ILOVA
1-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish | 5 | |
2. | Isteʼmolchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga boʻlgan huquqlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyish | 5 | |
3. | Tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilash | 20 | |
4. | Shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish | 5 | |
5. | Tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish; | 10 | |
6. | Shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan oʻzini tiyishi sharti bilan rozilik berish | 5 | |
7. | Tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati boʻla turib, shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish | 5 | |
8. | Tovar yoki moliya bozoriga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishi uchun toʻsiqlar yaratish | 10 | |
9. | Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar uchun belgilangan narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar yoki bepul koʻrsatilishi kerak boʻlgan xizmatlar uchun haq olish | 10 | |
10. | Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni olishni yoki realizatsiya qilishni taqiqlash yoxud cheklash | 10 | |
11. | Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan boshqa harakatlari | 15 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 |
2-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt va shaxslar guruhlarning monopol tovarlariga nisbatan qoʻllaniladigan narxlarini monitoring qilish davomida asossiz narxlarning oʻsishi | 10 | |
2. | Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan), kelishilgan va belgilangan tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) oshirish | 10 | |
3. | Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ularni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻllanilishi | 10 | |
4. | Tartibga solinadigan narxlar boʻyicha sotib olingan qonunchilikka muvofiq qaytadan sotilishi taqiqlangan resurslarni qaytadan sotishdan daromadlar olishi | 10 | |
5. | Tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash), kelishish va belgilash uchun narxlarni tartibga soluvchi organlarga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilishi natijasida narxning (tarifning) oshirilishi | 10 | |
6. | Tovarning narxiga (tarifga) xom ashyo va materiallarga, yoqilgʻi-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritishi | 25 | |
7. | Narxi (tarifi) tartibga solinadigan narxlar darajasida belgilanadigan tovarning boshlangʻich narxini birja savdolariga oshirib qoʻyishi | 8 | |
8. | Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotish | 2 | |
9. | Tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxlarining (tariflarining) isteʼmolchi tomonidan pasaytirilishi | 10 | |
10. | Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlari (tariflari) boʻyicha qarori tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan mazkur qaror kuchga kirguniga qadar oʻn besh kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida hamda oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi | 5 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 |
3-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Savdolarda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni sodir etish | 20 | |
1.1. | Savdolarni oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish | 5 | |
1.2. | Savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish | 5 | |
1.3. | Savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda ishtirok etish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratish | 5 | |
1.4. | Savdolarga oid hujjatlarga va qoidalarga, shu jumladan eʼlonning matniga ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablarni kiritish | 5 | |
1.5. | Savdolarning oʻtkazilish jarayoniga va natijalariga taʼsir koʻrsatish | 5 | |
1.6. | Savdolarda talabning oʻzgarishiga, narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yolgʻon, asossiz maʼlumotlarni tarqatish | 5 | |
1.7. | Savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) savdolar ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish | 5 | |
1.8. | Elektron tarzda oʻtkaziladigan savdolarda narxlarning sunʼiy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, yaʼni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanish | 5 | |
1.9. | Savdolarda savdo shartlarini bir necha marta bajarmaslik natijasida tovarning narxlarini raqobat mavjud boʻlganda shakllangan narxlardan (talab, taklif yoki ishlar hajmidan) ancha oshirish | 2 | |
1.10. | Buyurtmachining yoki sotuvchining savdolar natijalariga koʻra shartnoma tuzishdan asossiz ravishda boʻyin tovlashi | 5 | |
2. | Eng yaxshi takliflarning tanlovlarida, tenderlarda, auksionlarda va boshqa savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni sodir etish | 45 | |
2.1. | Savdolarda ishtirok etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan hujjatlar qabul qilishni asossiz ravishda rad etish yoki savdolarda ishtirok etish uchun hujjatlarni taqdim etishga toʻsqinlik qilish | 5 | |
2.2. | Savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish yoki ularning sonini asossiz ravishda cheklash | 5 | |
2.3. | Savdolar predmetiga texnologik va funksional jihatdan aloqador boʻlmagan qoʻshimcha tovarlarni lotlar tarkibiga kiritish | 5 | |
2.4. | Tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini koʻrsatish (bundan tovarlarning bir-biriga toʻgʻri kelmasligi hollari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno) | 5 | |
2.5. | Boshqa ishtirokchi gʻolibga aylanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida savdolarda takliflar bilan ishtirok etish | 5 | |
2.6. | Savdolar ishtirokchilariga asossiz talablar qoʻyish, shu jumladan ularning malakasiga nisbatan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar qoʻyish | 5 | |
2.7. | Savdolar predmetining narxlarini takliflar kiritish yoʻli bilan savdolar tugaguniga qadar ushbu takliflarni olib tashlagan holda oshirish yoki pasaytirish | 5 | |
2.8. | Savdolarda ayni bir lotda faqat affillangan shaxslarning yoki oʻzaro manfaatdor shaxslarning ishtirok etishi | 5 | |
2.9. | Savdolarning operatorlari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) komissiya aʼzolari bilan oʻzaro manfaatdor boʻlgan yoxud ular bilan affillangan shaxslarning savdolarda ishtirok etishi | 5 | |
3. | Savdolarni oʻtkazish chogʻida raqobatga zid boʻlgan manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan hollar, shu jumladan oʻzaro manfaatdorlik deb eʼtirof etiladigan holatlarni sodir etish | 11 | |
3.1. | Savdolarning ikki va undan ortiq oʻzaro affillanmagan yoki boshqacha tarzda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan ishtirokchilarining takliflari ayni bir qonuniy vakil tomonidan berilishi | 5 | |
3.2. | Savdolar ishtirokchilarining bir-biridan bevosita yoki bilvosita subsidiya va boshqa moliyaviy yordam olish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlishi yoxud shunday yordam olinishi | 2 | |
3.3. | Ayni bir lotda ishtirok etayotgan savdolar ishtirokchilarining taʼsischilari oʻrtasida yoki buyurtmachining vakili yoki tashkilotchi yoxud operator oʻrtasida yoxud savdolar komissiyasining aʼzosi oʻrtasida va mazkur savdolar ishtirokchisining vakili yoki muassisi oʻrtasida yaqin qarindoshlik aloqalarining mavjud boʻlishi | 2 | |
3.4. | Shaxsda (savdolar ishtirokchisida, buyurtmachisida, tashkilotchisida, operatorida, komissiyasi aʼzosida) takliflar toʻgʻrisidagi axborotni olish yoki takliflarga va (yoki) boshqa shaxs bilan (savdolar ishtirokchisi, buyurtmachisi, tashkilotchisi, operatori, komissiya aʼzosi bilan) oʻzaro munosabatlarga ega boʻlgan uchinchi taraf orqali qarorlar qabul qilinishiga taʼsir oʻtkazish imkoniyatining mavjud boʻlishi | 2 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 |
4-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Narx manipulyatsiyasi bilan bogʻliq holatlarni sodir etish | 25 | |
1.1. | Birja savdolari ishtirokchilarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin oshishiga yoki qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlarni sodir etish | 5 | |
1.2. | Birja savdolari davomida birjaning muayyan ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning buyurtmalariga nisbatan narxi noodatiy tarzda katta farq qiluvchi buyurtmalar berish, keyinchalik mazkur buyurtmalarni savdolar tugaguniga qadar olib tashlash yoki tuzilgan bitimni jarima toʻlamasdan asossiz ravishda bekor qilish | 5 | |
1.3. | Narxi qonunchilik bilan tartibga solinadigan mahsulotning boshlangʻich narxini shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya etmaslik | 5 | |
1.4. | Birja shartnomasi boʻyicha muayyan xaridor ishtirokida bekor qilingan bitimning bahosi ayni shu xaridor bilan mazkur birja shartnomasi boʻyicha keyingi ikki savdoda amalga oshirilgan bitimning eng past bahosidan past boʻlishiga olib keluvchi harakatlarni bajarish | 5 | |
1.5. | Tovarning narxi xususida chalgʻitish maqsadida bahosi raqobat muhitida tarkib topgan darajadan jiddiy farq qiladigan bir nechta bitimni bir kunda bir ishtirokchi tomonidan yoki bir ishtirokchining manfaati uchun tuzish | 5 | |
2. | Raqobatni cheklash va halol savdo muhitini buzish | 24 | |
2.1. | Birja shartnomasi boʻyicha barcha xaridorlarga savdolarda teng ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan lotlarni belgilash | 5 | |
2.2. | Toʻlovning va yetkazib berishning asoslanmagan muddatlarini, shuningdek oʻxshash mahsulotni sotuvchilar tomonidan belgilangan shartlardan jiddiy farq qiluvchi alohida shartlarni joriy etish | 5 | |
2.3. | Birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini cheklaydigan alohida shartlarni koʻrsatish | 5 | |
2.4. | Mahsulotni transportning muqobil turi bilan joʻnatish imkoni boʻlgani holda, uni transportning muayyan turi bilan asossiz ravishda joʻnatishni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha savdolarga qoʻyish | 2 | |
2.5. | Savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining ishtirokchilari uchun teng boʻlmagan sharoitlar yaratish | 5 | |
2.6. | Sotuvchi va xaridor oʻrtasida ayni bir shaxsiy hisobvaraqda bitim tuzish | 2 | |
3. | Tovarlarni birja orqali sotish va savdoni tashkil etish tartibini buzish | 35 | |
3.1. | Tovarlarni savdoga qoʻyish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik | 10 | |
3.2. | Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qoʻymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq boʻlmagan hajmda qoʻyish | 10 | |
3.3. | Faqat birja savdolariga qoʻyish yoʻli bilan sotilishi lozim boʻlgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish | 10 | |
3.4. | Birja savdolarida realizatsiya qilinmagan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning bir qismini takroran savdolarga qoʻymaslik | 5 | |
4. | Bitimlar, shartnomalar va yetkazib berish shartlariga rioya etmaslik | 16 | |
4.1. | Birjada tuzilgan bitimlar va shartnomalarni jarima sanksiyalarisiz asossiz ravishda yoki muntazam asosda bekor qilish (bundan bir tarafning yengib boʻlmas kuch holatlari munosabati bilan majburiyatlarini bajarish imkoniyati yoʻqligi isbotlangan hollar, yaʼni favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan (fors-major) holatlar mustasno) | 3 | |
4.2. | Tovarni yuklab joʻnatish navbatining izchilligiga rioya etmaslik | 5 | |
4.3. | Birja shartnomalarida tovarlarning sifat koʻrsatkichlari (turi, navi, markasi va boshqalar) toʻgʻrisidagi yetarlicha axborotni koʻrsatmaslik yoki ularning koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi chalgʻituvchi axborotni kiritish | 3 | |
4.4. | Savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining natijalarini asossiz ravishda bekor qilish | 5 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 |
5-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qoʻshimcha toʻlovlarni yoki ustama narxlarni sunʼiy ravishda belgilash yoki saqlab turish, erkin bozor narxlarining qaror topishiga toʻsqinlik qilish | 5 | |
2. | Taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olish, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishib olish | 5 | |
3. | Eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turish | 10 | |
4. | Tovar yoki moliya bozorini hududiy prinsip boʻyicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi boʻyicha, tovarlarning xillari boʻyicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olish yoxud mahsulot sotiladigan bozorlar ustidan nazorat oʻrnatish | 5 | |
5. | Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muayyan tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, buyurtmachilar sifatida tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlashtirish yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlarni muayyan bozorga kiritmaslik | 10 | |
6. | Ayrim sotuvchilar yoki sotib oluvchilar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish yoʻli bilan shartnomalar tuzish | 5 | |
7. | Sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoki sotib oluvchilar doirasini tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil ravishda belgilashini cheklaydigan kelishuvlar va harakatlarning sodir etilishi | 5 | |
8. | Tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan kelishuvlar va harakatlarning sodir etilishi | 10 | |
9. | Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishuvlar va harakatlarning sodir etilishi | 5 | |
10. | Raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi yoki uning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan, u sotuvga taklif qilayotgan tovarning sifati va isteʼmol xossalari toʻgʻrisida, mazkur tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari haqida, undan foydalanishdan kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida, tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi haqida, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan uning narxi toʻgʻrisida yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish | 10 | |
11. | Notoʻgʻri taqqoslash, yaʼni raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki uning tovarini tovarning ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi soʻzlardan yoki ramzlardan tovarning xolisona tasdiqqa ega boʻlgan tavsifini yoki taqqoslash parametrlarini koʻrsatmagan holda foydalanib taqqoslash | 5 | |
12. | Tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, isteʼmol xossalari, narxi va sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida isteʼmolchilarni chalgʻitish | 5 | |
13. | Tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni, shu jumladan fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish | 10 | |
14. | Tovar yoki moliya bozoriga raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektning kirishiga toʻsqinlik qilishga yoki uni bozordan chetlashtirishga olib keluvchi harakatlarni sodir etish | 10 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 |
6-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Reklamaga qoʻyilgan umumiy talablarni buzish | 20 | |
1.1. | Reklamani tarqatish tiliga qoʻyilgan talablarni buzish | 5 | |
1.2. | Reklamaga doir asosiy talablar — qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish talablariga rioya qilmaslik | 5 | |
1.3. | Ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot toʻgʻrisida axborot tarqatish | 5 | |
1.4. | Ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qoʻyilgan ragʻbatlantiruvchi lotereya, tanlov, oʻyin yoki shunga oʻxshash boshqa tadbir oʻtkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni oʻtkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbayini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini koʻrsatmagan holda reklama qilish | 5 | |
2. | Nomaqbul reklamaga yoʻl qoʻyganlik | 15 | |
2.1. | Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan reklamaga oid cheklashlarga rioya qilmaganlik | 5 | |
2.2. | Yashirin reklamaga yoʻl qoʻyganlik | 5 | |
2.3. | Qiyosiy reklamaga yoʻl qoʻyganlik | 5 | |
3. | Televideniye, radio va boshqa vositalarda reklama tarqatish talablarini buzish | 25 | |
3.1. | Televideniye va radiodagi reklamaga qoʻyilgan talablarni buzish | 5 | |
3.2. | Reklamada homiylik qoidalarini buzish | 5 | |
3.3. | Transport, aloqa vositalari, bosma nashrlarda reklamaga qoʻyilgan talablarni buzish | 5 | |
3.4. | Tashqi reklamani joylashtirish talablarini buzish | 10 | |
4. | Ayrim turdagi tovar, ish (xizmat)lar reklamasiga oid talablarni buzish | 40 | |
4.1. | Dori vositalari reklamasiga qoʻyilgan talablarni buzish | 10 | |
4.2. | Biologik faol qoʻshimchalar reklamasiga qoʻyilgan talablarni buzish | 5 | |
4.3. | Energetik ichimliklar, qurol-yarogʻ, qimmatli qogʻozlar reklamasiga qoʻyilgan talablarni buzish | 5 | |
4.4. | Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasiga qoʻyilgan talablarni buzish | 10 | |
4.5. | Ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud boʻlmagan tovarlarni reklama qilish | 10 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 |
7-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning umumiy talablarga rioya etmaslik | 32 | |
1.1. | Isteʼmolchiga nisbatan shartnoma shartlarining buzilishi | 10 | |
1.2. | Isteʼmolchiga tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot bermaslik | 10 | |
1.3. | Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda isteʼmolchiga kassa (tovar) cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bermaslik | 2 | |
1.4. | Isteʼmolchiga realizatsiya qilingan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan boʻlishiga va uning hayoti, sogʻligʻi, atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlishiga, shuningdek, uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat bermaslik | 5 | |
1.5. | Shartnomaga isteʼmolchi huquqlarini cheklab qoʻyadigan va qonun hujjatlariga zid boʻlgan talablarni kiritish | 5 | |
2. | Tovar, ish (xizmat)ga qoʻyilgan talablarni buzish | 36 | |
2.1. | Ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish | 10 | |
2.2. | Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni buzish | 3 | |
2.3. | Isteʼmolchiga maqbul sifatli tovarni almashtirib berish tartibini buzganlik | 5 | |
2.4. | Isteʼmolchiga tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash huquqini bermaslik | 5 | |
2.5. | Isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistash | 5 | |
2.6 | Isteʼmolchilarga shartnomada va sohasini tartibga soluvchi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablarda xizmat koʻrsatmaslik | 8 | |
3. | Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarga rioya etilmasligi natijasida isteʼmolchiga zarar yetkazish | 32 | |
3.1. | Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bogʻliq boʻlgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkining xavfsizligini taʼmin eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qoʻllanilishi oqibatida isteʼmolchining hayotiga, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazish | 5 | |
3.2. | Shartnomaga kiritilgan isteʼmolchi huquqlarini cheklab qoʻyadigan va qonun hujjatlariga zid boʻlgan talablarni qoʻllash natijasida isteʼmolchiga zarar yetkazish | 5 | |
3.3. | Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazish | 2 | |
3.4. | Koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq olish | 10 | |
3.5. | Isteʼmolchiga nuqsonli tovarni almashtirib berish, tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish, nuqsonli tovar sotilgan taqdirda u bilan hisob-kitob qilish tartibini buzganlik | 5 | |
3.6. | Isteʼmolchiga uning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli moddiy zarar yetkazish | 5 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 |