20.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3959
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3959]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “Ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 20-oktabrdagi 34-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“begonalashtiruvchi va oluvchining yoki ularning vakolatli vakili (vakillari) shaxsining toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan, yoxud qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan yuridik shaxsning vakolat berilgan vakili boʻlgan jismoniy shaxsni tasdiqlash, quyidagi hujjatlardan biri boʻyicha amalga oshiriladi: pasporti yoki uning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli, harbiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan shaxsiy guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar organlari tomonidan istiqomat uchun berilgan guvohnomasi. Voyaga yetmagan shaxsini tasdiqlash uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va uning ota-onasi yoki vasiylari pasporti yoxud mazkur hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli boʻyicha amalga oshiriladi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“begonalashtiruvchining, oluvchining, garovga qoʻyuvchining yoki ularning vakolatli vakili (vakillari) shaxsining toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan, yoxud qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomoni hisoblangan yuridik shaxsning vakolat berilgan vakili boʻlgan jismoniy shaxsni tasdiqlash, quyidagi hujjatlardan biri boʻyicha amalga oshiriladi: pasporti yoki uning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli, harbiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan shaxsiy guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar organlari tomonidan istiqomat uchun berilgan guvohnomasi. Voyaga yetmagan shaxsini tasdiqlash uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va uning ota-onasi yoki vasiylari pasporti yoxud mazkur hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli boʻyicha amalga oshiriladi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 25-avgustdagi 56, 28-son qarori (roʻyxat raqami 2265, 2011-yil 22-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 15-bandi ikkinchi xatboshisi “(pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat)” degan soʻzlardan keyin “yoki mazkur hujjatlardan birining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 01/27-26/30-son qarori (roʻyxat raqami 2652, 2015-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi” degan soʻzlar “uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi yoxud mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi” degan soʻzlar “uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi yoxud mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi” degan soʻzlar “uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi yoxud mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145, 45-son qarori (roʻyxat raqami 3101, 2018-yil 15-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 10/18/3101/2331-son) bilan tasdiqlangan Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 2-ilovaning 7-bandi “pasport, ID-karta yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar” degan soʻzlardan keyin “yoki mazkur hujjatlardan birining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2026-y., 10/26/3959/1066-son)