O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA KAM QAVATLI UY-JOY-XO‘JALIK OBYEKTLARI QURIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikamizning iqlim sharoitlariga mos keladigan kam qavatli xizmat binolari va uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning o‘sib borayotganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkenttiklanish” davlat-kooperativ qurilish birlashmasi “Toshkentqurilish” davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi ixtiyoriga berilsin va uning negizida tarkibiga ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlar kirgan “Toshxorijiyqurilish” davlat-aksionerlik qurilish birlashmasi tashkil etilsin.
“Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi, “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi yangi tashkil etilgan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasini yetishmagan zarur ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan to‘ldirishni, mashinalar, mexanizmlar va asbob-uskunalar bilan jihozlashni ta’minlasinlar.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Toshkentqurilish” korporatsiyasi va “Toshxorijiyqurilish” birlashmasi bilan birgalikda 1993-1994-yillarda amaldagi qonun hujjatlariga binoan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasi tarkibiy bo‘linmalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Aksiyalarning davlatga qarashli ulushi 51 foiz miqdorida belgilab qo‘yilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, yangi tashkil etilgan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasining boshlig‘i “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Qo‘shimcha ravishda “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati, O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha, shuningdek, birlashmaning o‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobidan mebellar bilan jihozlangan kam qavatli obyektlarni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish “Toshxorijiyqurilish” davlat-aksionerlik qurilish birlashmasiga yuklatilsin.
Mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar Diplomatik servis xizmatiga ularning 1994-1995-yillardagi hisob-kitoblariga muvofiq miqdorlarda kredit resurslari bersinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-apreldagi 185-son qarori tahririda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga keyinchalik markazlashtirilgan tartibda “Toshkentqurilish” korporatsiyasining “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga aylanma mablag‘larini ko‘paytirishga belgilangan tartibga muvofiq ikki yil muddatga berish uchun Moliya vazirligiga 2 mlrd so‘m miqdorida 5 foizli maqsadli kredit ajratish tavsiya etilsin.
“Toshxorijiyqurilish” birlashmasi uchun 1993-1994-yillarda daromad solig‘i stavkasi 12 foiz miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Toshkent shahar hokimligining yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga yer maydonlari ularning sifatiga, qanday yerda joylashganligiga va muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq ravishda to‘lovlarning tabaqalashtirilgan miqdorlari joriy etilishi hisobga olingan holda ajratilishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-apreldagi 185-son qarori tahririda)
7.“O‘zqurilishmateriallari” konserni, “O‘zmetallkonsern”, “Toshkentqurilish”, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyalari, “O‘zboshyog‘ochqurilish” boshqarmasi, “O‘zshartnomasavdo”, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmalari texnik hujjatlarga muvofiq birlashmaga o‘z nomenklaturalariga birkitilgan metall prokati va trubalarni, yuqori sifatli materiallar, yig‘ma temir-beton konstruksiyalar va yog‘ochning qattiq turlaridan tayyorlangan parket, yoritish priborlari, sanfayans, poyandoz qoplamalarni yetkazib berish va sotishni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga birlashmaning o‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobidan qurilgan kottejlarni ko‘chmas mulk birjasida sotishga yoki O‘zbekiston fuqarolariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga ruxsat berilsin. Bunday hollarda uy-joylar jismoniy shaxslarga ularning mavjud uy-joy sharoitlaridan qat’i nazar sotiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-apreldagi 185-son qarori tahririda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi respublikada ro‘yxatga olingan xorijiy vakolatxonalar va firmalarning diplomatik va boshqa vositalari orqali respublika Hukumatining ushbu masala bo‘yicha qarorini keng reklama qilsin hamda qayd etilgan obyektlarni qurishga yakka tartibdagi buyurtmalarni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-avgust,
434-son