Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016 22.03.2007 yildagi 56-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.03.2007 yildagi 56-son
Date of entry into force
22.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 22-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 348-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; yerdan oqilona foydalanish; suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi; atrof muhit muhofazasi; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish; savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga boʻysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida, yerdan foydalanishda, suv xoʻjaligi kompleksida va atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqda fermerlik harakatining rivojlanishini, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari shakllantirilishi, yer resurslaridan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, ekologik vaziyat, tabiatni muhofaza qilish ishlarining tashkil etilishi monitoringi va tahlilini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi, atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hamda qishloqni yuksaltirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlari negizidagi ijara munosabatlari va xoʻjalik yuritish tizimlarini keng rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining manfaatlari ishonchli taʼminlanishiga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning suv xoʻjaligi tizimi faoliyat koʻrsatishi masalalarida oʻzaro hamkorlik qilishi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar sektorda monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, suv xoʻjaligida boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish, yer tuzish va yer monitoringi, tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish, atrof muhit muhofazasining normativ va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya va qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish, irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipi asosida suv resurslarini boshqarish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish va kreditlash tizimini tahlil qilish va uni takomillashtirish, eskidan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlar oʻzlashtirish, oʻrmonlardan foydalanish, ularni qoʻriqlash va muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklarini, shu jumladan lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlashning moliyaviy taʼminoti yuzasidan balansning oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) chorvachilikni rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada chorvachilikni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvachilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naslchilik ishlarini sifat jihatidan rivojlantirish, chorva mollarini sunʼiy qochirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga veterinariya xizmati koʻrsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish bazasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorva ozuqa ekinlari ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan maqsadli foydalanishga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pillachilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsulli ipak qurti urugʻini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish, tirik pilla ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklarida va yakka tartibdagi sektorda qorakoʻlchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot, vinochilik, yogʻ-moy, goʻsht-sut sanoati, shuningdek, donni qayta ishlash va omixta yem ishlab chiqarish korxonalari faoliyati monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini hamda ularning rivojlantirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat sanoati tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va mazkur sohani rivojlantirish vazifalarining kompleks hal etilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha monitoringni taʼminlash hamda tahlil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon standartlariga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini toʻldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari va uzum, oziq-ovqat spirti, oʻsimlik yogʻi va oziq-ovqat doni ishlab chiqarish va ularni taqsimlash balanslarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqishni hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) paxtani qayta ishlash va yengil sanoat sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki isteʼmol bozorini yengil sanoat tovarlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha monitoringni taʼminlash hamda tahlil etish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish, savdo va pulli xizmatlar faoliyat koʻrsatishi sohasidagi sifat oʻzgarishlarini va tendensiyalarini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxtani qayta ishlash tarmogʻida, yengil sanoatda, savdoda va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash, koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon standartlariga javob beradigan yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, importning oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlar faoliyatini, yarmarkalar va koʻrgazmalarning isteʼmol tovarlari, aholini isteʼmol tovarlari va pulli xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha marketing tadqiqotlari borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini, pulli xizmatlar koʻrsatish sohasini takomillashtirish, savdo va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishning yangi shakllari va metodlarini keng joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo va xizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, mazkur sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda paxta tolasi va lint ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar rivojlanishi, islohotlarni chuqurlashtirish dasturlari, shuningdek, tegishli tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan aholining ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytirish boʻyicha maqsadli dasturlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
(7-bandning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, koʻrsatib oʻtilgan murojaatlar bilan axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
(7-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(8-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Departamentning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoat masalalari boʻyicha shuʼbalar, shuningdek, inspektor kiradi. Shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Departament faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning ish rejalari, Departament mudiri va shuʼba mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Departament mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoringni va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Shuʼba mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuʼbaga birkitilgan masalalar, tegishli vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va respublika hududlari boʻyicha mutaxassislar tomonidan maʼlumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy asosda monitoringi olib borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarning, Departamentning va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament mudiriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, shuʼba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek oʻz ijrosida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shuʼba mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shuʼba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek oʻz ijrosida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda oʻz ijrosida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 4-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ilova I boʻlimining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 3-avgustdagi 183-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 2-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 117-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda; 35-36-son, 348-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)