06.07.2007 yildagi O‘RQ-98-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni, 06.07.2007 yildagi O‘RQ-98-son
Date of entry into force
07.07.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SODIQ XIZMATLARI UChUN” MEDALINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. “Sodiq xizmatlari uchun” medali taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. “Sodiq xizmatlari uchun” medali toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. “Sodiq xizmatlari uchun” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 12-moddasi “Jasorat” medali” degan soʻzlardan keyin “Sodiq xizmatlari uchun” medali” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 6-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-98-son

2007-yil 6-iyuldagi OʻRQ-98-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sodiq xizmatlari uchun” medali toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan yuksak kasbiy mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatning mudofaa qobiliyati hamda milliy xavfsizligini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligini oshirish va Oʻzbekistonda huquq-tartibotni taʼminlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Sodiq xizmatlari uchun” medalini hamda mukofotlash haqidagi tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa bunga vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Sodiq xizmatlari uchun” medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 6-iyuldagi OʻRQ-98-sonli
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sodiq xizmatlari uchun” medalining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Sodiq xizmatlari uchun” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira koʻrinishidadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalning old tomonida doirada yoqut rangli emal bilan qoplangan sakkiz qirrali yulduz fonida harbiy xizmatchining tasviri (Vatan qahramoni — himoyachisining timsoli) joylashgan. Medalning yuqori qismida aylana boʻylab aks ettirilgan lentaga “SODIQ XIZMATLARI UCHUN” soʻzlari yozilgan. Medalning pastki qismida sakkiz qirrali yulduz va aylana boʻylab yashil rangli emal bilan qoplangan dafna barglari tasvirlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, pastki qismida medalning raqami yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medal eni 24 millimetrli zangori shoyi lenta sirilgan besh qirrali qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi, lentaning oʻrtasida eni 7 millimetrli oq yoʻl boʻlib, u eni 1 millimetrli qizil yoʻllar bilan hoshiyalangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuv — boʻrtma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalning chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 279-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)