Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining
Qarori
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3185-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 30-avgustdagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185, 2019-yil 23-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/3185/3786-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. URUNOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-oktabr,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2026-yil 3-oktabrdagi 1-son qaroriga
ILOVA
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibini belgilaydi.”.
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mutaxassis — Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassislari yoki u tomonidan jalb etilgan mazkur soha ekspertlari;”;
beshinchi xatboshidagi “Agentlikka” degan soʻz “Qoʻmitaga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 4-band, 9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 10-band, 11-bandning birinchi xatboshisi, 12-band, 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 15-bandning birinchi xatboshisi hamda 17-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” degan soʻz “Qoʻmita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 6-bandning birinchi xatboshisi va 16-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Qoʻmitaga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 303-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini chet davlatlarga xizmat safariga yuborish hamda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tomonlarning oʻzaro kelishuviga (shartnomaga) asosan murojaatchi va/yoki xorijiy mamlakatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.”.
6. 18-banddagi “Agentlikning” degan soʻz “Qoʻmitaning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 20-banddagi “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Qoʻmita” va “Qoʻmitaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 21-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 22-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 10/26/3185-3/1038-son)