OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
TOVARLARNI QAYTA IShLASh JARAYoNINING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARINI KELIShISh VA BOJXONA HUDUDIDAN TAShQARIDA TOVARLARNI QAYTA IShLAShNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY MANFAATLARIGA MUVOFIQLIGI TOʻGʻRISIDA XULOSALAR BERISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 31-oktabrda 1634-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 23-maydagi 2018/16-03, 17, 98, 01-02/12-40-sonli “Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1634-1, 31.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 398-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bogʻliq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandini ijro etish maqsadida (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, (371-modda) avgust), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
EG-01/10-4091-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
3-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
70-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
01-02/12-11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 435-modda)