Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.11.1993 yildagi 574-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING ZARAR KOʻRIB IShLAShINI BARTARAF ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona va tashkilotlarning zarar koʻrib ishlashini bartaraf etish, respublika xalq xoʻjaligini iqtisodiy isloh qilishni yanada chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjasizlik, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni taʼminlamaydigan asosiy fondlardan samarasiz foydalanish oqibatida zarar koʻrishga yoʻl qoʻygan korxona va tashkilotlarning rahbarlariga nisbatan lavozimidan boʻshatishga qadar qattiq choralar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli korxona va tashkilotlarni 1-ilovaga* muvofiq xususiylashtirish va tugatishni bir oy mobaynida nihoyasiga yetkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birini takrorlagan holda ishlayotgan boʻgʻinlarni tugatish maqsadida tarmoqlarning tashkiliy tuzilmasini tartibga solsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun mablagʻlarning toʻliq tushishi, ortiqcha, foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, tovar-moddiy boyliklar zaxiralarini sotish ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar (ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar) sifatini yaxshilasinlar, koʻrsatiladigan pulli xizmatlar doirasini kengaytirsinlar, ichki va tashqi bozorda raqobatga bardoshli tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Boqiboyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan korxona va tashkilotlarga asossiz ravishda moliyaviy yordam koʻrsatishni toʻxtatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovada* koʻrsatilgan korxonalar va tashkilotlarning zarar koʻrib ishlashi sabablarini muntazam ravishda tahlil qilib borsin, 1993-yil yakunlari boʻyicha ularning bundan buyon faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (Mullajonov) va Moliya vazirligi (Boqiboyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar faoliyatini ikki hafta muddatda tahlil qilsinlar va ularga kreditlar berishni toʻxtatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning 15-dekabrigacha oʻtkazilgan tahlillar yakunlariga koʻra, xoʻjasizlik, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrmaganlik tufayli zarar koʻrishga yoʻl qoʻygan korxonalarning hisob raqamlarini yopsinlar hamda ushbu korxonalar roʻyxatini respublika matbuotida eʼlon qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ichida xoʻjalik organlari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni tezlashtirish va soddalashtirish maqsadida ularning amaldagi tartibiga oʻzgartishlarni ishlab chiqsinlar hamda joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining majmuilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning tasarruflaridagi korxonalarning zarar koʻrib ishlashini bartaraf etish, moliyaviy ahvolini yaxshilash boʻyicha amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini yilning har choragida koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi (Axmetov), Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Mixaylov), “Toshshahartranskorxona” davlat uyushmasi (Fayzullayev), “Oʻzdavkinokompaniya” (Joʻrayev) narx omilini hisobga olgan holda iqtisodiy ragʻbatlantirish va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida zarar koʻrib ishlovchi korxonalar va tashkilotlarni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha ularning tuzilmalarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi majmuilari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
574-son