Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.10.1998 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KVARS” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA AVTOMOBIL OYNALARI TAYYORLASh UChUN ME’MORChILIK-QURILISh OYNASI IShLAB ChIQARISh LINIYASINI MODERNIZATSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kvars” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yassi oyna sifatini avtomobil oynasi tayyorlash uchun zarur bo‘lgan darajaga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining “Kvars” aksiyadorlik jamiyatidagi quvvati yiliga ikki millimetrga hisoblangan 10 mln kv. metr avtomobil oynasi tayyorlash uchun yaroqli yassi oyna ishlab chiqarishini, 2000-yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshirgan holda, modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kvars” aksiyadorlik jamiyati bilan Italiyaning “Tekint” kompaniyasi o‘rtasida shisha qaynatish pechini, eritish vannasini, pishirish pechini, qirqish va joylashtirish uzellarini modernizatsiya qilishni, mahsulot sifatini lazer orqali nazorat qilish qurilmasini o‘rnatishni nazarda tutuvchi qiymati 32,4 mln Germaniya markasidan iborat zavod uchun mashina va asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontrakt imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, kontraktni mablag‘ bilan ta’minlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 27,5 mln Germaniya markasi miqdoridagi 85 foizi Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sug‘urta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki krediti hisobiga qayta moliyalanadigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 4,9 mln Germaniya markasi miqdoridagi 15 foizi, shuningdek investitsiya davrida xorijiy kreditni jalb qilish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha moliyaviy xarajatlar xorijiy bankning bir yil muddatga tijorat krediti hisobiga qayta moliyalanadigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinayotgan kreditlar 1, 2-ilovalarga* muvofiq “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobiga qaytarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontraktni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat banki Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sug‘urta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki va xorijiy bank bilan tijorat kreditiga kredit bitimlari tuzsin hamda olingan kreditlarni belgilangan tartibda “Kvars” aksiyadorlik jamiyatiga qayta moliyalasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy banklar oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Kvars” aksiyadorlik jamiyati majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining berilgan kafolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi yassi oyna liniyasini modernizatsiya qilish loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin, xarajatlarni “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari va banklarning kreditlari hisobiga milliy valyutada mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari bo‘yicha mazkur loyiha doirasida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, ular konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilingan holda, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishi va uzaytirilishini, yashash joyi bo‘yicha milliy pasportlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi va ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilishini, ularni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda, belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur loyiha doirasida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-son