Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AYRIM RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGAShLARI TARKIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-son qaroriga muvofiq hamda respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-noyabr,
244-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qaroriga 4-ilovadagi “Azimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, kengash rahbari”, “Karomatov H.S — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, kengash rahbarining oʻrinbosari” va “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “Qosimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, kengash rahbari”, “Azimov R.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” hamda “lavozimiga koʻra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga 5-ilovadagi “Barnoyev Oʻ.I. — Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” va “Shermatov S.B. — Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “lavozimiga koʻra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” hamda “lavozimiga koʻra — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
1-ilovadagi “Xoʻjayev B.A. — Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “Hayitov A.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovadan “Hasanov Z.A. — qoʻmondonning birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari bosh shtabi boshligʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-ilovadagi “Ahmedov T.I. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari “lavozimiga koʻra — “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovadagi “Tojiboyev B.U. — Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-ilovadagi “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari “lavozimiga koʻra — “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-ilovadagi “Rozuqulov U.U. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari “lavozimiga koʻra — “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son)
19-ilovadagi “Abdurashidov A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Ulashov B.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-ilovadagi “Azimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Iqtisodiyot vaziri”, “Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi” va “Xoʻjayev B.A. — Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari tegishli ravishda “Mirziyoyev Sh.M. — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri”, “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” va “Hayitov A.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-ilovadagi “Azimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Iqtisodiyot vaziri”, “Rozuqulov U.U. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar” soʻzlari tegishli ravishda “Mirziyoyev Sh.M. — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri”, “lavozimiga koʻra — “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari”, “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-ilovadagi “Azimov R.S.”, “Xoʻjayev B.A. — Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar” soʻzlari tegishli ravishda “Golishev V.A.”, “Hayitov A.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Rozuqulov U.U. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
27-ilovadagi “Azimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Qosimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Azizxoʻjayev A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
28-ilovadagi “Gʻaniyev E.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi”, “Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi”, “Safoyev N.S. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi”, “Rizayev F.M. — Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi”, “Abdullayeva Sh.R. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari”, “Qodirov F.A. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi boshqarmasi boshligʻi” va “Mursaliyev A.M. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari” soʻzlari tegishli ravishda “Azimov R.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri”, “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi”, “Abdualiyev A.X. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi”, “lavozimiga koʻra — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri oʻrinbosari”, “Hasanov S.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari”, “lavozimiga koʻra — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi” va “Moʻminov A.A. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Islomxoʻjayev X.S. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
31-ilovadagi “Gʻaniyev E.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi”, “Akbarxoʻjayev R.Sh. — Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi”, “Rizayev F.M. — Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi”, “Qodirov F. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari tegishli ravishda “Golishev V.A. — Bosh vazirning oʻrinbosari, Iqtisodiyot vaziri”, “lavozimiga koʻra — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining”, “lavozimiga koʻra — “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” va “lavozimiga koʻra — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-ilovadagi “Usmonov M.Z. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari”, “Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi” va “Akbarxoʻjayev R.Sh. — Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari tegishli ravishda “Mirziyoyev Sh.M. — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri”, “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” va “lavozimiga koʻra — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-ilovadagi “Usmonov M.Z. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” va “Qobilov I.I. — Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “Mirziyoyev Sh.M. — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri” va “lavozimiga koʻra — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi”, “Rozuqulov U.U. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri”, “Hayitov A.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” hamda “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-ilovadagi “Xoʻjayev B.A. — Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari “Hayitov A.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 9-yanvardagi 10-son qarorining 4-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 17-fevraldagi 57-son qarorining 2 va 3-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 30-iyundagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi HT, 2003-y., 6-son, 53-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 22-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Don ekinlari hosildorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 21-oktabrdagi 492-son qarori 2-bandining uchinchi—beshinchi xatboshi hamda qarorga 3-ilova.
7. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-oktabrdagi 494-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi, 5-bandi hamda qarorga 4-ilova.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilova 17-bandining ikkinchi xatboshi, 36-bandining oʻn oltinchi, oʻn sakkizinchi, yigirma ikkinchi va yigirma oltinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 341-modda; 2006-y., 3-son, 13-modda, 25-26-son, 230-modda, 30-son, 289-modda, 39-son, 390-modda; 2012-y., 17-son, 194-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)