Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2021 08.06.2006 yildagi 173-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarori, 08.06.2006 yildagi 173-I-son
Date of entry into force
08.06.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2021
Hujjat 08.06.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING 2005 YILDA MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA 2006 YILDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShNING ENG MUHIM USTUVOR YOʻNALIShLARIGA BAGʻIShLANGAN VAZIRLAR MAHKAMASINING 2006 YIL 10 FEVRALDA BOʻLIB OʻTGAN YIGʻILIShIDAGI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING 2006 YIL 24 FEVRALDA OʻTKAZILGAN BEShINChI YaLPI MAJLISIDAGI “MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING QONUNIY ASOSLARINI MUSTAHKAMLASh – FAOLIYATIMIZ MEZONI BOʻLIShI DARKOR” MAʼRUZALARINING ASOSIY QOIDALARINI AMALGA OShIRIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLARNI BAJARIShGA OID OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI HARAKAT DASTURINING 10-BANDINI AMALGA OShIRISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-360-IV-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat qoʻmitalari va komissiyalarining nazorat faoliyatini amalga oshirish masalalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorlikda ish olib borishini taʼminlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etishdagi ishlar muvofiqlashtirilishini takomillashtirish, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Namunaviy reglamenti tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan Tavsiyalar maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi oʻz reglamentlari va nizomlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Namunaviy reglamenti va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda bayon etilgan qoidalarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. Sobirov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 8-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173-I-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy
Kengashining ______yil “__”
_________ _____-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari mahalliy kengashining namunaviy ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(REGLAMENTI)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlar, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari (bundan buyon matnda “tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi” deb yuritiladi) davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur “Ish tartibi” (reglamenti) ga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari esa oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari va mazkur ish tartibi (reglamenti) ga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyada tasdiqlangan (joriy, yillik yoki Kengashning vakolat muddatiga moʻljallangan) ish rejasi asosida faoliyatini asosiy yoʻnalishlarini belgilab oladi. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining ish rejasi uning tarkibidagi doimiy komissiyalar, tegishli hokimlikning boʻlim va boshqarmalari ishini rejalashtirishda asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining ish rejasi loyihasi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati, doimiy komissiyalari, hokimlikning boʻlim va boshqarmalari, shu hududdagi korxona, muassasa va nodavlat tashkilotlari takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining ish rejasi sessiyada qabul qilinadi hamda tegishli davlat organlari va nodavlat tashkilotlariga ijro yoki maʼlumot uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining ish rejasining bajarilishi Kengash sessiyasi va sessiya oraligʻida doimiy komissiyalar yigʻilishlarida muhokama etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining ish rejasiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish masalasi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari, doimiy komissiyalari va deputatlarning taklifiga binoan sessiyada koʻrib chiqilib, mazkur ish tartibi (reglament)da belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining ish rejasi ijrosini tashkil etish uchun tegishli hokim — Kengash raisi (rahbari) masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi ishini tegishli hudud hokimi – Kengash raisi (rahbari) tashkil etadi va rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokim oʻz faoliyati yuzasidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi oldida hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining vakolat muddati – besh yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi hudud uchun umumiy boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirishni, joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini, davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqa va hamkorlikni, aholini hududiy boshqarish ishlariga jalb etishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tegishli hududda oʻzini oʻzi boshqarishni rivojlantirishga koʻmaklashadi, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini yoʻnaltirib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalari ishi davlat tilida olib boriladi va zarurat boʻlganda sessiya qarori asosida boshqa tillarda hamohang (sinxron) tarjimasi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II-bob. Tegishli xalq deputatlari mahalliy kengashining sessiyalarini chaqirish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyalari tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari, u yoʻqligida esa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Shuningdek, sessiya xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasining kun tartibi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari, deputat, deputatlar guruhi va doimiy komissiyalar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan muhim va dolzarb masalalarni tayyorlash boʻyicha tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari tomonidan soha yoki tarmoq mutaxassislari va olimlarni jalb etgan holda ishchi guruhi tashkil etilishi mumkin. Ishchi guruhi masalani hududdagi saylovchilar, tegishli hokimlikning boshqarmalari, boʻlimlari va boshqa tuzilmalari, shuningdek, korxona, muassasa va boshqa nodavlat tashkilotlarning fikr-mulohazalarini eʼtiborga olgan holda tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilayotgan masalalar va qaror loyihasi dastlabki tarzda tegishli doimiy komissiyalar tomonidan qarab chiqiladi hamda kun tartibi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasini, jumladan navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish haqidagi qaror tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasining vaqti, oʻtkazish joyi va kun tartibi toʻgʻrisida deputatlarga yetti kun ilgari maʼlum qilinadi. Shuningdek, ularga tegishli hujjatlar tanishish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi chaqirilgani toʻgʻrisidagi xabar ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasi qoida tariqasida tegishli hudud markazida, zaruratga qarab sayyor tarzda shu hududdagi boshqa joyda ham oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasining har bir yigʻilishi oldidan roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarini oʻtkazishga moʻljallangan binoda, basharti elektron ovoz berish tizimidan foydalanish koʻzda tutilgan boʻlsa, har bir deputat uchun alohida-alohida oʻrinlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalariga Oliy Majlis Senati aʼzosi, Qonunchilik palatasi deputati ishtirok etishi, shuningdek, tegishli hududdagi davlat organlari va nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasiga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek, ular mazkur ish tartibi (reglament) da belgilangan qoidalarga rioya qilishlari va raislik qiluvchi talablariga boʻysunishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasiga taklif qilinayotgan shaxslarning soni va tarkibi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasiga taklif qilingan shaxslar uchun yigʻilishlar zalida maxsus joylar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Yangi saylangan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining birinchi sessiyasi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi – tashkiliy sessiya keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi va u tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari tasdiqlangunga qadar sessiyani boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari, u yoʻqligida esa Kengashning qaroriga yoki uning topshirigʻiga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashning sessiyalarida hokim va uning oʻrinbosarlari lavozimlariga tasdiqlanadi, doimiy komissiyalar tuzilib, ularning tarkibidagi aʼzolari saylanadi. Shuningdek, ijroiya hokimiyati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, hokimning taqdimiga binoan hokimlik tuzilmasi, shtatlar jadvali va ish haqi fondini tasdiqlaydi. Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar umumiy soni koʻpchiligining ochiq ovoz berish yoʻli bilan alohida-alohida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Yangi saylangan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining birinchi sessiyasida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq deputatlarning vakolatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻshab qolgan deputat oʻrniga saylov oʻtkazilganda ham saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq deputatning vakolatini tasdiqlash toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi har bir sessiyani oʻtkazish davri uchun deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi kotibi yoki kotibiyatini saylash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasining kotibi yoki kotibiyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– soʻzga chiquvchilar roʻyxatini, deputat soʻrovlari, maʼlumotnomalar, axborotlar, takliflar hamda boshqa materiallarni sessiya hujjatlari sifatida qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– muzokaralarda soʻzga chiqish uchun yozilgan deputatlar va boshqa ishtirokchilar roʻyxatini sessiya raisiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– sessiya ishiga taalluqli masalalar yuzasidan deputatlarga tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– sessiya yakunida koʻrilgan masalalar yuzasidan axborot tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida kotib yoki kotibiyat tomonidan tayyorlangan axborot tinglanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kotib yoki kotibiyat tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan hujjatlarni tegishli tartibda bayonnoma yoki stenogrammada aks ettirilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasining bayonnomasi qoʻyidagi tartibda tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Kengashning nomi, sessiyaning tartib raqami (chaqiriq doirasida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– sessiya oʻtkazilgan kun va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Kengashga saylangan deputatlar soni, hozir boʻlgan va qatnashmayotgan deputatlar soni, shuningdek, boshqa taklif etilgan shaxslarning soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– sessiyaning kun tartibi, har bir masala yuzasidan maʼruzachi hamda qoʻshimcha maʼruzachining familiyasi va lavozimi masalasi Kengashda koʻrib chiqilishi uchun kim tomonidan kiritilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– muzokaralarda soʻzga chiqqan deputatlar, shu jumladan Kengash deputatlari boʻlmagan shaxslar, shuningdek, maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachilarga soʻrov yoki savollar (yozma yoxud ogʻzaki) bergan deputatlarning familiyalari, saylov okruglarining raqami va lavozimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– qabul qilingan barcha qarorlarning roʻyxati, ularni qabul qilishni “yoqlab”, “qarshi” yoki “betaraf” berilgan ovozlar soni koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining kun tartibini tasdiqlash, muzokaralarni toʻxtatish, maʼlumot, axborot, xabar va boshqa tartibotlar toʻgʻrisidagi masalalar bayonnomaning matnida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasining bayonnomasiga maʼruzalar, qabul qilingan qarorlar, sessiyada ishtirok etgan va qatnashmayotgan deputatlar roʻyxati hamda taklif etilgan ishtirokchilar roʻyxati va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi bayonnomasi yoki stenogrammasi sessiya tugagandan soʻng 3 kun muddatdan kechiktirilmay tayyorlanib imzolash uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi bayonnomasi yoki stenogrammasining asl nusxalari tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhida saqlanadi. Keyinchalik “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibga muvofiq davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi bayonnomasi va stenogrammalari Kengash deputatlarining talabiga binoan, ularga tanishib chiqish uchun berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi oʻz ishini kun tartibini tasdiqlashdan boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raislik qiluvchi tomonidan kun tartibidagi masalalar birma-bir yoki umumiy tarzda ovozga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kun tartibi yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda ular umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kun tartibi qoida tariqasida: asosiy, tashkiliy, axborot va boshqa turli xil masalalar tarzida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining vakolatiga kiritilgan normativ xususiyatga ega boʻlgan masalalar — asosiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi organlarini tashkil etish va mansabdor shaxslarini saylash, ular tarkibini oʻzgartirish, deputatlar vakolatini muddatidan ilgari tugatishga oid masalalar – tashkiliy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– alohida qaror qabul qilish talab etilmaydigan, tartibotga oid hamda maʼlumot tarzidagi masalalar – axborot va boshqa turli xil masala hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida raislik qiluvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Kengash sessiyasini olib boradi va uning ishiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
–maʼruzachi, qoʻshimcha maʼruza qiluvchilarga va muhokamada soʻzga chiquvchilarga navbatma-navbat soʻz beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
–zarur hollarda soʻzga chiqish navbatini almashtirishi mumkin. Bunday hollarda uning sababini tushuntiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– muhokama qilinayotgan masala yuzasidan xohlagan paytda soʻzga chiqishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– ish tartibida belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzishga yoʻl qoʻygan deputat yoki ishtirokchini tartibga chaqirib ogohlantiradi. Ular tomonidan bunday xatti-harakat takrorlangan taqdirda zaldan chiqarib yuborish chorasini koʻrishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– deputatning yozma ravishda bildirgan soʻrovi, arizasi, taklifi, fikr-mulohazasini oʻqib eshittiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– deputat soʻrovi, savol, taklif, fikr-mulohaza, shuningdek, sessiyani olib borish boʻyicha eʼtirozi, qaror loyihasiga doir tuzatishi, ovoz berish masalasi boʻyicha chiqishi uchun uning iltimosiga koʻra soʻz beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– muhokama yakunida qaror loyihalarini ovozga qoʻyadi va ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyasida qabul qilingan qarorlar, bayonnoma, stenogrammani imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– raislik qiluvchi muhokama jarayonida soʻzga chiqqan deputat yoki ishtirokchilar fikrini biron-bir tarzda baholashi yoki sharhlashi yoxud qaror qabul qilishda tazyiq oʻtkazishdan oʻzini tiyishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va dolzarb muammolarni muhokama etish maqsadida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda “Senat” deb yuritiladi) qoʻmitalarining sayyor majlislari – “Birlashgan sessiyalari” oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan sessiya Senat qoʻmitasining raisi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining raisi bilan kelishgan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan sessiya kun tartibidagi masalalar Senatning qoʻmitasi va tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining tegishli doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan sessiyani chaqirish, oʻtkazish joyi, vaqti va boshqa masalalari tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi ish tartibi (reglamenti) ga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III-bob. Tegishli xalq deputatlari mahalliy kengashining sessiyasida masalalarni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tegishli hududda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida qonuniylik va huquqiy-tartibot, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliq va yigʻimlarni belgilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi va tegishli normativ hujjatlarni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyalari ochiq tarzda oʻtkaziladi. Zarurat tugʻilganda, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan qarorga asosan yopiq yigʻilishlar ham oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida qoida tariqasida masalalar quyidagi tartibda, yaʼni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– maʼruzalar uchun 30 daqiqagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– qoʻshimcha maʼruzalar uchun 20 daqiqagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– muzokara uchun 10 daqiqagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– yakunlovchi soʻz uchun 5 daqiqaga qadar vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muzokaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek, yigʻilishni olib borilishi tartibi yuzasidan, ovoz berish sabablari boʻyicha, nomzodlar yuzasidan soʻzga chiqish, bayonot, savol, taklif, xabar va maʼlumotlar uchun 3 daqiqaga qadar vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasi maʼruza, qoʻshimcha maʼruza yuzasidan muzokaralarda soʻzga chiqish, yigʻilishni olib borish va ovoz berish tartiblariga oid hamda sessiya ishidagi tanaffuslar uchun ajratilgan vaqtni vaziyatdan kelib chiqqan holda oʻzgartirishi mumkin. Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar sessiya kotibi yoki kotibiyati tomonidan tayyorlanib raislik qiluvchiga beriladi. Sessiya tartibotiga kiritilgan bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida raislik qiluvchi sessiya ishtirokchilariga maʼlumot tariqasida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibotga oid masalalar yuzasidan alohida qarorlar qabul qilinishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Kengash yigʻilishlarida deputat bitta masala yuzasidan muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachi muzokaralarni tugatishdan oldin yakunlovchi soʻzga chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼruzachi yoki muzokarada soʻzga chiqqan deputat belgilangan vaqtdan uzoqroq gapirayotgan boʻlsa yoki muhokama etilayotgan masala mohiyatidan chetlashgan boʻlsa, raislik qiluvchi dastlab uni ogohlantiradi, notiq raislik etuvchining talabiga itoat etmasa, unga nisbatan tegishli chora koʻrishga majbur boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilgan kun tartibidagi har bir masala, jumladan mahalliy budjet va uning ijrosiga oid hisobot, hokim va uning oʻrinbosarlarining faoliyatiga doir hisobotlar, hokimlik boʻlimlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari faoliyati yuzasidan hisobotlar tinglanadi va erkin muhokama qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhokama jarayoni hokim, uning oʻrinbosarlari, doimiy komissiya raislari yoki deputatlarning mazkur masala yuzasidan maʼruza yoki qoʻshimcha maʼruzasi, deputatlarning maʼruzalar yuzasidan muzokara soʻzi, taklif etilgan ishtirokchilarning esa fikr-mulohazalar bildirish shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda muhokama etilishi lozim boʻlgan masalaning mohiyatini hisobga olib, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi maʼruza tinglamasdan masalaning mohiyatiga doir qisqacha axborot tinglab yoki doimiy komissiyalar yoxud deputatlarning tushuntirishlari bilan cheklangan holda deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV-bob. Tegishli xalq deputatlari mahalliy kengashining sessiyalarida qarorlar qabul qilish va eʼlon qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarida qabul qilingan qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Zarur hollarda, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi qaroriga binoan yashirin ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zalda ovoz berishning elektron tizimi oʻrnatilgan joylarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron tizimi yordamida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Har bir deputat bir ovozga ega boʻlib, muhokama qilingan masala yuzasidan “yoqlab” yoki “qarshi” yoxud “betaraf” ekanini bildirib ovoz beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq ovoz berish ovozlarni sanamasdan – ovozlar mutloq koʻpchiligi boʻyicha, basharti biron bir deputat boshqa tartibni yoki ovozlarni sanab chiqishni talab qilmagan taqdirda, oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarida yashirin ovoz berishni oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash uchun deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi. Sanoq komissiyasini saylash toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyasida yashirin ovoz berish byulleten yordamida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda sanoq komissiyasi nazorati ostida byulletenlar tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyasida elektron tizim yordamida yashirin ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, Sanoq komissiyasi ovoz berish boshlangunga qadar elektron tizim sozligini tekshirishi hamda deputatlar umumiy soniga mos boʻlgan miqdorda yashirin ovoz berish uchun kartochkalar butun komplektini roʻyxatga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Ovoz berish yashirin ravishda byulleten orqali oʻtkazilganda sanoq komissiyasi har bir deputatga bir dona byulleten beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byulleten deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki maxsus ajratilgan xonada byulletenning oʻng tomonida kvadrat qarshisida yozilgan qaror loyihasini “yoqlayman” yoki “qarshiman” yoxud “betarafman” degan soʻzlardan xohlaganini qoldirib, qolgan ikkitasini chizib toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir belgi qoʻyilmagan byulletenlar, mansabdor shaxslarni saylaganda esa ikki va undan ortiq nomzodlarga belgi qoʻyilgan byulletenlar, byulletenga kiritilmagan familiya qoʻshimcha yozilgan byulletenlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Yashirin ovoz berish natijalari boʻyicha Sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi va bu hujjat barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi. Sanoq komissiyasining maʼruzasi yuzasidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasi yashirin ovoz berish natijasi toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasi yopiq yigʻilishining stenogrammasi hokimlikning tegishli boʻlimida “maxfiy hujjat” yozuvi bilan saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasi deputatlarga oldindan tarqatilgan hollarda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida belgilangan tartibotga binoan uning matni oʻqib eshittirilmasdan ovozga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarori loyihasi boʻyicha deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar muhokama qilinib ovozga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi koʻrib chiqayotgan masalaning dolzarb va muhimligini hisobga olgan holda, qaror loyihasini tayyorlash va uzil-kesil ishlab chiqish uchun raislik qiluvchi yoki deputatlarning taklifiga koʻra ishchi guruhi tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhi tayyorlangan qaror loyihasini taqdim etgandan soʻng qaror ovozga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida qabul qilingan qarorlar raislik qiluvchi tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi (basharti hujjatning oʻzida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlari tegishli hududda joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining qarorlari Kengashning doimiy komissiyalariga, hokimlikning boʻlimlari, bosh boshqarma, boshqarma hamda ularga tenglashtirilgan boshqaruv idoralariga, tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslarga va quyi hokimliklarga tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida qabul qilingan tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid va boshqa eng muhim qarorlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V-bob. Tegishli xalq deputatlari mahalliy kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq oʻz vakolati muddatiga sessiyada jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzishi hamda ular tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalari raisi hamda ularning tarkibiga nomzodlar tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari tomonidan tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiya raisining nomzodi boʻyicha ovoz berish alohida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar birma-bir yoki roʻyxat boʻyicha muhokama qilinadi va har bir nomzod yoki roʻyxat boʻyicha deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovozi bilan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy va muvaqqat komissiya aʼzolari Kengash deputatlari orasidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tarkibida qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Ijtimoiy-madaniy masalalarni rivojlantirish (yoshlar siyosati va sogʻlom avlod);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Sanoat, transport, qurilish, kommunal va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– Reglament va deputatlik odobi masalalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari soni sessiyada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining faoliyati Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan “Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari toʻgʻrisida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari oʻz yigʻilishlarida rais oʻrinbosarlari va kotiblarini saylaydi. Doimiy komissiyalarning tarkibida yordamchi komissiyalar tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati faqat bitta komissiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi oldida masʼul va unga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari oʻz faoliyatini Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan yillik ish rejalari asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi oraligʻida oʻtkaziladigan doimiy komissiya yigʻilishida ish rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin, ish rejasi keyinchalik Kengash sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyasi oʻz faoliyati yuzasidan Kengash oldida hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari oʻz faoliyatini yigʻilish shaklida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari qoʻshma yigʻilishlari ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining qarori tavsiya xususiyatiga ega boʻlib, hududdagi tegishli davlat organlari, korxona, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda natijasi haqida maʼlumot yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining muayyan topshiriqlarini bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat komissiya tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat komissiya tuzish toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifani bajargandan soʻng oʻz faoliyatini tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvaqqat komissiyalarning vazifalari Kengash qarori bilan belgilab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI-bob. Deputatlik faoliyatini amalga oshirish shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining har bir deputati Kengash sessiyasida tashabbuskorlik va faollik bilan qatnashishi lozim. Deputat oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Deputatlar qonunga muvofiq siyosiy partiyalar, hududiy va boshqa guruhlarga birlashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir deputatlar guruhi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda muhokama qilish va ular yuzasidan takliflar kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar guruh tuzish toʻgʻrisidagi ariza va boshqa hujjatlarni tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasiga taqdim etadi. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida deputatlar guruhini roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng faoliyatini boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar guruhi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlikda ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Kengashdagi partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlar taʼsis yigʻilishlarida oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhining rahbari bergan ariza yoki taʼsis hujjatlariga asosan tegishli ravishda Kengash tomonidan roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sessiya kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda guruh vakiliga kafolatlangan soʻz berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda hokimga, hokim oʻrinbosarlariga, hokimlikning boshqarma va boʻlimlarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlariga soʻrovlar bilan murojaat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning sessiyasida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashdagi partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatish tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Deputat tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida hamda mazkur Kengash tomonidan tuzilgan oʻzi aʼzo boʻlgan doimiy yoki muvaqqat komissiya yigʻilishlarida qatnashishi, mazkur ish tartibi (reglament)da belgilangan qoidalarga rioya qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat uzrli sabablarga koʻra tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi, oʻzi aʼzo boʻlgan doimiy yoki muvaqqat komissiya yigʻilishida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, bu haqda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbariga, doimiy yoki muvaqqat komissiya raisiga oldindan xabar qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining deputati Kengash koʻrib chiqadigan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi. U tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida koʻrib chiqish uchun masalalarni taklif etish, Kengash sessiyasi kun tartibi, muhokama etiladigan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va mohiyati, Kengash tuzadigan idoralarning shaxsiy tarkibi hamda Kengashi saylaydigan, tayinlaydigan yoki tasdiqlaydigan mansabdor shaxslarning nomzodlari yuzasidan takliflar kiritish, soʻrovlar bilan murojaat qilish, muzokaralarda qatnashish, savollar berish, qaror loyihasi va ularga tuzatishlar kiritish, oʻz takliflarini asoslash uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan maʼlumotlar berish kabi qonunda belgilangan huquqlarini shaxsan oʻzi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat soʻrovi yuborishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat soʻroviga javobni deputatga mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning raislari, prokurorlar, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat soʻrovlari boʻyicha axborot tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining yigʻilishida muhokama qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala tegishli hudud prokurori yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan oʻn kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi prokuror taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilingan qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Deputat odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan yoki uning topshirigʻiga koʻra tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish tegishli hokimlikning boʻlim va boshqarmalari tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. Tegishli hokimliklar deputatni hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlar uyushtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining Ish tartibi, doimiy va muvaqqat komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni qabul qilish hamda ularga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovozi bilan qaror qabul qilish orqali tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy
Kengashining ______yil “__”
_________ _____-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining
doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM

1-modda. “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi vakolatiga oid masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarini va qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etish uchun koʻmaklashish hamda vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish uchun tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining vakolat muddatiga deputatlar orasidan jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi doimiy komissiyalar (bundan buyon matnda “komissiyalar” deb yuritiladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Komissiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari Ish tartibi (Reglamenti)ga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Komissiyalar faoliyati joriy, yillik yoki Kengashning vakolat muddatiga moʻljallangan ish rejasi asosida olib boriladi. Komissiyaning ish rejasi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining ish rejasi asosida ishlab chiqiladi. Keyinchalik zaruratga koʻra, uning yigʻilishida qoʻshimcha yoki oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Komissiyalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tarkibida qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– ijtimoiy-madaniy masalalarni rivojlantirish (yoshlar siyosati va sogʻlom avlod);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– sanoat, transport, qurilish, kommunal va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– reglament va deputatlik odobi masalalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Komissiyalar tarkibi tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi vakolat muddatiga deputatlar orasidan rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda saylanadi. Tegishli komissiya raisining taklifi bilan komissiya tarkibini oʻzgartirish tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya kotibi uning aʼzolari orasidan komissiya yigʻilishida saylanadi. Komissiyalar tarkibi deputatlarning kasbi, mutaxassisligi, amaliy tajribasi, xohish-istaklarini inobatga olgan holda shakllantirilishi lozim. Deputat faqat bitta komissiya tarkibiga saylanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalar tarkibi qoida tariqasida teng miqdordagi deputatlardan iborat boʻladi. Tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari komissiyalar tarkibiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalar tarkibiga saylanmagan deputat ularning yigʻilishida maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Komissiya aʼzolarining barchasi teng huquqlidir. Deputatning komissiya tarkibidagi faoliyati uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish bilan bogʻliq qonunchilikda nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarori asosida toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Komissiyalar oʻz faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish va hamkorlik asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalar tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi oldida masʼul va hisobdor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Komissiyalar yigʻilishi davlat tilida olib boriladi va zarurat boʻlganda boshqa tillarda hamohang (sinxron) tarjimasi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Komissiyalar oʻz faoliyatini oshkoralik asosida amalga oshiradi. Komissiyalar yigʻilishida tegishli hududdagi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi va bu haqdagi xabarni jamoatchilikka yetkazishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II-bob. Komissiyalar ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Komissiyaning tashkiliy ish shakli uning yigʻilishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yigʻilishi jami aʼzolarning koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalar yigʻilishlari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalarning yigʻilishlari rais, uning yoʻqligida rais oʻrinbosari tomonidan, shuningdek, komissiya aʼzolari koʻpchiligining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar komissiyaning faoliyati va yigʻilishida ishtirok etgan davr mobaynida ularning doimiy ish joylaridan toʻlanadigan ish haqlarining oʻrtacha miqdori saqlanib, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolariga komissiya yigʻilishi oʻtadigan joy, vaqt, kun tartibi haqida oldindan xabar qilinadi, shuningdek, ularga muhokama qilinishi moʻljallangan qaror loyihasi maʼlumotnoma bilan birga tanishish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Komissiya yigʻilishi qoida tariqasida ochiq va oshkora tarzda oʻtkaziladi, zarur hollarda komissiya qaroriga muvofiq yigʻilish yopiq boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yigʻilishida tegishli hududdagi davlat organlari va nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yigʻilishiga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek raislik qiluvchi talablariga boʻysunishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yigʻilishini samarali olib borish uchun qoida tariqasida quyidagi tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– maʼruza uchun 20 daqiqagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– qoʻshimcha maʼruzachilarga 15 daqiqagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– muzokara uchun 7—10 daqiqagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– axborot yoki maʼlumot uchun 3 daqiqagacha vaqt ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Komissiya aʼzolari tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining rahbari, komissiya raisining topshirigʻiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan joylarda komissiya koʻrib chiqishi lozim boʻlgan masalani oʻrganadi, shu masala yuzasidan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolardan tushgan takliflarni umumlashtiradi, komissiya yigʻilishida muhokama qiladi hamda takliflarini kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Komissiya tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida muhokama qilinishi moʻljallangan masalani dastlabki tarzda koʻrib chiqib, xulosa tayyorlashi mumkin. Komissiya aʼzolari tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi kun tartibiga masala kiritishi hamda tayyorlashda faol ishtirok etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Komissiya yigʻilishida qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda, komissiya qaroriga binoan yashirin ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Har bir komissiya aʼzosi – deputat bir ovozga ega boʻlib, muhokama qilingan masala yuzasidan “yoqlash”, “qarshi” yoxud “betaraf” ekanini bildirib ovoz beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq ovoz berish ovozlarni sanamasdan – ovozlar mutloq koʻpchiligi boʻyicha, basharti yigʻilish boshqa tartib belgilamagan boʻlsa oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Komissiya yigʻilishida yashirin ovoz berishni oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash uchun deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi. Sanoq komissiyasini saylash toʻgʻrisida komissiya aʼzolari koʻpchiligining ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarori aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Komissiya yigʻilishi yashirin ovoz berishni byulleten yordamida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda sanoq komissiyasi nazorati ostida byulletenlar tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish vaqti va uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Ovoz berish yashirin ravishda byulleten orqali oʻtkazilganda Sanoq komissiyasi komissiyaning har bir aʼzosi – deputatga bir dona byulleten beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byulleten komissiya aʼzosi – deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki maxsus ajratilgan xonada byulletenning oʻng tomonidagi kvadrat qarshisida yozilgan qaror loyihasini “yoqlayman” yoki “qarshiman” yoxud “betarafman” degan soʻzlardan xohlaganini qoldirib, qolgan ikkitasini chizib toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir belgi qoʻyilmagan, shuningdek bir dona belgi qoʻyilgan byulletenlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Yashirin ovoz berish natijalari boʻyicha Sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi va bu hujjat barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi. Sanoq komissiyasining maʼruzasi yuzasidan komissiya yigʻilishi yashirin ovoz berish natijasi toʻgʻrisida komissiya aʼzolari koʻpchiligining ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Komissiya yopiq yigʻilishining bayonnomasi hokimlikning tegishli boʻlimida “maxfiy hujjat” yozuvi bilan saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Komissiya yigʻilishi jarayonida bayonnoma yuritiladi. Komissiya yigʻilishi bayonnomasi rais tomonidan tasdiqlanadi va kotib tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Bir nechta komissiyalarga taalluqli masalalar komissiyalarning hamkorligida tayyorlanishi va ularning qoʻshma yigʻilishida koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalarning qoʻshma yigʻilishini raislar kelishgan holda olib boradi. Qaror har bir komissiya tarkibidagi aʼzolari umumiy koʻpchiligining alohida-alohida ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻrganayotgan masalasi yuzasidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tarkibidagi boshqa komissiyalarning fikr-mulohazalarini olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Komissiya boshqa komissiyalarning taklifiga binoan ularning yigʻilishida koʻrib chiqilayotgan masala muhokamasida, shuningdek shu masala yuzasidan qaror loyihasini tayyorlashda ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Oʻrganilgan masala yuzasidan komissiyalarning fikri turli xilda boʻlgan taqdirda, masalani tayyorlashga masʼul komissiyaning qarori uzil-kesil hisoblanadi va bu qaror tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Komissiya tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan qaror qabul qiladi va qarorga maʼlumotnoma ilova qilinadi. Komissiya qarorini rais imzolaydi. Qaror ilovada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish chorasini koʻrish uchun tegishli joylarga yoki mansabdor shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Komissiyalar qoʻshma yigʻilishlari qarorlari ularning raislari tomonidan imzolanadi. Komissiyalar yigʻilishi bayonnomasi ularning raislari tomonidan tasdiqlanib, kotib tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosi hisoblangan deputat komissiya qabul qilgan qaror bilan kelishmagan taqdirda oʻz nuqtai-nazarini yozma ravishda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasiga raislik qiluvchiga maʼlum qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Deputat oʻzi aʼzo boʻlgan komissiya yigʻilishlarida qatnashishi, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi ish tartibi (Reglament) va mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat uzrli sabablarga koʻra komissiya yigʻilishida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, bu haqda komissiya raisiga oldindan xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III-bob. Komissiya vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Komissiya faoliyati tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashining qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Komissiya raisi komissiya ishini tashkil etadi va faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya aʼzolari bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqadi va tegishli tartibda tasdiqlatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya aʼzolari jumladan oʻrinbosar va kotib oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi hamda ular faoliyatini yoʻnaltiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasi va komissiya yigʻilishida muhokama qilinishi lozim boʻlgan masalalar, hisobotlarni oʻrganish uchun komissiya aʼzolaridan iborat ishchi guruhi tuzadi, zarur hollarda tegishli joylardan olingan maʼlumot yoki axborotlarni umumlashtirish uchun mutaxassislarni jalb etib, tegishli hujjat loyihasini (qaror va xulosa) tayyorlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi va komissiya qarorlarining ijrosi yuzasidan tegishli hududdagi davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar rahbarlarining axborotini komissiya yigʻilishida eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya yigʻilishlarini chaqiradi, aʼzolar va boshqa ishtirokchilarni yigʻilish haqida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya yigʻilishi kun tartibi va qaror loyihasini tayyorlashda rahbarlik qiladi hamda yigʻilishga muhokama etish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya yigʻilishida raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya yigʻilishi bayonnomasi va qarorini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya yigʻilishida muhokama qilingan masalaning muhim va dolzarbligiga qarab tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi muhokamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya qarorini ijro etish uchun tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuborishni nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi tarkibidagi boshqa komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlikda ish olib borishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya faoliyati yuzasidan hisobotni tayyorlaydi va Kengashda hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi faoliyatiga taalluqli qonunchilikda belgilangan boshqa masalalarni komissiya tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Komissiya raisining oʻrinbosari raisning topshirigʻiga binoan ayrim vazifalarni bajaradi, rais yoʻqligida esa uning vazifasini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Komissiya kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya ish rejasining loyihasini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya ish rejasini amalga oshirishni nazorat qiladi ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya yigʻilishida bayonnomani yozib imzolaydi va raislik etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya ish hujjatlarini yuritadi va tegishli tartibda saqlash uchun hokimlikning tegishli boʻlimiga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– komissiya faoliyatiga oid boshqa topshiriqlarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Komissiya faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi komissiyani hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek, komissiya faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizomni qabul qilish, qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish masalasi yuzasidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini
tashkil etishga oid ayrim
TAVSIYALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etish va bu ishda deputatlarning tutgan oʻrni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasida “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”, deb belgilab qoʻyilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) saylov yoʻli bilan tashkil etilishi, ularning vakillik xarakterini yaqqol koʻrsatadi. Yaʼni, fuqarolar bu organlarga saylov orqali oʻz vakillarini saylaydi. Kengashlarga saylangan deputatlar saylovchilaridan vakolat olib, ularning nomidan faoliyat yuritadilar. Boshqacha aytganda, deputat davlat hokimiyati organlaridagi xalqning muxtor vakilidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy hokimiyat organlari oʻzlarining butun faoliyatini davlat hamda fuqarolar manfaatini koʻzlab olib boradilar, natijada davlat manfaati bilan fuqarolar manfaati oʻrtasida mushtaraklik vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashlar oʻz faoliyatlari davomida qonun hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga, atrof muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga, shuningdek, tashkiliy va nazorat etishga doir boshqa masalalarga alohida eʼtibor qaratishlari lozim boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasida belgilab qoʻyilganidek, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Sessiya tegishli hokim tomonidan zaruratga qarab, bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Albatta, buni eʼtiborga olgan holda Kengash sessiyalarini bir yilda ikki marotabadan ortiq chaqirilishi qonun buzilishi deb tushunilmasligi kerak. Aksincha, tegishli hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa yoʻnalishlarga doir tezda hal etishni talab qilgan dolzarb masalalarni koʻrib chiqish maqsadida rejada moʻljallangandan tashqari sessiyalar chaqirish Kengash faoliyatining samaradorligini oshiradi. Hozirgi vaqtda mahalliy Kengashlar uchun belgilangan deputatlar soni ham (viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 60 nafargacha, tuman va shahar Kengashlariga 30 nafargacha deputat saylanadi) Kengash sessiyalarini tezkorlik bilan tashkil etish imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash sessiyalarida koʻriladigan masalalar rejasi har yilga moʻljallangan holda tuzilib, butun chaqiriq davrini oʻz ichiga qamrab olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning sessiyalarini chaqirishga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonida quyidagi asosiy tashkiliy ishlarni bajarish talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masalalarni muhokamaga tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sessiya belgilangan kun va uning kun tartibiga kiritish uchun taklif etilayotgan masalalarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga muvofiq sessiya belgilangan kundan kamida 7 kun oldin deputatlarga boʻlajak sessiya toʻgʻrisida xabarnoma va koʻriladigan masalalar yuzasidan tayyorlangan hujjatlar loyihalarini yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlarni va sessiyaga taklif etilganlarni roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahrir guruhlarini tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, sessiya qatnashchilarining samarali ishlashlari uchun zarur boʻlgan boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish ham muhim ahamiyatga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sessiya muhokamasiga kiritishga moʻljallangan masalalarni tayyorlash va keyinchalik uning muhokamasi jarayoniga imkon qadar koʻproq deputatlarni jalb qilish, koʻrilayotgan masalaga daxldor boʻlgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar hamda tajribali xodimlarning fikrini oʻrganib, ular bilan munozaralar oʻtkazish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sessiya muhokamasiga taklif etilgan masalalar oldindan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, ular yuzasidan aholining fikri oʻrganilgan holda, fuqarolarni taklif va mulohazalarini tegishli doimiy komissiya majlislarida koʻrib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Sessiyada koʻrilgan masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar tegishli viloyat, tuman, shahar gazetalarida chop etilib, ularning ijrosini nazoratga olish, ijrochilarning axborotlari bilan muntazam tanishib borish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning Kengash sessiyasini tayyorlash ishida ishtirok etishining shakli turlichadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vakillik organi muhokamasiga masalalar taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va ularning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzokaralarda qatnashish, soʻrov bilan murojaat qilish, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqish va ovoz berish sabablari hususida izoh berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sessiyada hokimiyat vakillik organlariga hisobdor yoki uning nazoratida boʻlgan har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisobotini yoki axborotini eshitish toʻgʻrisida taklif kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, tegishli hokimiyat vakillik organi qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida koʻrib chiqish uchun masalalar taklif etish, oʻz nutqlarining stenogrammalaridagi matnlari bilan belgilangan tartibda tanishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shularni eʼtiborga olgan holda deputatlar sessiya muhokamasiga qoʻyiladigan masalalar toʻgʻrisida xabar topgach, oʻz saylovchilari bilan uchrashib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha ularning fikr-mulohazalarini aniqlashlari kerak boʻladi. Chunki, bunday uchrashuvlar va suhbatlar chogʻida eʼtiborga molik takliflar oʻrtaga tashlanadi, muhim tanqidiy mulohazalar bildiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar ishchi guruhi yoki doimiy komissiyalarning majlislarida muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha fikr almashuv deputatga katta foyda keltiradi. Deputat oʻz nuqtai nazarining qay darajada toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini bilib oladi. Boshqalarning fikrini oʻrganadi. Agar muhokama qilinadigan masala oʻzi ishlab turgan korxona, muassasa yoki tashkilotning manfaatlariga daxldor boʻlsa, deputat oʻz jamoasida hamkasblari va mutaxassislar bilan fikrlashib olishi juda asqotadi. Bunday muhokamalar sessiyada deputat muayyan masala yuzasidan teran fikr bildirishi, oʻrinli taklif tayyorlashi uchun imkon beradi. Bundan tashqari, koʻpincha, sessiyaga tayyorgarlik koʻrish jarayonida tegishli loyihalarni chuqur tahlil etishga muvaffaq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar sessiyaga tayyorgarlik koʻrish jarayonida qanday shaklda ishtirok etishlaridan qatʼiy nazar, biron-bir kamchilikni aniqlasalar, sessiya ochilishidan avval ularga darhol barham berishning amaliy tadbirlarini koʻrishlari, takrorlanish ehtimolining oldini olishlari maqsadga muvofiqdir. Sessiyaga tayyorgarlik ishlarining toʻgʻri tashkil qilinishi, unda deputatlarning faol ishtirok etishi, tayyorgarlikning ilk bosqichidayoq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning turli yoʻnalishlarida ishni jiddiy ravishda yaxshilashga erishish imkonini beradi. Bu sessiyaga tayyorgarlik ishlari davrida deputat faoliyatining gʻoyat muhim jihatidir, chunki tekshirish shunchaki rasmiyatchilik emas, balki kamchiliklarni bartaraf qilishning, ishni yaxshilash uchun yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan foydalanishning taʼsirchan vositasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar sessiyada muhokama qilinadigan masala boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari lozim. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan xalq vakillari qaror loyihalari taqdim etish va ularga tuzatishlar kiritish yuzasidan takliflar bayon etishga, oʻz takliflarini asoslab soʻzga chiqishga, ovoz berish yuzasidan fikr bildirishga, maʼlumotlar berishga haqlidirlar. Doimiy komissiya, hokimlik boʻlimi yoki boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasini sessiyadan bir necha kun oldin barcha deputatlarga zarur tuzatishlar, takliflar kiritish uchun yuborish maqsadga muvofiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Natijada, bunday loyihalarni olgan deputatlar ularni ishchilar, mutaxassis oʻrtasida, fuqarolarning yigʻinlarida muhokama qilishlari mumkin boʻladi. Bildirilgan tanqidiy mulohazalar, kiritilgan oʻrinli takliflar qaror loyihalariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning muhokama jarayonida qanchalik faol va amaliy ishtirok etishi maʼruzaning sifati va mazmuniga bogʻliq. Puxta oʻylab tuzilgan, deputatlarning oʻz muhokamalariga qoʻyilgan masalani mohiyat-eʼtibori bilan qarab chiqishlariga yordam beradigan maʼruza hamisha diqqatni jalb etadi, deputatlarni oʻz fikr va mulohazalarini bayon etishga fikrlarini oʻrtoqlashishga undaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash sessiyasida soʻrov bilan murojaat qilish — deputatning eng muhim huquqlaridan biridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat soʻrovi — sessiyada davlat organlari yoxud mansabdor shaxslarga ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilib berish haqida qoʻyilgan talabdir. Buning maʼnosi shuki, deputat muayyan manfaatdor shaxslarning Kengash oldida axborot berib turishini, koʻtarilgan masala yuzasidan Kengashga rasmiy izoh berishini talab qilishi mumkin. Deputat soʻrovining maqsadi jiddiy kamchiliklarni Kengash yordamida bartaraf qilishga erishishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrov kimga qaratilishi mumkin? Deputat tegishli hokimlik, uning boʻlimlari va boshqarmalarining rahbarlariga, Kengash hududida joylashgan korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning rahbarlariga soʻrov bilan murojaat qilishi mumkin. Soʻrov muayyan Kengash vakolatiga tegishli har qanday masala ayrim deputat tomonidan ham, shuningdek deputatlar guruhi tomonidan ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat soʻrovi deputatning oʻziga xos faoliyat uslubidir. Soʻrovni maʼruzachiga beriladigan savol bilan almashtirib yubormaslik kerak. Maʼruzachiga savol berilganda uning maʼruzasidagi yoki qoʻshimcha maʼruzadagi biron-bir fikr aniqlab olinadi. Shuningdek, soʻrov masalalarni muhokama qilish davrida bildirilgan tanqidiy mulohazalar va takliflardan farqli boʻlishi kerak. Soʻrov muayyan idora yoki tashkilotning faoliyati doirasiga taalluqli boʻlgan hamda soʻrov muallifining fikricha, Kengashning diqqatini jalb etishi lozim boʻlgan har qanday ijtimoiy muhim ishga izoh berishni talab qilishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda belgilanganidek, soʻrov qaratilgan hokimlik, uning organlari va boshqarmalarining, korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari soʻrovga Kengash sessiyasida javob berishi shart, javobni tayyorlash uchun uzoq muddat kerak boʻlganda esa Kengash javob qaytarishi uchun muayyan muddat belgilaydi, ammo bu haqda sessiyada albatta maʼlum qilinishi kerak. Deputatning soʻroviga javob yuzasidan Kengash qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning sessiyadagi faoliyati Kengash organiga saylash va saylanish huquqini amalga oshirish, masalalarni muhokama qilish va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, soʻrovlar berish va hokazolar bilan cheklanib qolmaydi. Kengash tomonidan deputatlarning oʻz deputatlik vazifalarini, Kengash va uning organlari qarorlari va topshiriqlarini qanday bajarayotganliklari toʻgʻrisidagi axborotini tinglash ular masʼuliyatining oshishiga, deputatlarning Kengashlar va ularning organlari bilan oʻzaro munosabatlari shakllarining takomillashuviga yordam beradi, Kengashlarning ishini yanada xilma-xillashtiradi, deputatlik faoliyatining ijobiy tajribasini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlar sessiyalarda axborot berar ekanlar, faqat oʻz ishlari toʻgʻrisida gapirib qolmasdan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, aholining turmush darajasini tubdan yaxshilashga doir masalalarni koʻtarib chiqishlari, ularni amalga oshirish yoʻllarini koʻrsatishlari, xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan masalalarni hokimlik, uning boʻlim va boshqarmalari ishidagi kamchiliklarga xolisona baho berishlari lozim. Bu esa umum ishining yaxshilanishiga amaliy yordam beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sessiyaning muhokama etilayotgan sohadagi ishlarning ahvoliga qanchalik taʼsir koʻrsatishi koʻp jihatdan Kengash qabul qilgan qarorlarning aniqligiga va muayyan maqsadga qaratilganligiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har tomonlama puxta qaror faqat Kengash deputatlari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilishi mumkin. Tushgan takliflarni oʻrganish va ularni qaror loyihasida bayon etish uchun deputatlar orasidan tahrir guruhi tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, tahrir guruhi deputatlarning har bir taklifini puxta oʻrganib chiqadi va qarorlarga zarur oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalalar muhokama qilinayotgan vaqtda deputatlar bildirgan tanqidiy mulohazalar va takliflarni hisobga olgan holda, hokimlikning tegishli ishlarni bajarishi Kengash sessiyalarida deputatlar faolligini oshirishning muhim ragʻbatlantiruvchi omilidir. Tajriba shuni koʻrsatadiki, hokimlik deputatning har bir taklifi va mulohazasiga hushyorlik bilan qaragan, bu taklif va mulohazalar amalga oshirilgan joylarda deputatlar yana ham faolroq ishlaydilar, ularning fikr mulohazalari yana ham mazmunli va salmoqli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumki, baʼzan soʻzlashni istagan hamma deputatlarning ham sessiyada soʻzga chiqishiga imkon boʻlmaydi. Shu munosabat bilan, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan deputatning sessiyada raislik qiluvchiga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz takliflari va mulohazalarini yozma ravishda topshirish huquqi toʻgʻrisidagi qoida juda muhim ahamiyatga egadir. Deputatlarning yozma takliflari va mulohazalari sessiya bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi va hokimlik ularni amalga oshirish chorasini koʻrishi kerak. Natijada, deputatlarni Kengash ishlarida yanada faol ishtirok etishlariga erishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlarini bajarish – hokimlik va ularning boʻlim hamda boshqarmalarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifasidir. Ayni vaqtda, qarorlarni amalga oshirilishida deputatlar ham faol ishtirok etishlari zarur. Bu yerda deputatlar tashkilotchilik ishining turli shakllaridan foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, sessiyadan keyin darhol deputatlar oʻz saylov okruglarida, mehnatkashlar jamoalarida keng tushuntirish ishlarini olib borishlari, saylovchilarni Kengash qabul qilgan qarorlarni bajarishda ishtirok etishga safarbar qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlarining bajarilishini nazorat qilishda doimiy komissiyalar tarkibidagi deputatlarga tayanib ish yuritish ham oʻzining ijobiy samarasini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalarning faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini roʻyobga chiqarish uchun koʻmaklashish, vakolatlari doirasida nazorat oʻrnatish maqsadida deputatlar orasidan doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi. Tuzilishi lozim boʻlgan doimiy komissiyalarning taxminiy roʻyxati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu Nizomda doimiy komissiyalarning ishini qanday tashkil etish kerakligi, komissiyalarning mavqeyi hamda faolligini oshirish yoʻllari haqida soʻz yuritiladi. Avvalambor doimiy komissiyalar nima uchun tuziladi va ularning vakolatlari nimalardan iboratligini aniqlab olish lozim. “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida bu haqda shunday bayon etilgan: “Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini roʻyobga chiqarish uchun koʻmaklashish, vakolatlari doirasida nazorat oʻrnatish maqsadida xalq deputatlari Kengashi oʻz vakolati muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi. Komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”. Dyemak, doimiy komissiyalarning faoliyati asosan ikki yoʻnalishdan: birinchidan, tegishli sessiyalarga kiritiladigan masalalarni tayyorlash; ikkinchidan, Kengash qarorlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini bajarilishini nazorat qilishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini joylarda bajarilishini nazorat qilishni doimiy komissiyalar oʻz ish rejalariga kiritib, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha oʻz fikr-mulohaza va takliflarini bildirib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalar Kengashlar faoliyatidagi tashkiliy-huquqiy shakllardan biri boʻlish bilan bir vaqtda deputatlar va fuqarolarni davlatni boshqarishga jalb etishning muhim vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatilganidek, doimiy komissiyalar xalq deputatlari Kengashining samarali faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi organlari boʻlib, Kengashning butun vakolat muddatiga saylanadi. Shu bilan birga doimiy komissiyalar Kengashlarga va hokimliklarga yordam beribgina qolmasdan, bir qator tadbirlarni mustaqil amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalar Kengashlarning birinchi sessiyalarida xoʻjalik, madaniy, maʼmuriy-qurilish tarmoqlari va yoʻnalishlari boʻyicha, mahalliy sharoitlar va xususiyatlar hisobga olinib tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalarning tashkilotchilik ishlari darajasi, bu ishlarning taʼsirchanligi, avvalo, komissiyalar tarkibiga saylangan deputatlarning faolligiga, ularning oʻzlariga berilgan keng huquqlardan foydalana olishlariga bogʻliq. Doimiy komissiyalar tarkibi koʻrilayotganda ularga eng tashabbuskor, tajribali kishilar boshchilik qilishi nazarda tutilmogʻi, komissiyalarning aʼzoligiga saylanayotgan deputatlarning bilimi, tashkilotchilik qobiliyati, tajribasi, mashgʻulot turi va hokazolar hisobga olinmogʻi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalarida deputatlar bajaradigan ishlarning asosiy shakl va usullari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat doimiy komissiyaga saylangandan keyin, birinchi navbatda qanday masalalar bilan shugʻullanishini aniqlab olishi kerak. Deputatlarga yordam berish maqsadida hokimliklar birinchi sessiyadan keyin darhol doimiy komissiyalarning aʼzolari bilan seminarlar va kengashlar oʻtkazishlari, ularda hokimlikning, uning boʻlimlari va boshqarmalarining rahbarlari, komissiyalardagi katta ish tajribasiga ega boʻlgan deputatlar komissiyaning ish shakllari va usullari toʻgʻrisida, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, xoʻjalik va madaniy qurilishning muayyan tarmogʻiga daxldor Kengash oldida turgan vazifalar toʻgʻrisida soʻzlab berishlari maqsadga muvofiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalarning rahbarlari oʻz huquq va burchlarini puxta bilishlari juda muhimdir. Doimiy komissiyalarning ishini tashkil qilish tajribasida shunday qatʼiy bir tartib qaror topganki, unga muvofiq komissiya raisi uning hamma ishiga rahbarlik qiladi, majlis chaqiradi va majlisda raislik qiladi, materiallarni umumlashtiradi va qaror loyihalarini tayyorlaydi, rejaning bajarilishini nazorat qilib turadi, topshiriqlar beradi, komissiya nomidan hokimlik, uning boʻlimlari va boshqarmalari bilan Kengash hududida joylashgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aloqa bogʻlaydi. Komissiya kotibi unga har tomonlama yordam beradi, komissiya ish hujjatlarini yuritadi, tayyorgarlik va hisob-kitob ishlarini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya shugʻullanadigan masalalar uning ish rejasida belgilanadi. Rejalar ham davrga (yil choragi), ham istiqbolga (yillik va Kengashning vakolat muddatiga) moʻljallab tuziladi. Aniq harakat rejasi komissiyalar ishini tashkil qilishning asosidir. Shuning uchun har bir reja, har bir masala doimiy komissiya aʼzolarining faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Faqat shundagina masalalar doirasini toʻgʻri belgilash, eʼtiborni koʻproq ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dolzarb muammolarga jalb etish mumkin boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi vaqtlarda doimiy komissiyalar ishiga yillik rejalar tuzish tajribasi mustahkam kirib bormoqda. Bunday rejalar odatda uch qismdan iborat boʻladi. Birinchi qismda komissiyalar Kengash muhokamasiga kiritilishi lozim boʻlgan yirik masalalarni oʻrganishni rejalashtiradilar. Ikkinchi qismda hokimlikning muhokamasiga tayyorlanadigan masalalar nazarda tutiladi. Uchinchi qismda oʻz majlislarida muhokama qilish moʻljallanayotgan nazorat-tahlil yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlgan masalalar aks ettiriladi. Koʻpgina komissiyalar shuningdek, Kengashning boshqa doimiy komissiyalari bilan birgalikda tayyorlanadigan masalalarni ham nazarda tutadilar. Komissiyalar oʻz yillik rejalarini, odatda, hokimlikning, uning boʻlimlari va boshqarmalarining yillik rejalarini hisobga olib tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish rejalarini tuzishda deputatlarga asosiy va hal qiluvchi oʻrin berilgan. Doimiy komissiyaning har bir aʼzosi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi qonunga binoan komissiya muhokamasiga masalalar kiritishga va masalalarni muhokamaga tayyorlashda faol ishtirok etishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻgʻri muvofiqlashtirilgan ish rejasi koʻp jihatdan komissiyalarning oʻrtaga qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlarini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, odatda, faoliyati muhokamaga qoʻyiladigan korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlardagi haqiqiy ahvolni oʻrganishdan boshlanadi. Komissiyalarda koʻrib chiqish uchun, Kengash sessiyasi majlisida qilinadigan maʼruza yoki qoʻshimcha maʼruza uchun masalalar tayyorlash ham odatda, nazorat-tahlildan boshlanadi. Shuning uchun nazorat-tahlillarda ishtirok etish komissiyalar tarkibiga kirgan deputatlar faoliyatidagi muhim jihatlardan biridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida doimiy komissiya tarkibiga kirgan deputat, mazkur organ koʻrib chiqishi uchun har qanday masala va taklif kiritishga, bu masalalarni koʻrib chiqish uchun tayyorlashda, ularni muhokama qilish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishda, shuningdek qabul qilingan qarorlar roʻyobga chiqarilishini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga haqli ekanligi ifodalangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi tekshirish oldidan har bir deputatning tayyorgarlik darajasini hisobga olib, vazifalarni komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi. Bunda muhimi, komissiyaning har bir aʼzosiga topshiriq berilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalar ichida kichik komissiyalar yoki seksiyalar tuzilib, bulardan har biri muayyan masalalar bilan shugʻullanishi ham ijobiy samara berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tajriba shuni koʻrsatadiki, vazifalarni doimiy komissiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlashni har bir konkret holda oʻrganilayotgan masalaning xarakteriga qarab oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Ammo, vazifalarni qayta-qayta taqsimlayverish ham deputatlar tashabbusini boʻgʻib qoʻyadi, masalalarni hal etishga ijodiy yondoshish imkoniyatini cheklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning nazorat-tahlil ishlarini yengillashtirish maqsadida doimiy komissiyalarning rahbarlari hokimlik yordamida savol varaqalari va xatlar tayyorlab, bularda nimalarga eʼtibor berish zarurligini, tekshirish qanday qilsa yaxshi tashkil etilishini koʻrsatishlari deputatlarga, ayniqsa, doimiy komissiyalar tarkibiga birinchi marta saylangan deputatlarga katta yordam beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat-tahlilga oid hujjatlar komissiyaning raisi yoki kotibida toʻplanadi. Komissiyalarning rahbarlari yoki shu ish topshirilgan aʼzolari maʼlumotlarni umumlashtiradilar, maʼruzalar, qoʻshimcha maʼruzalar va qaror loyihalari matnlarini tayyorlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi qonunlarga binoan, doimiy komissiyalarning aʼzolari zarur boʻlib qolgan hollarda hokimlikning boʻlimlari va boshqarmalari rahbarlaridan, Kengash hududida joylashgan korxona, muassasa va boshqa tashkilotlarning rahbarlaridan tegishli hujjatlarni soʻrab olishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumki, har qanday tekshirishdan maqsad faqat kamchilik va nuqsonlarni qayd qilish emas, balki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishda tashkilotlarga va muassasalarga har tomonlama yordam koʻrsatishdan iboratligini esda tutish har bir deputatning eng muhim burchidir. Doimiy komissiyalar faoliyati toʻplagan tajribasi shundan dalolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiya – kollegial organdir. Shuning uchun, komissiyaning raisi va kotibi shaxsan komissiya nomidan biron-bir qaror qabul qila olmaydilar. Ular faqat komissiya aʼzolari faoliyatini tashkil qiladilar va yoʻlga solib turadilar. Masalani hal qilishda uzil-kesil soʻzni deputatlar aytadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalar faoliyatining asosiy shakli majlislar boʻlib, bular komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli hisoblanadi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi qonunda deputat oʻzi saylangan doimiy komissiyaning ishida faol ishtirok etishi shart, deb koʻrsatilgan. Shuning uchun, komissiya aʼzosining majlislarda muntazam ishtirok etishi uning qatʼiy burchidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyaning har bir aʼzosi komissiya majlislarida hal qiluvchi ovoz huquqi bilan qatnashadi. Masalalarni muhokama qilish vaqtida doimiy komissiya aʼzolari oʻz takliflari va mulohazalarini aytib chiqadilar. Doimiy komissiya majlislarida Kengashning shu komissiya aʼzosi boʻlmagan boshqa deputatlari ham maslahat ovozi bilan qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislariga faoliyati muhokamaga qoʻyilayotgan muassasa va tashkilotlarning rahbarlarinigina emas, balki turli tarmoqlar mutaxassislari ham taklif qilinadilar. Bu esa komissiya aʼzolarining muhokama qilinayotgan masalaning mohiyatini chuqur bilib olishlariga yordam beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni taʼkidlash joizki, ayrim masalalarni Kengashning bir qancha komissiyalarining kuchi bilan tayyorlash ham mumkin. Bu deputatlarga bir vaqtning oʻzida bir qancha masalalarni tekshirishga, tekshirilayotgan yoʻnalishdagi ahvolni chuqur va har tomonlama oʻrganishga, amaliy takliflar ishlab chiqishga, oʻz joyida yordam koʻrsatishga imkon beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyaning majlislarida hamma qarorlar ochiq ovozga qoʻyilib koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiyaning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, shu kollegial organning har bir aʼzosi bu haqda Kengash sessiyasida chiqib soʻzlashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyaning qarorlari tavsiya tusiga ega boʻladi. Lekin, ularning tavsiyalari tegishli davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan tadbirlar haqida belgilangan muddatda komissiyalarga xabar qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalalarni Kengashning muhokamasiga tayyorlash, ularni oʻz majlislarida muhokama qilish — doimiy komissiyalarning muhim vazifasidir. Ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish doimiy komissiyalarga birlashgan deputatlarning muhim burchidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy komissiyalar Kengashning organlari sifatida oʻzlarini tashkil qilgan Kengashning nazorati ostida ishlaydilar va unga butun faoliyatlari boʻyicha hisobot berib turadilar. Kengash komissiyalarning ishlarini yoʻlga solib, faoliyatlarini nazorat qilib turadi, ularning hisobotlari va maʼruzalarini eshitadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning doimiy komissiyalardagi koʻp qirrali faoliyati xalq vakillarining samarali ish yuritishlarining tashkiliy shakli ekanligidan dalolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Xalq deputatlarining tegishli Kengashlardagi va saylov okrugidagi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylangan deputatlarning asosiy huquq va majburiyatlaridan biri – deputatning saylov okrugidagi faoliyatidir. Deputatning saylov okrugidagi faoliyati asosan beshta yoʻnalishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchidan, okrug saylovchilari bilan yigʻilishlar, mehnat jamoalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazish, aholini tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining ishi toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib turish, qonunlarning va hokimiyat vakillik organlari qarorlarining bajarilishini tashkil etish hamda nazorat qilishda ishtirok etish, jamoatchilik fikrini, aholining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, bular haqida tegishli davlat hokimiyati organlariga xabar berish, tegishli qonunlar va qarorlar tayyorlash chogʻida oʻz takliflarini kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchidan, saylovchilardan oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda koʻrib chiqish, ularni oʻz vaqtida toʻgʻri hal etish choralarini koʻrish, oʻz saylov okrugida fuqarolarni muntazam ravishda qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishi haqida soʻz yuritar ekanmiz, tegishli hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi, deputatlarning qabul kunlari va soatlari haqida nafaqat qabul joylarida, balki ommaviy axborot vositalari orqali ham saylovchilarga yetkazib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bu yoʻnalishdagi ishlarni faollashtirishda Oliy Majlisning Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi hamda Reglament, odob va deputatlar faoliyatining taʼminoti komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Xorazm viloyatida bajarilishi haqidagi qoʻshma qarori va maʼlumotnomasi qoʻl kelishi mumkin. (Ushbu Qaror va maʼlumotnoma respublikamizning barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklariga 2000-yilning aprel oyida ishda foydalanish uchun yuborilgan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarga oʻz vakolatlarini bajarishlari uchun shart-sharoit yaratib berish haqida soʻz yuritilar ekan, viloyat, tuman, shahar hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan deputatlar uchun alohida xonalar jihozlash tavsiya etiladi. Ushbu xonalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis Palatalarining qarorlari, Prezidentimiz qarorlari va farmonlarining hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, deputat foydalanishi kerak boʻlgan boshqa yuridik va maxsus axborot jamlansa, doimiy komissiyalar yigʻilishlari hamda deputatlar bilan seminarlar oʻtkazilsa, deputatlarning obroʻsini hamda faolligini oshirishda ijobiy natijalarga erishish muqarrardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchidan, yiliga kamida ikki marta oʻz ishi toʻgʻrisida saylovchilarga hisobot berib turish va oʻzi saylangan hokimiyat vakillik organlarining ishi haqida xabardor etib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning hisobotlarini va ular bilan uchrashuvlarni oʻtkazish uchun saylovchilarning yigʻilishlari tegishli hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan chaqiriladi. Hisobot berish va saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputatga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Uning iltimosiga koʻra, hokimlik bino ajratib, deputatning hisoboti, uning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan vaqt va joyni fuqarolarga maʼlum qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻrtinchidan, yuqori Kengash deputatani quyi Kengashlar va ularning organlari majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning quyi Kengashlar sessiyalarida keng ishtirok etishi deputatlarning obroʻsini yanada mustahkamlaydi, quyi Kengashlar deputatlarining ish shakllarini yaxshilashga hissa qoʻshadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beshinchidan, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari buzilgan taqdirda yoki qonuniylikni buzishning boshqa hollarida deputat, davlat hokimiyatining vakili sifatida, oʻsha joyning oʻzida bunday qoidabuzarlik toʻxtatilishini talab qilishga, zarur hollarda esa, ularga chek qoʻyishni talab qilib, tegishli organlar va mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oʻz saylov okrugida saylovchilar oldida hisob beradi, katta tashkiliy va tarbiyaviy ishlar olib boradi, oʻz huquqlari va vakolatlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash va deputatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida deputatlarning oʻz ishi toʻgʻrisida va Kengashning ishi toʻgʻrisida hisobot berib turishi zarur deb koʻrsatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz hisobot maʼruzasida deputatning oʻz saylov okrugida qanday ishlaganligi, qanday takliflarni Kengashga maʼlum qilganligi, ular Kengashning qarorlarida, doimiy komissiyalarning tavsiyanomalarida qanday aks etganligi, oʻz saylovchilaridan tushgan xatlar, takliflar va shikoyatlar boʻyicha, fuqarolarni qabul qilish boʻyicha doimiy komissiyada, deputatlar guruhida va saylov okrugida qanday ish olib borayotganligi toʻgʻrisida soʻzlab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning saylovchilar yigʻilishida qilgan maʼruzasi mazmundor va qiziqarli boʻlishi kerak, toki tinglovchilar bu maʼruza haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirsinlar, kamchiliklarni ochiq koʻrsatsinlar, oʻz takliflarini oʻrtaga tashlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odatda, deputatning maʼruzasi ikki asosiy qismdan iborat boʻladi. Birinchi qismda Kengashning va uning organlarining faoliyati toʻgʻrisida, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishdagi yutuqlar hamda kamchiliklar toʻgʻrisida soʻz boradi. Bu materiallarni tayyorlashda deputatga hokimlik tomonidan yordam koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot maʼruzasining ikkinchi qismi bevosita deputatning oʻz faoliyatiga bagʻishlanadi (deputatning Kengash va doimiy komissiya ishida ishtiroki, uning fuqarolarni qabul qilish, fuqarolardan tushgan xatlar va shikoyatlarni qarab chiqish, saylovchilarning takliflarini bajarish sohasidagi faoliyati). Maʼruzaning bu qismini tayyorlashda deputat oʻz kundalik daftaridan foydalanadi. Deputat hisobot davri mobaynida bu daftarga turli qaydlar qilib boradi, oʻz deputatlik faoliyatining turli tomonlarini aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼruzaning oxirida deputat Kengash va uning organlari oldida turgan vazifalar toʻgʻrisida gapiradi, ularning maʼnosini tushuntirib beradi va saylovchilarni bu vazifalarni bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi. Deputatning maʼruzasi yetarlicha toʻliq boʻlib oʻz-oʻzini tanqid ruhida yozilgan boʻlsa, Kengash va hokimlikning faoliyatidagi kamchiliklar tahlil qilib berilgan boʻlsa, foydali boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalda koʻpincha deputat qaysi davr uchun hisobot berishi kerak, degan savol tugʻiladi. Deputatning birinchi hisoboti u saylangandan soʻng belgilangan tartibda hisobot berishi kerak boʻlgan kungacha oʻtgan davrni oʻz ichiga oladi. Keyingi hisobotlar shunday tuzilishi kerakki, toki maʼruzada Kengashning va deputatning oldingi hisobotdan navbatdagi hisobotgacha oʻtgan davrdagi faoliyatiga tavsif berilsin. Ammo bu zarur boʻlgan hollarda, ilgariroq qilingan ishlar haqida ham soʻzlash imkonini istisno qilmaydi. Keyingi yillarda, butun chaqiriq mobaynida qilingan ishlar haqida deputatlarning hisobot berishi keng yoyila boshladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot yigʻilishi oʻtkazilgandan keyin kechi bilan uch kun ichida deputat hisobot oʻtkazilgan joy va vaqt toʻgʻrisida, yigʻilishda hozir boʻlgan va soʻzga chiqqan saylovchilar soni toʻgʻrisida, oʻzining faoliyatiga qanday baho berilganligi toʻgʻrisida va saylovchilardan tushgan takliflar toʻgʻrisida tegishli Kengash raisini yozma ravishda xabardor qilishi maqsadga muvofiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarni qabul qilish, ularning xat va takliflarini qarab chiqish deputatning saylov okrugidagi faoliyatining eng muhim shakllaridan biridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi qonunda deputat oʻziga tushgan takliflar, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi, ularni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etish choralarini koʻradi, fuqarolarni qabul qiladi, shikoyatlar tushishiga olib kelgan sabablarni oʻrganadi va Kengashga, davlatning boshqa organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga oʻz takliflarini kiritadi, deb belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda, shuningdek deputat davlat organlariga, Kengash hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga oʻzi yuborgan takliflar, ariza va shikoyatlarning qanday koʻrib chiqilayotganligi ustidan nazorat qilishga, ularning koʻrib chiqilishida shaxsan qatnashishga haqlidir, deb koʻrsatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar deputatlarga xat va shikoyatlar bilan murojaat qilar ekanlar, ularni hokimiyatdagi oʻz vakillari deb biladilar, ularni oʻzlariga yordam berishiga, oʻzlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishiga ishonadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelib tushgan har bir xat yoki shikoyatni oʻz vaqtida va atroflicha oʻrganib chiqish hamda unga oʻz vaqtida javob berish deputatning birinchi navbatdagi vazifasidir. Agar taklif, iltimos yoki shikoyatlarni qarab chiqish uzoqroq vaqt talab qiladigan boʻlsa, xat muallifi bu haqda oʻz vaqtida xabardor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odatda, saylovchilar deputatga murojaat qilib, uning oldiga qoʻyadigan masalalar doirasi keng va koʻp qirrali boʻladi. Shu sababdan xatlarga toʻgʻri javob va izohlar berish uchun deputat yer, mehnat, pensiya, oila, nikoh va hokazolar toʻgʻrisidagi qonunlarini qunt bilan oʻrganib chiqmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kunduz kuni ishlab chiqarishda band boʻlgan mehnatkashlarga qulaylik boʻlishi uchun deputat ularni, odatda, kechqurunlari yoki dam olish kunlari qabul qiladi. Qabulni qayerda va qaysi vaqtda tashkil qilish masalasini deputat hokimlik bilan kelishib oladi. Qabul vaqti va joyi toʻgʻrisida eʼlon osib qoʻyiladi yoki bu maʼlumotlar boshqacha usullar bilan saylovchilarga yetkaziladi. Deputat oʻz kundalik daftarida qabul qilishini soʻrab oʻziga murojaat qilgan fuqarolarni hisobga olib boradi, oʻzi qanday choralar koʻrganligini, fuqarolarning iltimoslari qondirilgan yoki qondirilmaganligini yozib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat asossiz iltimoslarni quvvatlay olmaydi. Bunday holda deputat murojaat etgan kishiga uning nima uchun nohaqligini, nima uchun uning iltimosi qondirilishi mumkin emasligini toʻgʻri tushuntira bilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 362-modda; 2010-y., 12-son, 550-modda)