Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1998 YILDA MEVA-SABZaVOT MAHSULOTLARINI TAYYORLASh, QAYTA IShLASh VA SOTISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sabzavot, hoʻl meva, poliz mahsulotlari, uzum yetishtirishni koʻpaytirish, tayyorlash, yetishtirilgan hosilni oʻz vaqtida va nobud qilmay qayta ishlash va sotish, shuningdek, respublika tashqarisida sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Mevasabzavot”ning hududiy birlashmalari Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1998-yilda meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish sanoat turini qayta ishlash, isteʼmol va eksport qilishning 1, 1a, 1b, 1v, va 1g-ilovalarga* muvofiq prognoz koʻrsatkichlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
* 1, 1a, 1b, 1v, va 1g-ilovalar berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi zarurat boʻlganda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning barcha toifalarini qamrab oluvchi statistika hisoboti va tekshirish-qoʻshimcha shakllarini joriy etgan holda 1999-yildan boshlab meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ulardan foydalanishning prognoz balansi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
meva-sabzavot mahsulotlari va uzum “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasining ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarida va “Mevasabzavot”ning hududiy birlashmalarida ustuvor yetishtirilishini taʼminlasinlar, bunda prognoz balansiga muvofiq meva-sabzavot ekinlari va uzum yetishtirish uchun zarur yer maydonlari ajratilishiga alohida eʼtibor bersinlar.
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzdavkarantin” Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda hududiy komissiyalar tashkil etsinlar, ularga hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularni sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, ichki bozorni toʻldirishni va eksportni taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish yuklansin.
3. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” kompaniyasi:
qoʻshimcha resurslarni qidirib topsin va 1998-yilda qayta ishlash boʻyicha ishlab turgan ishlab chiqarish quvvatlarini ish bilan taʼminlashni oʻtgan yilgi darajaga nisbatan: sabzavotlar boʻyicha 2 baravar hoʻl meva boʻyicha 16 baravar uzum boʻyicha 13 baravar koʻpaytirishni taʼminlasin;
bir oy muddatda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha ishlab turgan quvvatlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazsin, ularni qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish, shuningdek investitsiya loyihalari tugallanishi va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarori bilan tasdiqlangan mahsulotlar eksportini rivojlantirish dasturi bajarilishi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin;
2000-yilda tizimning qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini kamida sabzavotlar boʻyicha 70 foizga, hoʻl meva boʻyicha 60 foizga, uzum boʻyicha 85 foizga yetkazishni taʼminlasin;
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish xorijiy investorlar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar tashkil etish 1998—2000-yillarda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va yangilash boʻyicha aniq dasturni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
5. Belgilab qoʻyilsinki, hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari yuridik shaxslar tomonidan chetga olib chiqilishida:
xaridorning import qiluvchilar bank organlari yoki mintaqalari maʼmuriyatlari tomonidan tasdiqlangan kafolat majburiyatlari mavjudligi yetkazib berilgan mahsulot uchun pul yoki moddiy-texnika resurslarining oʻz vaqtida tushishi xizmat koʻrsatuvchi bankda kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazishning sharti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
6. Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarishga hujjatlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 2-iyulda 450-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib asosida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar ortilgan avtotransport respublika hududida toʻsiqsiz harakat qilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi (N. E. Ermetov) va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (A. R. Roʻzmetov) joʻnatish hujjatlarining oʻz vaqtida berilishini va yuk topshirilgan kundan boshlab ikki kecha-kunduzdan ortiq boʻlmagan muddatda meva-sabzavot mahsulotlarini joʻnatuvchiga transport vositalari ajratilishini taʼminlasinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
10. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasining qayta ishlovchi korxonalarining va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga yoʻnaltirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun aylanma mablagʻlarini toʻldirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
muddatida toʻlanmagan toʻlovlar va budjetga toʻlovlar boʻyicha hisoblangan penyalarni 1998-yil 1-iyulda shakllangan holatiga koʻra hisobdan chiqarsinlar;
boʻshab qolgan mablagʻlarni meva-sabzavot mahsulotlari va uzum tayyorlashga maqsadli yoʻnaltirgan holda 1998-yil avgust-sentyabr oylari uchun “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” birlashmasi korxonalariga hisoblangan budjetga toʻlovlarni (aksiz soligʻidan tashqari) istisno tariqasida 1998-yil 1-oktabrgacha kechiktirsinlar. Muddati kechiktirilgan toʻlovlar 1999-yil yanvar oyidan boshlab 3 oy davomida teng ulushlarda toʻlansin.
“Paxta-bank” va boshqa tijorat banklarining:
berilgan kreditlar boʻyicha 1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra hisoblangan muddati oʻtkazib yuborilgan foizlarni tijorat banklarining oʻz resurslari hisobiga hisobdan chiqarish haqidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan chiqarilgan)
1998-yil 1-avgustdan boshlab 6 oyga uzaytirish haqida qayta tayyorlash uchun ishlatiladigan 1998-yil hosili meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlashga Markaziy bankning qayta mablagʻ bilan taʼminlash stavkasidan koʻp boʻlmagan foizli stavka bilan birinchi navbatda kredit berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 6-avgust,
338-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)