O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY STATISTIKA QO‘MITASINING
QARORI
Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3723]
O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Statistika hisoboti shakllari 1 — 47-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 15-oktabrdagi 10-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3575, 2024-yil 18-noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 10/24/3575/0958-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais B. HAMRAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-noyabr,
6-mb-son
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida ___ yil uchun hisobot (1-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (2-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot (3-ilova)
O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot (4-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risidagi hisobot (5-ilova)
Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (6-ilova)
Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot (7-ilova)
Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil bo‘lishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘g‘risida hisobot (8-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (9-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (10-ilova)
Yoqilg‘i yetkazish va uning kelib tushish manbalari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (11-ilova)
Yoqilg‘i va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (12-ilova)
Pilla xaridi to‘g‘risidagi hisobot (13-ilova)
Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (14-ilova)
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot (15-ilova)
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot (16-ilova)
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot (17-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha ____ yil uchun hisobot (18-ilova)
O‘rmon parvarishi ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (19-ilova)
Ovchilik xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (20-ilova)
Elektron onlayn-auksionlar asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (21-ilova)
Tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy o‘zgarishlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (22-ilova)
Mehnat hisoboti (23-ilova)
Kasb va lavozimlar bo‘yicha xodimlarning ish haqi to‘g‘risida____ yil aprel oyi uchun hisobot (24-ilova)
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (25-ilova)
Uy-joy olish uchun turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (26-ilova)
Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi to‘g‘risida hisobot (27-ilova)
Umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (28-ilova)
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (29-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (30-ilova)
____/____ o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasasining hisoboti (31-ilova)
____/____ o‘quv yili boshiga o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining hisoboti (32-ilova)
____/____ o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlarining hisoboti (33-ilova)
Qo‘shimcha ta’lim tashkilotining hisoboti (34-ilova)
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalar uchun ta’lim internat turidagi tarbiya muassasasining ____ yil uchun hisoboti (35-ilova)
Hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (36-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (37-ilova)
Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar to‘g‘risida hisobot (38-ilova)
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha ____ yil uchun hisobot (39-ilova)
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironlik sabablari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (40-ilova)
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (41-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotning faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (42-ilova)
Notijorat tashkilotning faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (43-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot (44-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (45-ilova)
Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (46-ilova)
Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot (47-ilova)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025 y., 10/25/3723/1153-son)