26.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3761
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining buyrugʻi, 26.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3761
Кучга кириш санаси
27.01.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalarini roʻyxatga olish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3761]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalarini roʻyxatga olish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor v.v.b T. MASHANPIN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2026-yil 13-yanvardagi 137-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalarini roʻyxatga olish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalarini roʻyxatga olish va saqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalari (bundan buyon matnda guvohnoma blankasi deb yuritiladi) qatʼiy hisobda turuvchi blankalar hisoblanadi va ularni roʻyxatga olish va saqlash “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya komissiyasi — baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan baholashda ishtirok etmagan xalqaro ekspertlardan iborat Markaz huzurida tashkil etiladigan komissiya boʻlib, akkreditatsiya va davriy baholash boʻyicha ishlar natijalarini koʻrib chiqish hamda tegishli qarorlarni qabul qilish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) — akkreditatsiya qilingan subyektning akkreditatsiyaning belgilangan sohasidagi ishlarni bajarishga vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya uchun ariza beruvchi (bundan buyon matnda akkreditatsiya obyekti deb yuritiladi) — akkreditatsiya uchun ariza bergan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan subyekt (bundan buyon matnda akkreditatsiya subyekti deb yuritiladi) — milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri — akkreditatsiya qilingan subyektlar toʻgʻrisidagi, shuningdek guvohnomalarning joriy maqomi haqidagi rasmiy axborot bazasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akkreditatsiya obyektlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan guvohnoma berish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya obyekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi hamda guvohnoma shartnoma tuzilgan kundan boshlab uchish kuni mobaynida Markazda saqlanadigan guvohnoma blankalaridan foydalangan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Guvohnoma blankalarini roʻyxatga olish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guvohnoma blankalarini roʻyxatga olish va saqlash Markaz direktorining buyrugʻiga asosan masʼul xodim (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Masʼul xodim guvohnoma blankalari uchun ishlatiladigan maxsus qogʻozni Markazning tegishli boʻlimidan qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Markazning tegishli boʻlimi va masʼul xodim oʻrtasida guvohnoma blankalarining toʻliqliligi, butligi va ularga shikast yetmaganligi boʻyicha topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) ikki nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning birinchi nusxasi masʼul xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa Markazning tegishli boʻlimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tegishli boʻlimidan guvohnoma blankalari qabul qilingan kunning oʻzida masʼul xodim tomonidan raqamlanishi (orqa tomoniga maxsus olti xonali tartib raqamli muhr bilan) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Masʼul xodim guvohnoma blankalaridan maqsadli foydalanilayotganligi boʻyicha har oyda Markaz direktoriga yozma shaklda hisobot beradi, bunda masʼul xodim har bir guvohnoma blankalaridan maqsadli foydalanish boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Akkreditatsiya subyektiga berilgan guvohnoma blankalarini nazorat qilish maqsadida masʼul xodim tomonidan olish-nazorat qilish varaqlari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada toʻldiriladi va ulardan bittasi guvohnoma blankalarini hisobga olish jurnaliga imzo chekilgan holda masʼul xodimda saqlanadi, ikkinchisi masʼul xodim tomonidan moliya-iqtisod boʻlimiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olish-nazorat qilish varagʻining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, Markaz direktorining imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Guvohnoma blankalari ularning yoʻqolishidan himoyalash maqsadida seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki Markazning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Masʼul xodim tomonidan rasmiylashtirilgan guvohnoma akkreditatsiya subyektiga berilgan kunning oʻzida Markazning rasmiy veb-saytida yuritiladigan Milliy akkreditatsiya tizimi reyestriga elektron koʻrinishda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Guvohnomalarni rasmiylashtirish jarayonida yoki ish faoliyatda shikastlangan va foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan guvohnoma blankalari masʼul xodimning bildirgisiga asosan har yili dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi va maxsus maydalash apparatidan foydalangan holda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026 y., 10/26/3761/0079-son)