Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QURILISHDA MUHANDISLIK QIDIRUVLARI, GEOAXBOROT VA SHAHARSOZLIK KADASTRI DAVLAT INSTITUTINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri sohasida yagona texnika siyosatini taʼminlash, tarmoq geofondini yuritish hamda iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish maʼlumotlari davlat bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzurida “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar institutini birlashtirish yoʻli bilan, davlat unitar korxonasi shaklida Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar “OʻzGASHKLITI” DUK davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-band birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
muhandislik-texnik qidiruvlar, geoaxborot va davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini yuritish boʻyicha bosh tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
tegishli hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shaharsozlik geoaxborotlari bilan taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni taʼminlash uchun muhandislik qidiruvlari bajarilishi monitoringini yuritish;
ilgari turli tashkilotlar tomonidan bajarilgan muhandislik-texnik qidiruvlar materiallarini kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun jamlash, turkumlash va arxivga joylash;
Oʻzbekiston Respublikasining muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini tashkil etish va yuritish;
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari boʻyicha, shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida binolar va inshootlardan foydalanishning ishonchliligi boʻyicha muhandislik-texnik qidiruvlar, tadqiqotlar oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining markaziy apparati va shuʼba korxonalarini, shuningdek uning hududiy boʻlinmalarini ilgari egallab turgan binolariga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“OʻzGASHKLITI” DUK davlat unitar korxonasi “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar institutining huquqiy vorisi hisoblanadi;
(5-band ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
“OʻzGASHKLITI” DUK davlat unitar korxonasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini hamda davlat shaharsozlik kadastrini tashkil etish va yuritish boʻyicha bajariladigan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hisob-kitoblariga binoan, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslardan “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobiga, bozor narxi boʻyicha sotib olishni taʼminlasin.
7. Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasini tashkil qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun 5-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Komissiya ikki oy muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishni, shu jumladan:
“Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar instituti asosiy fondlarini Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi balansiga berishni;
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi hamda muhandislik-texnik qidiruvlarni bajarish sifati ustidan texnik nazorat xizmati toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-fevral,
14-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Qurilishda muxandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish komissiyasi
TARKIBI
| | | |
| Xanov N.M. | — |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Zakirov B.E. | — | Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Yakovlev I. G. | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Alixoʻjayev O.S | — | Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-taxlil departamenti bosh mutaxassisi |
| Rozuqulov U. U. | — | Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Abduraxmanov M. S. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Kanyazov E. S. | — | Adliya vazirining oʻrinbosari |
| Alimuxamedov B. B. | — | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari |
| Abduazizov A. A. | — | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi |
| Usmonov R. J. | — | Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari |
| Axmedov I. S. | — | “Oʻzbekiston muxandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
| Magrupov Yu. D. | — | “Toshkenttadqiqot” instituti direktori |
| Shonazarov Sh. T. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Arxitektura va shaharsozlik boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi |
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 33-modda; 2008-y., 24-25-son, 223-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)