Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 12.10.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1727
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 12.10.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1727
Date of entry into force
22.10.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AHOLINING KENG QATLAMI, ShU JUMLADAN YoSh OILALAR UChUN UY-JOY QURILIShINI VA REKONSTRUKSIYA QILIShNI MOLIYALAShTIRISh VA KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-oktabrda 1727-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 7-son, 54-modda), 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 192-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 15-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24/6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 15-sentabrdagi 24/6-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 7-son, 54-modda), 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 192-modda) muvofiq tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda bank deb yuritiladi) tomonidan pudrat qurilish tashkilotlariga koʻp kvartirali uylarni qurilishini va rekonstruksiyasini moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomga asosan banklar tomonidan kreditlar pudrat qurilish tashkilotlariga qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va ulardan maqsadli foydalanish shartlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyihalar boʻyicha, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda koʻp kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda (“kaliti bilan”) qurish yoki rekonstruksiya qilish sharti bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, pudrat qurilish tashkiloti bir vaqtning oʻzida ham buyurtmachi ham pudratchi sifatida faoliyat koʻrsatadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Pudrat qurilish tashkilotlariga koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish, ushbu qurilish tashkilotining asosiy yoki ikkilamchi hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-1, 21.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 281-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan “Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom”ning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 17-son, 146-modda) 40-bandiga muvofiq koʻp kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida boʻladi va uning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi. Qurilish yakunlangandan keyin koʻp kvartirali uylar qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pudrat qurilish tashkiloti qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uy qiymatining 20 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi oʻz aylanma mablagʻlariga hamda qurilish sohasida koʻp yillik tajribaga, yetarli moddiy-texnika bazasi va tajribali mutaxassislarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bank tomonidan koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kredit miqdori uning, yaʼni tayyor holda qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uyning qiymatidan qurilish tashkilotining oʻz aylanma mablagʻlari va biznes-rejasida olinishi rejalashtirilgan foyda miqdori chegirilgan holda, ammo qurilish obyektining 70 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat qurilish tashkiloti quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan koʻp kvartirali uy qiymatining 20 foizi miqdoridagi oʻz aylanma mablagʻiga ega boʻlmasa, bank kredit qoʻmitasi uning ijobiy kredit tarixini hisobga olib (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), oʻz qarori bilan quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan koʻp kvartirali uy qiymatining shu miqdordagi qismiga ham kredit ajratishi mumkin. Bunda bank tomonidan ajratiladigan kreditning umumiy summasi qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uy qiymatining 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻp kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda qurish sharti bilan uylarni qurayotgan yoki rekonstruksiya ishlarini amalga oshirayotgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida nizom”ga muvofiq, sugʻurta kompaniyalari bilan qurilish obyektini sugʻurtalash shartnomasini tuzgan pudrat qurilish tashkilotlari kreditlanadi. Bunda sugʻurta shartnomasi kreditlovchi bank foydasiga tuziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-1, 21.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 281-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kreditdan foydalanish muddati qurilish yoki rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqqan holda, ammo 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Bunda 18 oydan oshmagan muddatga imtiyozli davr berilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kredit boʻyicha foiz stavkasi miqdori tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Zarar koʻrib ishlayotgan, nolikvid balansga ega boʻlgan, qurilish xatarlarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini toʻliq hajmda toʻlamagan pudrat qurilish tashkilotlariga, shuningdek, ulardan foydalanishga topshirish muddatlari kechiktirilgan, qurilishi tugallanmagan kreditlanadigan obyektlar yoki ilgari berilgan kreditlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarz yoki boshqa moliyaviy majburiyatlar mavjud boʻlganida, koʻp kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda qurilishiga kreditlar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kreditni rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Pudrat qurilish tashkiloti tomonidan kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kredit maqsadi, taʼminoti, muddati va summasi koʻrsatilgan kredit olishga buyurtmanoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) koʻp kvartirali uy qurilishi uchun yer uchastkasi ajratilganligi va ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqni yoki rekonstruksiya qilinadigan obyektga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Qurilish vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan ekspertiza xulosalari, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsati;
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-3, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 10/18/1727-3/1192-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) elektr energiya, gaz, issiqlik energiyasi, suv va kanalizatsiyaga ulashning texnik shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishning aniq moʻljalli roʻyxati, titul roʻyxati va qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) pudrat qurilish tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan tuzgan shartnoma nusxasi va sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) pudrat qurilish tashkilotining kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash uchun uning oxirgi hisobot sanasiga boʻlgan moliyaviy hisobotlari (1, 2, 4 va 5-sonli shakllar);
(10-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) kredit boʻyicha taʼminot turi va ushbu taʼminot boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) boshqa tashkilot va muassasalar oldidagi qarzdorliklari va boshqa banklardagi mavjud mablagʻlari boʻyicha maʼlumotnomalar (maʼlumotlar moliyaviy hisobotlarga mos boʻlishi lozim) hamda boshqa tashkilot va muassasalar ustav kapitallaridagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uydagi qavatlar soni, har bir kvartiraning umumiy va yashash maydonlari hajmi, 1 kv.m. oʻrtacha qiymati hamda har bir kvartirani aniq qiymati koʻrsatilgan maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bank pudrat qurilish tashkiloti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni loyiha hujjatlariga mos ravishda tuzilganligini tekshiradi va ular asosida beriladigan kredit miqdorini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Beriladigan kredit miqdori aniqlangandan keyin bank qarz oluvchining moliyaviy holatini tahlil qiladi va uning kreditga layoqatlilik darajasini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha tahlillar amalga oshirilganidan keyin bank kredit boʻlimi xodimi va kredit boʻlimi boshligʻi tomonidan imzolangan xulosa tuziladi va bank kredit qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bank kredit qoʻmitasi kredit buyurtmanomasi, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu kredit buyurtmanomasi boʻyicha bankning kredit boʻlimi xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Kredit buyurtmanomasini koʻrib chiqish muddati ushbu buyurtmanoma va unga ilova qilingan barcha hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran 3 bank ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning kredit qoʻmitasi tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank tomonidan qaror qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan muddatda qarz oluvchiga, kredit berishning rad etilishi sabablari koʻrsatilgan yozma xulosa joʻnatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bankka pudrat qurilish tashkiloti tomonidan quyidagi taʼminot turlaridan biri yoki bir nechtasi taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas va koʻchar mulk garovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank yoki sugʻurta tashkiloti kafolati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxs kafilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditni qaytarilmaslik xatarining sugʻurtasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat qurilish tashkiloti tomonidan qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uydagi kvartiralarning kelajakda sotilishidan tushadigan mablagʻlar garovi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Koʻp kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun berilgan kreditlarni qaytarilish taʼminoti sifatida ushbu uydagi kvartiralarni kelajakda sotishdan tushadigan tushumlar garovga olingan taqdirda bu borada alohida garov shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov shartnomasida bank krediti hisobidan qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushgan barcha tushum bevosita kredit uchun hisoblangan foizlar toʻloviga va kreditni qaytarishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyiladi. Ushbu shart kredit shartnomasida ham belgilab qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kredit shartnomasi imzolangan paytdan boshlab olingan kreditlar toʻliq soʻndirilguniga, komissiyalar, foizlar va ularga doir penyalar toʻlanguniga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kredit berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻp kvartirali uylarni qurish, rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan kredit berish, qarz oluvchi nomiga har bir obyekt nomi va raqami aks ettirilgan alohida ssuda hisobvaragʻi ochish hamda ushbu hisobvaraqdan pudrat qurilish tashkilotining toʻlov topshiriqnomasi asosida quyidagi maqsadlar uchun pul mablagʻlarini naqd pulsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallarini xarid qilish uchun;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish montaj ishlarini bajarish jadvallariga muvofiq yordamchi pudrat tashkilotlariga bajariladigan va bajarilgan ishlar, avtotransport xizmatlari va mexanizm xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish uchun;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqarish xarajatlari (yoqilgʻi-moylash materiallari, tabiiy gaz, elektroenergiya, suv va boshqalar) uchun;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlanayotgan qurilish obyektida band boʻlgan xodimlarga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ssuda hisobvaragʻidan qurilishning titul roʻyxatiga va kapital mablagʻlardan foydalanishning unda koʻrsatilgan yoʻnalishlariga muvofiq kelmaydigan toʻlovlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Pudrat qurilish tashkilotini kreditlash bosqichma-bosqich moliyalashtirish va qurilish-montaj ishlarni bajarish jadvallari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning toʻlov topshiriqnomasiga asosan kredit shartnomasi umumiy summasining 50 foizigacha miqdorda avans toʻlovlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qarz oluvchi tomonidan avans mablagʻlari hisobiga bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilgandan soʻng (avans miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda), kredit shartnomasi umumiy summasining qolgan 50 foizi bajarilgan ishlardan kelib chiqqan holda. Bunda bankning masʼul xodimlari joyiga chiqqan holda berilgan kredit mablagʻlarini maqsadli ishlatilganini oʻrgangan holda dalolatnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kreditlarni va ularga hisoblangan foizlarni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Berilgan kreditlarga foizlar kredit qoldigʻiga har kuni hisoblab boriladi va kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Berilgan kreditlarga hisoblangan foizlar va kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, pudrat qurilish tashkiloti tomonidan bank krediti hisobiga qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash maqsadida ochiladigan maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaraqdagi (22626 — korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Koʻp kvartirali uyni qurish uchun bankdan kredit olgan pudrat qurilish tashkiloti kredit bergan bankka unga qurilayotgan koʻp kvartirali uylarni sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash uchun alohida maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻi ochishni soʻrab ariza taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank pudrat qurilish tashkilotining ushbu arizasi asosida unga belgilangan tartibda 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻini ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻiga faqat bank krediti hisobiga qurilayotgan koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari kirim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Pudrat qurilish tashkiloti tomonidan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar ushbu turar joylarning loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan narxlarda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari orqali aholi, shu jumladan yosh oilalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qoshidagi ishchi guruhlarining tavsiyalariga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uydagi kvartiralarning bir qismini bank bilan kelishilgan holda korxona va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda oldindan pul oʻtkazish orqali sotib olib ularda ishlab turgan yosh oilalar aʼzolari va boshqa xodimlariga berishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qurilish pudrat tashkilotiga koʻp kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit bergan bank tomonidan koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun kredit berish borasida ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin qarz oluvchi har bir jismoniy shaxsga ularning arizalariga muvofiq kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan dastlabki badalni kiritib qoʻyish uchun jamgʻarma omonat hisobvaraqlari ochiladi va dastlabki badal kirim qilinadi hamda unga Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 75 foizidan kam boʻlmagan stavkada foiz hisoblab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Banklar jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga sotib olinadigan kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda badal kirim qilinganligi toʻgʻrisida pudrat qurilish tashkilotiga badal kiritgan jismoniy shaxslar roʻyxatini ilova qilgan holda maʼlumotnomani taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maʼlumotnoma pudrat qurilish tashkiloti uchun jismoniy shaxs bilan koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotish borasida shartnoma tuzish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Pudrat qurilish tashkilotidan koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaxs bankdan kredit olmasdan toʻliqligicha oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olmoqchi boʻlgani taqdirda birinchi badalni kiritish uchun jamgʻarma omonat hisobvaragʻini qurilish pudrat tashkilotiga koʻp kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit bergan bankda ochadi. Jismoniy shaxs va pudrat qurilish tashkiloti oʻrtasida koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish borasida shartnoma tuzilgandan keyin jismoniy shaxs kvartira qiymatining qolgan 75 foizini oʻzining nomiga ochilgan jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga birdaniga yoki qismlarga boʻlib oʻtkazishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Dastlabki badalning bir qismini yoki barcha summasini yosh oila aʼzolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan pul oʻtkazish orqali ipoteka krediti oluvchi yosh oila aʼzosi nomiga ochilgan jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jismoniy shaxsga koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun qurilish pudrat tashkilotiga koʻp kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit bergan bank tomonidan unga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida nizom”da (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) belgilangan tartibda ipoteka krediti beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh oilalarga ipoteka krediti berilishida “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom”da (roʻyxat raqami 1697, 2007-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda) belgilangan imtiyozlar hisobga olinadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-1, 21.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 281-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jismoniy shaxslarning jamgʻarma omonat hisobvaraqlarida sotib olinayotgan koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatiga teng miqdorda toʻplangan mablagʻlar yoki kamida 25 foiz boshlangʻich badali kiritilgan va qolgan qismiga rasmiylashtirilgan ipoteka krediti mablagʻlari jismoniy shaxs va pudrat qurilish tashkiloti oʻrtasida kvartirani oldi-sotdi shartnomasi imzolanganidan hamda koʻp kvartirali uy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga (ekspluatatsiyaga) qabul qilingandan keyin pudrat qurilish tashkilotining 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar tomonidan ushbu koʻp kvartirali uydagi kvartirani oʻz xodimlariga, shu jumladan yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish uchun oʻtkazib berilgan mablagʻlari ham ushbu 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Pudrat qurilish tashkilotining 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻiga koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotish natijasida kelib tushgan mablagʻlar, birinchi navbatda koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan kreditlarga hisoblangan foizlar toʻloviga va kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uy qiymatining 5 foizi miqdoridagi qismi davlat qabul qilish hayʼati dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sanadan shartnomada qayd etilgan pudrat qurilish tashkilotining kafolatli muddati tamom boʻlgunga qadar, biroq moliyaviy yil tugashidan kechikmay 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻida saqlab turiladi va qolgan ortiqcha mablagʻlar belgilangan tartibda bank tomonidan memorial order bilan pudrat qurilish tashkilotining asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 18-dekabrdagi 35/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1727-2, 25.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 643-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Pudrat qurilish tashkiloti kredit boʻyicha qarz qoldigʻini qaytarishni va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini muddatidan oldin bank bilan kelishgan tartibda amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Bankning kreditlardan maqsadli foydalanish va ularni oʻz vaqtida qaytarilishini monitoring qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Banklar kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bank koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish jadvaliga rioya qilinishini, ssuda hisobvaragʻidan toʻlovlarni amalga oshirish vaqtida ularning loyihaga muvofiqligini va kreditdan maqsadli foydalanilishini, kreditni qaytarilishini hamda uning boʻyicha foizlar toʻlanishini va kredit taʼminoti holati boʻyicha nazoratini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank monitoring davomida berilgan kreditni maqsadga muvofiq ishlatilayotganligini bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganadi, shuningdek, zaruriyat vujudga kelganda nazorat oʻlchovlarini ham amalga oshiradi. Monitoring vaqtida berilgan kreditlar boshqa maqsadlarda ishlatilganligi yoki hisobotlarda qayd etilgan hajmlarda qurilish-montaj ishlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda bank boshqa maqsadlarga ishlatilgan kreditlarni va hisoblangan penyalarni undirib olish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Asosiy qarz va u boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, bank qarz oluvchining majburiyatlarini bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditni qaytarishni taʼminlash choralarini koʻrishni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Agar kreditni oʻz vaqtida undirish boʻyicha koʻrilgan choralar zarur natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilmaslik xavfi vujudga kelsa, berilgan kreditni va u boʻyicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(VI bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1727-1, 21.06.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 281-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 425-modda; 2012-y., 25-son, 281-modda; 2015-y., 51-son, 643-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 10/18/1727-3/1192-son)