp oʻrni
‎‎‎‎
‎Masʼul xodim imzosi ______________‎‎‎‎‎‎‎20___ y. “____” ______________
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

20__ yil “___” ___________________ uchun


‎‎‎Budjetdan mablagʻ oluvchining respublika budjetidan budjet mablagʻlari yoki budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy hisobvaragʻidan
‎ KOʻCHIRMA

Gʻaznachilik boʻlinmasining nomi _____________________________________
Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi __________________________________
Shakllangan sana 20__y. ___.___.
Oldingi koʻchirma sanasi 20__y. ___.___.
‎‎Shaxsiy hisobvaraq raqami __________________________________________
Masʼul xodim _____________________________________________________

(F.I.Sh.)

‎‎

Modda‎

Kun boshiga qoldiq‎

Tushum‎

Xarajat

Kun oxiriga qoldiq‎

‎Xarajatlarning 1-guruhi boʻyicha
Xarajatlarning 2-guruhi boʻyicha
‎‎Xarajatlarning 3-guruhi boʻyicha
‎‎Xarajatlarning 4-guruhi boʻyicha
‎‎JAMI

№‎

Hisob raqam‎

MFO‎

Hujjat raqami‎

Tushum‎

Xarajat

Modda

1.‎
2.‎
3.‎
‎Jami aylanmalar
‎‎
‎Shtamp oʻrni
Masʼul xodim imzosi ______________ 20___ y. “____” ______________
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 495-modda; 2010-y., 47-son, 437-modda)