17.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3941
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3941]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qimmatli qogʻozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. Li
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-avgust

Savdo sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 25-avgustdagi 26-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar emitentlarining qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi ularning shaffofligi va qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini baholashni nazarda tutuvchi reytingini yuritish hamda ushbu reyting asosida tegishli taʼsir choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar emitenti (bundan buyon matnda emitent deb yuritiladi) — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — Korporativ axborot yagona portalining emitentlar reytingini aks ettiruvchi moduli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlar reytingi — emitentlarning qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi ularning shaffofligi va qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini baholash natijalari boʻyicha shakllantirilgan reyting bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — Korporativ axborot yagona portalining vakolatli davlat organi va emitent oʻrtasida xabar yuborish, maʼlumotlarni koʻrish va yuklab olish uchun moʻljallangan sahifasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Emitentlar reytingi vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi hamda axborot tizimida ochiq tarzda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Emitentlar reytingi vakolatli davlat organi tomonidan axborot tizimida hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning dastlabki 10 kunligida eʼlon qilinadi hamda emitentlarga bu haqida shaxsiy kabinet orqali xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Emitentlar reytingini yuritish va uning mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Emitentlar reytingini yuritish hisobotlar va muhim faktlarni eʼlon qilish orqali Korporativ axborotning yagona portalida maʼlumotlarning oʻz vaqtida, ishonchli va toʻliq oshkor etilishi, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishini baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Emitentlar reytingi axborot tizimi orqali mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq quyidagi 7 ta mezon boʻyicha emitentlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun berilgan ballar yigʻindisiga koʻra aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-mezon — choraklik va yillik hisobotlarni Korporativ axborotning yagona portalida belgilangan muddatlarda eʼlon qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-mezonmuhim faktlarni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-mezon — qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash majburiyatlarini bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-mezon — notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi maʼlumot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-mezon — korporativ qonunchilik talablarini buzish (masalan, yuqori boshqaruv organlarining yigʻilishini chaqirish va oʻtkazishning belgilangan tartibini buzish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-mezon — vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilib, emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi qonunchilik talablari buzilgan deb topilgan murojaatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-mezon — vakolatli davlat organining koʻrsatma yoki qarorlarini bajarmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yil yakunlari boʻyicha hisobotlarni topshirish natijalari keyingi yilning 2-choragi uchun emitentlar reytingini hisoblashda inobatga olinadi hamda har bir hisobot uchun alohida ball belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, har ikki hisobotni (choraklik va yillik) eʼlon qilmaganlik uchun alohida ball hisoblanganda umumiy reyting ballari yigʻindisi 100 balldan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Emintlar reytingi maʼlumotlari hisobot choragining oxirgi sanasidagi holat boʻyicha hisobot choragining yakuniy natijalariga asosan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 1 va 2-mezonlar maʼlumotlari hisobot va muhim faktlarni eʼlon qilish muddatlarining oxirgi sanasidagi holat boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Emitentlar reytingi shkalasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har chorak natijalari boʻyicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarga koʻra, emitentga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq quyidagi toifalardan biri beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” toifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B” toifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“C” toifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“D” toifa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Emitentlar reytingi natijalarini tasdiqlash hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning dastlabki 10 kunligida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” va “B” toifalar uchun axborot tizimi orqali avtomatik ravishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“C” va “D” toifalar uchun vakolatli davlat organi tomonidan tegishli maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Emitentlar reytingini yuritishda barcha xatti-harakatlar tarixi, jumladan, maʼlumotlar xronologiyasi, vakolatli davlat organi masʼul xodimining identifikatsiya raqami (ID), emitentga xabarnoma yuborilgan sana axborot tizimida qayd etiladi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Taʼsir choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taʼsir choralarini qoʻllash emitentlar reytingi natijalariga koʻra Korporativ axborotning yagona portalida avtomatik ravishda yoki vakolatli davlat organining qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror reyting natijalari eʼlon qilingan sanadan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur qarorda taʼsir choralarining amal qilish muddati uch oy etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror vakolatli davlat organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Emitent taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida shaxsiy kabinet orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Emitentlar reytingini baholash shkalasidagi toifalarga mutanosib ravishda aniqlangan kamchiliklarning xususiyati, muntazamligi va investorlar uchun potensial zarar darajasini hisobga olgan holda vakolatli davlat organi tomonidan emitentlarga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “B” toifadagi emitentlar uchun shaxsiy kabinet orqali ogohlantirish xati yuborish asosida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “C” toifadagi emitentlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ axborotning yagona portalida korporativ harakatlarni (hisobot va muhim faktlarni topshirish, eʼlon qilish) amalga oshirishni kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklash (1 va (yoki) 2-mezonlar boʻyicha huquqbuzarliklar sodir etgan emitentlar uchun), bunda faqatgina kamchilik sifatida eʼtirof etilayotgan va eʼlon qilinmagan axborotni oshkor qilish imkoniyati saqlanib qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “D” toifadagi emitentlar uchun mazkur bandning 2-kichik bandidagi taʼsir choralariga qoʻshimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ obligatsiyalarni oʻttiz kun ichida muddatidan oldin soʻndirishni va ular boʻyicha foizlar (kuponlar) toʻlashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentning qimmatli qogʻozlari muomalasini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turish, bunda repo bitimlarining ikkinchi bosqichini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Emitent huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Emitent reyting natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida shaxsiy kabinet orqali vakolatli davlat organiga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bildirilgan eʼtirozlar vakolatli davlat organi tomonidan 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Eʻtirozlar asosli deb topilgan taqdirda reyting ballari qayta koʻrib chiqiladi, aks holda reyting ballari oʻzgarishsiz qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Emitent vakolatli davlat organi tomonidan eʼlon qilingan reyting natijalari va taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar emitentlari reytingini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI

T/r

Mezon

Hisoblash tartibi

Maksimal ball

1.

Choraklik va yillik hisobotlarni Korporativ axborotning yagona portalida belgilangan muddatlarda eʼlon qilmaslik

Reyting ballarini aniqlash kunida Korporativ axborotning yagona portalida joylashtirilmagan hisobot mavjud boʻlganda

15 ball

2.

Muhim faktlarni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilmaslik

Hisobot choragida Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilinmagan har bir muhim fakt uchun 5 balldan, lekin 15 balldan oshmagan miqdorda

15 ball

3.

Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash majburiyatlarini bajarmaslik

Hisobot choragida qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividend va (yoki) kuponlarni toʻlash majburiyatlarini bajarmaslik boʻyicha aniqlangan har bir holat uchun 5 balldan, lekin 10 balldan oshmagan miqdorda (vakolatli davlat organi tomonidan axborot tizimida tegishli maʼlumotlarni kiritib borish orqali)

10 ball

4.

Notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi maʼlumot taqdim etish

Hisobot choragida emitent tomonidan taqdim etilgan hisobot yoki muhim faktda, shuningdek har bir boshqa axborotda notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi maʼlumot taqdim etilgan har bir holat uchun 5 balldan, lekin 10 balldan oshmagan miqdorda (vakolatli davlat organi tomonidan axborot tizimida tegishli maʼlumotlarni kiritib borish orqali)

10 ball

5.

Korporativ qonunchilik talablarini buzish

Boshqaruv organlarining yigʻilishini chaqirish va oʻtkazish, shuningdek, yigʻilish yakuni boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa korporativ qonunchilik talablarini buzish boʻyicha aniqlangan har bir holat uchun 5 balldan, lekin 10 balldan oshmagan miqdorda (vakolatli davlat organi tomonidan axborot tizimida tegishli maʼlumotlarni kiritib borish orqali)

10 ball

6.

Vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilib, emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi qonunchilik talablari buzilgan deb topilgan murojaatlarning mavjudligi

Emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi qonunchilik talablari buzilgan deb topilgan murojaatlar soni:

1 — 3 ta murojaat — 5 ball

4 ta va undan ortiq murojaat — 10 ball

(vakolatli davlat organi tomonidan axborot tizimida tegishli maʼlumotlarni kiritib borish orqali)

10 ball

7.

Vakolatli davlat organining koʻrsatma yoki qarorlarini bajarmaslik *

Vakolatli davlat organining qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari hamda qarorlarini bajarmaslik yoki bajarishdan boʻyin tovlash (vakolatli davlat organi tomonidan axborot tizimida tegishli maʼlumotlarni kiritib borish orqali)

30 ball

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: koʻrsatmalar qolgan 6 ta mezonlardan birida yoki bir nechtasida nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan berilgan boʻlsa, reyting ballari faqat 7-mezon uchun belgilangan miqdorda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar emitentlari reytingini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShKALASI

Toifasi

Ball

1.

A

0 — 10 ball

2.

B

15 — 25 ball

3.

C

30 — 60 ball

4.

D

65 — 100 ball

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2026 y., 10/26/3941/0948-son)