Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2019 09.12.1992 yildagi 750-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.1992 yildagi 750-XII-son
Date of entry into force
30.12.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan BOʻShATILGAN ShAXSLAR USTIDAN IChKI IShLAR IDORALARINING MAʼMURIY NAZORATI TOʻGʻRISIDA
(qonun nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-apreldagi OʻRQ-532-sonli “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati tarbiyaviy oldini olish taʼsir choralarining majmuini ifodalab, nazorat ostidagilarga nisbatan ushbu Qonunda koʻzda tutilgan cheklashlarni qoʻllashdan iborat boʻladi.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratning asosiy maqsadi ilgari sudlanganlar tomonidan takror jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularda ijobiy ijtimoiy yoʻlga kirib olishini shakllantirishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi va amalga oshirilishi nazorat ostidagi kishining boshqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, uning insoniy qadr-qimmatini kamsitmasligi, ish, oʻqish va istiqomat joyida obroʻsini toʻkmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat voyaga yetgan quyidagi shaxslarga nisbatan oʻrnatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni oʻtash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng ichki ishlar idoralarining jamiyat uchun zararli kun kechirishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan boʻlsalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan “v” band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat ostiga olingan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklashlar qoʻllanilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qoʻygan vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tuman (shahar)ning muayyan joylarida boʻlishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha militsiyaga kelib uchrashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatilgan cheklashlar nazorat ostida boʻlgan shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, avvalgi sudlanganligiga va uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab toʻla hajmda yoki ayrim-ayrim yoʻsinda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklashlar roʻyxati uzil-kesil hisoblanadi, unga qoʻshimchalar qilish yoki kengaytirib sharhlash mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish nazorat ostidagi kishining istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari (militsiya)ga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning qarori maʼmuriy nazoratni oʻrnatish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi asosli taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki va undan koʻproq marta hukm etilgan, jazoni ijro etish muassasalarida turgan shaxslarga nisbatan, — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan, mahkumning tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar boʻlgan taqdirda, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarga nisbatan, — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslarga nisbatan, — ichki ishlar idorasi boshligʻi tomonidan, shaxs jazoni ijro etish muassasasidan boʻshatilganidan keyin jamiyat uchun zararli tarzda kun kechirayotganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan taqdimnoma olingan paytdan boshlab 10 kundan kechikmay hal qilinadi. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorda nazorat belgilashga nimalar sabab boʻlganligi, nazorat muddati, nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan cheklashlar, agar maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatishda belgilangan boʻlsa, uning tanlangan yashash joyiga yetib kelish muddati koʻrsatiladi.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga belgilangan. Nazoratni amalga oshirish muddati, ushbu Qonun 4-moddasining “a” va “v” bandlarida koʻrsatilgan shaxslar yashash joyiga yetib kelgan paytdan boshlab, 4-moddaning “b” bandida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan esa, — sudya maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida qaror chiqargan paytdan boshlab hisoblanadi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat muddati ichki ishlar idoralarining taqdimnomasiga binoan har safar yana olti oyga uzaytirilishi mumkin, lekin uzaytirilgan nazorat muddati mazkur jinoyat uchun belgilangan sudlanganlik muhlatining tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi lozim. Nazorat ostidagi shaxs oʻziga belgilangan vaqt ichida tuzalish yoʻliga oʻtmagan, jamoat tartibini buzayotgan, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan yoki oʻziga nisbatan qoʻllanilayotgan cheklashlarga rioya etmayotgan taqdirda maʼmuriy nazorat muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklashlar roʻyxati nazorat ostidagi kishining shaxsi, uning turmush tarzi va xulq-atvoriga qarab, lekin ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan cheklashlar doirasida qisqartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati jazoni oʻtash davrida maʼmuriy nazorat ostiga olinishi belgilangan shaxsni jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatish oldidan u tanlagan istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralariga boʻshatilayotgan kishining yetib borish vaqtini xabar qilgan holda sudyaning maʼmuriy nazorat belgilash toʻgʻrisidagi qarorini yuboradi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning maʼmuriy nazorat belgilash yoxud nazorat muddatini uzaytirish va nazoratni amalga oshirish vaqtida qoʻllaniladigan cheklashlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostida boʻlgan shaxsga ichki ishlar idorasi boshligʻi tomonidan, jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan shaxsga esa — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan tilxat orqali bildiriladi. Bunda nazorat ostidagi shaxsga uning burchlari, maʼmuriy nazorat qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi, nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilish oldidan belgilangan shaxsga esa — tanlangan istiqomat joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi. Nazorat ostidagi shaxsga, shuningdek u maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlab istiqomat joyidan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlik uchun javobgarlik tushuntirib beriladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat ostiga olingan shaxslarning fotosurati olinadi va ichki ishlar idoralarida hisobga olib qoʻyiladilar. Zarur hollarda nazorat ostida boʻlgan shaxslarning barmoqlari izlari bostirib olinadi. Maʼmuriy nazorat ostida boʻlgan har bir shaxs toʻgʻrisida nazorat daftari yurgiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar idoralari (militsiya) xodimlari maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nazorat ostiga olinganlarning xulq-atvorini ular yashayotgan va ishlayotgan joyda muntazam nazorat qilib borishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nazorat ostiga olinganlarni tanlangan istiqomat joyida propiska qilish va ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish yuzasidan zarur choralar koʻrishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ular tomonidan jamoat tartibi buzilishi, boshqa fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishini oldini olishlari hamda yoʻl qoʻymasliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ularga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilganligi toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibida bayonnomalar yozishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Militsiya xodimlari maʼmuriy nazoratini amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nazorat ostiga olingan shaxsning xulq-atvori toʻgʻrisida ish beruvchidan, mazkur shaxs oʻqiyotgan joyning maʼmuriyatidan, u yashayotgan joydagi jamoat birlashmasi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan maʼlumotlar talab qilib olish;
(16-moddaning “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nazorat ostida boʻlgan shaxsni ishga joylashtirish va unga turmush sharoiti yaratib berish toʻgʻrisida tegishli davlat, jamoat va xoʻjalik tashkilotlari oldiga masala qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) nazorat ostiga olingan shaxsni suhbat uchun militsiyaga chaqirish, zarurat boʻlganda bunday suhbatlarni ish beruvchining, jamoat birlashmasi va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining vakillari, nazorat ostiga olingan shaxsning qarindoshlari, shuningdek suhbat mavzuiga aloqador shaxslar ishtirokida oʻtkazish;
(16-moddaning “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) nazorat ostida boʻlgan shaxsdan maʼmuriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) nazorat ostida boʻlgan shaxsning turar joyini soat 6 dan 22 ga qadar borib koʻrish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish yuzasidan ayrim tadbirlarni oʻtkazishda ichki ishlar idoralariga yordam berish uchun ichki ishlar idoralarining shtatsiz xodimlari va jamoatchilikning boshqa vakillari jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratdan bosh tortayotgan shaxslarni qidirish sudya qaroriga binoan militsiya tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) maʼmuriy nazorat olib borish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin, agar uni uzaytirishga asos boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) muddatidan ilgari, basharti nazorat ostida boʻlgan shaxs tuzalish yoʻliga qatʼiyan oʻtganligi, ishda va turmushda oʻzini yaxshi tomondan koʻrsatganligi aniqlangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) nazorat ostida boʻlgan shaxsning sudlanganlik muhlati tugagan yoki sudlanganligi olib tashlangan hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratni 17-moddaning “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatish toʻgʻrisida maʼmuriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya xodimi tomonidan qaror chiqarilib, bu qaror ichki ishlar tuman, shahar, shahardagi tuman boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratni 17-moddaning “b” bandida nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisida ichki ishlar idorasi boshligʻi tomonidan sudga asosli taqdimnoma yoʻllanadi, taqdimnoma oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya yoki ichki ishlar idorasining maʼmuriy nazoratni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostida boʻlgan shaxsga eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat ostida turgan shaxsga doir hisobga olish hujjatlari ichki ishlar idorasida nazorat toʻxtatilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat ostida turgan shaxs halol mehnat qilib kun kechirishi, jamoat tartibini buzmasligi, boshqa fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi,quyidagi qoidalarga rioya etishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) militsiyaning chaqiruviga binoan koʻrsatilgan muddatda borish hamda maʼmuriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishlash yoki yashash joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, shuningdek tuman (shahar)dan tashqariga ketayotgani toʻgʻrisida maʼmuriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya xodimlarini bir kecha-kunduzda xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boshqa aholi manzilgohiga borganida va u yerda bir kecha-kunduzdan koʻproq vaqt turib qolganida mahalliy ichki ishlar (militsiya) boʻlimida roʻyxatdan oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan, unga nisbatan qoʻllanilgan cheklashlarga rioya etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazorat ostiga olingan shaxslar belgilangan cheklashlarni buzganlari taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlab istiqomat joyidan oʻzboshimchalik bilan ketib qolgan, shuningdek maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilayotganda belgilangan hollarda tanlangan istiqomat joyiga muayyan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan nazorat ostidagi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarori prokurorning noroziligi bilan yoki yuqori sud idorasi tomonidan nazorat asossiz ravishda belgilangan deb eʼtirof etilgan taqdirda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy nazoratni belgilash hamda amalga oshirish bilan bogʻliq shikoyat va arizalar ichki ishlar idorasi boshligʻi, prokuror yoki yuqori sud idorasi raisi tomonidan belgilab qoʻyilgan vakolatlar doirasida koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat berilganligi sudya maʼmuriy nazoratni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqarmaguncha uning amalga oshirilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
750-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 33-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)