Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 01.03.2004 yildagi 100-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.03.2004 yildagi 100-son
Date of entry into force
01.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

NODAVLAT TAʼLIM MUASSASALARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-noyabrdagi 519-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 1-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 1-martdagi 100-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya faoliyati uning tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Litsenziya nodavlat taʼlim muassasalariga taʼlimning har bir turi uchun alohida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturlarini umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim davlat taʼlim standartlariga muvofiq, shuningdek maktabgacha taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlikka va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun moʻljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, belgilangan talablarga muvofiq binolar (xonalar)ning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat taʼlim muassasalarida fanlarni tegishli bazaviy maʼlumotga ega boʻlgan, chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasida esa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan davlat namunasidagi chet tilini bilishi va egallab olganligi darajasi toʻgʻrisidagi malaka sertifikati mavjud boʻlgan shaxslar tomonidan oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat talablariga), oʻquv rejalariga va taʼlim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida taʼlim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda taʼlim jarayonlarini taʼminlash vositalari mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditoriyalarni, oʻquv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat taʼlim muassasalarining avtomototransport vositalari hamda shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yoʻnalishlari bilan bogʻliq faoliyatini litsenziyalash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga darslar oʻzlashtirilishini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻqitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
butun oʻquv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning mavjud boʻlishi, har bir taʼlim oluvchini (tinglovchini) ushbu oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarida bilimlar oʻzlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir oʻqituvchini oʻquv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yoʻriqnomalarini oʻz ichiga olgan batafsil texnologik kartalar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega boʻlgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan koʻp auditoriyalarning mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir auditoriyada videoproyektorlar, kompyuterlar, audio va video kuzatuv tizimlari, Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, shuningdek, oʻquv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini taʼminlash uchun jarayonni yozib olish tizimining mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim oluvchilar bilimlarini yakuniy test sinovidan oʻtkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud boʻlishi.
(6-bandga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilganlardan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyi manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligini, shuningdek mazkur binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejalari va dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat taʼlim muassasasi ustavining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tillarga oʻqitgan hollarda pedagogik kadrlar toʻgʻrisida maʼlumot (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilishi va egallab olganligi darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusxalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moddiy vositalarning (yoki ularning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar ishchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziatning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga koʻrib chiqish uchun komissiyaga taklif taqdim etadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokolini komissiya raisi (uning oʻrinbosari) imzolaydi. Zarur hollarda komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq litsenziyalanayotgan taʼlim turining va taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati nomi;
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyi (pochta manzili);
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi boʻyicha bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ishchi organ hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin toʻrt kun mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga koʻrib chiqish uchun komissiyaga taklif taqdim etadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin olti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokoli komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda ishchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur axborotni litsenziatdan soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Komissiya qarori sud tomonidan asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ishchi organ taʼlim turlari boʻyicha litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarni bekor qilish asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dublikat berish asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Nodavlat taʼlim muassasalariga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-noyabrdagi 519-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 107-modda; 2006-y., 6-7-son, 39-modda; 20-21-son, 181-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 25-son, 324-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)