Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 08.11.2005 yildagi PQ-216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2006 YILGI INVESTITSIYa DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyotida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini avj oldirish va ishlab chiqarishni xususiylashtirish, modernizatsiyalash, texnik jihatdan qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirish, ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish, O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror va dinamik tarzda rivojlantirishga erishish uchun xorijiy kredit mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Investitsiya dasturi asosiy parametrlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish prognozi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. Ularda investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilashga, ishga tushiriladigan obyektlar qurilishini nihoyasiga yetkazish va tugallanmagan qurilishlar hajmini qisqartirishga jamlanishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2006-yilgi markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari 3-ilovaga muvofiq*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3 ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Respublika maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2006-yilgi markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari 3a-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-a ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2006 va 2007-yillarda avtomobil yo‘llari qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4 va 4-a ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2006-yilgi investitsiya loyihalarining aniq dasturi 5-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5 ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2006-yilgi investitsiya loyihalarining aniq dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6 ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati 7-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7 ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar — buyurtmachilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning 1-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda 2006-yilda yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini hamda pudrat tashkilotlari bilan birgalikda 2006-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holatga ko‘ra keyingi yilga o‘tuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlariga, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi banklarga rasmiylashtirish hamda moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun tanlov savdolarining natijalariga ko‘ra yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha belgilangan muddatlarda pudrat shartnomalari tuzilishini ta’minlasinlar va qurilishlarning titul ro‘yxatlarini tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning 15-dekabrigacha 2006-yilgi qurilishlarning uzil-kesil aniq ro‘yxatlarini kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda obyektlar bo‘yicha 2006-yilgi qurilishlarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan aniq ro‘yxatlarini ko‘rib chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida muhokama qilish va ma’qullash uchun o‘z takliflarini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-yilning 1-yanvarigacha 2006-yilgi investitsiya dasturi bo‘yicha qaror qabul qilsin, bunda qurilishi tugallanmagan obyektlarni qisqartirishga va mablag‘larni yuqori darajada tayyor holda ishga tushiriladigan obyektlarga jamlashga, ularning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi uchun buyurtmachilar va pudratchilarning mas’uliyatini oshirishga alohida e’tibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shahar qurilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoida va standartlariga investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan davr mobaynida rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma majburiyatlari ijrosi monitoringi olib borilishini, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yilning har choragi yakunlari bo‘yicha monitoring natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot berib turilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yirik va muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha 2006-yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq dasturiga va ayrim buyurtmachilar bo‘yicha kapital mablag‘lar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yig‘ma ro‘yxatdan aniq dastur qismiga yoki aniq dasturdan yig‘ma ro‘yxatga o‘tkazish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan limitlar doirasida o‘tkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilish va obyektlar bo‘yicha mablag‘larning amalda o‘zlashtirilishini hisobga olgan holda buyurtmachilar qurilishlarining aniq ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, markazlashtirilgan kapital mablag‘lar hisobidan bajariladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida loyiha yoki ekspert tashkilotining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan qo‘shimcha hajmdagi ish va xarajatlar aniqlangan taqdirda mazkur loyihani ishlab chiqish yoki ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘langan pulning hammasi ana shu tashkilotlardan davlat budjeti daromadiga olib qo‘yilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin va bajarilayotgan ishlarning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.A. Golishev va N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ–216-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 45-son, 340-modda; 2006-y., 10-son, 73-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 3-son, 151-modda; 8-son, 471-modda)