Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025 05.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1593
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirli, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining qarori, 05.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1593
Date of entry into force
15.07.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLATGA YETKAZILGAN ZARAR UCHUN HARBIY XIZMATCHILARNING MODDIY JAVOBGARLIGI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINCHALIK NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 5-iyulda 1593-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi islohotlarda meʼyoriy-huquqiy bazasini tashkil qilish va rivojlantirish maqsadida qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng, 10 kundan keyin amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri Q. BERDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1/4-528-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“TASDIQLAYMAN”

Mudofaa varzirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Favqulotda vaziyatlar vazirligi,

Milliy xavfsizlik xizmatining

2006-yil 12-maydagi

6-son, 3-son, 1/4-528-son, 47-sonli qarori

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati organ va qoʻshinlarining harbiy xizmatchi, harbiy-taʼlim muassasalari kursantlari hamda harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirlik va idoralariga belgilangan tartibda ishga yuborilgan harbiy xizmatchilarga ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Harbiy nizom, buyruq va boshqa hujjatlarda koʻzda tutilgan xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida davlatga zarar yetkazishda aybdor deb topilgan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlarida chaqiruv yoki shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar mazkur Vaqtinchalik nizomga muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarishda taalluqli boʻlmagan vaqtda yetkazilgan zarar uchun ushbu shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Faqatgina davlatga yetkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri haqiqiy zarar qoplanishi lozim, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining boshqa hujjatlarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchilar va harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar moddiy javobgarlikka tortilmaydilar, qachonki zarar komandir (boshliq) buyrugʻini vijdonan bajarish yoki ushbu aniq sharoitlarda oʻzini oqlaydigan xizmat tavakkalchiligi oqibatida yoxud qonuniy xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Harbiy xizmatchilar va harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan zararni qoplash ularning xatti-harakati (harakatsizligi) oqibatida davlatga yetkazilgan zarar uchun intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishidan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlatga zarar yetkazgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan holda komandir (boshliq) unga qarshi qoplanmagan zararning toʻliq summasi uchun fuqarolik daʼvosini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlatga zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar va harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar oʻz ixtiyori bilan uni toʻliqlichi yoki qisman qoplashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Moddiy javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Harbiy xizmatchilar va harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy mulkni (qurol-aslaha, jangovar va boshqa texnika, oʻq-dorilar, yonilgʻi, oziq-ovqat, harbiy ashyo, muhandislik, kimyoviy, uy-joy mulki, harbiy qism va muassasalar, harbiy-taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar tasarrufidagi boshqa moddiy vositalar va pul mablagʻlari) qasddan yoʻq qilish, zarar yetkazish, ishdan chiqarish, oʻgʻirlash, kamomad, noqonuniy sarflash oqibatida yoki qasddan qilingan boshqa xatti-harakatlar natijasida zarar yetkazgan taqdirda, ular oʻzida jinoiy tartibda taʼqib qilinuvchi harakatlarni mujassamlashtirgan yoki mujassamlashtirmaganidan qatʼiy nazar, ularning aybi bilan davlatga yetkazilgan zararning toʻliq qiymati miqdorida moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qimmatli valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan roʻzgʻor buyumlari hamda shunday buyumlar parchalarining oʻgʻirlanishi, kamomadi va meʼyoridan ortiq yoʻqotilishida aybdor boʻlgan harbiy xizmatchilar va harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komandirlar (boshliqlar) ularning boʻysunuvchilari tomonidan davlatga yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng, biroq bir oylik oklad pul taʼminotidan ortiq boʻlmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladilar, qachonki mazkur komandirlar (boshliqlar) oʻzining notoʻgʻri farmoyishlari bilan harbiy mulkni hisobga olish, saqlash, ishlatish, sarflash va tashishning oʻrnatilgan tartibini buzgan, harbiy mulkni oʻgʻirlanishi, kamomadi, yoʻq qilinishi, zararlanishi va buzilishining oldini olish, davlatga yetkazilgan zararni aybdor shaxslar hisobidan qoplash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrmagan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vagon va avtomobillarning turib qolishiga sababchi boʻlgan harbiy xizmatchilar yetkazgan zarar uchun toʻliq miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishchi yoki xizmatchining noqonuniy ishdan boʻshatilishi yoki boshqa ishga oʻtkazilishida aybdor deb topilgan harbiy qism, muassasa, harbiy-taʼlim muassasa, korxona va tashkilotlarning komandirlari (boshliqlari) majburiy ishga chiqmaslik vaqti yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarish vaqtining toʻlovlari munosabati bilan yetkazilgan zararni toʻliq qoplaydi. Agar ishdan boʻshatish yoki boshqa ishga oʻtkazishda yaqqol qonun buzilishlari bilan amalga oshirilgan boʻlsa, yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi komandir (boshliq) yoxud sudning ishchi yoki xizmatchini ishga tiklash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini kechiktirgan boʻlsa javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Harbiy xizmatchilar va harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning aybi bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq harbiy qism, muassasa, harbiy-taʼlim muassasasi, korxona va tashkilot tomonidan qoplangan holatlarda mazkur Vaqtinchalik nizomda koʻzda tutilgan tartibda qoplashlari majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Zarar miqdorini aniqlash va uni qoplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlatga yetkazilgan zarar miqdori zarar aniqlangan vaqtdagi bozor narxlaridan kelib chiqib, hisobga olish maʼlumotlariga asosan amaldagi yoʻqotishlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurol-aslahaning (avtomat, pistolet, toʻp va boshqa harbiy-texnik mulk) qiymatini belgilash yuqori turuvchi taʼminot organining tegishli komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Harbiy qism, muassasa, harbiy-taʼlim muassasasi, korxona va tashkilotlarning komandirlari (boshliqlari) zararni (moddiy vositalar va pul mablagʻlarining kamomadi, yoʻq qilinishi, zararlanishi, buzilishi, talon-taroj qilinishi, oʻgʻirlanishi, noqonuniy tarzda qoʻllanishi va hisobdan chiqarilishi holatlarini) aniqlagan zahoti zudlik bilan zararning yuzaga kelish sababi, uning miqdori va aybdor shaxslarni aniqlash uchun xizmat surishtiruvini tayinlaydi. Surishtiruv bir oy muddatda yakunlanishi kerak. Zarur hollarda ushbu muddat yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq koʻpi bilan bir oyga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taftish, tekshiruv, tergov, dastlabki tergov yoki sud tomonidan zararning yuzaga kelish sabablari, miqdori va huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar aniqlangan boʻlsa xizmat surishtiruvi oʻtkazilmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yetkazilgan zarar, uning miqdori va aybdor shaxslar aniqlangan taqdirda harbiy qism, muassasa, harbiy-taʼlim muassasasi, korxona va tashkilotlarning komandirlari (boshliqlari), zaruriy holatlarda esa — yuqori turuvchi komandir (boshliq) xizmat surishtiruvi yakunlangan yoki mazkur Vaqtinchalik nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan materiallar kelib tushgan kunda aybdor harbiy xizmatchi va harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburdan tegishli pul summasini undirish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar bir nechta shaxs tomonidan yetkazilgan taqdirda buyruqda ular tomonidan yetkazilgan zarar, aniq sharoitlar va aybdorlik darajasidan kelib chiqqan holda har bir aybdor shaxsdan undiriladigan pul summalarining aniq miqdori alohida-alohida koʻrsatib oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Zararni undirish toʻgʻrisidagi buyruq aybdor shaxsga imzo ostida eʼlon qilinadi yoki buyruqdan koʻchirma taqdim qilinadi. Buyruqdan norozilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida belgilangan tartibda yuqori turuvchi komandir (boshliq) yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin. Yuqori turuvchi komandir (boshliq) yetkazilgan zarar uchun javobgarlik va undirilayotgan pul summasining toʻgʻri belgilanganini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyruq bekor qilingan taqdirda ushlab qolingan pul summalari qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur Vaqtinchalik nizom 13-bandida koʻrsatib oʻtilgan zarar yetkazish holatlarida undirish toʻgʻrisidagi buyruq boʻyicha har oylik ushlanmalar oylik oklad pul taʼminotining (ish haqining) yigirma foizidan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pul taʼminotidan (ish haqidan) qonunda koʻzda tutilgan boshqa ushlanmalar chegirib qolinayotgan boʻlsa, barcha ushlanmalarning umumiy miqdori oylik oklad pul taʼminotining (ish haqining) ellik foizidan oshmasligi zarur. Bunday holatlarda undirish tartibi va ketma-ketligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agarda moddiy javobgarlikka tortilgan harbiy xizmatchi yoki harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan, harbiy yigʻinlar tugagan kunda oʻzi tomonidan davlatga yetkazilgan zararni qoplamagan boʻlsa, qarzdorligining qolgan qismi boʻshatilgan harbiy xizmatchi yoki harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburning yashash (ish) joyi boʻyicha harbiy qism, muassasa, harbiy-taʼlim muassasasi, korxona va tashkilotlarning komandiri (boshligʻi) tomonidan yuboriladigan notariusning ijro haqidagi yozuviga asosan muqarrar tartibda yashash joyi boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xorijdagi qoʻshinlarning harbiy xizmatchilari tomonidan va harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy xizmat majburiyatlarini xorijda bajarishning boshqa holatlarida harbiy mulkni oʻgʻirlanishi, kamomadi, yoʻqotilishi va noqonuniy ishlatilishi natijasida davlatga yetkazilgan zarar miqdori ular boʻlgan mamlakatdagi narxlar, bunday narxlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa ular boʻlgan mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi zavodda oʻxshash ashyoga qoʻyilgan narxlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatda zararni qoplash ular boʻlgan davlatning valyutasida, harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasiga ketganda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy davlatlar valyutalari kursi boʻyicha soʻmda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xizmatni oʻtashning alohida shart-sharoitlari uchun oshirilgan lavozim okladlarini oluvchi harbiy xizmatchilardan yetkazilgan zararni qoplashda undirilishi kerak boʻlgan pul summalarini belgilashda qonunchilikda koʻzda tutilgan holatlarda koʻrsatib oʻtilgan oshirilishi va qoʻshimcha haqlarsiz lavozim okladi hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Harbiy xizmatchi tomonidan yetkazilgan zarar toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar yangi xizmat joyiga oʻtkazilgan holatda xizmat surishtiruvi materiali yoki taftish, tekshiruv dalolatnomasidan koʻchirma tergov, taftish, tekshiruv yakunlangandan soʻng besh kunlik muddatda uni moddiy javobgarlikka tortish uchun aybdorning yangi xizmat joyiga yuboriladi. Aybdorning yangi xizmat joyi boʻyicha komandir (boshliq) xizmat surishtiruvi materiali yoki taftish, tekshiruv dalolatnomasidan koʻchirma kelib tushgan kundan boshlab 10 kun muddat mobaynida aybdorni moddiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Harbiy xizmatchi tomonidan yetkazilgan zarar toʻliq qoplamagunga qadar yangi xizmat joyiga oʻtkazilgan holatda yangi xizmat joyi boʻyicha pul summasini ushlab qolish hisob-kitob daftarchasi, pul attestatidagi (muddatli harbiy xizmatchilar uchun) yozuvlar asosida amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchidan ushlab qolinadigan pul summasining qoldiq miqdori toʻgʻrisida yangi xizmat joyiga yozma xabarnoma yuboriladi. Koʻrsatib oʻtilgan holatlarda eski xizmat joyidagi hisob-kitob boʻyicha qarzdorlik pul summalarini hisobdan chiqarish faqatgina ular harbiy xizmatchini yangi xizmat joyi boʻyicha undirishga qabul qilinganini tasdiqlovchi yozma hujjat olingandan soʻng amalga oshiriladi. Bunda qarzdorlik pul summasining undirishga qabul qilinganini tasdiqlovchi hujjat komandir (boshliq), moliya xizmati boshligʻi (buxgalter) tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yetkazilgan zararning ular tomonidan qoplanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar harbiy xizmatchi zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan yoxud harbiy xizmatga majbur harbiy yigʻinlar tugagandan soʻng yashash joyiga ketgan hollarda komandir (boshliq) ushbu shaxslarga qarshi yetkazilgan zararning pul summasi miqdorida umumfuqaroviy tartibda daʼvo arizasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Muddatli harbiy xizmatchi tomonidan xizmat majburiyatlarini beparvolik bilan bajarishi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori aniqlangan vaqtda belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobaridan koʻp boʻlmasdan, uni boʻshatgandan soʻng undirish imkonisiz boʻlsa, belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mudofaa ishlari boshqarmalari, shahar va tuman mudofaa ishlari boʻlimlarida haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar yoki harbiy yigʻinlarni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatga majburlar hisobidagi qoplanmagan zararlar pul miqdorining hisobi yuritiladi hamda qarzdorlikning toʻliq qaytarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi, mazkur Vaqtinchalik nizomning 23-bandida koʻzda tutilgan holat bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Harbiy qism, muassasa, harbiy-taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda boʻshatilgan harbiy xizmatchilar yoki harbiy yigʻinlarni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatga majburlar hisobidagi qoplanmagan zararlarning pul summalari pul summalari toʻliq kelib tushgunga qadar hisobga olinadi, mazkur Vaqtinchalik nizomning 16- va 23-bandlarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri birinchi oʻrinbosari B. ASHRAFXANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 12-may.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 257-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)